Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʻSMIR YOSHDAGI BOLALAR BILAN MULOQOT OʻRNATISH JARAYONLARI
MOHICHEHRA XIDIROVA
2002-yil 21-noyabrda Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida tavallud topgan. Tumandagi 8-sonli maktabda tahsil olgan. She‘rlari sheʼriy toʻplamlarda Respublikaning gazeta va jurnallarida nashr etilgan. Respublika "Qizlar ovozi" klubi aʼzosi va Respublika "Mushoira" sheʼriy klubining aʼzosi. Sirdaryoda viloyati Sayhunobod tumani Muhammad Yusuf nomidagi "Sheʼriyat shaydolari" va Xalima Xudoyberdiyeva nomidagi "Adabiyot avlodlari" nomidagi yosh ijodkorlar oʻquv toʻgaragining aʼzosi. Hozirgida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Yoshlar talabasi. OʻSMIR YOSHDAGI BOLALAR BILAN MULOQOT OʻRNATISH JARAYONLARI Oʼsmirlik yoshining klassik tadqiqot davri XX asrning boshlarida bolalar psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichiga toʻgʻri kelib, eng qiyin psixologik yosh deb tan olindi. Oʻsha davr olimlari bolalardagi psixologik oʻzgarishlar, qiyinchiliklar jinsiy yetilishga bogʻliq deb oʻrganishdi. E. Shprangerning izdoshlaridan biri V. Shtern oʻsmirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V. Shtern ―Doʻstingni koʻrsatsang, kimligingni aytaman‖ degan naqlga ―Hayotingdagi eng qimmatli kechinmalaringni ayt, men seni kimligingni aytaman‖ degan maʼno berib uni izohlashga harakat qiladi. Chunki oʻsmir hayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinma taʼsirida uning shaxsi shakllanadi. L. S. Vigotskiy taʼlim va taraqqiyotning oʻzaro masalasini koʻrib chiqdi. Bunda u quyidagi vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Bolaga psixik hayotidagi qiyin shakllar muloqot jarayonida shakllanadi. Muloqot shakllanishi natijasida – oʻqishda rivojlanish shakllanadi, yangi psixik maʼlumotlarni vujudga keltiradi, oliy psixik funksiya takomillashtiriladi. Oʻsmirlik – bolalikdan kattalikka oʻtish davri boʻlib, fiziologik va psixologik jihatdan oʻziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi ortadi, yangiliklarga intila boshlaydi. Oʻsmirlar bilan muloqot jarayoniga keladigan boʻlsak, bu oʻsmir yoshdagi bolaning yo yaxshi, yo yomon tarafga oʻzgarishiga sabab 124 boʻlishidir. Oʻsmirlar atrofidagi 3 toifa insonlarning muloqotlari muhim ahamiyatga ega. Bular ustozlari, doʻstlari va ota-onalari. Oʻsmir yoshdagi bolalar yuqori sinf oʻquvchilari hisoblanishadi. Bu davrda ularga turli xil fandan turli xil oʻqituvchilar dars oʻta boshlashadi. Bu vaqt oʻqituvchilar gʻdan talab etiladigan narsalar: bilimli, talabchan, haqqoniy, oʻquv materialini qiziqarli va tushunarli yetkazib beradigan va eng muhimi oʻquvchilarni ajratmaydigan oʻqituvchilarni koʻproq hurmat qiladilar va yaxshi koʻradilar. Oʻsmirlik davri muloqotning asosiy vazifasi – bu doʻstlik, oʻrtoqlikdagi elementar normalarni aniqlash va egallashdir. Oʻsmirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u toʻla oʻrtoqlik kodeksiga boʻysunadi. Oʻsmirlarning doʻstlik, oʻrtoqlik va oʻzaro yordamlashuvni hamma narsadan yuqori qoʻyadilar: ana shunday oʻzaro munosabatlar, oʻspirinlik yillarida ham davom etadi. Bunda oʻsmirlik va ilk yoshdagi oʻspirin oʻquvchilarning xulq-atvorlariga doʻstlari, ota-onalari va pedagoglar nisbatan bir necha marta kuchliroq taʼsir etadilar. Bu bilan shuni tushuntirish mumkinki, oʻsmir bolaning yetilmagani va tajribasizligi uni tevarak atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi. Oʻsmir bolaga uning istaklarini tushunadigan va ularni amalga oshirishga yordam beradigan doʻst kerak. Agarda u bunday doʻstni qarindoshlar va pedagoglar orasidan topa olmasa, bunday paytda u oʻz qiziqishlari va intilishlarini qoʻllab-quvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bilandir toʻldira oladigan odamni begona katta kishilar yoki oʻz tengdoshlari orasidan albatta topadi. Oʻsmirlar uchun eng yoqimsiz vaziyat – jamoa va oʻrtoqlarining noroziligi, muloqot qilishni istamasligi, eng ogʻir jazo esa ochiq yoki nooshkora aloqa uzish, gaplashmaslikdir. Oʻsmir uchun tengdoshlar bilan boʼlgan muloqot mustaqil harakat qiladigan muhit hisoblanadi. Kattalar oʻsmirlarning oʻrtoqlari bilan boʻlgan munosabatlariga oʻrinsiz, qoʻpol aralashuvi oʻsmirning xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi. Endi muloqotning uchinchi muhim toifasiga oʻtsak. Uchinchi toifadagi insonlar ota-onalardir. Oʻsmirlik davrida ota-ona va oʻsmir oʻrtasida turli xil ziddiyatlar, noroziliklar, tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Bu davrda oʻsmir erkin, mustaqil boʻlishni hohlasa, ota-ona ularni nazoratda saqlashga, qattiqqoʻl boʻlishga harakat qiladilar. Ota-onalar bu davrda emas aksincha, mehribon boʻlishlari lozim. Shu oʻrinda bir oʻxshatishni keltirib oʻtsam. Oʻsmirlik davri xuddi niholga oʻxshaydi. Niholni toʻgʻri parvarishlasangiz, oʻz vaqtida suv, oʻgʻit berib mehr bilan parvarishlasangiz kelajakda nihol ildizlari baquvvat ulkan daraxtga aylanadi. Oʻz vaqtida berilmagan parvarish esa daraxtni notekis oʻsishiga sabab boʻladi va kelajakda arzimagan shamol tufayli nobud boʻladi. Bu bilan siz meni nima demoqchi boʻlganimni anglagan boʻlsangiz kerak. 125 Ota-onalar oʻsmir farzandlari bilan qanday muloqotda boʻlishlari lozimligi haqida oʻzimning kichik tavsiyalarimni berib oʻtmoqchiman. 1. Mehri boʻling. Bu vaqtda bolalar jizzaki, jahldor boʻlib qolishadi. Siz ularning jahliga jahl bilan emas mehr bilan javob qaytaring. Oʻsmirlar hato qilishganida ota- onalaridan tanbeh eshitishni kutadi va oʻzlarini shunga tayyorlaydi. Aksincha, siz bu vaqtda tanbeh emas mehr bering. Shu oʻrinda 2-tavsiyamizga yoʻl ochiladi. 2. Yaxshi suhbat. Oʻsmir xatosi tufayli sizdan tanbeh eshitaman deb oʻylagan vaqti siz unga yaxshi suhbatdosh boʻling. Nima sababdan unday boʻlganini soʻrang va oʻsmirning muammosiga yechim uchun tavsiyalar bering. Maslakdosh boʻling. Oʻsmirlar bu yoshda kattalarning suhbatlariga muhtoj boʻlishadi. Lekin bu muhtojlikni oʻsmirlar aytishmaydi. Ishdan charchab kelgan boʻlsangiz ham suhbatlashing. Hech boʻlmaganda bugungi kuni qanday oʻtkanligi, qanday qiziqarli voqealar sodir boʻlganini soʻrang. Uning qiziqishlari, kelajakdagi rejalari va muammolari haqida suhbatlashing. 3. Cheklovlar. Oʻsmirlar tarbiyasiga doʻq-poʻpisa va xaddan tashqari cheklovlar baʼzan samarasiz boʻlib xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Farzandingiz qarorini ham eshitib koʻring. Balki farzandingiz qarori yaxshidir. Qaroriga oʻzgartirishlar kiriting va bu oʻzgartirishlar kiritishga yordam bering. Agar iloji boʻlmasa bu ish yaxshi emasligini yotigʻi bilan tushuntiring. Oʻsmir rozi boʻlmasa uning muammolariga birgalikda yechim toping. 4. Qiyinchiliklar. Oʻsmirlik davri qiyinchiliklarga boy boʻladi. Uning doʻst topishida, boshqalar bilan muloqot qilishida, biror ishda muvaffaqiyatlarga erishishida qiyinchiliklar boʻladi. Farzandiz mana shunday muvaffaqiyatsizliklarga uchraganda unga dalda boʻling. Bu vaqtda uni koyish yaxshi emas. Bu bilan muvaffaqiyatsizlikdan chiqib boʻlmaydi. Bu muvaffaqiyatsizliklardan chiqib ketish yoʻllarini koʻrsating, bu yoʻllarni oʻsmir bilan birga izlang. Oʻzini aybdor qilib yashashiga emas, hayotida hammasi yaxshi boʻlishini, atrofdagi goʻzalliklardan, yaxshiliklardan bahra olib yashashiga koʻmaklashing. Oʻsmir bilan muloqotni yanada yaxshiroq tushunish va buni oʻrganish uchun bu maslahatlarni bir nechta voqeliklarga boʻlib oʻrganamiz. 1. Farzandingiz maktabdan kiyimini kir qilib keldi. Unga boʻlgan munosabatingiz. X. Notoʻgʻri. Men senga shuning uchun qimmatbaho kiyimlar olib bermayman. Ahvolingni qara. ✓ Toʻgʻri. Maktabda hayajonli kun boʻlgan koʻrinadi. Aytib berasanmi? 2. Farzandingiz bilan muhim voqea yuzasidan suhbatlashmoqchi boʻlsangiz. X. Notoʻgʻri. Qani tez menga nima boʻlganini aytchi ✓. Toʻgʻri. Gaplshib olishni hohlasang men xonamda boʻlaman. 126 3.Farzandingiz sizga oʻz fikrini aytmoqchi. X. Notoʻgʻri. Katta boʻlganingda aqlilik qilasan. ✓. Toʻgʻri. Seni eshitmoqchiman, oʻgʻlim. Menga sening fikring muhim. 4.Farzandingiz qiyin vaziyatda va u sizdan yordam soʻrayabdi. X. Notoʻgʻri. Hozir emas qizim keyin gaplashamiz. ✓. Toʻgʻri. Kela qol qizim. Senga qanday yordamim kerak. Farzandingiz uchun ajratilgan ozgina vaqt va suhbat kelajakda farzandingizni balki sizning ham hayotingizni oʻzgartirib yuboradi. Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling