Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- References
- ABDUHOSHIMOVA HANIFA ALISHER QIZI
Conclusion. Yuqoridagi shevaga xos so‗zlarni quyida jadvalda
quyidagicha aks ettirish mumin: 77 Acknowledgement. Turli hudulardagi dialektizmlar o‗zgacha bir tarix, ta‘rifga egadir. Shu tufayli ham turli joyda har xil shaklda ifodalanadi. Bu dialektizmlar yozuvchining ushbu qissasida badiiyat unsurining ta‘minlanishida muhim vazifa bajargan. Ularni o‗rganish yozuvchining xalq shevalaridan foydalanish mahoratini belgilash va obrazlar yaratishda qahramon nutqiga xos detallarni baholashda zarur. Umuman, yozuvchi shevaga xos so‗zlarga takror-takror murojaat qilar ekan, qishloq odamlari nutqiga xos dialektal koloritga erishganligini qayd etish mumkin. References: 1. Tўйчибоев Б. Ўзбек диалектологияси.– Toшкент, Aбдулла Қодирий номидаги халқ мероси. – 2004. 112 б. 2. Бўрихон Л. Қуѐш ҳали ботмаган.– Toшкент, Ёшлар. 2018. 175 б. 3. Ziyouz.com 4. Ўзбек халқ шевалари луғати. –Тошкент:, Фан, 1971. 409 б. 78 ABDUHOSHIMOVA HANIFA ALISHER QIZI 2007-yil 22‐mayda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani O'zbekiston mahallasida tug'ilgan. Hikoya va she'rlari "Nur ustiga nur"," Ko'ngil qo'shiqlari", "Nazm bo'gidan guldasta" kabi to'plamlarda, viloyat va respublika nashrlarida e'lon qilingan. Hozirda Sirdaryo viloyatida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi. * * * Shamollar ham tindi ohista, Yurak jimjit urmay turardi. Hatto senga bo'lgan sevgimni Majnun ko'rib havas qilardi. Shu qadarki, senga bu yurak, Oshuftadir yoki hang-u mang. Sen qolasan qalbimda mangu, Men bo'larman sevgingdan garang. Gar Men oshiq va yoki sarson, Besh mahalni kutmayman histab Bir kunim ham senga yetmaydi, Gar seni Men sevsam-da istab. Ya habiblar habibi Egam, Sen hammadan barkamol zotsan. Seni sevmay ozor chekkanga, Huddi Humo qushidek yotsan. * * * Dunyo hech ham beshavqat emas, Insonlarning o'zlari bezor. O'lishingga arzimas hech kim, Qolishingga arziganlar bor. 79 Chiq-chiq etar hayot kapkiri, Har chorakda ming bir lazzat bor. Yig'lashingga arzimas hech kim, Kulishingga arziganlar bor. Har bir kulgi, tabassuming-chun, Senga oyni berguvchilar bor. Nafratingga arzimas hech kim, Suyushingga arziganlar bor. Hafa bo'lma, sho'r bu peshona, Sho'ri ketib qolar kunlar bor. Ayb qilishga arzimas hech kim, Savobingga arziganlar bor. Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling