SHOHINA ESANOVA
2004-yil 2-iyunda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida
tug‗ilgan.Ingliz tili,Turk tilidan xalqaro darajdagi til
sertifikatlari mavjud. Hozirgi kunda Termiz Davlat Universiteti
Yuridik fakulteti Yurisprudensiya faoliyat turlari yo‗nalishida
tahsil olmoqda.
***
Tunlar ko'rpalarim yuvadi ko'zyosh
Xazonga to'ladi bahorda hovlim
Men qanday bariga beraman bardosh
Seningdek osuda otmaydi tongim
Kapalaklar bog'im kezmagay endi
Tunlar derazamdan yoritmagay oy
Yana mendayini topasan qaydan
Qalbimda turibdi sen tirnagan joy
Men qancha yig'ladim o'ylayapsanmi?
Nahotki qalbingda qolmadi tuyg'u
Ohangga jo'r bo'lib o'ynayapsanmi?
Bu qalbim toridan chalingan qayg'u
Qorong'u xonalar yutadi meni
Quyosh yuzin burdi teskari qarab
Sening olov kabi taftlaring qani
Sochlarim silagay baxtsizlik tarab
122
Savollar beraman javoblaring yo'q
Bilaman sog'inib o'rtanayapsan
Sog'inmadim dema ishonganim yo'q
Lek mensizlikka ham o'rganayapsan
OTAMGA....
Qayga bo'y cho'zsam ham yetadi qo'lim
Sizning xizmatingiz evazigami?
Har kunim shodlikka baxtga limmo lim
Sizning zahmatingiz evazigami?
Do'stga zor bo'lmadim,bo'lmadim hech kam
Ko'nglim podshoh bo'ldi,ko'rmadi bir g'am
Ko'rmadi yuzlarim alam to'la nam
Sizning mehnatingiz evazigami?
Davralarda to'rni bermay so'zladim.
Ba'zan shuhrat mol dunyoni ko'zladim
Oyog'imdan chalishmadi,sinmadim.
Sizning duoyingiz evazigami?
Onamni egmadi hech g'am hech tashvish
Akamni yuzi hech bo'lmadi xomush
Bizni yenga olmadi biror bir yumush
Zulmat tunlaringiz evazigami?
Dunyoda borligim, boyligim otam.
Qarang,oyoqdaman,tikman,mag'rurman.
O'lguncha qarzimni ado etaman
Dunyoyimcha turing yonimda har dam.
123
Do'stlaringiz bilan baham: |