Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
TA'LIM MUASSALARIDA MA'NAVIY-MA’RIFIY
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
TA'LIM MUASSALARIDA MA'NAVIY-MA’RIFIY
ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI MUOMMOLA Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim muassalarida ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirish, ma'rifiy ishlarga jalb qilish, yoshlarni tarbiyasida ma‘naviy-marifiy ishlarning o'rni va ahamiyati, undagi erishilgan yutuqlar va muommolarni aniqlash, bartaraf etish chora tadbirlarini ko‘rsarilgan. Kalit so’zlar: Ma‘naviyat, ma‘rifat, yoshlarni ma‘naviy salohiyatini yuksaltirish, ma‘rifiy ishlar samaradorligi, ma‘naviy-marifiy ishlardagi yutuqlar va muommolar. Ushbu kunda zamon talablariga binoan eng katta qaratilayotgan e‘tiborlardan biri yoshlarimizni ma‘naviy-ma‘rifiy salohiyatini oshirishdir. Zamonamizning dolzarb mavzularidan biri desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Ta‘lim muassasalarida ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish–ma‘rifat va madaniyat borasida olib borilayotgan islohotlarni mustahkamlashda asosiy omillaridan biri sanaladi. Mamlakatimizdagi ma‘naviy tiklanishning hozirgi bosqichida fuqaroni, xususan o‗quvchi-yoshlarni milliy istiqlol g‗oyalari ruhida tarbiyalashning ahamiyati tobora oshmoqda. Shu bois, o‗rta maxsus ta‘lim muassalarida ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar tizimini tubdan yangilash, isloh qilish O‗zbekistonning buyuk kelajagini ta‘minlashning bosh shartlaridan biri deb e‘tirof qilmoq kerak. Biz yoshlarimizning ma‘naviy salohiyatini oshirishimiz uchun eng avval ularning ongiga ma‘naviyat tuyg‘ularni singdirishimiz kerak. Buning uchun biz ma‘navigation tushunchasi nima ekanligini anglab olishimiz zarur. ―Ma‘naviyat–insonni ruhan poklanishi, qalban ulg‘ayishiga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon- 42 e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonim uyg‘oladigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.‖ Demak ma‘naviyat keng ma‘noli so‘z desak mubolag‘a bo‘last ekan. Ma‘naviyat tushunchasi jamiyatimizdagi, insonlar hayotidagi diniy, axloqiy, ruhiy, mafkuraviy, ma‘naviy, ma‘daniy, ma‘rifiy, g‘oyaviy, ilmiy qarashlarining majmuasidir. Biz bu qarashlarining umumlashtirilgan holiday bitta tushuncha bilan ifoda etamiz bu bo‘lsa–―Ma‘naviyat‖dir. Bugungi kunda yoshlarimizni ma‗naviyatini oshirishga qaratilayatgan e‘tibor katta. Buning isboti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil, 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin- qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu 5 ta tashabbus haqida qisqa qilib to‗xtalamiz: Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi. Buning barchasi yoshlarimizni ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarda faolligini oshirish ularning komil inson qilib tarbiyalashga qaratilmoqda. Biz avvalo yoshlarimizni ma‘naviy-ma‘rifiy salohiyatini oshirishimiz uchun ta‗lim muassalarida ularning maktabga borganidan yuksak ma‗naviyatli qilib, vatanga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishimiz kerak. Buning uchun biz ta‗lim muassalarida ma‘naviy-marifiy ishlarni to‗gri tashkil qilishimiz yoshlarimizga qiziqarli tarzda ularni jalb eta olishimiz lozim. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‗kidlaganidek ― Oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu 43 vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma‗naviyatini shakllantirishda, boshqacha aytganda, ozod, opz haq-huquqini yaxshi taniydigan, boqimandalikning o‘zi uchun or deb biladigan, o‗z kuchi va ahliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‗z shaxsiy manfaatlarini xalq, vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‗radigan yoshlarni, komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir‖ . Ma‗lumki tarbiya inson shaxsi ma‗naviyatini, e‘tiqodini, o‘zini anglash, yon atrofga bo‗lgan munosabatini shakillantirishga qaratilgan jarayondir. Shunday ekan, ushbu jarayon mutanosibligini ta‘minlashda ta‗lim tarbiya ishini uyg‗un tarzda olib borish lozim. Ta‗lim orqali yoshlarni ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarda samaradorligini oshirish yoshlarni hayotda o‗z o‘rinlarini topishdan ma‗lum bir kasb-hunarni o‗rganish bilan birga, kelajakda o‗z o‗rnilarini topishdan samara beradi. Xalqning ma‗naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‗ziga xosligi, qayta tiklanayotganligi, jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‗lida muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljitishda hal qiluvchi, ta‗bir joiz bo‗lsa, boshlovchi ahamiyatiga egadir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‗kidlaganidek ―Huquqiy demokratik adolatli davlat qurishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, xalqimizning madaniy va eng nozik tuyg‘ularini, chuqur falsafiy, siyosiy, huquqiy tushunchalarini o‗zida mujassam etadigan ma‗naviyatni yuksaltirish asosiy va ustivor vazifalardan biriga aylandi ― . Ushbu fikrlarini izohlaydigan bo‘lsak biz kuchli jamiyat qurishimiz uchun yoshlarimizni ma‘naviy-ma‘rifiy ishlardagi faolligini oshirishimiz kerak. Bugungi kundagi harakatlarimiz o‘z samarasini ko‘rsatmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunga misol tariqasida bugungi kunda ta‗lim muassalarida ma‘naviy- marifiy ishlarni samaradorligi ancha yuqori darajada yetgan buni isboti tariqasida biz mamlakatimizning eng chekka joylarida ham olib borilayotgan targ‘ibot ishlaridir. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi 5040-son Qaroriga muvofiq olib borilayotgan ishlar bugungi ta‗lim muassalarida ma‘naviy-marifiy ishlarni samaradorligi oshirishdagi muommolarni bartaraf etib kelinmoqda. Ushbu qaror ―Ma‘naviy-marifiy ishlar tizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida‖. Ushbu qarorning qisqacha qilib mazmunini yoritadigan bo‘lsak ―Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‗zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda ―Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari‖ degan hayotbaxsh g‗oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlarning samaradorligiga to‗siq bo‗layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.Xususan, ma‘naviy-ma‘rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma‘naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, 44 ushbu yo‗nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‗lga qo‗yilmagan‖ . Ushbu qarorga muommolar o‘rtaga qo‘yilgan yoshlar, jamiyat hayotimizdagi eng dolzarb muommolar keltirilgan ushbu muommolarga yechim tariqasida ustuvor yo‘nalishlar belgilangan ushbu ustuvor yo‘nalishlar natijasida bugungi kunda yoshlarimizni ma‗naviyatini oshirishga qaratilayatgan chora tadbirlari olib borilmoqda. Xulosa qilib shuni ta‘kidlashimiz joizki biz ta‘lim sohasida ma‗naviyatini yuksaltirish yoshlarimizni kitobxonlikka jalb qilsak bizning eng katta yutuqlarimizdandir. Ta‘lim muassalarida ma‘naviy-marifiy ishlarni olib borsak, targ‘ibot ishlarni yo‘lgaqo‘ysak natijaga erishamiz. Ma‘naviyat va ma‘rifat davlat ichki hayotidagi bir butunlikni, odamlar ruhiyatidagi ko‗tarinkilik va kelajakka ishonchni, aql zakovat yuksakligini, o‗z faoliyatida tinchlikni, millatlararo hamjihatlikni barqaror rivojlantirish yo‗lini aniq belgilashdagi o‗z fuqarolarning orzuumidlarini, manfaatlarini ifoda eta bilish, uni buyuk kelajak sari harakatga yo‗naltirish va unga rahbarlik qilish salohiyati hisoblanadi. Biz ta‘lim sohasida ma‗naviyatini yuksaltiriShimizu bizning eng katta yutig‘imiz hisoblanadi. Ushbu maqolada yuqorida to‘laqonli qilib yoritib o‘tgan mavzumizga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki ta‘lim muassalarida ma‘naviy-marifiy ishlarni samaradorligi oshirishdagi muommolarni avvalo belgilab olishimiz, yoshlarimizni jalb qiladigan ulani qiziqtirgan mavzularda targ‘iborat ishlarini olib bo‘lishimiz ma‘naviy-marifiy ishlarni samaradorligi oshirishga qaratilgan e‘tiborni kuchaytirishimiz kerak. Shundagina biz ko‘zlagan maqsadimizga erishamiz, yuksak cho‘qqilarni zarur etamiz Kelajagimiz–biz yoshlarni qo‘lida‖ biz qancha yoshlarimizni komil inson qilib tarbiyalashga kelajagimiz shuncha mustahkam bo‘ladi. Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling