Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

TOSHPO'LATOVA MUSHTARIY 
2008-yil 5-mart kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 
Gulbog' mahallasida tavallud topgan. "Ijod bog'idan 
guldasta", "Ko'ngil qo'shiqlari" ijodiy bayozlarida she'rlari 
nashr etilgan. 2021-yilda "Mehr gullari" nomli birinchi kitobi 
chop etilgan. Hozirda Sirdaryo viloyatida joylashgan Halima 
Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi. 
YOMG'IR 
Osmon to'ldi qora bulutga, 
Yomg'ir sekin yog'a boshladi. 
Har tomchidan chekib aziyat, 
Ko'zlarini asta yoshladi. 
Bugun yerga alamin aytib, 
Ko'z yoshiga g'arq bo'ldi dunyo. 
Uni ko'rib bechora quyosh, 
Ko'rpasiga ko'mildi go'yo. 


80 
Hamon yig'lar bechora osmon, 
Tugamaydi alam va hasrat. 
Tomchi dilni kuydirdi yomon, 
Ko'kdan so'rar quyosh ham shavqat. 
MAJNUNTOL XAYOLLARI 
O'sar daraxt suv bo'yida, 
Sochlarin olgan tarab.
Turfa xayollar o'yida 
Sukut saqlar suvga qarab. 
Boshini ham egib olgan, 
Suvga qilib ehtirom. 
Jimliklarga quloq solgan, 
Tabiatni etib rom. 
O'tar kuni, o'tar yili, 
Turmush tarzi shunday hol. 
Suv tutgan soyga egilib, 
Kun o'tkazar majnuntol. 


81 
SAIDQULOVA DIYORA BEHZOD QIZI 
2008-yil 14-sentyabrda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 
tug'ilgan. She'rlari viloyat va respublika nashrlarida e'lon 
qilingan. Hozirda Sirdaryo viloyatida joylashgan Halima 
Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi. 
BAHOR 
Qishni qo'ydik kuzatib,
Qalbdan to'kildi ohor.
Dalalarni yashnatib,
O'lkamga keldi Bahor! 
Tuyg'ularim gullashib,
Ko'ngilda chalinar tor.
Qalbga baxtlar ulashib,
O'lkamga keldi Bahor.
Boychechak yuvib yuzin,
Iforin sochar har yon.
Suluvdek suzib ko'zin,
O'lkamga keldi Bahor.
YANGI YIL 
Shodliklarga burkanar olam, 
Sening noming birla yayrar dil.
Biram fayzli bo‗lar tashrifing,
Quchoq ochib kelgin, yangi yil.


82 
G‗am-g'ussani ketkazib nari,
Har bir uyda shu'lalar porlar.
Betoqatman, kutganim sari,
Ular meni baxt sari chorlar. 
Anduh o‗rnin egallar quvonch,
Yaqinlarga shodlik sovg'a qil.
Yangi hayot eshiklarin och, 
Quchoq ochib kelgin, yangi yil. 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling