Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
-MAVZU. SUD FOTOGRAFIYASI VA VIDEO-
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kriminalistik fotografiya tushunchasi, uning qo‘llanish shakllari
- Stereoskopik suratga olish
- Katta masshtabli s’yomka
- Reproduksiyaviy fototasvir
- Tanib olish uchun suratga olish
5-MAVZU. SUD FOTOGRAFIYASI VA VIDEO- TASVIR YOZUVI Kriminalistik fotografiya tushunchasi, uning qo‘llanish shakllari. Kriminalistik fotografiya metodlari. Suratga va video-tasvirga tushurish natijalarini protsessual rasmiylashtirish.
Sud fotografiyasi muhim kriminalistik sohalardan hisoblanib, uning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o‘rni kattadir. JPKning 91- moddasida aytilishicha, dalillarni qayd etishda bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo‘llanishi mumkin. SHunday ekan, sud fotografiyasi hodisa joyini ko‘zdan kechirishda, tergov eksperimentida, murdani eksgumatsiya qilishda, olib qo‘yish va tintuvda, tanib olish uchun ko‘rsatishda va boshqa tergov harakatlarini o‘tkazishda dalillarni mustahkamlovchi va aks ettiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Kriminalistik fotografiya deganda tergov harakatlari va tezkor- qidiruv tadbirlarida, shuningdek, ekspert tekshiruvlarida qo‘llaniladigan ilmiy ishlab chiqilgan suratga tushirishning usullari tizimiga aytiladi. Fotosuratlar tergov harakatlari bayonnomalariga yoki ekspert xulosalariga ilova qilinadi. Ular rasmiy ravishda tushirilgan ob’ektlarni aks ettirib: predmet (iz) alomatlarini; tergov harakatlari olib borilgan sharoitni; ekspert tekshiruv natijalarini idrok etishga imkon beradi. Bunday tasvir bayonnomaning tasvirlov qismini (ekspert xulosasining tekshiruv qismini) to‘ldiribgina qolmay, balki og‘zaki tasvirlash orqali idrok etilishi qiyin bo‘lgan alomatlar va sharoitlarni tushunish imkonini beradi. Suratga tushirish mustahkamlashning ob’ektiv shakli sifatida aks ettirish og‘zaki usuliga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: olingan suratlarning rasmiylashtirilganligi, ularning yaqqolligi, ma’lumot uzatishda yuqori darajada aniqligi, aks ettirish jarayonining nisbatan tezligi bularning barchasi zamonaviy fotoapparaturalardan foydalangan holda dalillarni mustahkamlashning eng muhim usullaridan biri bo‘lib qoldi.
59
Kriminalistik fotografiya ishonchli aks ettirishning va ilmiy- tekshiruv usullarining majmui sifatida hozirgi amaliyotda keng qo‘llaniladi. Mazkur
ko‘shimcha vositalardan foydalanilganligi haqida tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki
sud majlisi
bayonnomasida aks ettiriladi. Shuningdek, JPKning 127-moddasida aytilishicha, shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishning iloji bo‘lmaganda, yoxud xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin. Bunda tergov harakatlari bayonnomasiga yoki sud majlisi bayonnomasiga fotojadval ilova qilinadi. JPKning 136- moddasida aytilishicha, ko‘zdan kechirish chog‘ida surishtiruvchi, tergovchi yoki sud fotosuratga tushiradi.
Sud-tergov va tezkor-qidiruv fotografiyasida mustahkamlovchi metodlar qo‘llaniladi. Sud-ekspert fotografiyasida ham
mustahkamlovchi, ham tekshiruvchi metodlardan foydalaniladi. Sud-tergov fotografiyasi quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 1) hodisa joyini, murdani, ashyoviy dalillarni, hujjatlarni ko‘zdan kechirishda; 2) tirik shaxslarni guvohlantirishda; E'tibor qiling! Kriminalistik fotografiyaning metod va usullari, maqsadlariga ko'ra dalillarni mustahkamlovchi va tekshiradigan bo'lishi mumkin. Mustahkamlovchi metodlarga panorama, o'lchovchi, reprodukciyaviy, stereoskopik, tanib olinadigan va katta masshtabli suratga tushirish kiradi. Tekshiriladigan mikrosuratga tushirish, tasvir kontrastini kuchaytirish maqsadida suratga tushirish va ko'rinmas spektr nurlarida suratga tushirish kabi mustahkamlovchi metodlar qurollanmagan ko'z bilan ko'rish imkoni bo'lgan, tekshiriladigan suratga tushirish alomatlarini aks ettirish uchun hizmat ?iladi. Tekshiruv metodlari yordamida hujjatlardagi qalbakilashtirish izlari aniqlanadi, mikroalomatlar o'rganiladi va hokazo. Kriminalistik fotografiya turlari
sud-tergov fotografiyasi
tezkor-qidiruv fotografiyasi
sud-ekspert fotografiyasi
60
3) tintuv o‘tkazishda; 4) tergov eksperimenti jarayonida; 5) tanib olish uchun ko‘rsatishda; 6) tirik shaxslarni va murdalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda. Ekspert fotografiyasi barcha turdagi kriminalistik ekspertizalarda va ko‘pgina boshqa turdagi ekspertizalar (sud-tibbiyot, sud-avtotexnik, sud yong‘in-texnik va boshqalar)da qo‘llaniladi. Bu metodlar bilan bir qatorda orientir, obzor, detal va markaziy sur’atga tushirish kabi xususiy metodlar ham qo‘llaniladi. U yoki bu turdagi suratga tushirishdan foydalangan holda, daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ekt va faktlarni eng yaxshi tasvirga tushirishni ta’minlovchi suratga tushirishning metod va usullari tanlanadi.
Kriminalistik fotografiya metodlari Panoramali suratga olish qiziqtirgan ob’ektni to‘liq, hatto keng burchakli ob’ektiv suratga olish imkoni bo‘lmaganida yoki suratga tushirilayotgan ob’ektdan etarli masofadan olish imkoni bo‘lmaganida qo‘llaniladi. Panoramali suratga olish maxsus apparat yordamida amalga oshiriladi yoki ob’ekt bo‘laklarga bo‘lib suratga olinadi va bunda bir xil masofadan bir necha marta suratlar olinadi. Har bir surat oldingi suratda tushirilgan hududning bir chekkasini, uning 10 foizini qamrab olishi kerak. Barcha suratlar bir xil sharoitlarda (masofa, yorug‘lik, diafragma, va h.k.) tushirilishi lozim. Bunda kadrning chekkasida bo‘lgan biror ob’ektga e’tibor qilinadi. Bu ob’ekt keyingi kadrni olishda mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi va bu kadrda ham ifoda etilishi kerak. Zarur hollarda sun’iy mo‘ljallar (qoziqcha va h.k.) o‘rnatilishi mumkin. Bunday Kriminalistik fotografiyada tasvir uslublari va turlari
Tasvirlarning turlari
oddiy, panoramami (chiziqli, doiraviy), hajmli (stereo), makro, reproduktsiyali, o'lchamli (masshtabli), teleob'ektiv bilan suratga olish mo'ljalli, obzorli, mazmunli, detalli, tanib olish uchun
61
yo‘sinda olingan negativlar bir xil sharoitdagi fotonashrda tayyorlanadi. Bular ularda mavjud bo‘lgan umumiy chiziqlariga ko‘ra kesiladi va bir- biriga yopishtiriladi.
Ko‘rsatilgan apparatlardagi chiziqlar egri qilib qo‘yiladi. SHu egri chiziq bo‘yicha zatvor tugmachasi bosilganidan so‘ng fotoapparat ob’ektivi aylanadi. Fotoapparat ob’ektivining fokusi doimiy qotirilgan bo‘ladi. Panorama usulida hodisa joyi, tintuv joyi va tergov eksperiment o‘tkaziladigan joylar suratga olinadi. Stereoskopik suratga olish predmetlarni keng hajmda idrok etish imkonini beradi, bu esa ularning shakli va o‘zaro joylashganligi haqida kengroq tasavvur beradi. U stereoskopik suratga olish bazasi deb ataluvchi masofadan bir-biridan uzoqlikda joylashgan ikkita nuqtadan olish imkonini ko‘rsatadi. Bazisning masofasi odam ko‘zi qorachig‘lari orasidagi masofa (65-70 mm) ga teng. SHunday qilib har bir nuqtadan olingan tasvirlar xuddi chap yoki o‘ng ko‘z bilan alohida-alohida ko‘rilishi mumkin kabi bo‘ladi. Olingan suratlarga shunday ishlov beriladiki, har bir surat 42/36 mmga teng bo‘lishi kerak. Har bir rasm E'tibor qiling! Panoramali usulda suratga olish vertikal va gorizontal tarzda bajarilishi mumkin. Vertikal usulda fazo yoki tik holatdagi ob'ektni, gorizontalda esa uzoqdan ko'rinib turgan uchastkalar suratga olinishi mumkin. hozirgi amaliyotda ko'proq gorizontal usullar qo'llaniladi. Bunda to'g'ri chiziqli va aylanma usullardan foydalanish mumkin. To'g'ri chiziq bo'yicha panoramali suratga olishda lozim bo'lgan uchastka qarshisida to'g'ri chiziq hosil qilinib, shu chiziq bo'yicha bir necha nuqtalarga to'htalib surat olinadi. Aylanma usuldagi fotoapparat shtativ o'qlar atrofida gorizontal tekislik bo'yicha aylantiriladi. Aylanma syomka ob'ektivning oldingi plani apparatdan ancha uzoq bo'lganida qo'llaniladi (masalan, katta hovlini uning markazidan suratga olish), aks holda jiddiy buzilishlar bo'ladi. Ma'lumot uchun! Panoramali suratga olish mahsus apparatura (“FT-2” va “Gorizont” panorama apparatlari) yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Gorizontal bo'yicha 120 gradus burchakda suratga olish imkonini beradigan “FT-2” apparatining negativ surati 24x100 mm, ya'ni 3ta oddiy kadrdan uzun, “Gorizont” apparati esa – 24x57,5mm.
62
kartonga yopishtiriladi (o‘ngi o‘ngga, chapi chapga) va bunda ular orasidagi masofa 65 mmga teng bo‘lishi kerak. Bunday surat juft sterieoskop orqali
tomosha qilinadi. Moslamaning tuzilishi stereojuftlikni yaxshiroq hajmli effekt olinishi uchun okulyarlardan uzoqlashtirish va yaqinlashtirish imkonini beradi. Stereoskopik fototasvirda detal suratga olishda foydalaniladi. O‘lchamli fototasvir ob’ektlar orasidagi masofani bilish imkonini beradi. Ushbu fototasvir ikki ko‘rinishda amalga oshiriladi: 1) masshtabli fototasvir; 2) metrik fototasvir. Masshtabli fototasvir o‘lchamlarni aniqlash imkonini beradi (uzunligi, bo‘yi va eni). U hujjatlarni, predmetlarni, jinoyat qurollarini, izlarni va boshqa ashyoviy dalillarni suratga olish imkonini beradi. Masshtabli fototasvirda ob’ekt bilan birgalikda masshtabli chizg‘ich qo‘llaniladi. Ob’ekt necha baravar kichraysa, u ham shuncha darajada kichrayadi, shunda u keyinchalik barcha parametrlar bo‘yicha o‘lchansa bo‘ladi. Bunday bir xil kichrayishga erishish uchun, masshtab suratga olishda ikkita shartga rioya qilish kerak bo‘ladi: 1) chizg‘ich ob’ektning yoniga qo‘yilibgina qolmasdan suratga olinuvchi tekislik bilan bir yo‘nalishda qo‘yilishi kerak; 2) fotoapparat shunday joylashtirilishi kerakki, ob’ektivning optikasi suratga olinuvchi tekislikka nisbatan perpendikulyar holatda bo‘lishi lozim. Masshtabli chizg‘ichni suratga olinuvchi ob’ektning ustiga qo‘yish tavsiya etilmaydi, sababi bunda ba’zi detallar yopilib qolishi mumkin. Metrik suratga olish suratga olingan ob’ektning nafaqat hajmi, balki ular orasidagi aniq masofa haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Metrli fotografiya usulida metrli suratga olishdan obzorli va markazli suratga olishda zarur bo‘lganida qo‘llaniladi. Katta masshtabli s’yomka mayda izlarni, mayda predmetlarni va ularning detallarini aks ettirishda qo‘llaniladi. Qapchig‘i ikki baravar cho‘ziladigan yoki ob’ektivga o‘rnatiladigan moslama yordamida ob’ektni tabiiy kattalikda olish mumkin.
Kichik formatli fotoapparatlarda suratga olish ancha qiyin. Ular eng yaqini bir metr masofadan surat olish imkonini beradi (ba’zilari 0,5m masofadan). Birinchi holda fotografik ko‘paytirish koeffitsienti 19-20, ikkinchi holda 11-12 baravar bo‘ladi. Reproduksiyaviy fototasvir usuli ob’ektning yuzini: hujjatlarni, chizma, fotosuratni, qo‘lda chizilgan rasmlarni, loyihalarni natural kattalashtirilgan va kichiklashtirilgan holda suratga olish (foto nusxa
63
ko‘chirish) uchun qo‘llaniladi. Reproduksiyaviy usul ikki turda bo‘ladi: 1) fotoapparat yordamida; 2) kontakt usulda. Reproduksiyaviy suratga olish hujjatlarning hamma turlarini daliliy ashyo qilib ko‘rsatish uchun rasmiylashtiriladi. Bunday suratlardan tezkor maqsadlarda ko‘zdan kechirish bayonnomalarini to‘ldirish, shuningdek, shu hujjatlarni ekspertiza qilish uchun foydalaniladi. Kontakt reproduksiya usulida suratga olish uchun refleksli qog‘ozlar ishlatiladi. Ular asosan turli xildagi hujjatlarning chizma, sxema nusxalarini olish uchun foydalaniladi. Refleksli qog‘oz emulsiya tomoni bilan nusxasi olinayotgan original hujjatning ustiga tiniq shisha bilan yopiladi va tepasidan to‘g‘ri yorug‘lik beriladi. Olingan negativ bilan nusxalarni ko‘paytirish mumkin bo‘ladi. Tanib olish uchun suratga olish tirik shaxslarni va murdalarni quyidagi maqsadlarda suratga olish uchun qo‘llaniladi: 1) ro‘yxatga olish uchun; 2) tanib olish uchun ko‘rsatish uchun; 3) ekspert tadqiqoti uchun.
Tanib olish uchun suratga tushirilganda yuz tasviri natural kattaligining 1/7 qismini tashkil qilishi tavsiya etiladi. Lekin bunday darajadagi kichkinalashtirishga faqat 6x9, 19x12 va undan ko‘proq hajmdagi kadrli fotoapparatlar yordamida erishish mumkin. Murdani tanib olish uchun suratga tushirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: dastlab, sud-tibbiyot eksperti murdani qiyofasini tiklashga harakat qiladi. Suratga tushirish fas, o‘ng va chap profil Ma'lumot uchun! Tirik shahslarni suratga tushirish qoida bo'yicha ikki holatda amalga oshiriladi: to'g'ridan va o'ng-chap tomonidan. Yuz qismining alohida hususiyatlari bo'lsa, ikkala tomondan ham suratga tushiriladi. Suratga tushirishda bosh tik holatda bo'lishiga e'tibor qilish kerak. Yon tomonidan suratga tushirishda sochlar quloq yoki uning qismini berkitmasligi lozim. Suratning foni och kulrang bo'lishi kerak. Agar fon sifatida ishlatiladigan ekran bo'lmasa, suratga tushiriluvchi och rang devor oldida turishi zarur, lekin boshning soyasi devorga tushmasligi uchun devor va u orasidagi masofa bir metrga yaqin bo'lishi kerak. Suratga tushirishda yoruqlikka e'tibor qilish joiz, ya'ni u juda tekis va yoyilgan bo'lmasligi kerak, chunki bunday yoruqlik yuzni tekis qilib, konturlarsiz ko'rsatadi. Eng yahshi natijalarga 45 daraja ostida burchakda berilgan umumiy yoyilgan yoruqlik sharoitida erishiladi. 64
amalga oshiriladi. Murdani tik holatda suratga tushirish mumkin. Bunda murda stulga joylashtiriladi va boshi stuldagi maxsus ushlagichga bog‘lab qo‘yiladi. Murda yalang‘och holda topilgan bo‘lsa, uning badani suratga tushirilishdan oldin oq mato bilan o‘raladi. Murdaning ustiga boshqa kiyimlarni kiygizish noto‘g‘ri bo‘ladi, sababi bu tanib oluvchini tanib olish vaqtida adashtirishi mumkin. Suratga tushirishning xususiy usullari voqea sodir bo‘lgan joyni suratga olish bayonnomasini tasviriy qilib mustahkamlashga va ashyoviy dalillarning fotonusxalarini jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yishga yordam beradi. Voqea sodir bo‘lgan joyni o‘z vaqtida kechikmay suratga olish muhim ahamiyatga ega.
Statik ko‘zdan kechirish chog‘ida joylardagi ob’ektlar qanday turgan bo‘lsa, vaziyatni o‘zgartirmay, shu holda obzorli, markazli suratga olish lozim bo‘ladi. Dinamik ko‘zdan kechirish-aktiv harakat bo‘lib voqea joyini detalli ko‘rib chiqishdir. Voqea sodir bo‘lgan joyda o‘q otish qurollari, gilza, patronlar, izlar, ashyoviy dalillar sinchiklab ko‘rib chiqiladi, qo‘lga olib ko‘riladi, agar ularni olib ketishning iloji bo‘lmasa suratga olinadi. Suratga olish ob’ektlari jinoyat uchun bevosita aloqador bo‘lgan maydon, ko‘cha, bino, uy, o‘rmon, temir yo‘l, tomorqa erlar, uyning ichidagi ko‘zga ko‘ringan predmetlar va jinoyatdan qoldirilgan izlar, shuningdek, oyoq kiyim, qo‘l izlari, buzilgan, sindirilgan to‘siqlar, buzish qurollari, transport vositalari va ularning izlari bo‘lishi mumkin. Bular qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali dalil bo‘lib xizmat qiladi. Voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rsatadigan fotografiya aniq maqsadlarga mos ravishda har bir ko‘rib chiqish bosqichi bajarilganligini ko‘rsatuvchi surat olingandagina to‘liq bajarilgan hisoblanadi. Voqea joyini suratga olish quyidagi turlarda amalga oshiriladi: E'tibor qiling! Tergovchi voqea sodir bo'lgan joyda olgan suratlarining natijalari unumli bo'lishi uchun: 1) voqea sodir bo'lgan joydan boshqa manfaatdor shahslarni chetlatish; 2) vaziyatning o'z holaticha saqlanishini, daliliy ashyolar va boshqa predmetlarning dahlsizligini ta'minlash; 3) voqea sodir bo'lgan joy va u yerdagi ashyoviy dalillar, qo'l, oyoq, kiyim, transport izlarini, tashqi muhit ta'siridan yomg'ir va qordan saqlash choralari ko'rilishi kerak.
65
1) Voqea sodir bo‘lgan joyni uning atrofidagi ko‘rinish bilan birga qo‘shib suratga olish mo‘ljalli (orientirli) suratga olish deyiladi. Bunday surat voqea sodir bo‘lgan joydagi ob’ektlarning tashqi ko‘rinishini va shu voqeaga aloqador joylarni to‘liq ko‘rsatish bilan xarakterlanadi. Agar keng joy maydonini, undagi butun vaziyatni birga qo‘shib orientirli suratga olish zarur bo‘lib qolsa, unda keng burchakli ob’ektivlar bilan yoki panorama usulida suratga olish zarur bo‘ladi. Ayrim hollarda voqea sodir bo‘lgan joyda to‘siqlar, ya’ni baland bino, daraxtlar bo‘lsa, uning atrofidagi vaziyatni yuqoridan turib suratga olish mumkin.
holatini, u qanday ko‘rinishda bo‘lsa, shu ko‘rinishda suratga olishdan iborat. Bunda voqea sodir bo‘lgan joyni to‘la va mazmunli aks ettirish, voqea taxminan aniqlangan joydan suratga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Obzorli surat voqea sodir bo‘lgan joyni to‘liq aks ettirishdir. Bunda olingan suratlar voqea sodir bo‘lgan joyning eng muhim elementlarini, vaziyatning eng zarur joyini butun aks ettirishi kerak. Bunday vaqtda voqea sodir bo‘lgan joy bilan, jinoyat sodir bo‘lgan vaqtdagi vaziyatning holati, buyumlarning holati, predmet izlari bilan tanishib chiqiladi. Obzorli surat voqea sodir bo‘lgan joydagi predmetlar soniga, suratga oluvchining pozitsiyasiga, turish holatiga bog‘liq. Bir tomondan olingan suratda ba’zi detallar boshqa detallarning orqasida yashirinib qolishi mumkin. SHuning uchun obzorli suratni to‘rt tomondan, ya’ni to‘rt nuqtadan olish ma’quldir. Voqea joyidagi qo‘zg‘almaydigan va ko‘zga yaqqol tashlanadigan predmetlar, ochiqdagi alohida bino, qurilish, yakka turgan daraxt, ko‘cha va shunga o‘xshashlar orientir nuqta qilib olingani ma’qul. Obzorli suratlarni olishda ko‘proq panorama usuli qo‘llaniladi. Bunda tergovchi voqea sodir bo‘lgan joy bilan tanishishi, uning hajmi va chegarasini aniqlashi, vaziyatni ifodalovchi barcha holatlarni suratga olishi kerak. 3) Markazli (uzlovoy) suratga olish. Kriminalistik nuqtai nazardan voqea sodir bo‘lgan joyda yoki uning ayrim hududida mavjud bo‘lgan ayrim predmetlarni suratga olib qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Ko‘p hollarda bunday muhim markazli ob’ekt voqea sodir bo‘lgan joydagi murda va uning atrofidagi izlar, qon dog‘lari, jinoyat qurollari bo‘lishi mumkin. O‘g‘irlik sodir bo‘lgan joydagi eshik, deraza holati, omborning ochiq qolishi, yo‘l harakati hodisasi sodir bo‘lganda avtomobil halokati va hokazolarni alohida tasvirlash mumkin. Xususan, 66
E'tibor qiling! hozirgi vaqtda raqamli suratga olish tehnikasi rivojlandi. Zamonaviy raqamli suratga oluvchi plyonkasiz fototehnikalarda VGA (640x480) o'lchami o'rtacha sifatli rasmni ta'minlaydi. Ayni damda XGA (1024x768) o'lchamidan boshlab sifatli rasmlar hisoblanadi. Olympus D-600L, D-620L, Canon Powershot Pro-70, Nikon Coolpix 950, Minolta EX-1500, Kodak DC-260, Minolta Dimage 5(7), Olympus E-10 kabi fotoapparatlar bugungi
kunda rivojlangan mamlakatlarda kriminalistik fotografiyada eng
keng qo'llanayotgan fotoapparatlardan hisoblanadi. Ular 1600x1200 ga qadar o'lchamda suratga olish imkoniyatiga egadir.
суратга олиш имкониятига эгадир. murdadagi jarohatlar, buzilgan eshik, deraza, devor va boshqa to‘siqlardagi buzish qurolidan qolgan izlar, o‘q otish qurolidan qolgan izlar mazkur usul bilan suratga olinadi. 4) Detalli suratga olish. Detalli suratga olishning asosiy vazifasi, mayda detallarni (daliliy ashyolarni) suratga olishdir. Masalan, moslama, kalit, temir, yog‘och va boshqa materialning mayda qismlari, qo‘l izlari, otilgan o‘q va gilzalar, singan shisha parchalari va shu kabi boshqa ob’ektlar suratga olinadi. Detalli suratga olishning markazli usulidan farqi shundaki, ayrim detall, ashyoviy dalillarni joydan olib ketib, maxsus xona va alohida sharoitda suratga olish mumkin. SHu bilan birga suratga olinayotgan ob’ektning natural razmerini kuzatish maqsadida uning yoniga o‘lchov asbobi (chizg‘ich), santimetrli lenta qo‘yib suratga olinadi. Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling