Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

XOLMATJONOVA DIYORA BAHODIR QIZI 
2009-yil 27-oktyabrda Toshkent viloyat Nurafshon shahrida 
tavallud topgan. Yosh, havaskor shoiraning ijodiy ishlari 
Moldova, Buyuk Britaniya, Germaniya, Keniya kabi qator 
mamlakatlarda turli tillarda nashr etilgan. 30 dan ortiq 
respublika olimpiadalari g'olibasi,10 dan ziyod antalogiyalar, 
forumlar qatnashchisi va 4 ta Xalqaro tashkilot rasmiy a'zosi. 
MEHRIBON FARZAND YOXUD
ISHONCH OILA TAYANCHI
 
Gullar chaman bo'lib o'sadigan,qushlar,hayvonlar tinchlikda yashaydigan bir 
qishloqda ko'plab oilalar ahil-inoq bo'lib yashar ekan.Qishloqda turli bayram 
tadbirlari ,hashar va bellashuvlar tashkillashtirilar va barchasida eng faoli Donoxon 
ismli qiz ekan.Donoxon o'rta ta'lim maktabida o'qiydi.Yoshligidan ilmga, o'qishga 
ishtiyoqi baland edi.Tanlovlarda ham faol qatnashib keladi.Barcha bellashuvlarda 
g'olib doim o'zi bo'ladi.Ammo uni onasi yoshligida olamdan o'tgan.Ona mehrini 
bilmay o'smoqda.Otasi esa bemor.Shifokorlar umri tugab borayotganini aytgandan 
keyin Donoxon ham o'qishiga bormasdan otasiga qarab kelmoqda.U doim 
kitoblardan otasining dardiga davo qidiribdi.Nihoyat u bir ensiklopediya kitobidan 
dorivor o'simlik haqida ma'lumot topibdi.U dorivor o'simlik qir-adirlarda faqat bir 
donagina o'sar ekan.U yosh bo'lsa ham otasining sog'ligi uchun shu o'simlikni 
topmoqchi bo'libdi.Otasining oldiga kirib izn so'rabdi 
- Otajon,otajon men sizni dardingizga davo o'simlikni topdim! 
Qirda o'sar ekan ertaga yo'lga chiqmoqchiman sizdan ruxsat so'rashga keldim 
- o'zimni aqlli qizim,men yaxshiman.Qolaversa,seni uzoq yo'lga bir o'zingni yubora 
olmayman.Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi men ham tuzalib ketaman - debdi 
otasi 
Albatta hech bir ota o'z farzandini bir o'zini uzoq yo'lga yubormaydi hatto o'zi uchun 
kerak bo'lsa ham, o'zi o'lim to'shagida yotsa ham.Ammo Donoxon o'ta qaysar qiz.Bu 
xislat onasidan o'tgan. 
- yo'q dada,men sizni davolayman.Men hech ham qo'rqmas qizman.O'zimni qayerda 
qanday tutishni juda yaxshi bilaman.Axir sizning qizingizman-ku. 
- Bilaman qizim,senga ishonaman.Ammo u yerda seni nimalar kutyapti buni faqat 
Xudo biladi.O'z qo'llarim bilan seni xavf-xatar bor joyga jo'nata olmayman. 
- Bo'lmasa men bilan boring 


24 
Shunday qilib ota o'rnidan turishga harakat qildi.Turdi ham hatto,bir ikki qadam 
tashladi ham.Ammo, o'zini tuta olmay,yiqilib tushdi. 
- Eh,qizim otang qarib qolgan.Uni ustiga bemor.Bora olmayman.Axir oyoqda ham 
tura olmadim.Onang tirik bo'lsa edi... Hozir bunday yashamayotgan bo'lar edik. 
- otajon men sizni albatta tuzataman.Iltimos menga ishoning.Men albatta o'simlikni 
sog'-omon oldingizga olib kelaman.Keyin siz sog'ayasiz.Yana yura boshlaysiz.Meni 
hayvonot bog'iga olib borasiz dada. 
- O'zimni mehribon qizimdan aylanay.Axir u o'simlik yo'q bo'lishi ham mumkin-ku. 
- Alloh o'simlik bo'lmaganida bu istakni dilimga solmas edi.Allohga tavakkal 
qilaman.In Sha Allah o'sha o'simlikni sizni oldingizga olib kelaman. 
Shunday qilib qiz otasini ko'ndirdi va otasining duosini olib, yo'lga otlandi.Yo'lni 
topishi qiyin bo'lmadi.Yo'lda bir cholni uchratdi.Unga salom berib,ovqatidan va 
suvidan berdi.Chol undan qayerga nima uchun ketayotganini so'ramadi.Chunki u 
qizni maqsadini bilardi.U sehrgar chol edi.Chol unga 4 ta savol berishini,agar topa 
olsa, dorivor o'simlikni berishini aytdi.Qiz ham albatta rozi bo'ldi.Chunki u 
aqlli,mantiqan yaxshi fikrlay oladigan qiz edi.Chol savollarni aytishni boshlabdi 
- demak qizim senga birinchi savol: "Qanday uyning burchagi yo'q?" 
Donoxon aqlli bo'lgani uchun buni tezda topdi.Chunki matematika fanidan shakllar 
mavzusida aylana shaklining burchaklari yo'qligini o'rgangan edi. 
- Endi navbat ikkinchi savolga.Savol quyidagicha: "Suvda qanday tosh yo'q?" 
- Bobojon,suvda albatta quruq tosh yo'q 
- To'g'ri,barakalla.Uchinchi savol quyidagicha: "U aylana shaklida.Ammo,undan 
yiqilib tushmaysan.U nima?" 
- Biz aylana shaklidagi sayyoramizda yashaymiz.Ammo yiqilib tushmaymiz. 
- Ofarin senga! Endi oxirgi savolga navbat.Savol sharti shunday: "Uni ko'tarish 
oson.Ammo uzoqqa uloqtirolmaysan .U nima?" 
- Bu pat. 
- Qoyil! Qizim sen rostan ham aqlli qiz ekansan.Kelajaging porloq bo'lsin! Mana 
senga dorivor o'simlik.Otang tuzalib ketsin.Omad! 
Shunday deb chol g'oyib bo'libdi.
Donoxon hayron qolibdi.Kech qolmaslik uchun 
uyiga yugurib ketibdi.Uyiga borsa otasining ahvoli ancha og'ir ekan.U tezda dorivor 
o'simlikni damlab olib kelibdi.Otasi ichib uxlab qolibdi.Donoxon qo'rqib ketib,yig'lay 
boshlabdi.Ammo bir ozdan so'ng otasi uyg'onib,qizini ovutibdi. 
- Jonim qizim,senga rahmat.Meni davolading. 
- Otajon sizni menga bo'lgan ishonchingiz sabab men o'simlikni olib kela oldim.Siz 
eng yaxshi otasiz! 
Endi meni aylantirishga olib borasiza? 
- Ha,albatta qizim.Ertaga maktabga borib kel.Darslaringdan ham qolib 
ketgansan.Keyin albatta seni aylantirishga olib boraman. 


25 
Shunday qilib ota va qiz uzoq yillar davomida baxtli hayot kechirishibdi.Ota qizining 
rohatini ko'ribdi.Qiz ham katta bo'lganida, mehribon insonlarga,Vataniga foydasi 
tegadigan shifokor bo'lib yetishibdi. 
Xulosa shuki, ota-onalar o'z farzandlariga ishonch bildirishi kerak.O'rtada ishonch 
bo'lsa,oila mustahkam bo'ladi.Farzandlar ham oila a'zolariga mehribon bo'lib, ularni 
ishonchini suiste'mol qilmasliklar kerak.Ota-onangizni asrang azizlar! 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling