Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

SAITQULOVA OʻGʻILOY ZOKIR QIZI 
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti 3-kurs talabasi.
Adliya vazirligi stipendiyasi sohibasi, "Yosh yuristlar" klubi 
rahbari, "Ilmiy tadqiqotchi" esdalik nishoni sohibasi, 10dan 
ziyod maqolalar muallifi. 
ISLOM BOBOM 
Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti, 
Oʻzbekiston xalqi suyukli-suyanchiq otasi, 
2016-yilda barchani yoshlatib koʻzini 
2-sentabr kuni ketti tashlab bizni. 
Lek, doim yuraklarda -Islom bobom, 
Unutmaymiz sizni hech qachon-Islom bobom, 
Izingizdan borgaymiz har qadamda 
Siz orzu qilgan inson boʻlgaymiz- Islom bobom. 
Ota-onam hurmati haqqi 
Vatan uchun jon kuydirgaymiz- siz kabi 
Doimo qalblarda mangu yashagaysiz 
Yaxshi koʻrgayman sizni- otam kabi. 


170 
Orzuyim edi sizni koʻrmoqlik, 
Gʻalabam bilan sizni hursand qilmoqlik. 
Afsus, dunyoni erta tark etdingiz 
Nasib boʻlsa jannatlarda koʻrishgaymiz. 
ERKINOVA AZIZA ALISHER QIZI 
Toshkent viloyati Piskent tumanida 2006-yilning 29-sentabrida 
tavallud topgan. "Sokin sadolar" kitobi muallifi. Aziza bir qator 
tuman, viloyat, respublika, xalqaro musobaqalar sovrindori. 
Ijodkor yosh bo'lishiga qaramay "Xalqaro Ta'lim Yo'nalishida 
Elchi" maqomiga erishdi. 
BIR BORA 
Barchani tark etib ketganda ishonch, 
Menga shu va'dani bir bora bergin. 
Sen bilan bo'lsin-da qalbdagi quvonch, 
Bir bora "Sen menga keraksan" degin. 
Oxiri qoldim-ku toliqib, behol,
So'rmay qo'ygan eding hatto hol-ahvol. 
Quvonib ko'klarda uchayin darhol, 
Bir bora "Sen menga keraksan" degin. 
Qaydasan? Kim bilan? Etgin-da ogoh, 
Axir o'zingsan-ku menga xayrixoh. 
Bu tuyg'u bunchalar yoqimlidir oh, 
Bir bora "Sen menga keraksan" degin. 
Sahifalar qurib sog'inchdan bu tun, 
Gohida bahslashar kunduz bilan tun. 
Bilmam bu she'rlarni yozdim ne uchun, 
Bir bora "Sen menga keraksan" degin. 


171 
Xayolingda bormi seni ham savol, 
Gohida kelarmi senga ham malol. 
Qiynab qo'ydim seni, kechir, ehtimol, 
Bir bora "Sen menga keraksan" degin. 
Talab qilmagayman sendan yulduzni, 
Bag'rimga otsang ham mayliga muzni. 
Sen bilan o'tkazib bahor-u kuzni, 
Bir bora "Sen menga keraksan" degin. 
Bilaman, bir kuni kelasan albat, 
Bilmadim mendagi qandayin holat. 
Axir yashamayman men ham toabad, 
Bir bora "Sen menga keraksan" degin. 
Axir o'zingsan-ku dardimga davo, 
Gar havo yetmasa, bo'lgaysan havo. 
Hamon yodimda sen kuylagan navo, 
Bir bora "Sen menga keraksan" degin. 
Aytgin, qayerlarga ketamiz olis, 
Insonlar-ku o'yin qilmoqda qaltis. 
Nimani kutyabsan cho'kaymi yo tiz? 
Bir bora "Sen menga keraksan" degin. 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling