XAYITOVA XURSANDOY XUSHNUDBOY QIZI
2006-yil 13-mart kuni Xorazm viloyati Xiva shahrida
tug'ilgan. 2023-yildan buyon Qizlar Ovozi bo'yicha Xiva
shahar bosh koordinatori faolyatini olib bormoqda.
Hozirda
Xiva shahridagi 9-son maktabning 11-sinf o'quvchisi.
SIZGA HAVAS QILSIN ODAMLAR
Siqilmang hech, doimo kuling,
G'am tashvishga to'lgan qadamlar.
Shirinso'z va muloyim bo'ling,
Sizga havas qilsin odamlar.
O'zgalarni ranjitmang aslo,
Qaytib kelmas axir bu damlar.
Yuraklarni qilmang siz ado,
Sizga havas qilsin odamlar.
Dunyo desin, eng yaxshi inson,
Chiqmasin hech dildan alamlar.
Bu ko'ngilni, sindirmoq yomon,
Sizga havas qilsin odamlar.
Baxtga to'las albatta bir kun,
Yuraklarda qolmasin tugun.
Ibodatda bo'lin siz har kun,
Sizga havas qilsin odamlar.
40
Bo'lsangiz ham osmondagi oy,
Oling inson qalblaridan joy.
She'rlar yozdi bugun Xursandoy
Sizga havas qilsin odamlar.
OXIRGI NUQTA
Nega qo'ydingiz siz oxirgi nuqta,
Gaplashmay ketdingiz jimgina so'zsiz.
Ko'nglim ketaverar, desam ham to'xta,
Asta shivirlab der hamon u yolg'iz.
Nega qo'ydingiz siz oxirgi nuqta,
Aqlim ham o'zimga bo'ysinmas essiz.
Vaqtlar davo bo'lar iltimos kutma,
Eshitsa titraydi yurak ismingiz.
Nega qo'ydingiz siz oxirgi nuqta,
Ishqimiz qissasi bo'lsi nihoya.
Ayting sizmi yo men qalami ojiz,
Yoki yozdingizmi? Yangi hikoya
Nega qo'ydingizsiz...
41
SUYUNOVA BARCHINOY SHUHRAT QIZI
Hozirgi kunda faol yoshlar qatorida. Turli xil forumlar ilmiy
kanfrensiyalada qatnashchisi. Hozirda Yurisprudensiya fakulteti
2-bosqich talabasi, kelajakdagi orzusi Respublika Bosh
Prokurori bo'lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |