81
SAIDQULOVA DIYORA BEHZOD QIZI
2008-yil 14-sentyabrda Sirdaryo
viloyati Xovos tumanida
tug'ilgan. She'rlari viloyat va respublika nashrlarida e'lon
qilingan. Hozirda Sirdaryo viloyatida
joylashgan Halima
Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi.
BAHOR
Qishni qo'ydik kuzatib,
Qalbdan to'kildi ohor.
Dalalarni yashnatib,
O'lkamga keldi Bahor!
Tuyg'ularim gullashib,
Ko'ngilda chalinar tor.
Qalbga baxtlar ulashib,
O'lkamga keldi Bahor.
Boychechak yuvib yuzin,
Iforin sochar har yon.
Suluvdek suzib ko'zin,
O'lkamga keldi Bahor.
YANGI YIL
Shodliklarga burkanar olam,
Sening noming birla yayrar dil.
Biram fayzli bo‗lar tashrifing,
Quchoq ochib kelgin, yangi yil.
82
G‗am-g'ussani ketkazib nari,
Har bir uyda shu'lalar porlar.
Betoqatman, kutganim sari,
Ular meni baxt sari chorlar.
Anduh o‗rnin egallar quvonch,
Yaqinlarga shodlik sovg'a qil.
Yangi hayot eshiklarin och,
Quchoq ochib kelgin, yangi yil.
Do'stlaringiz bilan baham: