Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

IBROHIMOVA OYDINOY 
Namangan viloyatida tug`ulgan. Erishgan yutuqlari zukko 
kitobxon tanlov ishtirokchisi, 2-karra qo'l jangi sport turidan 
champion. 
ONA KASAL BOʻLMASIN EKAN 
Bor mehrini bizga qaratgan 
Tikon kirsa joni achigan 
Ogʻir dardni koʻtarib yurgan 
Ona kasal boʻlmasin ekan 
Koʻz yoshimiz artib, ovutgan 
Ich-ichiga alamin yutgan 
Biz chekkan dard, asli dardmikan 
Ona kasal boʻlmasin ekan 
Farzand uchun jonini bergan 
Butun umri borini bergan 
Evaziga faqat dard olgan 
Ona kasal boʻlmasin ekan 
Dunyo nursiz boʻlib qolarkan 
Uying fayzsiz boʻlib qolarkan 
Farzandi ham soʻlib qolarkan 
Ona kasal boʻlmasin ekan 
Shu paytgacha shu yoshimgacha 
Dardlarimga qanday chidagan 
Chidolmadim hatto bir kecha 
Ona kasal boʻlmasin ekan 


157 
KOʻNGLIM BOR... 
Odamlar oʻylamang gʻami yoʻq deya, 
Hayotdan, sevgidan koʻngli toʻq deya, 
Oʻylamang ozorga sabri koʻp deya, 
Sal shamolda sinadigan koʻnglim bor! 
Hammani oʻzidan qoʻyolgan ustun, 
Bir umr yashagan oʻzgalar uchun, 
Hech qachon koʻrsatmas qahrining kuchin, 
Jim yigʻlab, jim kuladigan koʻnglim bor! 
Dardini davolar malhami yoʻqdir, 
Birorta insonga yordami yoʻqdir, 
Quyoshdek charaqlar bir dami yoʻqdir, 
Har kun ogʻrib turadigan koʻnglim bor! 
Ishonch tuygʻulari batamom soʻngan, 
Kulganda yigʻlagan, yigʻlasa kulgan, 
Meni ich-ichimdan adolat qilgan, 
Tinmay ozor beradigan koʻnglim bor! 
Birovga ishonmas, borin berolmas, 
Yaqinlarni har kun koʻrmay turolmas, 
Meni oʻldirolmas, oʻzi oʻlolmas, 
Tinmay azob beradigan koʻnglim bor! 
 


158 
MAVLYANOVA MATLUBA 
1998-yil 11-dekabrda Namangan viloyati To‗raqo‗rg‗on tumanida tavvallud topgan. 
Kitob o‗qishga va hikoya yozishga qiziqadi. Hozircha ko‗zgan ko‗ringan yutuqqa 
erishmadi. Universitetni o‗zbek tili va adabiyotdan yo‗nalishini tomomlagan. Shu yil 
ingliz tilida B2 darajani qo‗lga kirishdi. Hozirda nemis tilini o‗rganmoqda. Bo‗sht 
vaqtlarimda tarjima bilan ham shug‗ullanib turadi. 
OLMA 
Kimdir sizga yoqmagan
ko‗zlaringizga zor... 
Eshik ovozini eshitganim uchun u tomonga burilaman. 
-- Qizim, nima qilyapsan? Zerikib qolmadingmi?--dedilar oyim. 
-- Yo‗q, zerikmadim. Kitob o‗qiyapman. 
-- Yaxshi, men tug‗ulgan kuning uchun dasturxon tuzayapman. To‗rt ham deyarli 
tayyor bo‗lib qoldi. Meva bilan bezatib qo‗ysam bo‗ldi. Qanday meva istaysan?- 
biroz o‗ylanib, javob berdim. 
-- Olma... 
-- Olma?.. ajoyib. Hozir do‗konga chiqib olib kelaman... 
-- Men olib kelay. Do‗kon yo‗lini bilaman-ku!-- oyimga juda yordam bergim 
kelayotgandi. Do‗konga chiqib kelsam, zo‗r bo‗lardi-da!. 
-- Yaxshi, faqat ehtiyot bo‗l! -- voy juda zo‗r. Xursandligimning cheki yo‗q. Oyim 
menga ishonganliklaridan shunchalar baxtiyor bo‗ldimki... 
-- Xo‗p... -- ichimga sig‗may dedim. Bir, ikki, uch. Xonamdan chiqdim. Bir, ikki... 
to‗qqiz, o‗n. Darvozadaman. Ushlagichdan tortib, uni ochaman. Qo‗yib yubormay, 
tashqariga chiqaman. Bir. O‗ngga burilaman. Ko‗chadaman. To‗g‗riga yura 
boshlayman. Bir, ikki... to‗qqiz. To‗xtayman. O‗ngga qarayman. 
-- Assalomu alaykum, Qobil ota. Yaxshimisiz? 
-- Va alaykum assalom, umringdan baraka top. Ha, qizim, qayerga yo‗l olding? 
--Do‗konga... 
-- Ha, ehtiyot bo‗lgin... men ham ketayotgandim. Bo‗lmasa, o‗zim olib borib 
kelardim... 
-- Rahmat, lekin o‗zim yo‗lni bilaman. 
-- Ha, yaxshi... mayli ehtiyot bo‗l... 
--Xo‗p, rahmat, ota... 


159 
O‗n, o‗n bir... yigirma uch. Atirgullar hidi burnimga uriladi. O‗ngda chaman ochilgan 
gullar. Bir-biridan go‗zal atirgullar: qizil, sariq, oq, yashil, ko‗k va boshqa rangli 
atirgullar. Juda chiroyli... 
Yigirma to‗rt, yigirma besh... mashinalar yeldik uchishyapti. Ko‗cha keng. Hamma 
yer ozoda. Hech kim chiqindi tashlamaydi. Olam juda chiroylida. Odamlar ham...
O‗ttiz to‗qqiz, qirq... ellik ikki... ko‗cha bo‗ylab sekin qadam bosaman. Ko‗cha 
go‗zalligidan bahramand bo‗laman. Hamma yeri daraxt, yam-yashil. Gullar. Hamma 
yer supurilgan. Havo ham juda yaxshi. Ko‗m-ko‗k osmon... Oltmish to‗rt. Do‗kon. 
O‗ngga qayrildim. Kirdim. 
-- Assalomu alaykum, olma bormi? 
-- Keling, ha, bor... 
-- Qizilidan tortib bering?-- deb pulni uzatdim. 
-- Qizili qolmagandi...-- sotuvchining javobidan jilmaydim: 
-- Unda ,,qip-qizillaridan‗‗ bera qoling...-- sotuvchi ham quvnoq ovozda javob 
yo‗lladi: 
-- Albatta, sizga ,,qip-qizillaridan‗‗ tortib beraman...-- tanamdan chumoli yurgandek 
bo‗ldi. Ichimda nimadir uzuldi, tomog‗imga bir narsa tiqildi, ammo tabbasum 
qilishda davom etdim. 
-- Rahmat...-- ,,Qip-qizil‗‗ olma oldim. Baxtiyor do‗kondan chiqdim. Chapga 
qayrilaman. Ko‗cha tippa-tinch. Shamol esmoqda. Ajoyib ob-havo. Juda yaxshi... 
Yo‗lga tushdim: bir, ikki... o‗ttiz ikki... Oyog‗im sirpanib ketdi. Orqam bilan yerga 
o‗tirib qoldim. Qo‗limdagi paket uchib ketdi. 
-- O‗ttiz ikki,-- takrorlayman. Yerni qo‗lim bilan paypaslay boshladim. Xassamni 
topdim. U bilan yana qidiruvni davom ettirdim. Atrofimni paypaslayman. Mayda 
qog‗ozlar, turli xil sarafanlar, bo‗sh bakalashkalarni topaman. 
-- Yo‗q, ko‗chamiz ozoda. Dunyo go‗zal...-- xo‗rligim kelib, o‗zimni shu so‗zlar 
bilan aldayman. Qo‗limni tinmay yerda yurgizaman. Atirgul navdalarini topaman. 
Tikonlari qo‗limga sanchildi. Qurib qolgan tanasini otib yubordim: 
-- Atirgullar qurimaydi!... Qurimagan... Ular doim ochilib turadi...-- olmalarni 
topolmayman. Yerda uzoq vaqt sudraldim. Oxiri chidolmadim: 
-- Hooooy... kimdir bormi? Iltimos, olmalarimni topib berishda yordam bering! Biror 
kim bormi? Oyi... dada... Kim bor...-- hech qanday sas yo‗q. Yerda u yoqdan-bu 
yoqqa borib kelishdan charchadim. Oxiri taqdirga tan berdim. Qanchalar istagandim: 
uyga olma olib borishni, afsus. Endi uyga yetib olsam ham katta gap. 
-- Aaa... -- yig‗lagudek bo‗lib baqirdim. Xo‗rligim keldi. Oxiri taslim bo‗lib, 
xassamga tayanib o‗rnimdan turdim. 
-- O‗ttiz ikki...-- qaysi tomonga borishni unutdim. 
-- Oyiii... -- qattiq baqirdim. Kimdir qo‗limdan tutdi.


160 
-- Qizim bo‗ldi yoningdaman. Qo‗rqma!-- o‗zimni bag‗rilariga otdim. To‗yib-to‗yib 
ingradim. 
-- Bo‗ldi, bo‗ldi. Men yoningdaman,-- o‗rnimizdan turdik. Oyim olmalarni topdilar. 
Birgalashib uyga qaytdik. Oyimning aytishlaricha, ko‗cha qorong‗u ekan. Shunga 
meni topishlari qiyin bo‗libdi. Uyga kirayotganimizda chiday olmadim: 
-- Oyi... meni kechiring... 
-- Voy, nega... 
-- Bitta olma olib kelishga yaramaydigan farzand bo‗lganim uchun... 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling