Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSHTARIY MUHAMMADJONOVA
- USTOZLARIMGA
NURMAMATOVA SATIMA
2009-yil 11-iyunda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tavallud topgan. Hozirda Sirdaryo viloyatida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi. BUVIJONIMGA Maʼyus koʻzingizga tik boqsam agar, Qoʻrqaman oʻtmishning azoblaridan. Siqilmang, buvijon, hammasi oʻtar, Dunyoni horitgan bu tashvishlardan. Tiladim dunyoning saodatlarin, Sinovlar qoshida turingiz kulib. Koʻring nabirangiz mukofotlarin, To dunyo turguncha sogʻ-omon boʻlib. Yuzlarni qarshilang oʻn sakkiz yoshdek, Oltmish besh yoshingiz boʻlsin muborak. Yuzingiz porlasin goʻyo quyoshdek, Tugʻilgan kuningiz boʻlsin muborak! ONAJON Osoyish topsada yurak huzuri, Jonimga oroyish kirsa-da biroq Hislarim bir inson asiri Asira aylagan sizsiz Onajon Qoshimda ilhomim boʻlganda bunyod, Yoshlikning hislarin urganda tugʻyon,. Koʻngil jolalarim qilganda faryod Yonib izlaganim sizsiz, Onajon! 87 Sheʼriyat olamin erka ohusi, Boʻlib kezsam agar butun dunyoni. Yoʻlimdan adashsam, qilsamda faryod Yelib izlaganim sizsiz, Onajon Uzoq manzillarda yuribman izsiz, Bechora yuragim qiynalar sizsiz. Koʻzlarda sogʻinch barq urgan hamon Sevib talpinganim, sizsiz Onajon! MUSHTARIY MUHAMMADJONOVA 2009-yil 4-iyulda Toshkent viloyati Bekobod tumani Achamayli mahallasida tug'ilgan. Hozirda Sirdaryo viloyatida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi. VATAN Qadri baland qadrdonimsan, Quyoshimsan, oyimsan, Vatan. Suyukligim, jo‗shqin qonimsan, Muhabbatga boyimsan, Vatan! Tuprog‗ingni ko‗zimga suray, Onamdayin azizim, Vatan. Sening uchun mayli jon beray, Zilol suvday lazizim, Vatan! Tarixingni doston qildilar, Dostonlarda yashaysan, Vatan. Bolalikdan singdirdi ular, Yuraklarda yashnaysan, Vatan! 88 Men-ku sening jajji shoirang, Qabimdagi nolasan, Vatan. Momo Havo seningdir, onang, Sen bizlarga onasan, Vatan! USTOZLARIMGA Qo‗limdan tutdingiz, adashmasin deb, Yomonlar tikonin qadashmasin deb. Onamday mehribon, otamday ulug‗, Ustozim, sizga ming tashakkur, qulluq! Ba'zida so‗zingiz ikki qilsam ham, Gohida qaysar va o‗jar bo‗lsam ham. Hali bola deya koyimadingiz, "Ulg‗aysa barchasin anglar",— dedingiz. Bugun biz ulg‗aydik misli polapon, Ketyapmiz turli xil sinovlar tomon. Kuzatar chog‗ingiz ko‗zingizda nam, Dedingiz: "Hamisha baxtli bo'l, bolam". O‗gitingiz mudom qoidam bo‗ldi, Siz bergan saboqlar foy(i)dam bo‗ldi. Sizga tazim aylab bugun aytaman: "Men ham izingizdan olg‗a ketaman". Ustozim, baxtimga bo‗lingiz omon, Yonimda qoyadek turingiz har on. Ezgulik ulashib tolmangiz aslo, Gul kabi kulingiz har dam, doimo. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling