Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
ABDURAYIMOV POʻLAT QOʻSHOQ OʻGʻLI
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- NODIRJON VA YASMIN
ABDURAYIMOV POʻLAT QOʻSHOQ OʻGʻLI
2002-yil Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tugʻilgan. 2009- 2020 yillarda Nishon tumanidagi 15-umumiy taʼlim maktabi oʻquvchisi. 2021 - yildan buyon Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti talabasi.2022-yil Shahrisabz shahrida oʻtkazilgan "Oʻzbekistonda turizm rivojlantirishda moddiy va madaniy yodgorliklar va muzeylarning oʻrni (Qashqadaryo moddiy va madaniy yodgorliklar va muzeylarni misolida) Xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya" ishtirokchisi. NODIRJON VA YASMIN Kuz. Daraxtlar qishdan kelayotgan xabar belgisi sifatida atrofga yaprogʻini toʻkmoqda. Nodir bugun ham doimgidek erinchoqlik bilan yuz qoʻlini yuvmoqda. Uni nazdida maktabda oʻqish orqali oʻqishga kirishi qiyin. Ammo maktab majburiy boʻlib borishga majbur boʻladi. Unga qolsa maktabni ixtiyoriy qilib qoʻysayu Nodirjon umuman maktabga bormasa. U boshqa bolalardan ajralib turardi. Chunki u ayni balogʻatga yetish davrida tengdoshlaridan farqli oʻlaroq ular kabi sevgiga ishonmas, ularni ustidan kular edi. Bugun u yana oʻqishga noiloj qolgan holda bormoqda. Chunki uning onasining gapini sira ikki qila olmas edi. Maktab xovlisiga yetishi bilan, hamma sinfdoshlari bilan beixtiyor ravishda koʻrishdi. Ular ham hol 175 ahvol soʻrashar edi. Qoʻngʻiroq chalindi. Hamma sinfxonalariga kirish uchun yurdi. Nodirjon esa uyqusi kelib turar, ammo oʻqituvchilar tomonidan unga yeb qoʻygudek qarayotganligini sezganligi uchun ham majbur holda sinfxonaga kirdi. Doimgidek orqa partada oʻtib oʻtirdi. Dars boshlandi. Nodirjon esa derazaga qarab turardi. Hayollar ogʻushida edi. Qaniydi maktab davri tezroq tugasayu tezroq yaxshigina oylik olsa, onasini davolash haqida oʻylayotgan edi. Shu holatda qancha vaqt oʻtganini bilmas edi. Eshik taqillashi Nodirjonni beixtiyor eshik tomon yuzlanishiga sabab boʻldi. Bu yerda boʻyi Nodirjondan ozgina kichikroq, yuzlaridan ikki yanogʻi ozgina boʻrtib chiqqan, yuzlari oppoq qor misoli boʻlgan, koʻzlarining rangi tim qora, qoshlari esa kamon boʻlgan, tengdosh qiz kirib keldi. Nodirjon oilasida yolgʻiz farzand boʻlib, onasining qon bosimi yuqori, bundan tashqari tez-tez kasal boʻlib tez yordam chaqirishga toʻgʻri kelib qolardi. Otasi boshqa ayolga uylanib, ketib qolgan edi. U darsdan chiqib toʻgʻri uyga kelar, onasidan ahvolini bilgach, soʻng ishga ketardi. U kechqurun yarim kechasigacha ishlardi. Topgan puli esa oilasiga zoʻrgʻa yetardi. Baʼzan onasiga dori darmon olib bergudek boʻlsa ertalabgacha ishlashga majbur boʻlardi. Nodirjon 14 yoshga toʻlgan boʻlib sevgi nima ekanligini bilmas edi. Shu sababli qizlarga yoqadigan gaplarni bilmasdi. Ertasi kuniyoq Yasminga sevgisini izhor etdi. Dastlab Yasmin uni boshqa bolalar singari shilqim deb oʻyladi. Ammo keyinchalik u yanglishganini angladi. Nodirjon yoshligidan ulgʻaygan bola edi. Ularning sevgisi kuchayib borar ekan, ular balogʻat yoshiga yetayotgan edi. Endi Nodirjonning osmonida qora bulutlar quyuqlashardi. Dard kelsa qoʻsha kelar degandek Nodirjonning ham boshiga tashvish tushdi.Maktabni bitiradigan yili bahorda u onasidan ayrilib qoldi. Onasi vafot etdi. U uchun hammasi oʻzgardi. Avvalgi kulishlar yoʻq, bu ham yetmagandek Yasminni otasi agar oʻqishga kira olmasang seni erga berib yuboraman deb qasam ichgandi. Xullas Nodirjon qiyin ahvolga tushib qoldi Yasmin ota onasi boylikka juda ham oʻch edi. Nodirjon buni bilar edi. Ularning oldida faqat bitta yoʻl bor boʻlib, u ham Yasminni qoʻlida edi. U oʻqishga kirishi shart boʻlib, bu vaqtda Nodirjon 1-2 yil chet elga chiqishi va pul olib kelishi zarur edi. Yasmin agar oʻqishga kira olmasa u mehribon sevgi sohibidan ajralib qolishi mumkin. Nodirjon Yasminni oʻqishga topshirishini kutdi. Baxt kelgandek Yasmin Toshkentga Oʻqishga kirish baxtiga musharraf boʻldi. Nodirjon esa juda ham xursand boʻlib, Rossiyaga ketish uchun tanishlaridan yordam soʻradi. Nihoyat u uzoqroq qarindoshi boʻlgan Jasur tomonidan ish borligini bildi. Baxt kelgandek Jasur Nodirjonga yoʻl pulini yarmini olishini qolganini esa oʻzi berishini aytadi. Nihoyat Sentyabr oyining birinchi dushanbasida unga bilet chiqishi aniq boʻldi. Ayni shu kuni uning sevgilisi boʻlgan Yasmin ham oʻqishga joʻnab ketishini aytdi. Nodirjon u bilan Shanba kuni yarim tunda koʻrishishini aytadi. Yasmin ham bunga rozi boʻladi. Ular 176 uchrashar ekan yigʻidan oʻzini toʻxtatib qola olmasdi. Ular birga boʻlish uchun axd-u paymon qildi. Yasmin chekka qishloqdan katta shaharga, Nodirjon esa bepayon oʻrmonlar tomon yoʻl oldi. Bu vaqtga kelib, Nodirjonning osmonida yana qora bulutlar paydo boʻladi. Jasur Nodirjonni aeroportdan kutib oladi. Ular bir-birlarini deyarli tanimas edilar. Nodirjon aeroportdan chiqqan vaqtda oʻzidan 10-12 yosh katta yigit Nodirjon degan bannerni olib chiqqan edi. Nodirjon beixtiyor ravishda oʻsha yigit tomon yoʻl oladi. Jasur qalin doʻst kabi quchoq ochib kutib oldi. Keyin taksi toʻxtatib unga rus tilida manzilni aytadi. Oʻzi esa boshqa ishlari borligini aytib uzr soʻraydi. Nodirjon esa hechqisi yoʻq deya javob berdi. Taksida qancha vaqt yurganligini bilmasdi. Chunki u koʻzi yumilib uxlab qolgandi. Nodirjon uygʻongach allaqachon qorongʻi tushgan, atrof zimiston boʻlgandi. Taksi bir joyga kelib toʻxtaydi va Nodirjonga chamasi 150- 200 metr masofada boʻlgan darvozaga borishini qoʻli yordamida tushuntirib yubordi. Oʻzi esa joʻnab ketdi. Nodirjon oʻsha darvozaga yaqin kelishi bilan ichkaridan ikki kishi darvozani ochib ichkariga taklif qildi. Atrofi baland va qalin devor boʻlganligi sababli tashqari koʻrinmas edi. Keyin bir oʻzbek tilida gapirgan rus millatiga mansub kishi avval ovqatlantirdi, keyin esa pasportini berishi zarurligini taʼkidladi. Chunki u dokument ishlari borligini aytadi. Ruhan katta inson boʻlgan boʻlsa-da ammo biroz soddaligi bor Nodirjon pasportini berib yuboradi. U hamma qatori daraxt kesar, yogʻoch tilardi. U ogʻir mehnatdan qochmasdi. Oradan 3 oy davomida u juda ham qiynaldi. Chunki bu vaqtda u baʼzida och qolardi. Keyin esa u brigada boshligʻiga yuzlandi va pulni berishlarini talab qiladi. Nodirjonni rus millatiga mansub kishilar dastlab qiynaydi, keyin esa qoʻlidagi telefonini olib qoʻyishadi va unga uni sotib olganini agar ularga 5 yil tekinga ishlab bermasa uni oʻldirish bilan taxdid qilishadi. Nodirjon uchun oʻsha kunni oʻzida hayolida oʻzini oʻldirish kerak degan oʻy paydo boʻldi. Chunki agar 5 yil bu yerda qolib ketsa oʻzining sevgisidan ayrilishi ayon edi. Yasmin otasiga qarshi bora olmasdi. Ne azob chekib oʻtgan va oʻsha qamoqxonaday joyda xar xil qiynoqlarga dosh bera olmagan Nodirjon 8 oy oʻtar-oʻtmas vafot etdi. Uni qabri ham oʻsha yerdagi oʻrmonda yonib turgan koʻzlariga tuproq toʻldi. Yasmin ham oʻtgan 8 oy davomida ranglarida rang qolmagandi. Chunki sevgan insonidan hech qanday xabar yoʻqligi sababli u oʻzini ich-etini yeb tamom qildi. Bir kuni Yasmin tush koʻrdi va tushida oq kiyimda turgan Nodirjon uni oʻzi tomon chorlardi. Ertasi kuni ertalabʼ Yasminni oʻqishga turing deb uygʻotgan kvartiradoshlari xonasidan oʻlik holda topishdi. Nodirjon va Yasmin ruhlari osmoni falakda birga boʻlishdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling