Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOʻNGLIM BOR...
IBROHIMOVA OYDINOY
Namangan viloyatida tug`ulgan. Erishgan yutuqlari zukko kitobxon tanlov ishtirokchisi, 2-karra qo'l jangi sport turidan champion. ONA KASAL BOʻLMASIN EKAN Bor mehrini bizga qaratgan Tikon kirsa joni achigan Ogʻir dardni koʻtarib yurgan Ona kasal boʻlmasin ekan Koʻz yoshimiz artib, ovutgan Ich-ichiga alamin yutgan Biz chekkan dard, asli dardmikan Ona kasal boʻlmasin ekan Farzand uchun jonini bergan Butun umri borini bergan Evaziga faqat dard olgan Ona kasal boʻlmasin ekan Dunyo nursiz boʻlib qolarkan Uying fayzsiz boʻlib qolarkan Farzandi ham soʻlib qolarkan Ona kasal boʻlmasin ekan Shu paytgacha shu yoshimgacha Dardlarimga qanday chidagan Chidolmadim hatto bir kecha Ona kasal boʻlmasin ekan 157 KOʻNGLIM BOR... Odamlar oʻylamang gʻami yoʻq deya, Hayotdan, sevgidan koʻngli toʻq deya, Oʻylamang ozorga sabri koʻp deya, Sal shamolda sinadigan koʻnglim bor! Hammani oʻzidan qoʻyolgan ustun, Bir umr yashagan oʻzgalar uchun, Hech qachon koʻrsatmas qahrining kuchin, Jim yigʻlab, jim kuladigan koʻnglim bor! Dardini davolar malhami yoʻqdir, Birorta insonga yordami yoʻqdir, Quyoshdek charaqlar bir dami yoʻqdir, Har kun ogʻrib turadigan koʻnglim bor! Ishonch tuygʻulari batamom soʻngan, Kulganda yigʻlagan, yigʻlasa kulgan, Meni ich-ichimdan adolat qilgan, Tinmay ozor beradigan koʻnglim bor! Birovga ishonmas, borin berolmas, Yaqinlarni har kun koʻrmay turolmas, Meni oʻldirolmas, oʻzi oʻlolmas, Tinmay azob beradigan koʻnglim bor! 158 MAVLYANOVA MATLUBA 1998-yil 11-dekabrda Namangan viloyati To‗raqo‗rg‗on tumanida tavvallud topgan. Kitob o‗qishga va hikoya yozishga qiziqadi. Hozircha ko‗zgan ko‗ringan yutuqqa erishmadi. Universitetni o‗zbek tili va adabiyotdan yo‗nalishini tomomlagan. Shu yil ingliz tilida B2 darajani qo‗lga kirishdi. Hozirda nemis tilini o‗rganmoqda. Bo‗sht vaqtlarimda tarjima bilan ham shug‗ullanib turadi. OLMA Kimdir sizga yoqmagan ko‗zlaringizga zor... Eshik ovozini eshitganim uchun u tomonga burilaman. -- Qizim, nima qilyapsan? Zerikib qolmadingmi?--dedilar oyim. -- Yo‗q, zerikmadim. Kitob o‗qiyapman. -- Yaxshi, men tug‗ulgan kuning uchun dasturxon tuzayapman. To‗rt ham deyarli tayyor bo‗lib qoldi. Meva bilan bezatib qo‗ysam bo‗ldi. Qanday meva istaysan?- biroz o‗ylanib, javob berdim. -- Olma... -- Olma?.. ajoyib. Hozir do‗konga chiqib olib kelaman... -- Men olib kelay. Do‗kon yo‗lini bilaman-ku!-- oyimga juda yordam bergim kelayotgandi. Do‗konga chiqib kelsam, zo‗r bo‗lardi-da!. -- Yaxshi, faqat ehtiyot bo‗l! -- voy juda zo‗r. Xursandligimning cheki yo‗q. Oyim menga ishonganliklaridan shunchalar baxtiyor bo‗ldimki... -- Xo‗p... -- ichimga sig‗may dedim. Bir, ikki, uch. Xonamdan chiqdim. Bir, ikki... to‗qqiz, o‗n. Darvozadaman. Ushlagichdan tortib, uni ochaman. Qo‗yib yubormay, tashqariga chiqaman. Bir. O‗ngga burilaman. Ko‗chadaman. To‗g‗riga yura boshlayman. Bir, ikki... to‗qqiz. To‗xtayman. O‗ngga qarayman. -- Assalomu alaykum, Qobil ota. Yaxshimisiz? -- Va alaykum assalom, umringdan baraka top. Ha, qizim, qayerga yo‗l olding? --Do‗konga... -- Ha, ehtiyot bo‗lgin... men ham ketayotgandim. Bo‗lmasa, o‗zim olib borib kelardim... -- Rahmat, lekin o‗zim yo‗lni bilaman. -- Ha, yaxshi... mayli ehtiyot bo‗l... --Xo‗p, rahmat, ota... 159 O‗n, o‗n bir... yigirma uch. Atirgullar hidi burnimga uriladi. O‗ngda chaman ochilgan gullar. Bir-biridan go‗zal atirgullar: qizil, sariq, oq, yashil, ko‗k va boshqa rangli atirgullar. Juda chiroyli... Yigirma to‗rt, yigirma besh... mashinalar yeldik uchishyapti. Ko‗cha keng. Hamma yer ozoda. Hech kim chiqindi tashlamaydi. Olam juda chiroylida. Odamlar ham... O‗ttiz to‗qqiz, qirq... ellik ikki... ko‗cha bo‗ylab sekin qadam bosaman. Ko‗cha go‗zalligidan bahramand bo‗laman. Hamma yeri daraxt, yam-yashil. Gullar. Hamma yer supurilgan. Havo ham juda yaxshi. Ko‗m-ko‗k osmon... Oltmish to‗rt. Do‗kon. O‗ngga qayrildim. Kirdim. -- Assalomu alaykum, olma bormi? -- Keling, ha, bor... -- Qizilidan tortib bering?-- deb pulni uzatdim. -- Qizili qolmagandi...-- sotuvchining javobidan jilmaydim: -- Unda ,,qip-qizillaridan‗‗ bera qoling...-- sotuvchi ham quvnoq ovozda javob yo‗lladi: -- Albatta, sizga ,,qip-qizillaridan‗‗ tortib beraman...-- tanamdan chumoli yurgandek bo‗ldi. Ichimda nimadir uzuldi, tomog‗imga bir narsa tiqildi, ammo tabbasum qilishda davom etdim. -- Rahmat...-- ,,Qip-qizil‗‗ olma oldim. Baxtiyor do‗kondan chiqdim. Chapga qayrilaman. Ko‗cha tippa-tinch. Shamol esmoqda. Ajoyib ob-havo. Juda yaxshi... Yo‗lga tushdim: bir, ikki... o‗ttiz ikki... Oyog‗im sirpanib ketdi. Orqam bilan yerga o‗tirib qoldim. Qo‗limdagi paket uchib ketdi. -- O‗ttiz ikki,-- takrorlayman. Yerni qo‗lim bilan paypaslay boshladim. Xassamni topdim. U bilan yana qidiruvni davom ettirdim. Atrofimni paypaslayman. Mayda qog‗ozlar, turli xil sarafanlar, bo‗sh bakalashkalarni topaman. -- Yo‗q, ko‗chamiz ozoda. Dunyo go‗zal...-- xo‗rligim kelib, o‗zimni shu so‗zlar bilan aldayman. Qo‗limni tinmay yerda yurgizaman. Atirgul navdalarini topaman. Tikonlari qo‗limga sanchildi. Qurib qolgan tanasini otib yubordim: -- Atirgullar qurimaydi!... Qurimagan... Ular doim ochilib turadi...-- olmalarni topolmayman. Yerda uzoq vaqt sudraldim. Oxiri chidolmadim: -- Hooooy... kimdir bormi? Iltimos, olmalarimni topib berishda yordam bering! Biror kim bormi? Oyi... dada... Kim bor...-- hech qanday sas yo‗q. Yerda u yoqdan-bu yoqqa borib kelishdan charchadim. Oxiri taqdirga tan berdim. Qanchalar istagandim: uyga olma olib borishni, afsus. Endi uyga yetib olsam ham katta gap. -- Aaa... -- yig‗lagudek bo‗lib baqirdim. Xo‗rligim keldi. Oxiri taslim bo‗lib, xassamga tayanib o‗rnimdan turdim. -- O‗ttiz ikki...-- qaysi tomonga borishni unutdim. -- Oyiii... -- qattiq baqirdim. Kimdir qo‗limdan tutdi. 160 -- Qizim bo‗ldi yoningdaman. Qo‗rqma!-- o‗zimni bag‗rilariga otdim. To‗yib-to‗yib ingradim. -- Bo‗ldi, bo‗ldi. Men yoningdaman,-- o‗rnimizdan turdik. Oyim olmalarni topdilar. Birgalashib uyga qaytdik. Oyimning aytishlaricha, ko‗cha qorong‗u ekan. Shunga meni topishlari qiyin bo‗libdi. Uyga kirayotganimizda chiday olmadim: -- Oyi... meni kechiring... -- Voy, nega... -- Bitta olma olib kelishga yaramaydigan farzand bo‗lganim uchun... Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling