Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
HAYDAROVA MUSHTARIY ABDUMALIK QIZI
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAYTMAS DAVRLAR
- JAMOLIDDINOVA MUMTOZBEGIM UMIDJON QIZI
- ILHOM PARISIGA
HAYDAROVA MUSHTARIY ABDUMALIK QIZI
2001- yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. "Istiqbolli yoshlar" almanaxi ishtirokchisi. Amerikaning Shimoliy Alabama universiteti tomonidan yoʻlga qoʻyilgan "Pedagogik etika va kasbiy kompetensiyalar" oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabasi. *** Dunyodan kir olmayin deb, Oʻtay desam, niqobim yoʻq. Ayyorlarga oʻzlaridek soʻzlay desam, Xitobim yoʻq. Bir kemtik bor yuragimda, Dardim toʻlib, toshib borar. Oq varogʻim yuzidagi Qora dogʻlar oshib borar. Orzu toʻla yuragimni Endi qanday asragayman?! Yuragimning kosasidan Toʻkilganin soʻrogʻi bor. Haqqushlarning nidosini Sekin-sekin bastalayman. Xastadayman, mudom endi Tuzalmagan xastadayman... Koʻksimdagi jarohatga Qarab-qarab soʻnishim yoʻq, Yoʻq, taqdirning ishlariga Mayli deya koʻnishim yoʻq! 33 QAYTMAS DAVRLAR Bolalikning nafis xotiralari Mayin sabolarni ortda qoldirar. O‗sha shodon damlar, erkatoyliklar, Qaytmas davrlardir, qaytmas davrlar. Orzularim rangi kapalak qadar, Olis kelajakka uchib borarlar. O‗zni unutaman, xayol darbadar, Qaytmas davrlardir, qaytmas davrlar. Qaytmas davrlardir, qaytmas davrlar, Nechun qaytmasligin aytmas davrlar. JAMOLIDDINOVA MUMTOZBEGIM UMIDJON QIZI Namangan viloyati Uychi tumanida 2002-yil 20-aprelda tug‗ilgan. Ijodiy ishlari viloyat, respublika hamda chet elning ko‗plari gazeta va jurnallarida nashr qilingan. "Siz bor uchun" she‗riy to‗plam muallifi. Hozirda Namangan davlat universiteti talabasi. BOGʻDA Shamol kezar bog' aro Gullar so'zlashni boshlar. Chapak chalar daraxtlar Jilg'a ko'zlarin yoshlar. Bulbul sayraydi, ko'rkam Atirgulning shoxida. Ufqqa tomon qari tol Qarab qo'yar gohida. 34 Bag'rin ochib borliqqa, Ko'kdan tushar tomchilar. Ona bo'lib go'yoki, Maysalarning sochin silar. Bog'da ajib tarovat. Unda ishqim qoladi. Dilda iliq harorat Faqat ash'or oladi. ILHOM PARISIGA Bulbul kelar bog‗larga qaytib, O‗z guliga aytadi ash'or. Gulbahorlar kelsada, lekin, Sen kelmading ko‗nglimga takror. O‗tdi qancha yozu qishlar ham Sen-la o‗tgan kunni eslayman, Oqshom bedor she'r yozib birga Orom bilmas tunni eslayman. Sog‗inaman, esganda sabo Sendan xabar kelarmikan deb? O‗sha go‗zal ilhom parisi Sog‗inganim bilarmikan deb? Bog‗da yolg‗iz kezaman tanho, Sog‗inchlarim sochini silab. Qo‗msab qolar yurak gohida, Yomg‗ir yog‗sa tomchi-tomchilab. Kelaqolgin ilhom pariyim, Yuragimga yog‗masdan qorlar. Kelsang agar sen ham sog‗inib, Yashnab ketar dilda bahorlar. 35 Meni tashlab ketmagin yolg‗iz Menga hamroh yo‗lim parisi, Mushtoq senga Mumtozadek qiz, Sen aslida ko‗nglim parisi. Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling