168
5.Ayupov R.X., Baltabaeva G.R. Rakamli valyutalar bozori:
innovatsiyalar va
rivojlanish istiqbollari. -T:
Fan va texnologiya, 2018 6. Гордеева И.В.,
Мультимедиа технология, Новосибирск СГГА,
ISMOILOVA HILOLA OLIMOVNA
1985 yilda Andijon viloyati Asaka tumanida tugilgan . Tumandagi
13-umumiy o'rta ta'lim maktabida Ma'naviy-ma'rifiy
ishlar
bo'yicha direktor orinbosari lavozimida ishlaydi. 2023-yilda
Halqaro tashkilotlarning "O'z kasbining fidoiysi" , "Ta'limdagi
muvafaqiyatlari uchun " , "Ta'lim iftixori " kabi
essalik nishonlari
bilan taqdirlangan.
TO'YIB-TO'YIB
To'yib-to'yib yig'lagim kelar,
daryo qilib , ko'zyoshlarimni.
Yuragimdan bo'shatgim kelar,
Berib qo'yib bardoshlarimni .
To'yib-to'yib yig'lagim kelar,
O'y - o'ylatar hayol pinjida.
Qo'l siltayman ne bo'lsa bo'lar ,
Istitobning iskanjasida.
DIYDOR
Kechalar ko'zlarim uyqu bilmaydi,
Ayriliq sog'inchi qalbim tirnaydi,
Bu yurak qurmag'ur hamon qo'ymaydi,
Dilginam diydoring ko'rmoq istaydi.
Mayli uchrashmaylik ushlab qo'limiz,
Balkim tushmas endi birga yo'limiz,
Ichimda bir nima kel qistaydi,
169
Dilginam diydoring ko'rmoq istaydi.
Higohlar mayusdir ,yuzlar zafaron,
Yo robbim dardimga qo'shilmish armon,
Uzoqdan bo'lsa ham seni biror on,
Dilginam diydoring ko'rmoq istaydi.
Shubha-yu- gumonni sendan aritib,
Atrofga iffor-u nurlar taratib,
Shodlikka to'la bir kunni yaratib,
Dilginam diydoring ko'rmoq istaydi.
Bu yurak qurmag'ur kel deb qistaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: