Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
ZAMONAVIY BOʻLAYLIK,DEB ONA TILIMIZ
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
ZAMONAVIY BOʻLAYLIK,DEB ONA TILIMIZ
JOZIBASINI YOʻQOTMAYLIK ilamizki, hozirgi kunda yurtimiz rivojlanib, yevropa davlatlari bilan tenglashmoqda. yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochilib, chet ellarda bemalol oʻqib, malakalarini oshirib kelmoqda. prezidentimiz chet tillarini oʻrganish uchun ixtisoslashtirilgan, ijod va prezident maktablarini yurtimiz boʻylab qad koʻtarish gʻoyalarini ilgari surmoqdalar va bu gʻoya turli viloyatlarda oʻz samarasini 208 koʻrsatyapyi. u maktabni bitirgan oʻquvchilar yevropa universitetlariga grand yutib olish baxtini his etmoqda.mening ham dugonam mana shunday baxtga muyassar boʻldi. bugun u angliyadan uchib keladi. uni koʻrmaganimga roppa-rosa 5yil boʻldi. kunlar,oylar va yillar bir-birlarini quvib oʻtganidan, xuddi koʻz ochib yumguncha oʻtib ketibdi. u bilan koʻrishishni intizorlik bilan kutayotgan edi, biroq men kutgandek, tasavvur qilgandek taassurotlar olmadim. sababi, dugonam umuman boshqa kishiga aylanib qolgan edi. suhbatimizdan koʻnglim toʻlmadi. avvallari u tilimizda ravon gapiradigan, yevropadan kirib kelgan soʻzlardan muloqot jarayonida umuman qoʻshib soʻzlamas edi. hozirchi?! u hozir boshqa kishiga aylangan. kiyinishlari, gapirishlari, fikrlashi xullas dugonam hayotini boshidan boshlagandek, mening nazdimda. suhbatimiz davomida ʼʼokʼʼ, ʼʼyesʼʼ,ʼʼ greatʼʼ kabi soʻzlardan juda koʻp foydalandi. men bu holatdan taajjublandim. u menga qarab kuldi. ʼʼey,qiz! sen nega hayron bilasan? axir bu hozirgi zamon nutqi-ku?! hamma shunday soʻzlashmoqda. zamon oʻzgardi",dedi. ochigʻi ushbu gaplardan keyingi voqealar yodimda qolmadi. chunki fikr-hayolim "zamon oʻzgardi" da edi. xullas, u bilan boʻlgan uchrashuvim meni qoniqtirmadi. dugonamning birgina shu gapi meni tinch qoʻymas edi. rostan ham zamon oʻzgardimi? mening nazarimda yoʻq. sababi insonlar oʻzi tilni buzib gapirib, aybni zamonga yuklayapti. bundan oydinlashadi-ki, zamon emas, odamlar oʻzgarishgan. ular zamonni oʻzgartirdi, zamon oʻz-oʻzidan oʻzgarib qolgani yoʻq! haqiqatni aytganda, bu jarayonlar yurtimizda keskin oshib bormoqda. agar biz bu holatning oldini olmasak, tilimiz, madaniyatimiz, maʼnaviyatimiz, urf-odatlarimizdan ayrilamiz. chunki oʻzbek tilisiz bularning qadri qolmaydi. oʻzbek tili oʻlik tillar qatoridan joy olishi mumkin. bunday boʻlishini, albatta, hech bir oʻzbek farzandi xohlamaydi, biroq oʻzlari istashmagan holda bu vaziyatga olib kelmoqda. buning asosiy sabablaridan biri kam kitob mutolaasidir. agar kitob oʻqishni ommalashtirsak, bu xavfning oldini olayotgan boʻlamiz. bu borada prezidentimiz " yosh kitobxon" koʻrik-tanlovning eʼlon qildi. bu tanlovning asosiy maqsadi kitobxonlikni xalq orasida ommalashtirish, yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, ajdodlarimizga munosib avlod qilib ulgʻaytirishdir. bundan koʻrish mumkin-ki, birgina kam kitob mutolaasi tufayli yurtimiz fojiali ahvolga kelib qoladi. eng achinarlisi, tilimiz oʻz mavqeini yoʻqatadi. oʻzbek xalqi oʻzligini anglamaydi. shunday ekan tilimizning kelajagi bizning qoʻlimizdadir. uni yoʻq qilish ham uni yuksaltirish ham bizga bogʻliq. bu tilni sof holda oʻzgartirmasdan kelajak avlodlarga yetkazib berish bizning asosiy maqsadimiz va vazifamizdir! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling