Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOZILOVA LAYLO
- ONAMNI ASRA
QISHLOQ AYOLI
Qishloq ayoliga osonmas biling, U hatto oyga ham alla aytadi. Hatto ko'zlariga tongni berkitib, Shom bo'lgach daladan uyga qaytadi. Bir qo‗li tandirda, bir qo'li kirda, Osh damlab turib ham tinmas hayoli, Hali sigir sog'ib, sutni pishirib Bolasiga tutadi qishloq ayoli. Yangi uy qurilsa er bilan birga, Loy tepib guvala quyar hovliga. Shohona hayotni tushida ko'rib O'ngida shukr deb yashar boriga. Hali xo'roz qichqirmay turib, Suv sepib, ko'chani supirib qo'yar. Saharda bir etak bolasi uchun Tandirda non yopib qo'llari kuyar. Sigirin etaklab ketar dalaga, Bir o'sma qo'ymoqni ko'rmaydi ravo. Qo'lida ketmoni ishlashi kerak Sovib ketmasidan bu injiq havo Atir- upa u uchun shunchaki buyum, Yuziga oftobning nuri quyilgan. Tirnog'in o'stirib, qilmaydi jilo Qo'llari mehnatda o'yilgan. Balki, bo'la olmas oq bilak xonim, Balki olim bo'lmay olamdan o'tar. Lek sabrda toblangan qishloq ayoli Shu qadoq qo'lida dunyoni tutar. Qishloq ayoli bu, qishloq ayoli!.. 61 FOZILOVA LAYLO 2009- yil 22-iyunda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tavallud topgan. Hozirda Sayxunobod tumanidagi 2- maktabini 8-sinf o`quvchisi. TIKONNING GULI Shunday insonlar borki ularning umr hikoyalarida bahorning yolg‗onchi gullari yashirin... Bu naqadar shafqatsizlik. Ba‘zan esa tikonlar ichida gullar yashirin, huddi kaktus singari. Vaholanki kaktusni sevuvchi insonlar oramizda bisyor. Ba‘zida shu tikonlar orasida yashirin bo‗lgan go‗zallik - kaktuslarchalik insonni inson tushunolmaydi. So‗g‗inchli sabrlar so'nggida esa kaktuslar ham gullar singari go‗zal va beg‗ubor gullaganini ko‗ramiz. Tikonli gullar uch yuz yilgacha yashay oladi. Bu esa juda issiq haroratda so‗lib qolmaslik va chidamliligini anglatadi. Nahotki, insonlar taqdir zarbalariga shu kaktuslarchalik kurasholmasa? Uzilgan atirgul misoli tezda qurib qolsa bu nimasi axir. Bunday gullarni bir yilda bir marotaba gullaydigan turlari ham mavjud. Kaktuslarning aynan o‗sha turlari kutish nimaligini yaxshi bilishadi. Qachon gullashlarini kutishadi. Ular hech qachon so‗lib qolmaydi. Bu xususiyat insonning doimo ichida yashaydigan va hech ham tark etmaydigan umidi singari go‗zal. Oramizda shunday insonlar borki ular chinakam sadoqat ila bizga do‗stdirlar. Do‗stlar tabiiyki bizning xato va kamchiliklarimizni to‗g‗irlashga urunadilar. ―Do‗st achitib gapiradi, dushman kuldirib.‖ - deganlaridek bizga do‗st bo‗lgan insonlar xatolarimiz va kamchiliklarimizni yuzimizga aytishganida ularni ―tilida tikon bor‖ deya ayblaymiz. Aslida esa ularning ko‗ngillarida go‗zal gullar gullaydi. Ularning xushbo‗y ifori taralib, ochilib turadi. Huddiki tikonlar gullaganidek... OTA O‗rningizni bosolmas hech kim, hech qachon, Meni sizdek tushunmas boshqa odamlar. Sizni yaxshi ko‗raman aziz, otajon, Otamdek hokisor, oddiy odamlar 62 Minnatsiz mehrni ularda ko‗rdim, Otamning mehridan qochadi g‗amlar. Quyoshdek taftidan quvonchga to‗ldim, Otamdek yaxshisiz, oddiy odamlar. ONAMNI ASRA Kunlar kelar balki, baxtlarni quvib, Erta tong turadi quyoshdek kulib, Barcha orzularni sen qilma barbod, Men uchun onamni asrab tur, hayot! Hech kimsaga sen muhtoj qilmagin Hayot, sen ustimdan hadeb kulmagin, Baxtim - onam axir olib qo‗ymagin, Bemor qilma, dard ila dilim o‗ymagin, Men uchun onamni asrab tur, hayot! Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling