Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

BIRINCHI MUHABBATIM 
Sevgi samosiga sevgingla uchib, 
Hijronlardan kechib, visolni quchib, 
Oʻzimdan qizg'onib, rashkimdan cho'chib, 
Qalbimga ishqingni soldi Ollohim 
Birinchi muhabbatim. 
Tunday qaro ko'zing shaydosi boʻldim, 
Bolday shirin soʻzing gadosi boʻldim, 
Muhabbatning qoʻshiq sadosi boʻldim, 
Koʻksimda gullagan qiyg'os daraxtim 
Birinchi muhabbatim. 
Ishqingda aylading dalli-devona, 
Sogʻinching shamiga men bir parvona, 
Tenging yoʻq dunyoda, oʻzing bir dona, 
Koʻnglim ko'shkidasan shohim, sultonim 
Birinchi muhabbatim. 
Hayotimga mazmun, ma'no berolding, 
Ketding,lek yurakda abadiy qolding, 
Bu dilim o'zingga bandi etolding, 
Seni uchratganim buyuk bir baxtim 
Birinchi muhabbatim. 
Qop-qora sochlarim qorga aylansa, 
Shoʻx-shan nigohimga munglar joylansa, 
Arshi aʼlolarga ruhim shaylansa, 
Eslayman poyonga yetsa ham umrim 
Birinchi muhabbatim. 


59 
MALIKA SULTON 
1967- yil 8-martda Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida 
tavallud topgan. She‘rlari ―Vatanga vafo‖, ―Xushxabar‖ va 
―Nur ustiga nur‖ nomli kitoblarda nashr etilgan. Hozirda 
Sayxunobod tumanidagi 4-maktabning Ijodiy-madaniy 
masalalar bo‗yicha targ‗ibotchisi. 
BAXTIM 
Baxtim, menga quchogʻingni och, 
Goʻdak boʻlib mehringni tuyay. 
Armonlarim,yoʻllarimdan qoch 
Orzularni oqlarga boʻyay. 
Baxtim, menga gullaring hidlat, 
Mast boʻlayin sarhush hidingdan. 
Yoʻllarimdan tikonni yoʻqot, 
Orom olib quchay boʻyingdan. 
Baxtim menga kulging ila boq, 
Yanoqlarim quvonchdan yonsin 
Koʻksim uzra niyatlaring taq 
Yigʻlamasin, dilim quvonsin. 
Baxtim,menga qoʻllaring uzat, 
Pushaymonlar siqmasin qoʻlim. 
Bulbullaring bagʻrimda sayrat 
Qargʻalarga toʻlmasin yoʻlim. 
Baxtim, menga borliging bildir, 
Umid gʻunchalarim gul yanogʻida. 
Bor boʻlsang bagʻrimda,borliging shudir 
Nam koʻrmay bolamning koʻz qarogʻida. 


60 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling