Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59

Birinchi  guruhga  uni  odam  savdosi  sohasiga  jalb  etish  amalga 

oshirilgan  holatlar  (o‘g‘irlash  yoki  yollash)  kiradi.  Ular  jumlasiga 

quyidagilar kiradi: 1) uni yollashni amalga oshirgan shaxs bilan qaerda, 

qachon,  qanday  vaziyatda  va  kimning  vositachiligida  tanishgan;2) 

agarda  yollovchilarga  ommaviy  axborot  vositalarida,  Internet  global 

tarmog‘ida joylashtirilgan reklama e’loni orqali chiqqan bo‘lsa, mazkur 

e’lon  qaysi  nashrda,  qaysi  saytda  berilganligi,  uning  mazmuni, 

yollovchilarning  telefon  raqami  va  manzili,  unda  bosma  nashr  saqlanib 

qolganligi;  3)  yollash  faoliyatida  nechta  kishi  qatnashganligi,  ularning 

telefon  raqamlari,  har  bir  yollovchi  tomonidan  amalga  oshirilgan  aniq 

harakatlar,  ularning  bir-biri  bilan  qanday  aloqa  qilganligi,  ularning 

ismlari, tashqi qiyofasi, alohida belgilari, taxminiy yoshi, millati, irqi. U 

ularni  taniy  oladimi,  taniy  olsa,  qaysi  belgilariga  qarab  taniy  oladi;  4) 

yollashga  daxldor  bo‘lgan  tashkilotning  yuridik  va  faktik  manzili,  aniq 

nomlanishi,  ish  telefoni,  yollash  amalga  oshirilgan  binoning  sharoitlari 

tavsifi;  5)  yollash  jarayonida  uni  adashtirishga,  mulkiy,  ruhiy  yoki 

boshqacha  qaramlik  ahvoliga  solib  qo‘yishga  qaratilgan  biror-bir  ta’sir 

choralari qo‘llanilganmi: qarz tilxati, hujjatlarni rasmiylashtirishni taklif 

etish  va  tashishni  uning  kelgusida  oladigan  daromadlari  hisobidan 

amalga 


oshirish, 

shaxsiy 


do‘stona, 

ishqiy 


munosabatlarni 

sahnalashtirish,  nikohga  kirishga  va’da  berish,  giyohvand  qaramlik 

holatiga  tushirib  qo‘yish,  ichimligiga  psixotrop  moddalar  qo‘shilgan 

bo‘lishi  ehtimoli  va  b.q.;6)  yollash  suhbati  jarayonida  biron-bir 

ishontirish  yoki  ruhiy  ta’sir  ko‘rsatish  usullari  –  ko‘ndirish,  gipnoz, 

tahdid qilish, tovlmachilik qo‘llanildimi; 7) ishga joylashtirishni amalga 



 

425 


oshirayotgan  shaxslar  yoki  ish  beruvchilar  bilan  biror-bir  yozma 

kelishuvlar  imzolandimi,  agar  imzolangan  bo‘lsa,  qachon  va  qaerda, 

unda  mehnat  faoliyatining  aniq  turlari,  mehnat  sharoitlari,  haq  to‘lash 

miqdori  kelishilganmi,  uning  boshqa  mamlakatga  borishi  bilan  bog‘liq 

xarajatlarni  qoplash  tartibi  ko‘rsatilganmi,  unga  uning  iltimosiga  ko‘ra, 

biror-bir qo‘shimchalar kiritilganmi, u qancha nusxada tuzilgan va unda 

shartnomadan  nusxa  saqlanib  qolinganmi;8)  kelgusidagi  kasbini 

o‘rgatish  bo‘yicha  biror-bir  kurslardan  o‘tganmi;9)  ishga  joylashtirish 

yoki  boshqa  mamlakatga  chiqish,  xususan  pasportni  rasmiylashtirish, 

viza,  bilet  olish  va  h.q.  bilan  bog‘liq  biror-bir  xizmatlar  uchun  haq 

to‘laganmi;10)  yollovchilarga  qaysi  shaxsiy  hujjatlari  yoki  ularning 

nusxalari berilgan, ular ushbu hujjatlarni qaytarib berishganmi. Agarda, 

hujjatlar  qaytarilmagan  bo‘lsa,  bu  nima  bilan  asoslangan;  11)  uning 

shaxsiy  ma’lumotlarini  ko‘rsatish  yo‘li  bilan  anketa  tayyorlanganmi, 

tibbiy  ko‘zdan  kechirish,  fotosuratga  olish  (qanday  turda,  qaysi 

rakurslarda)  amalga  oshirilganmi;  12)  u  o‘zining  boshqa  mamlakatda 

ishga  joylashish  niyati  haqidagi  niyati  to‘g‘risida  qarindoshlari  yoki 

tanishlaridan  kimlarga  xabar  bergan,  bunda  unga  yordam  ko‘rsatgan 

shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar;13) u jabrlanuvchilardan yana kimlarni 

ko‘rgan va biladi, ularni taniy oladimi;14) uni o‘g‘irlab ketish qaerda va 

qay vaziyatda amalga oshirildi

1



Ikkinchi  guruhga  jabrlanuvchini  ekspluatatsiya  qilish  joyiga 

tashish  holatlarini  kiritish  mumkin,  xususan:  1)  unga  jo‘nash  uchun 

biletlrni  kim,  qachon  va  qaerda  sotib  olib  bergan,  ular  saqlanib 

qolganmi;2)  uni  sayohat  davomida  kuzatib  yurgan,  kutib  olgan  va 

hamrohlik  qilgan  shaxslarning  ismi,  tashqi  qiyofasi  tasviri  hamda  u 

ularni  taniy  oladimi;3)  uni  mamlakatga  jo‘natish  qachon,  qaerdan  va 

qaysi  transport  turida  amalga  oshiriladi,  u  tashuvchining  shaxsiy 

avtotransport vositasi davlat raqamlarini, samolyot yoki poezd reyslarini 

eslab qolganmi; 4) uni kuzatib yurganlar, boshqa jabrlanuvchilar soni;5) 

uni  tashish  yo‘nalishi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yoki  tranzit  xususiyat  kasb 

etganmi.  Agarda,  tranzit  bo‘lsa,  qaysi  davlatlardan  o‘tgan,  u  tranzit 

mamlakatlarda qaerda va qancha ushlanib qolgan, u mazkur davlatlarda 

biror-bir  blanka  yoki  boshqa  hujjatlarni  to‘ldirganmi;  6)  uni  tashish 

uchun soxta farzandlikka olish, nikoh yoki surrogat onalik bilan bog‘liq 

biror-bir usullardan foydalanilganmi;7) uni tashish uchun soxta hujjatlar 

ishlatilganmi, agar ishlatilgan bo‘lsa, ularni kim va  qaerda bergan; 8) u 

tashish  jarayonida  biror-bir  zo‘rlik,  tahdid,  tovlamachilik  yoki 

                                                 

1

 Дворкин А.И. и др. Расследование похищения человека. – М., 2001.



 

 

426 


boshqacha  ta’sirga  duchor  bo‘lganmi;9)  bojxona  va  chegara  nazoratini 

qaerda,  qaysi  punkt  va  qaysi  postda  o‘tgan,  o‘tish  jarayonida  biror-bir 

qiyinchiliklar vujudga kelmaganmi.  

Uchinchi  guruhga  jabrlanuvchini  ekspluatatsiya  qilishga  oid 

holatlarni kiritishimiz mumkin. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi: 1) 

uni  yashashi  va  ekspluatatsiyasi  amalga  oshirilgan  joy  uchastkasi  yoki 

binosi joylashgan taxminiy joy, manzili;2) ekspluatatsiya qancha muddat 

davom  etgan;3)  u  amalga  oshirgan  mehnat  faoliyatining  turi  va 

xususiyati, uning funksional majburiyatlari;4) ekspluatatsiya va yashash 

amalga  oshirilgan  shart-sharoitlar,  jumladan,  mehnat  vaqtining 

davomiyligi  va  taqsimlanishi,  ovqatlanish  tartibi,  tibbiy  yordam,  bir 

xonada  istiqomat  qiluvchi  shaxslar  soni  va  h.k.;  5)  amalga 

oshirilayotgan  mehnat  faoliyatidan  real  daromad  miqdori;6)  yashash, 

mehnat  qilish,  haq  to‘lashning  real  shartlari  yollash  vaqtida  va’da 

qilingan,  shartnomada  ko‘zda  tutilgan  holatlardan  farqlanadimi, 

farqlansa, qaysi bandlari bo‘yicha; 7) ekspluatatsiya joyida yana qancha 

jabrlanuvchilar 

qolgani, 

ularning 

taqdiri 

unga 


ma’lumligi;8) 

ekspluatatsiya  jarayonida  munosib  xulq-atvorni  ta’minlashga  qaratilgan 

biror-bir  majburlash,  ruhiy  ta’sir  ko‘rsatish  choralari  qo‘llanildimi, 

qo‘llanilgan  bo‘lsa,  ularning  oqibatlari  nimalarda  namoyon  bo‘ladi;9) 

yashash  yoki  ekspluatatsiya  jarayonida  uning  shaxsiy  erkinligi 

cheklanganmi,  xususan,  bino  yoki  yashash  joyini  tark  etishga  nisbatan 

ta’qiq  amal  qilganmi,  shuningdek,  qarindoshlar  yoki  yaqinlar  bilan 

telefon  qo‘ng‘iroqlari  amalga  oshirilganmi;10)  jarimali  sanksiyalar 

qo‘llanilganmi,  agar  qo‘llanilgan  bo‘lsa,  kim  tomonidan,  qancha 

miqdorda  va  u  qaysi  hujjatda  kelishilgan;11)  uning  shaxsiy  hujjatlari 

kimda  va  qaerda  saqlangan;12)  qachon  va  qaysi  sharoitlarda  u  odam 

savdosi qurboni bo‘lganligi aniq bo‘lgan;13) u qochishga, biror kimsaga 

bo‘lib  o‘tgan  voqea  haqida  xabar  berib,  yordam  so‘rashga  harakat 

qilganmi,  mazkur  davlatning  huquqni  muhofaza  qilish  idoralariga 

murojaat  qilganmi,  agar  qilmagan  bo‘lsa,  qaysi  sabablarga  ko‘ra;14) 

jabrlanuvchilarga  qaytib  o‘z  mamlakatiga  ketish  taklif  qilinganmi;15) 

ekspluatatsiya  yoki  mehnatga  majburlash  jarayonida  biror-bir  kasallik 

orttirilganmi,  ruhiy  jarohat  olinganmi,  agar  bo‘lsa,  uning  oqibatlari 

nimalarda  namoyon  bo‘ladi;16)  hozirgi  kunda  u  yollash,  o‘g‘irlash, 

tashish  yoki  ekspluatatsiya  qilish  bilan  bog‘liq  qaysi  shaxslar  bilan 

do‘stona aloqalarni saqlab qolgan;17) jabrlanuvchi, uning qarindoshlari, 

tanishlariga  odam  savdosi  jinoyatchilari  tomonidan  biror-bir  tahdidlar 

kelib  tushganmi,  tushgan  bo‘lsa,  ularning  mazmuni  qanday,  ular  o‘z 


 

427 


taqdiridan  xavotir  olishadimi;18)  uning  sodir  bo‘lgan  hodisa, 

shuningdek,  jinoyat  sodir  etishga  aloqador  shaxslarga  nisbatan 

munosabati.  

 

Nazorat savollari: 

 

1.

 



Huquqni  muhofaza  qiluvchi  organga  odam  savdosi  jinoyati 

sodir  etilganlik  fakti  bo‘yicha  ariza  kelib  tushgan.  Tergovchi  sifatida 

ishni qanday tashkil etish lozim? 

2.

 



Odam  savdosi  jinoyati  bo‘yicha  tergov  versiyalarni 

shakllantirishga qanday omillar ta’sir etadi? Mazkur turdagi jinoyatlarda 

tergovni rejalashtirish qay tarzda amalga oshirilishi lozim? 

 

Kazuslar: 



1-kazus 

2015 yil  1 yanvar  kuni  Mirzo  Ulug‘bek  tuman prokuraturasiga 

Fuqaro Odilov Amin ariza  bilan  murojaat  etib,  fuqaro  Azizov Zokir 

2014  yil  20    avgust    kuni  15  kishini  Rossiyada    qurilish    inshootida  

ishlash  uchun olib  ketganligini va  ularga  katta  miqdorda  pul  va’da  

qilganligini,  etib  borishganidan  so‘ng    esa   ularning    pasportlarini    olib  

qo‘yib,  ishlaganlaridan  so‘ng qaytarib  berishlarini  aytib  o‘tgan.  Azizov 

Zokir ishchilarni ikki  oy davomida ishlatgan va ularga hech qandayhaq 

to‘lamagan, 2014  yil 21  oktyabr kuni ishchilar ishlashdan voz kechib, 

undan  pasportlarini  qaytarib  berishini    so‘rashganida,  u  pasportlarni 

qaytarib bermasligini, agarda ishchilar unga bo‘ysunmasa  pasportlarini  

yoqib  yuborishini  va  haq  to‘lamasligini  aytgan  va  uch  oy  ishlab  

berganlaridan  so‘ng  pasportlarini  qaytarib  berishini  aytgan.  Shundan 

so‘ng  ikki  xafta    o‘tgach  Azizov    Zokir  ishchilarni    boshqarish    uchun  

ishga    kelmagan.  Ishchilar    Azizov  Zokirni  ikki    xafta    mobaynida  

ko‘rishmaganligini,   shundan   so‘ng ishchilar  Azizov  Zokirning xonasi 

eshigini  buzib  kirib,  uning  shkafidan  o‘zlariga  tegishli  bo‘lgan  

pasportlarini  olishganligini  va  O‘zbekistonga  qaytib  kelishganligini, 

Azizov  Zokir  ning  sheriklari  borligini  lekin  ularni  tanimasliklarini 

aytishgan.Prokuratura  xodimlari tergov davomida fuqaro Azizov Zokir 

2014    yil  30  oktyabr  kuni  o‘zini    o‘zi    o‘ldirganligini  va  xat  qoldirib 

ketganligini aniqlashdi. 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 

Ushbu  jinoyatning  kriminalistik  tavsifiva    aniqlanishi    lozim  

bo‘lgan  holatlarni  belgilang. 


 

428 


Mazkur jinoyat  yuzasidan  tergov  versiyalari va  rejasini  tuzing. 

Ushbu  vaziyatda  qanday  taktik  qoidalar  qo‘llaniladi? Jinoyatni 

fosh etish rejasini tuzing. Tergov versiyalrini shakllantiring. 

 

2-kazus 

2015  yil  12  mart    kuni  Chilonzor    tumani  prokuraturasiga  fuqaro 

Valieva  Sabina  tanishi    Rizoev  Kamron  qizlarni  chet  el  hududida  

majburan  ishga  jalb  qilish  uchun olib ketganligini  va  ularga  tahdid  

solib  ularni    chet    elda  majburan    ishlatib    kelayotganligi    haqida  

ma’lumot    beradi.  IIBning    tezkor    qidiruv    xodimlari  va  prokuratura  

tergovchilari    hamkorligida    tezkor-qidiruv    tadbirida  o‘tkazilishi 

natijasida  Rizoev  Kamron  Raximova  Bonuni  uyidan  majburan  olib  

chiqib    ketayotgan  paytda    qo‘lga    olindi.  Rizoev  Kamron  o‘zining  

sheriklari  kim  ekanligini aytishdan  bosh  tortdi. 

Vaziyatga  huquqiy  baho  bering. 

Ushbu    jinoyatning  kriminalistik  tavsifi  va  aniqlanishi    lozim  

bo‘lgan  holatlarni  belgilang. 

Mazkur  jinoyat  yuzasidan  tergov  versiyalari va  rejasini  tuzing. 

Ushbu  vaziyatda  qanday  taktik  qoidalar  qo‘llanilishi  mumkin? 

 

29-bob. MEHNAT XAVFSIZLIGI QOIDALARINI 

JINOIY TARZDA BUZILISHINI TERGOV QILISH 

 

Mazkur  turdagi  jinoyatlarning  kriminalistik  tavsifi.  Jinoyat  ishini 

qo‘zg‘atish va dastlabki tergov bosqichi. Keyingi tergov harakatlarining 

tashkiliy va taktik xususiyatlari 



 

Mazkur turdagi jinoyatlarning kriminalistik tavsifi 

 

Mehnat  xavfsizligi  qoidalarining  jinoiy  tarzada  buzilishi  odamlar 

o‘limiga  sabab  bo‘ladi,  ularning  sog‘lig‘iga  va  ishlab  chiqarishga 

Esda  tuting!  Mehnat  sharoitlarining  xavfsizligini  texnikadan 

foydalanish,  sanoat  sanitariyasiga  oid  umumiy  va  tarmoq  qoidalari 

ta’minlaydi. Bunday qoidalar hukumat tomonidan kasaba uyushmalari 

va vazirliklar (idoralar) bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Ularga rioya 

etilishi  ustidan  nazorat  qilish  kasaba  uyushmalari  qo‘mitalari, 

shuningdek 

maxsus 

nazorat 


organlari 

(“Sanoattexnazorat”, 

“Energonazorat”) zimmasiga yuklatilgan. Sanitariya nazoratini davlat 

sanitariya  inspeksiyasi  organlari,  yong‘indan  saqlash  nazoratini  – 

yong‘indan muhofaza qilish organlari amalga oshiradi.  


 

429 


moddiy zarar etkazadi.  

 

Mehnatni  muhofaza  qilish  qoidalarining  odamlar  bilan  baxtsiz 



hodisalar  yuz  berishiga  yoki  boshqa  oqibatlar  kelib  chiqishiga  sabab 

bo‘lishi mumkin bo‘lgan buzilishlari jinoyat deb topiladi. Yo‘l qo‘yilgan 

buzilishlar  uchun  mehnatni  muhofaza  qilish  qoidalariga  rioya  etilishi 

ustidan  nazorat  qilish  va  texnika  xavfsizligini  ta’minlash  o‘z  vazifalari 

doirasiga kiruvchi mansabdor shaxslar javobgar bo‘ladilar. 

 

Kon ishlari xavfsizligi qoidalari buzilishi, qurilish ishlarini bajarish 



qoidalari  buzilishi,  portlash  xavfi  bo‘lgan  korxonalarda  yoki  sexlarda 

xavfsizlik qoidalari buzilishi alohida turlarini tashkil etadi. Tergov qilish 

uslubiyoti  yo‘l  qo‘yilgan  buzilish  turini  va  u  sodir  etgan  muayyan 

sharoitlarni hisobga olib belgilanadi. 

Buzilish  sabablarini  uch  guruhga  bo‘lish  mumkin:  texnikaviy, 

tashkiliy,  sanitariyaviy.  Birinchi  guruhga  agregatlar,  mashinalar, 

jihozlar,  asbob-uskunalarning  konstruktiv  xususiyatlari  va  nuqsonlari; 

ikkinchisiga – ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishdagi kamchiliklar; 

uchinchisiga – sanitariya-gigiena tusidagi kamchiliklar (binolar ichining 

axlat bosganligi, etarlicha yoritilmaganligi va h.k.) kiradi. 

Mehnat  xavfsizligi  qoidalarini  buzish  jinoyati  quyidagi  usullarda 

sodir etiladi.  

1.

 

Ishga  muayyan  bilim,  ko‘nikma  yoki  malakaga  ega 



bo‘lmagan  shaxslarni  qabul  qilish. Amaliyot  natijalariga  ko‘ra  ba’zan 

turli  ishlab  chiqarish  vazifalarini  bajarish  yoki  murakkab  mexanizmli 

dastgohlarni  boshqarish  bilan  bog‘liq  ishlarga  unga  mos  keluvchi 

mutaxassislik  yoki  zarur  amaliy  ko‘nikma,  tajriba  va  malaka  ega 

bo‘lmagan yohud ishga kirish uchun belgilangan tartibda attestatsiyadan 

o‘tmagan shaxslar qo‘yiladi.  

Masalan:  asbob-uskunalarni    tuzatish  uchun  slesar-ishchi  o‘rniga 

boshqa  mutaxasisni olish, stanokda ishlovchi ishchini yordamchi ishchi 

bilan almashtirish, yuk ortish va tushurishga oid ishlarda signal beruvchi 

vazifasini tajribasiz shaxslarga topshirish va x.k.  



E’tibor qarating! Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari mehnatni 

muhofaza  qilish  qoidalari  jinoiy  tarzda  buzilishining  ikkita  turini 

nazarda 

tutadi:  

1)  sog‘liqqa  zarar  yetkazilishiga  sabab  bo‘lgan  buzilishlar;  2)  odam 

o‘limiga sabab bo‘lgan buzilishlar. 



 

430 


2.

 

Mehnat  xavfsizligi  qoidalariga  zid  ishlarni  tashkil  etish 



to‘g‘risida  ko‘rsatma  yoki  buyruqlar  berish.Bu  guruhga  oid 

qoidabuzarliklar  mansabdor  shaxslar  tomonidan  sodir  etiladi.  Bunda 

mansabdor  shaxs  texnika  xavfsizligi  qoidalariga  yoki  ishchilar 

xavfsizligini  ta’minlashga  mas’ul  bo‘lgan  organlar,  korxona,  muassasa 

va  tashkilotlar  bilan  oldindan  kelishmasdan  ishlarni  tashkil  etish 

to‘g‘risida  ko‘rsatma  yoki  buyruqlar  beradi.  SHuningdek,  individual 

himoya  vositalarisiz  ishlab  chiqarish  operatsiyalarini  amalga  oshirishda 

foydalanish  taqiqlangan  nosoz  asbob-uskunalarda  ishlashga  ruxsat 

beriladi. 

 Bu  turdagi  qoidabuzarliklarga  er  qari  yoki  xavo  liniyalarida  erni 

qazish  yoki  xavoda  ko‘tarish  bilan  bog‘liq  ishlarni  belgilangan  tartibga 

(“Sanoattexnazorat”,  “Energonazorat”  organlari  bilan  kelishmasdan) 

rioya  qilmasdan  amalga  oshirish  to‘g‘risidagi  ko‘rsatmalar,  inson 

sog‘lig‘i  yoki  hayoti  uchun    xavfli  bo‘lgan  zaharli  moddalar  yoki 

suyuqliklarni qo‘l kuchi bilan olib o‘tish yoki yomg‘ili ob-havoda ochiq 

joylarda  payvandlash  (elektrosvarka)  ishlarini  amalga  oshirish 

to‘g‘risida chiqarilgan buyruqlar va boshqalar. 

3.

 



Stanok  yoki  turli  mexanizmlar  konstruksiyasini  texnologik 

jarayoniga o‘zgartish kiritish, shuningdek mehnat xavfsizligi talablariga 

zid  eslatma  va  ko‘rsatmalar  chiqarish.  Bu  turdagi  huquqbuzarliklar 

korxonaning  normal  ishlab  chiqarish  ishlariga  yoki  to‘liq  tashkiliy 

masalalariga javobgar shaxslar tomonidan sodir etiladi. Boshqachi qilib 

aytganda  mazkur    qoidabuzarliklar  o‘z  ichiga  sohaga  oid  umumiy  yoki 

maxsus mehnat xavfsizligi qoidalariga zid ko‘rsatmalarni qamrab oladi.  

Asbob-uskunalarni  ekspluatatsiya  yoki  remont  qilish  eslatmalariga 

mazkur  uskunalarning  texnik  pasportida  nazarda  tutilgan  ish  rejimi, 

tezligi  yoki  me’yoriy  bosimiga  to‘g‘ri  kelmaydigan  ma’lumotlarni 

kiritilishi va boshqalar.  

4.

 



Mehnatni  muhofaza  qilish  sohasida  ishchilar  tayyorgarligi 

(bilim,  malaka,  ko‘nikmasi)ni  etarli  emasligi.  Bunda  mansabdor  shaxs 

texnika  xavfsizligi  bo‘yicha  ishchilar  bilimi  va  malakasi  muntazam 

oshirib borish bilan bog‘liq tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirimaydi.  

Masalan,  instruktaj  o‘tkazish  vaqtiga  amal  qilinmasligi  yoki 

texnologik  jarayonlarni  o‘zgarishi  bilan  yangi  turdagi  instruktajlarni 

tashkil  etilmasligi;  ishchilarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  muddatlari  va 

qoidalarini buzilishi va x.k. 

5.  Himoya  vositalari  va  uskunalari  texnik  holati  ustidan 

nazoratsizlik.  



 

431 


Odatda,  bu  turdagi  jinoyatlar  mansabdor  shaxslar  tomonidan 

ishchilarning 

individual 

himoya 


vositalari 

yoki 


ekspluatatsiya 

qilinayotgan  uskunalarni  texnik  holatiga  oid  choralarni  ko‘rmasligi 

oqibatida yuzaga keladi.  

Bunday 


qonun 

buzilishi 

ko‘pincha  korxonada  foydalanib 

kelinayotgan asbob-uskunalar, mexanizmlar, to‘siqlar, blokirovka qilish 

yoki  signal  berish  uskunalari  predoxranitellari,  ventilyasiya,  individual 

himoya  vositalarini  muntazam  profilaktik  va  texnik  ko‘zdan  kechirish 

choralarini ko‘rilmasligi natijasida sodir etiladi.  

6. Ishlarni  xavfsiz  tashkil  etilishini  qoniqarsiz  nazorat  qilish. 

Mansabdor shaxs tomonidan ishlarni texnika xavfsizligi talablariga rioya 

qilinishi doimiy tizimli ravishda nazorat qilinmaydi. 

7.  Texnika xavfsizligi ishlari va tadbirlarini qoniqarsiz tashkil etish. 

Bunda mansabdor shaxs inson hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan 

maydonlar  chegarasi,  xavf-xatar  darajasi  yanglish  belgilaydi  yoki 

mehnat  qilish  sharoitlari  xavfsizligini  ta’minlamaydi  (yorug‘lik, 

to‘siqlarning  mavjud  emasligi  va  x.k.);  xavfsizlikni  ta’minlovchi 

xodimlar  sonini  yoki  ish  o‘rinlarini  noto‘g‘ri  taqsimla;  ishchilarni 

individual  himoya  vositalari  bilan  ta’minlamaslik;  tegishli  sanitar-

gigienik  sharoitlar  va  profilaktik  tadbirlar  (ob’ektda  xodimlar  uchun 

yuvinish,  radioktiv  qoldiqlardan  tozalash,  doimiy  tibbiy  xizmat 

ko‘rsatish xonalarini)ni mavjud emasligi. 

Ko‘rsatib  o‘tilgan  sabablar  kamdan-kam  hollarda  alohida-alohida 

uchraydi.  Odatda  ular  o‘zaro  aloqador,  bir-biri  bilan  bog‘liqdir. 

CHunonchi,  buzilishning  sanitariyaga  xos  sabablari  yuzaga  kelishiga 

ko‘pincha  tashkiliy  kamchiliklar  sabab  bo‘ladi.  Jarohatlanish  hollari 

jabrlanuvchining  o‘z  beparvoligi  va  boshqa  qoidabuzarliklari  oqibati 

bo‘lishi mumkin.  

Mehnat  xavfsizligi  qoidalarining  jinoiy  tarzda  buzilishini  tergov 

qilishda  jinoyat  protsessual  qonunida  ko‘rsatilgan  barcha  holatlar 

isbotlanishi kerak.  SHuningdek, barcha  hollarda  tergovchi  jinoiy  tarzda 

buzilishlar  sodir  etilishiga  ko‘maklashgan  sabablar  va  shart-sharoitlarni 

bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart. 

Tergov  qilish  muddatlarini  cho‘zilib  ketishi,  uning  rejasizligi, 

hodisa  joyini  kamdan-kam  va  kechikib  ko‘zdan  kechirish,  hodisa 

mexanizmining 

texnik 

masalalarini 



inkor 

qilish, 


sud-texnika 

ekspertizalari  imkoniyatlaridan  va  mutaxassislar  yordamidan  etarlicha 

foydalanmaslik tergovning odatiy xatoliklari hisoblanadi.  

 


 

432 


Jinoyat ishini qo‘zg‘atish va dastlabki tergov bosqichi 

 

Ko‘pincha  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atishga  kasaba  uyushmalari 



tashkilotlari,  maxsus  nazorat  organlari,  baxtsiz  hodisa  sodir  bo‘lgan 

korxona ma’muriyatining xabarlari sabab bo‘ladi. 

O‘lim  bilan  tugagan  va  boshqa  og‘ir  oqibatlarga  olib  kelgan 

hodisalar  darhol  kasaba  uyushmasining  texnik  inspektori  tomonidan, 

“Sanoatkontexnazorat”  nazorati  ostidagi  ob’ektlarda  esa  –  shu 

organlarning  inspektori  tomonidan  tekshirilmog‘i  lozim.  Tekshirishda 

ma’muriyatning,  kasaba  uyushmasi  va  yuqori  xo‘jalik  organining 

vakillari ishtirok etishlari kerak. 

Alohida  hollarda,  texnik  inspektor  darhol  etib  kelishining 

imkoniyati  bo‘lmaganda,  tekshirish  komissiyasi,  kasaba  uyushmasi 

qo‘mitasi va korxona ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi. Bundan 

qat’i  nazar,  korxona  rahbari  hodisa  haqida  prokuratura  organlariga 

darhol xabar qilishi shart. 

 

Hujjatlarni  tekshirib  chiqish,  so‘roqlar  o‘tkazish,  zaruriy  ekspert 



tekshiruvlarini  amalga oshirish ko‘rib chiqilayotgan turdagi jinoyatlarni 

tergov qilishning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bu harakatlarning 

barchasi o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo etadi. 


Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling