Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Key words: writer, story, hero's speech, text, dialectism, dialect feature, dialect phenomenon, Kipchak dialect. Introduction
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Material and Methods
Key words: writer, story, hero's speech, text, dialectism, dialect feature, dialect
phenomenon, Kipchak dialect. Introduction. Xalq shevalari inson ruhiyatiga xos kechinmalarni asl holatda ifodalash imkoniyatiga ega nutqiy hodisadir. Shevalar kishi xarakterini ham qaysidir ma‘noda namayon etadi. O‗ziga xoslikni aks ettirishda, ayniqsa, badiiy asarlarda sheva unsurlari qahramonlarning xarakter xususiyati tasviriyligini va hayotiyligini ta‘minlashda muhim deyish mumkin. Shi ma‘noda shevaga xos so‗zlardan samarali foydalanish yozuvchining dialektal mahoratini ham belgilab beradi. Material and Methods Keyingi paytlarda o‗z asarlarida shevaga xos xususiyatlarni singdirib, xalqchil obrazlarni yaratishga erishib kelayotgan yozuvchilar qatorida Luqmon Bo‗rixonni ham keltirish mumkin. ―Marhamatli kun‖, ―Titrayotgan tog‗‖, ―Quyosh hali botmagan‖ kabi asarlar muallifi L.Bo‗rixon 1965-yil 15-fevralda Qashqadaryo viloyati G‗uzor tumaniga qarashli Yangiobod mahallasida dunyoga kelgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Ilk hikoyasi ―Begimqul katta‖ bo‗lib, 1987-yilda yaratilgan. Uning asarlari garchi ko‗p bo‗lsa-da, ‗‗Quyosh hali botmagan‖ qissasi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu asarda yoshlarning hayot sinovlariga bardosh berishi, yigit va qizlarning jasorati sodda, xalq tilida tasvirlangan. Qissaning badiiy tasvirida, ya‘ni voqealarda shevaga xos so‗zlardan mohirona tarzda foydalangan. Asarning matnida qishloq shevasi alohida ajralib turadi. Ya‘ni qipchoq shevasiga xos xususiyatlar eng ko‗p uchraydi. Ko‗plab hududlarda, jumaladan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo shevalariga xos unsurlar bu asarda keng qo‗llanilganki, beixtiyor qahramonlar xarakterini nutqidagi dialektal so‗zlardan anglab yetish mumkin. Results. ―Kuyov jigit bo‗p ketibsiz-ku, Tirkaship‖, – deb kulimsiradi muallim‖ [2, 9]. Bu gapda jigit, bo‗p, Tirkaship kabi birliklar dialektal mazmun kasb etgan. Ya‘ni qipshoq sheva elementlariga xos xususiyatlarni mujassam qilgan. Ya‘ni qishloq hududlarida [b] tovushi [p] tarzda, [e] tovushi esa [i] tarzda ifoda etilgani uchun turli shevaga xos so‗zlar vujudga keladi. Jigit fonetik dialektizmida [y] tovushi [j] tovushiga o‗zgargan, yoshiga ko‗ra shaxs otini ifodalagan. Keyingi bo‗p morfologik dialektizmida [l] tovushining tushishi, ravishdosh qo‗shimchasining [–p] dialektal shakli qo‗shilishi kuzatiladi. Tirkaship birligini dialektal onomastik so‗zga misol deyish mumkin. Adabiy shakldagi Tirkashev singari qo‗llanilsa, obrazning nutqi rasmiylashib qoladi. Dialektizm esa bu holatning oldini olgan deyish mumkin. Yuqorida keltirilgan misoldagi bo‗p so‗zida esa tovush tushishi, tovush almashinishi kabi dialektal hodisalar kuzatilgan. 76 ―Xullas, Tanzila yangi xonadonga tez singishib ketdi. Abil akani ―Dadajon‖, Uldon chechani ―Onajon‖ deb ataydigan bo‗ldi‖ [2,20]. Bu gapda qo‗llanilgan checha birligi sof dialektal so‗z bo‗lib, yanga ma‘nosini ifodalaydi. ―‗Checha – yanga, kelinoyi‖ [3]. Yurtimizning turli hududlarida bu dialektizm turlicha ifodalanadi. Bu birliklar adabiy tilning leksik qatlamiga singib borayotgan dialektal so‗z bo‗lsa-da, shevaviy xususiyatini yo‗qotmagan. ―Shu payt qiya ochiq darvozamizdan Uldon checha bosh suqdi. –Hamsoya-yu-yu…‖ [2, 18]. Gapdagi hamsoya dialektal so‗zining ma‘nosi quyidagicha: ―Hamsoya – soya ostida birga: qo‗shni. Yonma-yon hovlida yashovchi; qo‗shni‖[3]. Qashqadaryo hududida shunday talaffuz etilsa, Samarqand viloyatida esa hamsiya shaklida ifoda etiladi. ―Quvondiq aka otamning eski qadrdonlaridan bo‗lib, tog‗ tomonlarga yo‗li tushgan paytlari ba‘zan biznikiga ham qo‗nib o‗tar, momaqaldiroqdek gurillab gurungni gurungga ular, ora-chora jo‗rasini ham cho‗lga ko‗chib borishga da‘vat qilar…‖[2, 5]. Insonlar o‗rtasidagi qizg‗in suhbatlar davrani qizdiradi va bu gurung ham deyiladi. ―Gurung – 1. Qizg‗in suhbat, gap; bahs. 2. Gap‖ [3]. Qizg‗in suhbatlarni nafaqat gurung deymiz, balki gap-gashtak deya ham shevalarda ishlatamiz. ―–Soatjon, yugur anovining ortidan, deya u qizcha tomon imo qildi, - qochib ketyapti, aylanay sendan, yugur, ushlab kel!‖ [2, 13]. Anovi olmoshi ana shu olmoshining qisqartirilgan va shevaga xos variant hisoblanadi. Bu olmoshni ikki xil ma‘noda ifodalash mumkin. Ular quyidagilardir: ‗‗Anovi – 1. O‗zidan naridagi shaxs, narsa va shunga ishora qiladi. 2. Gapirilayotgan vaqtda ko‗z oldida yo‗q, ammo ma‘lum shaxs, narsa va shunga ishora qiladi ‗‗ [3]. Bu so‗zni shevaga xos shakli bo‗lgani bilan, u anov, anavi deya ham Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida foydalaniladi. ―Jan-u jadal boshlanib, atom bomba kasofatidan dunyoniing kuli ko‗kka sovirilsa, mol-u mulkim kimga ham qolardi degan o‗yda iztirob chekib yurgan usta Abil sahar chog‗i bisotidagi bor-yo‗q ikki bosh oriq qo‗yni bir paytlar pochtachi Tog‗ay tog‗adan sotib olgan…‖ [2, 3]. Yer yuzidagi nimjon, etsiz jonzot yoki hayvonga nisbatan oriq so‗zi ishlatiladi. ‗‗Oriq – badaniga et bitmagan, ozg‗in, kamgo‗sht‖ [3]. Bu so‗z ham yuqoridagi so‗zlar kabi turli xil tarzda talaffuz qilinadi. Arriq, orriq deya esa Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining qishloq hududlarida ifodalanadi. Ya‘ni bu dialektizmlarda tovushlarning qavatlanish dialektal hodisasi kuzatilgan. Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling