85
Orzulari oydan oydin qizingiz,
Ko'zingiz namlatmas hech inshaallah.
Duoga barobar aytgan so'zingiz,
Sizdek padarim bor alhamdulillah!
Ijobat bo'lajak orzusi ummon,
Qaynoq mehri cheksiz daryo DADAJON!
BONU AXMEDOVA
2009-yil 2-dekabrda Sirdaryo viloyati
Guliston shahri Sayqal
mahallasida tug'ilgan. Sirdaryo viloyatida
joylashgan Halima
Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi.
* * *
Ba‗zida jimgina sukutga cho‗mib,
Hayol ummonida unsiz suzasan.
Qancha darding bo‗lsa qalbingga ko‗mib,
Yuzaki bo‗lsa ham kulib qo‗yasan.
Parchalangan qalbni tuzatib bo‗lmas
Koshkiydi bir bora tiklay ololsam.
Sabrimning kosasi ortiq chidolmas
Men ham odamdayin yashay ololsam.
* * *
Bugun yomg‗ir yog‗di ko‗nglimdagidek
Yomg‗irga qo‗shilib men ham yig‗ladim.
Xuddi avval ko‗rgan tushimdagidek
Dardimni kuylarga solib kuyladim.
Chidadim, xo‗p dedim ammo bu safar,
Yuragim ko‗nmadi ilk bor so‗zimga.
Hayotda bir bora qucholmay zafar,
Dunyo tor ko‗rindi mening ko‗zimga.