JABBOROVA DILNOZA ILYOSJON QIZI
2007-yil 3-aprelda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida
tug'ilgan. "Yosh kitobxon" tanlovi, Muhammad Yusuf
tavalludiga bag‗ishlangan "Qalblardan joy olgan shoir" tanlovi,
"Yoniq yuraklar" tanlovi hamda yana bir qancha respublika va
viloyat miqiyosidagi tanlovlarning faol ishtirokchisi va faxrli
o‗rinlar sohibi. 2020-yil "Quvonch bekati" nomli to‗plami
nashrdan chiqqan. She'rlari bi qancha to‗plamlarda chop etilgan.
Hozirgi kunda Sirdaryo
viloyatida joylashgan Halima
Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‗quvchisi.
IZLAM
Yolg'izlikda yolg'izlik bilan,
Kezdim xayol ko'chalarini.
She'riyatning mamlakatidan,
Izladim baxt kechalarini.
Bo'ldi!
Yetar!
To'lib ketdi dil,
Talpinadi sirlar qay tomon?
She'r-la dardkash tutingan ko'ngil,
She'rdan boshqa kimga aytaman?
73
Chalkash, daydi tuyg'ular bilan,
Tun qo'yniga kirib boraman.
O'sha tanish chigallik bilan,
Yangi tongni qarshi olaman.
Dengizlarga yetaklasin kun,
Tanbal ruhim bir zum uyg'otsam.
She'riyat bir dengiz bo'lsa-yu
Men o'zimni dengizga otsam.
KICHIK DARAXT
Men kichik daraxtman,
mustahkam daraxt,
Qishlarning zulmiga bera olgan dosh.
Ba'zan qahratonlar etgusi karaxt,
Ammo erta ko'klam ko'taraman bosh.
Men cheksiz osmonman,
tubi yo'q osmon,
Yulduzlar quvonchim - hamisha porloq
Horg'in bulutlari - mendagi armon,
G'azabim, nafratim - momoqaldiroq.
Men kuchli shamolman,
dovrug'li shamol,
Anglay olmasman hech tabiat sirin.
Borligim - bilmadim kimlarga malol,
Goho mayin yelman, gohi izg'irin.
Men asli insonman,
oddiy bir inson,
Goh quvonch tanimas,
goh bilmas qayg'u.
Aslida men emas maqsadlar osmon,
Shamollardek kuchli qalbdagi orzu.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |