Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
SEVGI QISSASI
Sizga bayon etayin Ajib sevgi qissasin, Diqqat bilan tinglangiz Chiqaringlar hissasin. Ibrahim doimgidek Instagramda turardi, Unga layk bosgan qizning Profilin koʻrardi. Sirli qiz post ostiga Chiroyli soʻzlar yozar, Ibrohim uni oʻqib Goʻyo, aqldan ozar. Doʻstlik taklifin berish Istagida yurardi, Lekin bilmasdi, unga Nima toʻsiq boʻlardi. Bir kuni jurʼat topib Doʻdtlik taklifin berdi, Bir soat oʻtar-oʻtmas 116 Qabul boʻlganin koʻrdi. Quvonchidan goʻyoki Osmonlarda uchardi, Hayolan shu qiz uchun Bor-yoʻgʻidan kechardi. Qizning doʻstlari aro Oʻgʻil bola yoʻq edi Ibrohim bundan mamnun Qizdan koʻngli toʻq edi. Qiziqish ustun kelib Savol berdi Ibrahim Oʻgʻil bola doʻsting yoʻq Barchasi qizlar, nechun? Savoliga Ibrahim Chiroyli javob oldi Ular menga nomahram U chuqur oʻyga toldi. Shunda anglab yetdiki, Qiz uni sevar ekan. Hayolida tun-u kun Ibrohim boʻlar ekan. Bizga ayon boʻldiki, Qizning ismi Ziyoda, Hozirgi kunda qizdan Baxtlisi yoʻq dunyoda. Tun-u kun gaplashardi, Goʻzal suhbat qurardi, Birga tahajjud oʻqib Bir xil niyat qilardi. Ollohdan bir-birining Visolini soʻrardi, Ibrohim uxlab qolsa Ziyoda uygʻotardi. Shu tarzda oʻtar kunlar Kunlar ketidan oylar Ziyodaning ishqida Bedor oʻtardi tunlar. Ziyoda Ibrahimni Suratlarda koʻrgandi, 117 Ibrohim esa hatto Suratin koʻrmagandi. Ular qaror qilishdi, Uchrashmoqchi boʻlishdi, Uchrashish joyini va Vaqtini kelishishdi. Ibrohim uchrashuvga Tayyorgarlik koʻrardi, Yuragi doimgidan Boshqacha, tez urardi. Ziyoda ham kelgandi Yaqin oʻrtogʻi bilan, Yuzini toʻsib turar Nafis roʻmoli bilan. Ibrohim yetib keldi, Qizga salomin berdi, Kutganimdanda goʻzal Sohibjamolsan derdi. Ziyoda yerga qarab Qizarib turar edi, Ibrohimga nimadir Aytmoqchi boʻlar edi. Shunda tushunib yetdi U Ziyoda emasdi, Dugonasi ekan u Oʻzi goʻzal emasdi. Ibrohim baland boʻyli Kelishgan yigit edi, Oddiy koʻrimsiz qizcha Menga mos emas dedi... Ziyoda koʻz yoshlarin Toʻxtata olmas edi, U nima xis qilganin Ibrohim sezmas edi. Oʻylab ham oʻtirmayin Yoʻlida davom etdi, Oʻrtadagi rishtalar Shu on uzildi, ketdi. Ziyoda Ibrahimni 118 Hamon kuzatar edi, Lekin buni hammadan Sir tutib yurar edi. Bir kuni dugonasi Nohush xabar keltirdi, Ibrohim uylanibdi, Ziyoda xoʻp ezildi. Koʻz yoshlari shash qator Yuzlarini yuvardi, Chorasiz qolgach oʻzin Oʻldirmoqchi boʻlardi. Yigʻlab-yigʻlab axiyri Arang uxlab qolibdi, Uxlay turib tushida Shunday xolat boʻlibdi. Kimsasiz kenglik aro Ibrohim kezar edi, Bu yerda xavf borligin Yuragi sezar edi. Bundan voqif Ziyoda Toʻxtatay deb yugurdi, Ammo shiddatli gulxan Domiga gʻarq qildirdi. Tez odimlagan gulxan Qiz tomonga kelardi, Qiz joyida tosh qotib Chorasiz qaltirardi. Shu onda zulmat qochdi, Yorugʻlik nurin sochdi, Ajib goʻzal qiyofa Qizga bagʻrini ochdi. Sekin qoʻlidan tutib Baxt tomon chorlar uni, Qiz uygʻonib oʻylardi, Tabiri nedir buning. Taqvodor qiz ibodatin Koʻpaytirdi kunsain, Istigʻforlar aytib takror Tavba qildi tinmayin. 119 Endi Ibrahim uchun Duolar qilmas edi, Holi ne kechsa hamki Parvo ham qilmas edi. Endi duolarida Iymonli yor soʻrardi, Shu inson bilan birga Iqbolini koʻrardi. Oradan koʻp oʻtmayin Qiz ham turmushga chiqdi, Yigit oʻylaganidek Iymonli, qori chiqdi. Toʻydan keyin ikkisi Umraga safar qildi, Ne soʻrasa Allohdan Ortigʻi bilan boʻldi. Vaqtning tezligin koʻring Oʻn olti yil oʻtibdi, Shirin qizaloq Hojar Voyaga ham yetibdi. Hojar onasi kabi Taqvoli qiz boʻlganmish, Kim eshitsa tarifin Xaridori boʻlganmish. Bir kun hushroʻy yigitdan Qizga sovchi kelibdi, Qancha rad qilishmasin Xoʻb yugurib yelibdi. Shunda otasi unga Roziligini aytdi, Quvonchga toʻlgan yigit Shoshilib uyga qaytdi. Shirin tashvishlar bilan Yugurib yelishibdi. Hatto toʻy kunigacha Belgilab qoʻyishibdi. Hushroʻy yigit otasin Horijdaligin aytdi, Toʻy kuni kelishildi 120 Otasi qaytgan paytga. Ota qaytar kun yaqin, Yusuf suyunar edi. Tezroq otam kelsayu Fotiha olsam dedi. Ota qaytdi ikkovi Qizning uyiga shoshdi, Darvozani ularga Ziyoda kelib ochdi. Koʻzlariga ishonmas Darvoza yonida kim, Bir soʻz deyolmas edi Qarab turar edi jim. Yusufbekning otasi Ibrohim boʻlib chiqdi Taqdir hazilin koʻring Buyogʻi qandoq chiqdi. Ibrohim va Ziyoda Tosh qotib turishardi, Bu xolatga na kulib Na yigʻlash bilishardi. Ibrohim koʻp oʻtindi Toʻyni qaytarmang deya, Qilgan axmoqligidan Ming bor pushaymon yeya. Ibrohim farzandini Yolgʻiz katta qilgandi U tanlagan goʻzal qiz Oʻzini xor qilgandi. Toʻyidan bir yil oʻtib Boyligin oʻzlashtirib Soʻng uni tashlab ketdi Boyrogʻin izlashtirib. Ibrohim farzandiga Goʻzal tarbiya berdi, Men qilgan xatoyimni Oʻgʻlim qilmasin derdi. Ziyoda Ibrahimni Kechirganini aytdi, 121 Muammolar hal boʻlib Bari iziga qaytdi. Yusuf bilan Hojarning Toʻylarini qilishdi, Yoshlar baxtli boʻlsin deb Koʻp duolar qilishdi. Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling