Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


***  ERGASHOV DIYORBEK YARQUL O‘G‘LI


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

*** 
ERGASHOV DIYORBEK YARQUL O‘G‘LI 
Samarqand viloyati Nurobod tumani O'rtabo'z mahallasi 
Tinchlik qishlog'ida tug`ulgan.
Shiori: Sinov va mashaqqatlar 
abadiy emasdur. 
HAYOT, OMADIMNI BER... 
Mahkam tutay qo'lini. 
Taqdir, omonating ber. 
Sarf qilmayin kuchimni, 
hayot, omadimni ber. 
Azob berma, yetadi, 
jondan o'tib ketadi. 
Qiynama, bas yetadi, 
Hayot, omadimni ber. 
Hasadim yo'qdir, o'lgan. 
Nafsimni Xudo tiygan, 
iymon qalbimda kulgan. 
Hayot , omadimni ber. 


199 
Dardli doston o'qima, 
yolg'on ertak to'qima. 
Miyamni sen cho'qima. 
Hayot, omadimni ber. 
Qo'lim kalta etasan, 
Sinov berib , kutasan. 
Sen umrimni yutasan, 
Hayot, omadimni ber. 
Berganing beminnatdir, 
Bizning qilgan xizmatdir. 
Gar, sen bersang - hikmatdir, 
Hayot, omadimni ber. 
SOG'INDIM... 
Xayolim ketib senga, 
Xumoringni sog'indim. 
Xasta dilim yayratgan 
Yaylovingni sog'indim. 
Soddagina, xushovoz. 
Qushlaringni sog'indim. 
Menga qadrdon o'sha. 
Tuprog'ingni sog'indim. 
Derazam chertgan sabo, 
yo'qlovini sog'indim. 
Zarafshon sari uchgan, 
suvlaringni sog'indim. 
Onamdayin mehribon, 
ey! Tinchligim sog'indim. 
Otamdayin yagona, 
Nurobodim sog'indim. 


200 
HALIMA MIRZAHODJAYEVA 
Toshkent viloyati Zangiota tumani 19-umumiy o'rta ta'lim 
maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi. 
MAKTABDA O‘QUVCHILARNING YOZMA NUTQ 
MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH 
O‗zbekiston mustaqillikning qo'lga kiritganidan so'ng ta'lim sohasida misli 
ko‗rilmas o'zgarishlar sodir bo'ldi. Respublikamizda "Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi "hamda "Ta'lim to‗g‗risidagi Qonun‖ ning qabul qilinishi natijasida ta'lim 
tizimida ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Maktablarda o'quvchilarning o'zlari tanlagan yo'nalish bilimlarining oshirishi, 
muayyan fan asoslarining chuqur, mukammal o'zlashtirishi, qiziqishlari va 
qobiliyatlarini hisobga olgan holda yozma nutq malakalariga e'tibor qaratilmoqda.
Insonning tafakkuri,ilmiy salohiyati,qobiliyati ijtimoiy boyligimiz sanaladi. 
Kelajakda Vatanimiz obod va ozod ,erkin va farovon bo'lishi,iqtisodiy jihatdan 
baquvvat bo'lishi ko‗p jihatdan bugungi yoshlarimizning iqtidoriga,iste'dodiga,chuqur 
tafakkurli,bilimdon va ma‗naviyatli bo'lishiga bog'liq. 
Yosh avlodning barkamol bo'lib yetishishida ona tili fanining ahamiyati katta 
bo'lib,ona tili nafaqat barcha fanlarni o'zlashtirishda,balki umuman,jamiyat Insonning 
mavjudligiga,ularning o'zaro aloqaga kirishishida __muloqotning shakllanishida ham 
ahamiyatlidir. 
Darhaqiqat,ona tili fanini o'qitishdan asosiy maqsad,o'quvchilarda o‗z ona tilida 
fikrni to‗g‗ri,aniq,ravshan va go'zal ifodalay olish ko'nikmalarini shakllantirish va 
rivojlantirishdan iboratdir. Ma'lumki,til jamiyat a'zolarining o'rtasida aloqa-aralashuv 
vositasi,insonning fikrlash va fikr mahsulini og'zaki va yozma ravishda berishi,o‗z 
ichki kechinmalarini bayon qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Tilni o'rganish bu 
faqat grammatik qurilishini bilish,tushuncha, ta'rif va qoidalarni o'zlashtirib olish 


201 
emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib,fikrni og'zaki va yozma 
shakllarda to‗g‗ri va ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. 
Til o'qitishning metodik masalalariga aniqlik kiritish, bu sohada to'plangan 
tajribalarini boyitish,umumlashtirish nazariyasini amaliyot bilan, shuningdek, boshqa 
fanlar bilan bog'lab o'qitish,zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'limga joriy 
etish,maktablarda 
ta'lim 
uslubiyatining 
ishlab 
chiqish 
hozirgi 
metodikamiz,pedagogikamizning dolzarb vazifalaridandir. 
Maktablarda fan asoslarini o'rgatish jarayonida o'quvchi nutqini rivojlantirish inson 
umrining boshqa davrlariga nisbatan ancha samarali kechadi. Chunki har bir fan 
o'quvchi nutqini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi,ona tilining boy 
imkoniyatlaridan foydalanishga yo‗l ochadi. Ona tili fani o'quvchi nutqini 
yaxshilaydi,boyitadi,unga badiiy bo'yoq beradi. 
Maktab o'quvchilarining nutqiy savodxonligini oshirishda rasmlarda tasvirlangan 
hodisalarni hikoya qilish,o'qilgan kitob, tomosha qilingan kinofilm,hayotda uchragan 
ta'sirli voqealarni so‗zlab berish,taniqli shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini 
hikoya tarzida qisqacha yozish yoki bayon etish muhim ahamiyatga ega. Kuzatishlar 
natijasi maktab o'quvchilari nutqida kamchiliklar borligini ko'rsatdi. Xususan,jonli 
so'zlashuv ta'sirida so‗zlarni noto'g'ri aytadilar. Ular bir-biriga o'xshash va yaqin 
fonema 

-z,sh-s,k-ch,p-f,b-p,q-g‗,j-y 
tovushlarini 
o'rnini 
almashtirib,masalan,fabrikani "pabrika",majlisni "maylis", qishloqni "qishlog' " 
tarzida talaffuz qiladilar. Albatta,o‗quvchi nutqidagi bunday kamchiliklarning bir 
qator sabablari bor.Ko‗p hollarda mahalliy muhit (jonli so'zlashuv) o‗quvchi nutqini 
rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Masalan:o'qituvchining so‗zni mahalliy shevada 
talaffuz qilishi ham o‗quvchi nutqida kamchiliklar yuzaga kelishiga omil bo‗ladi. 
Misol uchun,o'quvchilar kitobni "kitop", daftarni "daptar",hushtakni "shuttak" tarzida 
yozadilar. 
O‗quvchi nutqidagi kamchilik, eng avvalo, oila ta'sirida shakllanadi, keyinchalik
ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy muhit nutqiy savodxonlikni rivojlanishida o‗z 
ta'sirini ko'rsatadi. Ayrim hollarda o‗quvchining o'ziga notanish bo'lgan mavzular 
haqida so'zlash yoki yozish talab etiladi. Bu hol fikriy sayozlikka, mavzuning 
yoritilmay qolishiga sabab bo'ladi. Buning oldini olish maqsadida o'quvchi o‗zi 
o‗qigan, kuzatgan,bilgan narsa va voqea-hodisalar haqida yozish vazifasi yuklatilishi 
lozim. 
Bu kamchilik va xatolarni oldini olishda yozma nutqda imlo va tinish belgilarini 
o'rinli qo'llash,so‗zni to‗g‗ri yozish,fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish katta 
ahamiyatga ega. Yozma nutqning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki,uni 
tekshirish, tuzatish,takomillashtirish mumkin. O‗quvchining o‗z yozma nutqida yo‗l 
qo'yilgan xato va kamchiliklarini tuzatish borasidagi amaliy ishlari bunday 
kamchiliklarni kelgusida takrorlanmasligi uchun zamin yaratadi. Avvalo,bunday 


202 
kamchiliklarni oldini olish birinchi navbatda o'qituvchiga bog'liq bo‗ladi,chunki 
o'qituvchi har bir o'quvchining nutqiga jiddiy e'tibor bilan qarashi,keyin ikkinchi 
marotaba takrorlashiga yo‗l qo‗ymasligi kerak. Buning uchun o'qituvchi faqat 
darslikdagi materiallar bilan cheklanib qolmasligi ,balki qo‗shimcha materiallardan 
va matnlardan ham keng foydalanishi zarur.
Maktab o'quvchilarining yozma nutq malakalarini rivojlantirishda noan'anaviy 
usullardan,ilmiy-tadqiqot asoslaridan,matnlardan,imlo lug‗atlaridan foydalanish 
joizdir. 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling