Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Key words: concept of IT, digital economy, convenience of digital economy,  concept of digitization.  Аннотация


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

Key words: concept of IT, digital economy, convenience of digital economy, 
concept of digitization. 
Аннотация. В статье показано, что каждому технологическому укладу 
экономики соответствует определенная концептуальная модель управления 
производственно-экономической системой. Поэтому основным источником 
экономического роста будет не только инновационное развитие, но и поиск 
более эффективных инновационных технологий. В условиях цифровой 
экономики технологии будут доступны практически каждому, поэтому залогом 
успеха станут новые модели управления цифровыми технологиями, которые 
позволят оперативно регулировать и моделировать будущие возможности и 
угрозы государства, бизнеса и каждого члена общества. Зарождающийся сектор 
ИТ решает мировые электронные и пропагандистские проблемы. Каждый день 
разрабатываются новые технологии и модели. Эти изменения находят свое 
отражение в бизнесе. 
 Ключевые слова: концепция ИТ, цифровая экономика, удобство цифровой 
экономики, концепция цифровизации. 
Raqamli iqtisodiyot - hozirgi kunda keng qamrovli va eng dolzarb mavzu. 
Rivojlanish rivojlantirish borasidagi biznes model. IT xizmatlari keng tarqalgan 
biznes modellarda raqamli iqtisdiyot jadal sur‘atlarda rivojlanadi. Ayniqsa, bu soha 
transport, logistika, biznes revyularda, internet bilan ishlaydigan barcha sohalarda 
cheksiz qulaylik,sarmoya kiritadi. Bundan tashqari Jahon banki tomonidan 2016-yil 
―Jahon taraqqiyoti haqida ma‘ruza-2016: raqamli dividentlar‖ ma‘ruzasida ma‘lum 
qilingan. Jahon banki mamlakatda raqamlashtirishning ochiq ma‘lumotlar,electron 
hukumat tizimi,‖Yandeks‖ va ―Kasperiskiy‖ kabi raqamli gigantlar, onlayn buyurtma 
xizmatlari, axborot texnologiyalari yordamida mulk huquqini ro`yxatdan o`tkazish 
muddatining 10 kunga qisqarishi kabi qarorlarni ko`rsatadi. ―Raqamli iqtisodiyot‖- 
real voqelikni to`ldirib turadigan virtual muhitdir‖. 
Shu sababli O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrda 
qabul qilingan qarorida; ―Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, davlat boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish,undan 
foydalanish imkonini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qo`llash muhim 
ahamiyatga ega‖ deb ko`rsatilishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish infratuzilmasini, 
amalga oshirish maqsadini ko`zda tutadi. Buyuk Britaniya – raqamli iqtisodiyot 
sohasida yetakchilardan biri bo`lib hisoblanadi. 
Iqtisodiy ―raqamlashtirish‖ning uchta asosiy tarkibiy elementlari mavjud bo`lib 
ular quidagilardan iborat: 


166 
Birinchidan, axborot to`plash va tahlil qilish, ma`lumotlarni to`g`ri topish va 
ular bilan sifatli ishlash uchun kerakli ma`lumotlarni yetarli darajada yig`ish; 
Ikkinchidan, birinchi o`rinda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste`molchi 
ehtiyojlari hisoblanishi kerak. Raqamli ma`lumotlar nuqtai nazaridan aynan 
―ehtiyojlar‖ ko`rib chiqilayotgan tushunchada ―iqtisodiyot‖ o`zini ifodalashi muhim. 
Ya`ni biz oddigina bir iste`molni har bir kishi uchun umumiy qulay boshqariladigan 
hududga o`tkazishga qodir bo`ladigan salohiyatli tizimni qo`lga kiritmiz.
Raqamli iqtisodiyot, bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo'lgan qandaydir 
boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes 
modellari yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud 
iqtisodiyotniyangicha tizimga ko'chirish deganidir. Uning belgilari quyidagilarda aks 
etadi.
-elektron hujjat almashinuvi; 
-buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi; 
-maʼlumotlar elektron bazalari; 
-CRM (mijozlar bilan o'zaro munosabat tizimi) mavjudligi; 
-korporativ tarmoqlar. 
Raqamli iqtisodiyotning bir qator qulayliklari ham mavjud boʻlib, ular: 1. To'lovlar 
uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo'lkirava boshqa resurslar 
tejaladi). 2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko'proq va tezroq ma'lumot olinadi. 3. 
Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqishimkoniyatlari 
katta.4. Fidbek(iste'molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlarjadal 
takomillashtiriladi.5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq. 
Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, 
bu uning asosiy foydasidir. U korrupsiya va «qora iqtisodiyotning asosiy 
kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak 
paytda ma'lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma'lumotni yashirish, 
yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to'liq axborot bermaslikning iloji 
yo'q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo'yadi. Ma'lumotlar ko'pligi va tizimliligi 
yolg'on va qing'ir ishlarga yo'l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada 
oshirib yo yashirib ko'rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag'lar 
oqimini oshiradi, soliqlar o'z vaqtida va to'g'ri to'lanadi, budjet taqsimoti ochiq 
bo'ladi, ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan mablag'lar o'g'irlanmaydi, maktablar, 
kasalxonalar, yo'llarga ajratilgan pullar to'liq yetib boradi va hokazo. Davlatning 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'lini tanlaganligi axborot texnologiyalari 
sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yoʻnalishlar ochib 
beradi. <sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo'ldi. 


167 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy 
agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ 
hisoblanadi. Bundan tashqari, Iqtisodiyot, Moliya, Axborot texnologiyalari, Adliya 
vazirliklari va boshqa qator davlat tuzilmalari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
uchun o'ziga xos mas'uliyat va vazifalarga ega organlar hisoblanadi. 
«Raqamlashtirish» so‗zi aslida yangi atama bo‗lib, innovatsion boshqaruv va 
ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‗laroq esa 
internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‗lgan barcha tizimlarda 
axborot texnologiyalarini qo‗llashni ko‗zda tutadi. 
Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion 
sektorning o‗sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‗rsatkich YaIMning 70 
foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion 
xizmat ko‗rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini 
kommunal, shaxsiy va ijtimoiy birlashtiradi. 
Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‗lsa, mamlakat 
ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‗p, milliy 
iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‗ladi. Shu bois 
ishtirokchilar soni ko‗p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot 
jadal sur'atlarda rivojlanadi. 
Jahon iqtisodiyotida yuqori texnologiyali sanoatning rivojlanishi bilan 
texnologiya samaradorligini boshqarishning yangi kontseptsiyasining boshlanishi 
paydo bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, kompaniyalar, mintaqalar va milliy hukumatlar 
innovatsion rivojlanishda o'sish manbalarini qidirmoqdalar va ilmiy bilimlar tobora 
samaraliroq 
texnologiyalarni 
topishga 
qaratilgan 
innovatsiyalarni 
keltirib 
chiqarmoqda. O‘tkazilgan tadqiqitlarga ko‘ra, 2025-yilgacha raqamli iqtisodiyot 
mamlakatlarida tegishli raqamli boshqaruv modeli shakllanadi. Katta ma'lumotlar va 
ularni qayta ishlash uchun raqamli texnologiyalar kapitalning yangi shakliga 
aylanadi. Ushbu turdagi kapitalni shakllantirish, to'plash va ulardan foydalanish 
davlat, biznes va fuqarolik jamiyatining tarmoq o'zaro hamkorligini va faol 
hamkorligini talab qiladi. 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling