Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


  SAYFULLAYEV JAVOHIR MURODOVICH


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

 


153 
SAYFULLAYEV JAVOHIR MURODOVICH 
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. Hozirda 
Toshkent davlat texnika universiteti 1 bosqich talabasi. 
TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA AKT 
TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH 
ANNOTATSIYA: Ushbu ilmiy maqolada IT texnologiyalari va axborot 
vositalaridan ta'lim jarayonida unumli foydalanish hamda, ta'lim sifatini oshirishda 
axborot-kommunikatsion texnologiyalarning ahamiyati xususida so'z yuritilgan. 
Kalit so'zlar: SMART oʻqitish, IT, AKT, milliy ta'lim tizimi, Smart Notebook, 
Bridgit, Synhron, slaydlar, audio matnlar 
ANNOTATION: This scientific article talks about the effective use of IT 
technologies and information tools in the educational process, as well as the 
importance of information and communication technologies in improving the quality 
of education. 
Keywords: SMART education, IT, ICT, national education system, Smart Notebook, 
Bridgit, Synhron, slides, audio texts 
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) jamiyatning har bir jabhasiga 
kirib borar ekan, hayotimizni ularsiz tasavvur etish qiyin. Shu sababli jamiyatning har 
bir a‘zosi AKTlardan toʻgʻri va samarali foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi 
zarur. Ta'lim bozorining globallashuvi munosabati bilan milliy ta'lim tizimida yangi 
talablar toʻplami shakllanmoqda. Masalaning dolzarbligini hukumatning bu sohaga 
berayotgan bevosita e‘tibori ham koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
PQ-4851 06.10.2020 sonli ―Axborot texnologiyalari sohasida ta‘lim tizimini yanada 
takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan 
integratsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi Qarori doirasida Axborot 
texnologiyalarining oʻqitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, mehnat 
bozorining malakali IT-mutaxassislarga boʻlgan talabini qoniqtirish, shuningdek, 


154 
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini ―Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish yili‖da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar 
ijrosini ta‘minlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi [1].
Ta'lim bozorining globallashuvi munosabati bilan milliy ta'lim tizimida yangi talablar 
toʻplami shakllanmoqda. Asosiy talablardan biri bu raqobatbardosh va tez 
oʻzgaruvchan ta'lim bozorida ishlash qobiliyati. Yetakchi biznes-modellar va 
innovatsiyalar kelgusi yillarda universitetlarning asosiy raqobat ustunligiga aylanadi. 
Shu bilan birga, IT ning oʻrni oshadi, chunki ilgʻor IT yechimlari universitetning 
strategik maqsadlarini amalga oshirish va boshqaruv va oʻquv jarayonidagi 
innovatsion oʻzgarishlarni tezlashtirishning asosiy omili sifatida yuzaga chiqadi [2].
Shu sababli oliy ta‘lim muassasalarida axborot texnologiyalari kurslarini 
samarali va jahon andozalari asosida tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Mazkur 
kursni tashkil etishda oʻqitishning eng samarali usullaridan hisoblangan SMART 
texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Chunki SMART oʻqitish 
orqali oʻqitish bevosita kompyuter asri yutuqlari asosida tashkil etiladigan ta‘lim 
texnologiyasidir.
Tadqiqotimiz davomida biz bir qator olimlarning OTMlarda informatika fanini 
oʻqitish texnologiyalari, boshqalarining SMART texnologiyalari asosida ta‘lim 
jarayonini tashkil etishga bagʻishlangan tadqiqotlari bilan tanishib chiqdik. Misol 
uchun, N.A.Dneprovskaya bergan ta‘rifga koʻra, smart ta'lim koʻp miqdordagi 
manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik) maksimal xilma-xilligini
tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson moslashish imkoniyatini nazarda 
tutadi [4]. Z.K. Bekturiva va N.N. Vagapovalar esa uni quyidagicha izohlaydilar: ―Bu 
mutlaqo yangi ta'lim muhiti boʻlib, unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy 
standartlar, texnologiyalar va ta'lim muassasalari tarmogʻi oʻrtasida tuzilgan 
shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi 
ta'limning oʻziga xos xususiyati - yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, 
aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni "hamma joyda" ta'lim olish 
imkoniyatidir‖ [5]. Oʻquv fanlari boʻyicha elektron oʻquv vositalarining yaratilishi 
mazkur fanlarni oʻqitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Hozirgi kunda, dars jarayonida, Microsoft Power Point yoki Macromedia Flash 
dasturlari orqali yaratilgan taqdimotlarni multimedia vositalaridan foydalangan holda 
qoʻllash oddatiy holga aylanib bormoqda. Ammo, ayni damda ta‘lim sohasiga 
shunday interfaol texnologiyalar kirib kelmoqdaki, ular slayd-shou turkumidagi 
taqdimotlarni siqib chiqarmoqda. Buday ―aqilli‖ texnologiyalardan biri Smart Boards 
axborotni talabalarga interfaol taxta — Smart Boards, interaktiv display — 
Sympodium yordamida uzatish, ma‘ruzachiga dars jarayonining oʻzida taqdimotlar 


155 
yaratish imkonini beradi. Interfaol Smart Boards taxtalariga maxsus markerlar 
yordamida yozish, oʻquv materiallarini namoyish etish, ekrandagi tasvir ustidan 
yozma sharhlar berish mumkin. Bunday interfaol smart taxtalar imkoniyatlaridan 
maksimal foydalanish uchun maxsus dasturiy ta‘minotlar (Smart Notebook, Bridgit, 
Synhron
Eyes) ishlab chiqilgan va ulardan har birining oʻz imkoniyatlari mavjud [9].
Oxirgi yillarda, dunyo miqyosida elektron va Smart texnologiyalaridan foydalanishga 
boʻlgan talab keskin ortdi. Natijada dunyoning deyarli barcha mamlakatlari, jumladan 
Oʻzbekiston ta‘lim tizimida ham oʻqitishning bu yangi texnologiyasidan samarali 
foydalanib kelinmoqda. Interaktiv qurilmalar va ulardan unumli foydalanish 
texnoloyiyalari oʻqituvchi va murabbiylarga video, audio manbaalardan foydalanish, 
slaydlar namoyish etish, turli xil sxemalar chizish, elektron ovoz berish orqali dars 
jarayonini samarali tashkil etishga yordam bersa, talabalar uchun diqqatni jamlash, 
ma‘lumotni tez va oson oʻzlashtirish, muhokama va munozaralarda faol qatnashish 
orqali bilim olish imkoniyatini beradi.

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling