Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

SHOVQIN 
Gavjum bozorda birdan tala-to‗p boshlanib ketdi. Yoshi, taxminan qirqlarda
gavdali, sochlari to‗zg‗ib ketgan ayol barkashday qo‗lini sariq ko‗ylak kiyib olgan, 
qotmadan ketgan, qorachagina ayolga niqtab bo‗rillardi: 
-- Aqlli bo‗lib qolibdilarmi? O‗zingcha menga o‗rgatasan! Kim bo‗libsanki, 
menga aql o‗rgatasan?... 
-- Ha, kimliklarini o‗zlaridan so‗raydigan odam yo‗qda, shunga tillari 
burrogina. Seni qo‗lingdan bo‗lar-bo‗lmas narsaga javrash keladi, xolos o‗zi, zahar, -- 
sariq ko‗ylakli ayol sherigining asabiylashayotganiga parvo qilmay labini jiyirib, 
teskari qarab gap qaytardi. 
-- O‗zingni yig‗ishtirib ol. Bu bilan nima demoqchisan? Qani aytchi 
kimligimni! Kim ekanman? Ayt... ayt... -- asabiylashganidan ko‗zlari chaqnab ketdi. 
-- Senga aytib kim lavz topibdiki, men topsam. Undan keyin aytish ham 
shartmas. Butun xalq seni qanaqaligingni biladi, -- labini jiyirib, hotirjam so‗zida 
davom etdi. 
-- Sen o‗zingcha nimalar deyapsan? Birovga tuxmat qilishdan qo‗rqmaysanmi? 
Sal u yoq-bu yog‗ingga qarab gapir... -- semiz ayol tutoqib ketdi.
-- To‗g‗ri so‗z tuqqaningga yoqmaydi deb shunga aytishsa kerak, -- sariq 
ko‗ylakli asabga tegadigan bepisandlik bilan tirjayib, javob qaytardi. Bundan semiz 
ayolning qoni qaynab, shart yoqasiga yopishib ketdi.
-- Hoy, qanaqa ekanligimni aytchi? Ayt... ayt... butun xalq biladigan narsani 
o‗zim ham bilib qo‗yay... --bo‗kirib javray boshladi. Xaloyiq janjal keskin tus 
olganini ko‗rib, o‗rtaga tushdi: 
-- Qo‗ysanglarchi... 
-- O‗zlaringni sharmandda qilyapsizlar... 
-- Kap-katta xotinlarning qilig‗ini qaranglar... 
-- O‗zlaringga yarashadigan ish qilsanglarchi? 
-- Ho‗y... ho‗y... nima qilyapsizlar?.. 


161 
-- Vo‗y o‗ldirib qo‗yadi... 
-- Melisaga telpon qil... 
-- Qo‗yvor, o‗lib qoladi... 
-- Yordam bersalaringchi, hozir o‗ldirib qo‗yadi... 
-- Ha, ... -- kimdir bo‗ralatib so‗kar xotinlar javrar, hamma g‗ala-g‗ovur qilib, 
bozorni boshiga ko‗tarardi.
Ayollar bir-biri bilan yulishib ketishdi. Biri yoqasidan ushlab olib, qo‗yib 
yubormas, boshqasi sochidan tortardi. Sariq ko‗ylakli changaldan chiqish uchun 
tinmay tipirchilar, og‗zidan turli xil haqoratli so‗zlarni sachratar: seni u qilaman, bu 
qilaman deb po‗pisa qilar, sudga beraman, ko‗radiganingni ko‗rasan, Olloh 
jazoyinhni bersin, iymonsiz... shunga o‗xshash ayollarga xos minglab so‗zlar bilan 
qarg‗anardi. Ammo o‗zini ortga qancha tortsa ham, ha deganda qutila olmasdi. Semiz 
ayol esa qo‗yib yuborishni hayoliga keltirmasdan, ko‗zlaridan olov sachratib, 
isbotlaysan so‗zini tinimsiz takrorlab, og‗zidan tupuriq sachratib yoqasidan ushlab 
turaverdi. Har tomondan olamonning shovqini eshitilib turar, har kim o‗zicha bir 
narsalar der, ayollarni insofga chaqirar, aybdorni qidirar, janjalni ko‗rib, hiringlab 
turar, og‗ziga kelganini qaytarmay baqirib turganlar ham bisyor edi. 
-- Insof bormi? 
-- Sharmanda... -- deb ayollar rumolining uchini tishlab turishardi. 
-- Qo‗yib yubor, o‗lib qoladiku, -- odamlar orasidan bir jimittakkina qiz sariq 
ko‗ylakli ayolga yordamga oshoqdi, -- Qanaqa odamsiz? Vaxshiy hayvondan ham 
battar ish qilayapsizku? Insofsiz. Razllar... ... , -- qo‗lini boshattirish uchun qiz 
og‗ziga kelgan haqoratli so‗zni qaytarmay, semiz ayolni buralab so‗ka boshladi. 
Atrofdagilar qizning nutqidan og‗izlarini ochilib, bir lahza tutilib turishdida, birdan 
jumbushga kelishdi. Hamma endi qizga tanbih berishga harakat qilardi: 
-- Voy qiz tushmagur... 
-- Qiz bola bo‗la turib, shunaqa so‗zlarni aytishga uyalmadingmi?.. 
-- Beting bormi, sen qizni o‗zi? 
-- Ota-onang tarbiya berganmi o‗zi? -- bo‗g‗ishayotganlar u yoqda qolib, 
hamma qizni javrab ketdi. Qizning esa unga otilayotgan tana toshlaridan battar og‗zi 
ichilib borardi. Har bitta odamni ,, shirin‗‗ so‗zidan mosivo bo‗lib qolmasligini o‗z 
o‗rnida taminlab javob qaytarib turdi. U bir bechora ayolni o‗lishiga yo‗l 
qo‗ymaslikka uringani bilan hech kimning ishi yo‗qlogidan yonib ketdi: 
-- Meni nima deyishim bilan birortangning ishing bo‗lmasin, qo‗rqoqlar. 
Hammang o‗zingni bil, menga jirillab aql o‗rgatasanlar... Men insofsiz bo‗ldimmi? 
O‗zlaringga qaralaring! Bir bechora o‗layotganda ham, tomoshabin bo‗lishdan 
boshqasiga yaramaydigan pismiq tovuq, jur'atsiz mahluqsanlar, ... -- yana bir 
haqoratli so‗z bilan nutqini yakunladi. Olomon qo‗zg‗aldi. Har tomondan nasihat, 
qarg‗ish, o‗g‗itlar yog‗ila boshladi: 


162 
-- Bu jing‗archa, o‗zicha nimalar deyapti? 
-- Kimga sakrayapsan, jo‗ja xo‗roz?.. 
-- Ona suti og‗zidan ketmagan mishiqi bizga aql o‗rgatmoqchimi? 
-- Ho‗y, sen ... , o‗ynashging kelib qoldimi? -- o‗rta yoshdagi bir yigitning ovozi 
hamma shovqinni bosib ketdi. Yigit tirjayib gapirganidanmi, qizning battar g‗azabi 
qaynab, yigitga o‗shqira boshladi: 
-- Sen kimni ... deyapsan? Ko‗rib qo‗yganmisan o‗shnaqaligimni, isqirt?
-- Ho‗y, sharmanda, og‗zinga qarab gapir, aks holda, o‗zimga javob berolmay 
qolaman, -- yigitning ham vajohati kuchayib ketdi. 
-- Nima qilasan? Qo‗lingdan nima ham kelardi? Lottiboz... -- qiz bir gapdan 
qolmay tarsillatib gap qaytardi. 
-- Sensirama, ho‗ ... , basharangni bizib qo‗yaman, ... -- yigit haqorotli so‗zlarni 
aytib qizga tashlanib ketdi. Xaloyiq yana oyoqqa turdi. 
-- Ho‗y... ho‗y... yigit, o‗zingizni bosing, yigit kishiga yarashmaydi, -- deb 
yigitning qo‗lidan qayirishdi. Ayollar qizni tortqilab, tartibga chaqirishardi: 
-- Qo‗yib yuboringlar... o‗ldiraman, u ...ni. Bu yerga kel... aytgan gapingga 
javob berasan. Xotinidan qo‗rqadigan, xotinchalish... -- bu gapdan yigitning rangi 
bo‗zar g‗azabi qaynab, yuzlari lovullab yonib ketdi. Uni ushlab turgan odamlarni 
siltab, qizni burdalashga tayyor bo‗lib, oldinga telbalardek harakatlandi: 
-- Basharangni buzib qo‗yaman, manjalaqi... -- yigitdan turli xil so‗zlar chiqib, 
og‗zini ko‗pirtirib, qizni buralatib so‗kib tashladi. Qiz ham basma-basiga undan 
qolishmaydigan so‗z bo‗yligiga egaligini ,,chiroyli‗‗ tarzda nomoyish qilardi. Yana 
hamma ho‗y-ho‗ylashga tushib, ikkisini insofga chaqirishar, biri qo‗yib, biri olib 
vaysashardi. Har biri bir narsalar der, kimlardir qizga tanbih berar, boshqalar yigitni 
insofga chaqirib g‗ala-g‗ovur qilishardi. G‗alayon o‗n daqiqa davom etdi: 
-- Shu qiz bilan teng bo‗lasanmi? -- keksaroq odamning shu gapidan so‗ng, yigit 
qo‗lini siltab ortiga ketdi. 
-- Hali meni haqorat qilganingga sudda javob berasan! -- degancha qiz baqirib 
qoldi. Ayollar tezda qizga javob zarbalarini yo‗llashdi. 
-- Jog‗ingni yum... 
-- Tilingni kalta qil... 
-- O‗zingni yigpishtir... 
Shunga o‗xshash so‗zlar bilan qizni tartibga chaqirib turishgandi hamki, hushtak 
ovozi yangrab, hammani sergaklantirib qo‗ydi. Odamlar orasidan o‗tib, davra 
o‗rtasida ikki politsiyachi paydo bo‗lishdi: 
-- Jamoat tartibini buzishga kim jur'at etdi? Bu yerda nima bo‗lyapti? -- 
yuzidan rangi qochgan, ko‗rinishidan ikkisining ichidan kattarog‗i bo‗lgan ofitser 
baland ovozda ommaga murajaat qildi. Xaloyiq o‗zini chetga olib, bi-birlari bilan 


163 
o‗zaro pichirlashib, pana-panaga berkinishga harakat qilishdi. Chetroqda turgan
yuzlari loppigina bir ayol dugonasiga shivirlab: 
-- O‗zi bularga hamma narsa hal bo‗lganda yetib kelish odat bo‗lib qolgan. 
Urish tugaganda qahramon ko‗payadiku... -- deb qiqirlab kulib qo‗yishdi. Baxtga 
qarshi, bu so‗zlarni ofitser eshitib qo‗yib, ayolga baqira ketdi. Ommo yana tomosha 
ko‗rish imkonga ega bo‗ldi. 
-- Sen, o‗zingcha, nima deyapsan? Qanday hadding sig‗di politsiya ofitserini 
haqoratlashga, j...p, ... ... - uch nuqtali so‗zlarni har bir jumlasida unumli foydalanib, 
uning kasbiga nisbatan ishlatilgan haqoratli so‗z uchun qizning yuragi yorulguncha 
po‗pisa qildi. Qiz sho‗rlik aytgan gapiga ming pushaymon bo‗lib, jovdiragancha nima 
qilarini bilmay, jo‗yidan qimirlamasdi. Yuzlab odamlarning kayfiyatini buzishga 
sabab bo‗lgan shovqinni boshlaganlar esa bu paytda bir chetga o‗tib, politsiyachining 
qizga baqirayotganini kuzatib suhbatlashishardi: 
-- Dugosh, o‗zi nimaga urishdik? 
-- Sen sochingni menikidaqa qilib bo‗yatib olganing uchun, seni o‗g‗ri 
devordim. Bundan jahling chiqib, menga sapchib ketding... 
-- Haaaa... shunga urishdikmi? Unda bular nega urishishyapti? 
-- Bilmasam, lekin urishib mazza qildim... 
-- Men ham... -- handon otib kulib, ikkalalari qo‗ltiqlashib bozor aylanishda 
davom etishdi. Bular chiqargan shovqinga hamma qaradi. Tumonat odam shovqinni 
tomosha qildi, lekin hech kim kechagina sevgan qizidan ayrilgan politsiya ofitsering 
qalbidagi dardini ko‗rmadi. Hamma shovqinni kuzatardi, biroq ikki rasta naridan 
yetmish yoshdan o‗tgan bir nuroniy o‗ziga kafanlik sotib olganiga hech kim ahamiyat 
bermadi. Chunki hammaning diqqati shovqinga qaratilgan edi. Bir burchakda, 
uyidagi janjallardan biroz chalg‗ish maqsadida, ikki yil deganda bozorga kelgan 
ayolning so‗ngi asab tolalari uzilib ketganini biror kim sezmadi. Sezishmaydi ham. 
Odamlar faqat shovqinga quloq solishda davom etadilar. Sokin qalb egalari jim 
bo‗lganliklari uchun, biroz ularning dardiga sherik bo‗lishni hayollariga ham 
keltirishmaydi. Sizlar balandroq shovqin solishda davom eting, bu yoqda dardli 
ko‗ngillar chil-chil sinaversin. Sizning shovqiningiz sababli ularga hech kim 
ahamiyat ham bermasin. Shovqin qilinglar, shovqin... 


164 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling