Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

KEUNIMJAEVA AYZIYA RUSTEM QIZI 
Qoraqolpog'iston Respublikasi Nukus Shahri 37-sonli Pushkin 
maktabi 7-sinf òquvchisi. Erkin ijodjor. 
OTLAR 


106 
ONA MEHRI 


107 
AKROMJON ALIQULOV 
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani Soʼlim Gʻurjob 
qishlogʻida tug`ulgan. Yoshligidan ijodga qiziqadi. 
QIYOMAT KELDIMI MOʼMIN MUSULMON 
Umrimiz yeldayin oʼtib bormoqda. 
Yongan bir shamdayin soʼnib bormoqda. 
Baʼzilar gunohga qorib bormoqda, 
Qiyomat keldimi moʼmin musulmon? 
Aka ukasiga begona boʼldi, 
Qalbimiz uylari dardhona boʼldi. 
Bu ham qiyomatdan nishona boʼldi, 
Qiyomat keldimi moʼmin musulmon? 
Boylik talosh bilan ovvora inson, 
Bundan yuraklarim sadpora har on. 
Qani eʼtiqodu-diyonat iymon, 
Qiyomat keldimi moʼmin musulmon. 
Boylar kambagʻalga qiyo boqmaydi, 
Iymondan gapirsang unga yoqmaydi. 
Qaniydi yuzlarda mehr balqsaydi, 
Qiyomat keldimi moʼmin musulmon? 
Bir kun chubun otga yetoring bordir, 
Bu dunyoni tashlab ketoring bordir. 
Taqdirda borini koʼroring bordir, 
Qiyomat keldimi moʼmin musulmon? 


108 
Bu foniy dunyoning havasidan kech, 
Ayshu-ishrat yallo hammasidan kech. 
Ibodat qil inson boʼlmasidan kech, 
Qiyomat keldimi moʼmin musulmon? 
DAVLAT KETIDAN QUVMA BIRODAR 
Beshkunlik dunyomiz omonatdir bil, 
Inson insonlarga gʻanimatdir bil. 
Kerilma molingga borar yering bil, 
Mol-davlat ketidan quvma birodar. 
Mol-davlat ketidan quvgan xor boʻlar, 
Moʻmin-musulmonga Alloh yor boʼlar. 
Elning olqishiga sazovor boʼlar, 
Mol-davlat ketidan quvma birodar. 
Iymonu-eʼtiqod ustundir undan, 
Iymoni bor qalblar butundir har on. 
Saqlangiz nomusu-oringiz hardam, 
Mol-davlat ketidan quvma birodar. 
Davlating kun kelib qoʼldan ketadi, 
Iymon qiyomatga qadar yetadi. 
Sirot koʻprigidan dadil oʼtadi, 
Mol-davlat ketidan quvma birodar. 
Soʼroqqa tutilay demasang magar, 
Iymoningni asra inson har safar, 
Oʼqigin nomozing doim besh mahal, 
Mol-davlat ketidan quvma birodar. 


109 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling