Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

SHOHINA ESANOVA 
2004-yil 2-iyunda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 
tug‗ilgan.Ingliz tili,Turk tilidan xalqaro darajdagi til 
sertifikatlari mavjud. Hozirgi kunda Termiz Davlat Universiteti 
Yuridik fakulteti Yurisprudensiya faoliyat turlari yo‗nalishida 
tahsil olmoqda. 
*** 
Tunlar ko'rpalarim yuvadi ko'zyosh 
Xazonga to'ladi bahorda hovlim 
Men qanday bariga beraman bardosh 
Seningdek osuda otmaydi tongim 
Kapalaklar bog'im kezmagay endi 
Tunlar derazamdan yoritmagay oy 
Yana mendayini topasan qaydan 
Qalbimda turibdi sen tirnagan joy 
Men qancha yig'ladim o'ylayapsanmi? 
Nahotki qalbingda qolmadi tuyg'u 
Ohangga jo'r bo'lib o'ynayapsanmi? 
Bu qalbim toridan chalingan qayg'u 
Qorong'u xonalar yutadi meni 
Quyosh yuzin burdi teskari qarab 
Sening olov kabi taftlaring qani 
Sochlarim silagay baxtsizlik tarab 


122 
Savollar beraman javoblaring yo'q 
Bilaman sog'inib o'rtanayapsan 
Sog'inmadim dema ishonganim yo'q 
Lek mensizlikka ham o'rganayapsan 
OTAMGA.... 
Qayga bo'y cho'zsam ham yetadi qo'lim 
Sizning xizmatingiz evazigami? 
Har kunim shodlikka baxtga limmo lim 
Sizning zahmatingiz evazigami? 
Do'stga zor bo'lmadim,bo'lmadim hech kam 
Ko'nglim podshoh bo'ldi,ko'rmadi bir g'am 
Ko'rmadi yuzlarim alam to'la nam 
Sizning mehnatingiz evazigami? 
Davralarda to'rni bermay so'zladim. 
Ba'zan shuhrat mol dunyoni ko'zladim 
Oyog'imdan chalishmadi,sinmadim. 
Sizning duoyingiz evazigami? 
Onamni egmadi hech g'am hech tashvish 
Akamni yuzi hech bo'lmadi xomush 
Bizni yenga olmadi biror bir yumush 
Zulmat tunlaringiz evazigami? 
Dunyoda borligim, boyligim otam. 
Qarang,oyoqdaman,tikman,mag'rurman. 
O'lguncha qarzimni ado etaman 
Dunyoyimcha turing yonimda har dam. 


123 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling