Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

YAXSHILIKNI BILMAYDI 
Qadamlar tushdi ayro, 
Nazarga ham ilmadi. 
Lekin ayrim odamlar, 
Yaxshilikni bilmadi. 
Insonlar o'zgardi turib, 
Yurak bag'rimni tirnaydi, 
Kulub qoyaman jim, 
Maglub boldi deydi. 
Umidlari sònsa ham. 
Ekanini òylamaydi, 
Eslatgandek bòlsa ham, 
Yaxshilikni bilmaydi, 
Hayot òzi sunaqa, 
Tirik jonim òlmaydi. 
Kod yoshim oqizsam ham. 
Yaxshilikni bilmaydi. 


206 
TURG'UNBOYEVA GULNORA 
2007-yil 11-aprel Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tavallud 
topgan. Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabining 10-"B"sinf 
o'quvchisi. "Yangı Sirdaryo"gazetasida, Halima Xudoyberdiyeva 
tavalludining 75yilligiga bag'shilanib nashr etilgan "Ko'ngil 
qo'shiqlari" kitobida she'r,maqolalari chop etilgan 
ILM YO’LIDAGI FIDOYILIK… 
O‘zbekning zabardast pedagoglaridan biri Abdulla Avloniy: ―Ilm – dunyoning izzati, 
oxiratning sharofatidir‖, – deganida naqadar haqli edi. Hozirgi kunda har bir kasbning 
mutaxassisi, fidoiysi bo‘lishi talab qilinmoqda. Lekin bu ish har kimning ham 
qo‘lidan kelmaydi, uddalay olmaydi.
To‘g‘ri, har bir kasbning o‘z mashaqqatli tomonlari bo‘ladi. Kasbni o‘sha
mashaqqatli tomonlari bilan sevish joizdir. Istalgan kishiga mehnatining qadri kerak. 
Qadr topilmagan joyda ―Fidoyi‘‘ bo‘lmaydi. Fidoyilik qadr tosagina ―Fidoyilik‖dir. 
Bu haqida adiblarimiz o‘z asarlarida asosiy go‘ya qilib olishgan. Ulardan biri 
Pirimqul Qodirovdir. Uning hammaga mashhur asarlari qatoridan joy olgan ―Uch 
ildiz‘‘ romanida keltirilishicha, uch ildiz insonlarni mana shu foniy dunyoda 
yashashiga sabab bo‘lar ekan. Ularning birinchisi– mehr-u muhabbat, sadoqat, 
ikkinchisi–el-yurtga, xalqqa fidoiylik, uchinchisi esa bilim! 
Tilimiz lug‘atidagi fidoyi so‘zi eslanganda, xayolimga beixtiyor darslarini maromiga 
yetkazib tashkil qiladigan, ilm sinoatlaridan tinglovchilarini bahramand qilib, pokiza 
hayratlarni qalblarga indiradigan, o‘quvchilarini o‘z yaqini, xeshi kabi suyadigan, har 
bir darsni muqaddas hisoblaydigan bir ustozim kelaveradi.
Jamiyatimizda kasblar ko‘p, ammo har bir sohaning o‘z professionali, o‘z 
peshqadami mavjudligini bilamiz. Bu holat esa ayni fidoyilikning o‘zi demakdir.
O‘zbek tilining go‘zalliklariga hassos va ziyrak boqmoqlikni, adabiyot qatidagi inja 
mazmunga, ma‘noga barcha fanlarning akademigi kabi qaramoqlikni bizga o‘rgatib, 
uqtirib kelayotgan qadrli ustozim Ro‘ziyeva O‘g‘ilnor Egamberdiyevna haqida 
o‘ylaganimda o‘qituvchilik kasb emas, iqtidor ekanligiga qayta-qayta amin 
bo‘laveraman.
O‘z faoliyati davomida minglab shogirdlarga ilm berib, hayotda o‘z munosib 
o‘rinlarini topishlariga ko‘makchi bo‘lgan ustozimni sobiq shogirdlari hatto 


207 
maktabimizgacha yo‘qlab kelishlariga, o‘z ehtiromlari-yu e‘tiroflarini izhor 
qilayotganlariga bot-bot guvoh bo‘lar ekanman, shunday ustozdan ta‘lim 
olayotganimdan iftixor tuyg‘usini tuyaman, shukronalikni his qilaman. Hayot 
yo‘llariga men havas qilgan ustozim Buxoro viloyatida tavallud topganlar, 2001-
2005-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘zbek 
tili va adabiyoti fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlab, Buxoro viloyatidagi 
fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab-internatda o‘z faoliyatini boshlagan.
Ustozimning 2008-2020-yillarda Guliston davlat universiteti akademik litseyida ona 
tili va adabiyot fanidan talabalarga dars berar ekan, tinglovchilarning qalblarida 
so‘zning sehri-yu qudrati xususida tasavvurlar hosil qilish, badiiy adabiyotni dildan 
sevuvchilarni tarbiyalash kabi missiyani bajarganliklariga ishonchim komildir.
Ustozimning 2019-yilda Guliston davlat universitetining adabiyotshunoslik 
yo‘nalishida magistraturani tamomlaganliklari hamda ―Luqmon Bo‘rixon nasri 
poetikasi‘‘ mavzusida dessertatsiya yoqlaganliklari biz uchun ham ilmiy tadqiqotlar 
qilish yo‘lida bir o‘rnak, bir namunadir. Ustozim O‘g‘ilnor Egamberdiyevnaning 
2020-yil bizning jonajon maktabimiz hisoblanmish Prezident ta‘limi muassasalari 
agentligi tasarrufidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida faoliyat 
boshlaganliklari, menimcha, bizning omadimiz bo‘ldi. Ustozimning 45 daqiqalik 
darslari juda sevimli bo‘lganidanmi, nazarimizda 5 daqiqa davom etganday 
tuyulaveradi, davomli bo‘lishini istayveramiz. O‘qituvchimning bizga eng ko‘p 
takrorlaydigan nasihatlarini o‘zim uchun shior qilib olganman desam mubolag‘a 
bo‘lmaydi: ―Har biringiz o‘zingiz tanlagan sohaning professionali bo‘ling, birinchisi, 
ustasi, eng zo‘ri bo‘ling! O‘rtacha yoki yomon xodim bo‘lish vatanga xiyonatdir! 
Buning uchun tinmay o‘qish, izlanish kerakligini unutmang!‖
Mening eng katta orzum, maqsadim mana shu ustozim, O‘g‘ilnor 
Egamberdiyevnaga o‘xshab, o‘z kasbimning eng zo‘r vakili, fidoyisi bo‘lish, 
jamiyatda hech qchon hech qayerda voz kechilmaydigan, kislorod kabi kerakli 
mutaxassisi bo‘lishdir.

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling