Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Jinoyatlarning alohida turlarini tergov qilish metodikasi.
- 2-MAVZU. KRIMINALISTIKA METODLARI
3. Kriminalistik taktika. Tergov taktikasi – bu kam kuch, vosita va vaqt sarflab yuqori samaraga erishish maqsadida jinoyatni tergov qilish, ochish va oldini olishda qo‘llaniladigan kriminalistikaning umumnazariy qoidalari, mantiq, psixologiya, sud etikasi va boshqa ilmiy 11
bilimlardan foydalanishga asoslangan dastlabki tergovning taktik usullari va metodlarining tergovni rejalashtirishning majmuidir. Tergov taktikasi faqat dalillarni ochish va tadqiq qilishga yo‘naltirilgan ayrim tergov harakatlari o‘tkazish usullarini ishlab chiqibgina qolmay, ayni vaqtda vujudga kelgan tergov vaziyatlaridan kelib chiqib, aniq bir ishni tergov qilishning umumiy yo‘nalishini tanlashga ham yordam beradi.
Jinoyatning alohida turlarini tergov qilish – bu jinoyatning har bir turiga tegishli o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olib tergov qilish, ularni ochish va oldini olishda qo‘llaniladigan ilmiy qoidalar, texnik vositalar, taktik usullar va metodik qoidalar (tavsiyalar) majmuidir. Qo‘llaniladigan vositalar, usullar va tavsiyalar bir jinoyatni tergov qilishda samarali bo‘lishi mumkin. Masalan qotillik jinoyatiga nisbatan qo‘llanilgan usul boshqa jinoyatlarni, aytaylik iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilishda samara bermasligi mumkin. Tavsiya qilingan metodika har bir jinoyatni tergov qilish, ochish va oldini olish protsessida eng qulay natijalarga erishish uchun maqsadga muvofiq vosita, usul va metodik qoidalarni tanlash imkoniyatini beradi. Kriminalistikaning yuridik va boshqa fanlar bilan aloqalari
Kriminalistika jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalarini hal qilishga yo‘naltirilgan yagona yuridik fan emas. Jinoyat huquqi, kriminologiya, jinoyat protsessi ham shu maqsadga xizmat qiladi. SHuning o‘zi kriminalistikani ushbu fanlar bilan aloqasi zarurligini ko‘rsatadi. Kriminalistika, eng avvalo, jinoyat huquqi bilan aloqador. Kriminalist ham dastlab jinoyat haqida ta’limotga ega bo‘lishi va unga tayanishi lozim. Jinoyat sabablarini o‘rganuvchi va uning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadigan kriminologiya bilan kriminalistikaning aloqasi ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Kriminalistika kriminologiyaning nazariy qoidalari va amaliy materiallarini qo‘llaydi, kriminologiya ham o‘z navbatida aniq jinoyat sodir etishga olib keladigan sabab va sharoitlarni ochish bo‘yicha kriminalistik bilimlardan keng foydalanadi. Kriminalistika o‘g‘irlik, hujjatlarni qalbakilashtirish va boshqa jinoyatlarning oldini olishga da’vat etilgan maxsus usullar va texnik vositalar ishlab chiqishda ham faol qatnashadi.
12
Kriminalistika jinoyat protsessi bilan
uzviy bog‘liq. Kriminalistika ham jinoyat protsessi, ham jinoyatga oid sud yuritish ishlari vazifalariga bo‘ysunadi, jinoyat protsessi prinsiplari va normalariga rioya qilib, kriminalistik texnika vositalari, taktik usullar va metodlardan foydalana oladi. Bu talablarni buzgan holda to‘plangan, qayd qilingan va tadqiq etilgan faktik ma’lumotlar sud dalillari bo‘lolmaydi, o‘z kuchi va ahamiyatini yo‘qotadi. Jinoyatni tergov qilishda qo‘llaniladigan kriminalistik usullar va vositalar jinoyat protsessual va normalarga muvofiq ishlab chiqiladi. Kriminalistika ma’lum darajada fuqarolik protsessi bilan ham bog‘liqdir. Xususan, fuqarolik protsessini amalga oshirish uchun hujjatlarni texnik-kriminalistik va dastxat ekspertizasida va boshqa ashyoviy dalillarni aniqlashda kriminalistik usullar va metodlar qo‘llaniladi. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o‘tish va xo‘jalik yuritish faoliyatining yangi shakllari, bank tizimining rivojlanishi, muomalaga turli qimmatli qog‘ozlar – aksiyalar, veksellar chiqarilishi munosabati bilan fuqarolik ishlarda kriminalistikani qo‘llash doirasi ancha kengaydi. Kriminalistika faqat yuridik fanlar bilan emas, balki boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar – mantiq, etika, psixologiya, tezkor-qidiruv faoliyati nazariyasi va boshqalar bilan aloqador hisoblanadi.
jarayoni samaradorligining zaruriy shartidir. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi, ularning integratsiyalashuvi natijasida bilimlarning maxsus tarmog‘i, tergov mantig‘i yoki isbotlash mantig‘i vujudga keldi, uning qoidalari tergov protsessida dalillarni tahlil qilishda foydalaniladi.
qo‘llaniladigan axloq qoidalarini ishlab chiqadi. Tergovchi u yoki bu texnik vositalar, taktik usullar va kriminalistik metodlardan foydalanish jarayonida axloq qoidalari talablarini buzishga haqqi yo‘q. Axloqsiz usullar va vositalar yordamida tergov qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bu jinoyat hisoblanadi. Sud psixologiyasi va uning qonunlari huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarining xulq-atvori, niyatini to‘g‘ri tushunish va tushuntirib berish imkoniyatini beradi. SHu asosda ularning xulq-atvorlarini va shunga olib kelgan sabablarni ob’ektiv baholash imkoniyatini beruvchi shart-sharoitlar vujudga keladi. Psixologik omillar tergov ishlarini tashkil etish va o‘tkazishga, natijalar samarali bo‘lishiga yordam beradi, bu ularni nafaqat hisobga olish, balki oldindan ko‘ra bilish zarurligini ko‘rsatadi. Masalan, so‘roq qilish va 13
ko‘rsatuvlarga baho berishni sud psixologiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kriminalistika sud tibbiyoti bilan faqat bog‘liq bo‘lib qolmay, balki doimo aloqada faoliyat ko‘rsatadi. Buni sud ishlarini yuritishda haqiqatni aniqlash, ashyoviy dalillarni tadqiq etish metodlari umumiyligi bilan izohlash mumkin. Jasad, qotillik qurollari, kiyim-kechaklar va boshqa ashyoviy dalillar kriminalistika va sud tibbiyotining umumiy ob’ekti hisoblanadi va ularni tadqiq qilish ko‘pincha kompleks tibbiy- kriminalistika ekspertizasi shaklida amalga oshiriladi. Kriminalistika, shuningdek, sud psixiatriya fani bilan bog‘liq bo‘lib, ruhiy kasallikka chalinganlar tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli harakatlarni tergov qilishda hisobga olinadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va jabrlanganlar shaxsini o‘rganishda aqli rasoligi yoki aqli norasoligi to‘g‘risidagi ruhshunosning xulosalari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yаna shuni ta’kidlash kerakki, kriminalistikada tibbiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, fiziologiya va boshqalar), texnikaga oid fanlar (radioelektronika, hisoblash texnikasi va boshqalar) va matematika fanlari qonunlari va qoidalaridan keng foydalanib kelinmoqda. Nazorat savollari: 1. Kriminalistika fani va uning predmetini tushuntirib bering. U jinoyat protsessual huquqi, jinoyat huquqi va boshqa jinoyat, tergov va sud organlari faoliyatini o‘rganuvchi fanlardan nimasi bilan farqlanadi? 2. Kriminalistika qanday vazifalarni bajaradi? Kriminalistika tizimini tushuntirib bering.
2015 yil 18 yanvarda Zangiota tumani “Bek-baraka” savdo kompleksi 6-qator 134-do‘konda harid qilish uchun kelgan fuqaro A. o‘zining sumkasini o‘g‘irlatib qo‘yadi. Fuqaro A. Zangiota tumani IIB ga murojaat qilib sumkasini o‘g‘irlatganini, sumkada shaxsiy xujjatlari va 5 million so‘m puli borligini aytadi. Fuqaro A. o‘z murojaatida savdo kompleksida o‘rnatilgan kameradan o‘z sumkasini o‘g‘irlagan odamni ko‘rganligini aytadi. 14
Mazkur jinoyatni ochishda va tergov qilishda tergov organlari tomonidan qanady turdagi texnik vositalardan foydalanish mumkin? Kriminalistikaning jinoyatlarni ochish va tergov qilishdagm ahamiyati qanday? 2-kazus Fuqaro S. o‘z uyida o‘ldirilganligi aniqlandi. Fuqaro S. ning qo‘shnisi L. ismli shaxs o‘z ko‘rsatuvlarida S. ning uyida o‘sha 4-fevral kuni soat 12.05 chamasi paytdda baland shovqin ovozlarini eshitganini, so‘ngra o‘q ovozini eshitgani to‘g‘risida ko‘rsatuv berdi. Fuqaro S. bilan yonma-yon uyda yashovchi ikkinchi qo‘shnisi N. esa qo‘shnisi L soat 4- fevral kuni soat 12.05 chamasi S. ning uyiga kirib ketganligini ko‘rganligini ko‘rganligini aytdi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish paytida barmoq va poyabzal izlari topilgan.
15
2-MAVZU. KRIMINALISTIKA METODLARI
Kriminalistikada qo‘llaniladigan metodlar tasnifi. Umumilmiy kriminalistik metodlar. Maxsus kriminalistik metodlar.
Metod – bu ma’lum maqsadga erishish uchun tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalarni tadqiq etish usullari. Har qanday fanlar kabi kriminalistika ham tabiat va jamiyat voqeliklarini hamda predmetlarni bilishning umumfalsafiy va mantiqiy usullariga suyanadi. Lekin har bir fan o‘zi tekshiradigan jabhalarning mohiyati va tadqiq qilishning maqsad-vazifalariga xos bo‘lgan turli muayyan uslublardan foydalanadi, shuningdek, yangi uslublar yaratadi. Kriminalistikada turli xil metodlar qo‘llaniladi, ularni tasniflashda, eng avvalo, kriminalistikaning fan va amaliyot borasidagi metodlarini farq qilish kerak. Ulardan foydalanish imkoniyatlari tergov harakatlarini amalga oshirish maqsadi, shart-sharoiti va usullari bilan belgilanadi. Masalan, tergov eksperimenti amaliy faoliyat metodi sifatida faqat protsessual qonun bilan qat’iy tartibga solingan holda qo‘llaniladi va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni tekshirish hamda aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi. Ilmiy ekspertimentlarga bunday talablar qo‘yish shart emas. Kriminalistika, amaliy faoliyatda metodlar protsessual qonunlar va kriminalistikaning nazariy qoidalari asosida yaratiladi va foydalaniladi. SHu bilan birga kriminalistik metodlar boshqa barcha fanlar to‘plagan ilmiy qoidalarga ham suyanadi. Masalan, shaxsni so‘roq qilishda sud psixologiyasi qoidalari asos bo‘lib xizmat qiladi, mantiq qoidalari tergov tusmollarini yaratish va foydalanishda muhim rol o‘ynaydi. Kriminalistikada qo‘llaniladigan metodlar tasnifi turli asoslarga ega. Ular mazmuniga ko‘ra, umumilmiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumilmiy kriminalistik metodlar E'tibor qiling! Kriminalistikada metodlar quyidagi talablarni qanoatlantirishi kerak: qat'iy ilmiy asosga suyanish; qonunlarni buzmaslik; ahloq normalariga rioya qilish; havfsiz bo'lish. 16
Umumilmiy metodlar ichida, eng avvalo, dialektik metod muhim o‘rin egallaydi. Unga binoan har bir buyum boshqalari bilan o‘zaro aloqalarda, harakatda, muayyan sharoitlarda kelib chiqishi va yo‘qolishi mumkin. Jinoyatni ochish va tergov qilishda kelib chiqadigan har qanday masalani hal etishda dialektika tadqiq etilayotgan hodisaga ob’ektiv yondashuvning munosabatlari va aloqalarini, shuningdek, unga xos barcha xususiyatlarni e’tiborga olishni talab etadi. Dialektika qonunlari barcha narsalar va voqeliklarning mohiyatini tadqiq qilish, bilish, shunday ekan jinoyatni ochish va uni sodir etgan shaxsni aniqlash imkoniyati bor, degan bilish nazariyasiga asoslanadi. Dialektik metod turli munosabat va aloqalar e’tiborsiz qolib ketishidan, bir tomonlama tergov qilishdan, faqat bir xil holat bilan qiziqishdan saqlaydi. Umumilmiy metodlarning muayyan turlariga kuzatuv, qiyoslash, o‘lchash, tasvirlash, eksperiment o‘tkazish, modellashtirish va boshqalar kiradi.
reja asosida va bevosita qabul qilish kuzatuv orqali amalga oshiriladi. Kuzatuv amaliy faoliyatda tintuv va boshqa tergov harakatlarini amalga oshirish chog‘ida alohida ahamiyatga ega. Kuzatuv vazifalari predmet yoki hodisa xarakteriga qarab belgilanadi. Bir holatda – qidirilayotgan narsani topish, ikkinchi holatda uning aniq xossalari va belgilarini aniqlash, uchinchi holatda – tintuv va boshqa tergov xatti-harakatlari o‘tkazishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi xulq-atvorini tahlil qilish zarur. SHu munosabat bilan kuzatuv jarayonida aniqlangan va protsessual mustahkamlangan ba’zi faktlar dalillik ahamiyatiga ega bo‘lishi, boshqalari tusmollarni tuzish uchun material bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Qo‘shimcha texnik vositalar va turli asboblarni qo‘llash sharoitida kuzatuv doirasi va samaradorligi oshadi.
Qiyoslashsiz tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan faqat murakkab hodisalarni emas, balki juda oddiy hodisalarni ham bilish mushkul. Bilish jarayonida, shu jumladan, jinoyatni tergov qilish va ekspertiza jarayonida mazkur metodni keng qo‘llash zarurati yuqorida ta’kidlangan holat bilan izohlanadi. Qiyoslash kriminalistikada, umuman identifikatsiyalash maqsadida o‘tkazilayotgan tadqiqotda alohida ahamiyatga ega. 17
Kriminalistik maqsadlarda amalga oshiriladigan qiyoslashda tez- tez uchraydigan belgilar muhim o‘rin tutadi. Qiyoslash metodi kriminalistik amaliyotda mantiqiy bilishning boshqa metodlari, ya’ni tahlil qilish, hodisalarni bir butun holda tekshirish usuli bilan qo‘shib olib boriladi. O‘lchash. Bu metod yordamida o‘lchanadigan buyum va o‘lchov birligi, miqyosi yoki etaloni (metr, kilogramm, minut, litr, harorat, rang kabilar) o‘rtasidagi nisbat orqali belgilanadi. Aniq o‘lchovga ega bo‘lish uchun maxsus asbob va anjomlardan foydalaniladi. O‘lchov ilmiy va amaliy faoliyatda muntazam qo‘llaniladi. U kriminalistikada hodisa yuz bergan joyni va ashyoviy dalillarni o‘rganishda, ekspertiza va boshqa tergov harakatlari o‘tkazishda foydalaniladi.
belgilari va xossalari tasvirlab yoziladi (sanaladi). Bu uslub ob’ekt haqida to‘la tasavvur hosil qilish yoki alohida tomonlari, tarkibiy qismlari to‘g‘risida xulosa qilish imkoniyatini beradi. Tasvirlash sifatli va miqdorli, tuzilmali va funksional, to‘la va to‘liq emas va h.k. bo‘lishi mumkin. U og‘zaki va yozma shaklda, shu jumladan raqam, rasm, ramz va boshqacha tarzda amalga oshiriladi. Buyum va voqeliklarni bevosita va bilvosita tasvirlash turlari bor. Birinchi holatda kriminalist tekshirilayotgan ob’ektning belgilarini, ya’ni shaxsan o‘zi qabul qilgan, his etgan narsani tasvirlaydi, ikkinchi holatda boshqa odamlar ko‘rsatgan belgilar asosida, masalan, guvohlar, jabrlanganlarning so‘zlari asosida shaxs qiyofasini tasvirlaydi. Qiyoslash ma’lum tartibda bajariladigan tasvirlash va solishtirib ko‘rish elementlari bilan bog‘lab olib borishdir. Jumladan, kriminalistikada odamning tashqi qiyofasini so‘z orqali ifodalash, ta’riflab berish anatomik va funksional belgilar yordamida amalga oshiriladi. Izchilligi, belgilarining soni va so‘z tarzidagi ifodasi ma’lum tasvirlar vositasida bayon etiladi. Bunday tasvirlarda solishtirish elementlari ancha ahamiyatli o‘rin egallaydi. Qiyoslash metodini qo'llash mantiqning ikki qoidaga javob berishi kerak: 1) ob'ektiv voqelikning bir hilda predmetlari va hodisalarini, bir turdagi tushunchalarni qiyoslashga yo'l qo'yiladi; 2) qiyoslashda muhim ahamiyatga molik belgilardan foydalaniladi.
18
Eksperiment. Uning zaminida tekshirilayotgan hodisani o‘rganish va uning boshqa hodisalar bilan aloqasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan ilmiy asoslangan tajriba yotadi. Bunda tekshirilayotgan hodisa sun’iy ravishda iloji boricha to‘la va aniq takrorlanadi. Eksperiment kuzatuv bilan birga olib boriladi, ammo bu mazkur metodlar aynan bir
xil ekan,
degan ma’noni bildirmaydi. Eksperimentning o‘ziga xos belgisi kuzatilayotgan hodisa jarayoniga eksperiment o‘tkazuvchining faol aralashuvidan iborat. Kriminalistikada eksperimental tekshirish va aniqlab olish, ba’zi hollarda tergov yoki sudda ko‘rilayotgan ish yuzasidan ahamiyatli bo‘lgan yangi ma’lumotlarni olish uchun o‘tkaziladi. Tergov eksperimenti, albatta, protsessual shaklda amalga oshiriladi. Ekspertizani amalga oshirishda ham ilmiy tadqiqotga xos sharoitlarda eksperiment o‘tkaziladi. Eksperimentlar-ning umumiy tomonlari ilgaridan tayyorlangan sharoitda o‘tkaziladigan tajribalar, olingan natijalar bo‘lib, ularning to‘g‘riligi sinab ko‘rish orqali kafolatlanadi.
ijtimoiy fanlarda modellashtirish keng tarqalgandan keyin umumilmiy metod sifatida e’tirof etila boshlandi. Uning mohiyati ob’ektni o‘xshash model orqali bilishdan iborat, bunda tadqiq qilinayotgan ob’ekt uning asosiy belgilari, xususiyatlari orqali tiklanadi. Model moddiy va ideal bo‘lishi mumkin. Har ikki xil model ham kriminalistikada keng foydalaniladi. Jinoyat protsessida materialdan tayyorlangan modellarga gipsli shakl yasash, barmoq izlari nusxasi olish, voqea sodir bo‘lgan joyning konstruksiyasini tayyorlash, M.M.Gerasimov metodi asosida odamning bosh ko‘rinishini tiklash kabilar kiradi. Hozirgi kunga kelib, zamonaviy kompyuter vositalari yordamida 3D ko‘rinishda modellashtirish ham ancha keng rivojlanmoqda. Bilish jarayonida ideal model ham ma’lum rol o‘ynaydi. Bunga, eng avvalo, tezkor-qidiruv, tergov va ekspert tusmollari kiradi. Modellashtirish rolini baholar ekanmiz, har qanday yaxshi nusxa hech qachon originalni to‘la ifodalay olmasligini e’tiborga olmoq kerak. Nusxa ob’ektning belgilari, xossalari va sifatidan bir qisminigina ifodalaydi. Ammo modellashtirish vositasida tadqiq qilinayotgan ob’ekt to‘g‘risida bir oz bo‘lsa-da, qo‘shimcha axborot olish mumkin. Bunday axborot tergovchining bo‘lib o‘tgan hodisalar to‘g‘risida tasavvurini kengaytiradi. 19
Maxsus kriminalistik metodlar
Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida faqat umumilmiy tadqiqot metodlari emas, balki maxsus metodlardan foydalanish ham rivojlanmoqda. Ayrim yangi metodlar paydo bo‘lmoqda, bir guruhi zamonaviylashmoqda, qolganlari esa, o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Kriminalistikaning o‘zida ishlab chiqilgan maxsus metodlar jumlasiga sud-fotografiya, trasologiya, sud-ballistikasi va boshqalar kiradi. Masalan, tergov va ekspert amaliyotida sud-fotografiyasi tomonidan tashkil etilgan tanib olish (signaletik), mikrotasvir, fotografik rang ajratish, qiyin sharoitlarda fotografiyadan foydalanish va boshqa metodlar mavjud. Trasologiyada oyoq, poyabzal, buzish qurollari kabi asboblarning izlarini topadigan va qayd qiladigan maxsus metodlar ishlab chiqilgan. Sud-ballistikasida o‘qni burab chiqaradigan, o‘qni profilografik tadqiq etish, kesadigan va tekis stvolli qurolning identifikatsiyasi bo‘yicha optik va mexanik metodlar yaratilgan. Kriminalistikada ishlab chiqilgan maxsus metodlardan ba’zilari boshqa sohalarda ham qo‘llanmoqda. Jumladan, fotografik rang ajratish metodi kriminalistikada yaratilgan bo‘lsa ham, undan hujjatlarni tadqiq qilishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Fotoportret identifikatsiyasi metodi
tarixiy tadqiqotlarda, sud-dastxatshunoslik, ham
muallifshunoslik tadqiqotlarida ishlatilib kelinmoqda.
SHuningdek, qonunga zid bo‘lgan giyohvand moddalar, gipnoz, telepatiya va boshqa metodlar hamda vositalardan dalil sifatida, xususan shaxsni ayblash uchun asos sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
E'tibor qiling! Kriminalistikada qo'llaniladigan umumilmiy metod ham, mahsus metod ham ma'lum talablarga javob berishi kerak. Bunday talablar mezon hizmatini o'taydi: 1) metodning natijalari to'g'ri bo'lishi kafolatlanganligi; 2) foydalanish qulayligi, ya'ni metodni joriy etish natijasida olingan hulosalar jinoyat processining barcha ishtirokchilariga tushunarli bo'lishi; 3) havfsizligi; 4) samaradorligi; 5) kam harajatli ekanligi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling