Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Hujjat matniga qo‘shimcha yozuv, raqam va boshqa o‘zgartirishlar kiritish.
- 3. Hujjatdagi yozuvlarni rangsizlantirish, yuvish.
- 4. Hujjatdagi fotosurat va markalarni o‘zgartirish. (avvalgi, haqiqiysi o‘rniga boshqasini yopishtirish).
- 5. Imzolarni texnikaviy qalbakilashtirish.
- 6. Muhr va shtamp akslarini qalbakilashtirish.
- 7. Hujjatlarning qalbaki blankasini yasash.
- Qalbakilashtirilgan hujjatlarni kriminalistika texnikaviy usulda tekshirish
- Kriminalistik texnika tekshiruvida qo‘llanadigan zamonaviy asboblar
- Hujjatlarning texnik ekspertizasini o‘tkazishda hal qilinadigan masalalar
Esda tuting! Hujjatlarni qalbakilashtirishning ikki turi mavjud: 1) soxtalashtirish – hujjatning umumiy shakli to‘g‘ri bo‘lib, undagi ma’lumot to‘laligicha yoki qisman soxta bo‘ladi (masalan, moddiy mablag‘ni sarf qilish hujjatida soxta ma’lumotni rasmiylashtirish tushuniladi); 2) o‘zgartma kiritish – hujjatlardagi birlamchi ma’lumotlar g‘ayriqonuniy o‘zgartiriladi (qo‘shimcha o‘zgartma kiritish, o‘chirish, buzish kabilar).
131
bo‘lsa, unda qo‘shimcha ravishda qog‘ozning yuzasidagi kashtasi va tipografiya chiziqlari zararlanadi. YOzuvlarni yo‘qotish maqsadida o‘tkir asbob bilan qog‘ozning ustki qatlamini kesib qirqib o‘chiradilar. Bunday hollarda qog‘ozning orqasidan yorug‘lik tushirilib kuzatganda avvalgi yozuvning botiq izlari bo‘yicha o‘chirilgan yozuv mazmunini tiklash mumkin bo‘ladi. Hujjatning o‘chirilgan yozuvlari o‘rniga yangi, jinoiy maqsadga kerak bo‘lgan matn yoki harf raqamlarni yozganda qog‘ozning ustki qatlami zararlangani sababli yozuv quroli bo‘lgan qalam, pasta siyoh moddalarining zarrachalari yoyilib, qog‘ozning ichki qatlamiga singib ketadi. Undan tashqari birlamchi yozuv buyoqlari bilan keyingi yozuvdagi buyoqning rangida bir muncha farqni kuzatish mumkin bo‘ladi.
Qalbakilashtirishning bu turida hujjatning avvalgi matniga qo‘shimcha yozuvlar kiritishda son-raqam belgilari o‘zgartiriladi. Raqamlarning ayrim qismlari uni ko‘paytirish yoki kamaytirish maqsadida o‘zgartiriladi. Qo‘shimcha kiritilgan yozuvlar birlamchi matnning umumiy buzilish, joylashuvi va boshqa belgilaridan bir muncha farq qiladi. Xat belgilaridan tashqari yozuv vositasi bo‘lgan bo‘yoqning tarkibida ham (oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan darajadagi rangning farqi bo‘ladi) muhrlash vositasida qo‘shimcha so‘z, raqam va boshqa yozuvlar kiritilganda ham yuqorida ko‘rsatilgan alomatlar mavjud bo‘ladi. YOzuv mashinkasida bajarilgan matnlarga qo‘shimcha yozuvlar kiritilganda harflarning joylashuvi, chiziqning oralig‘i (intervali) tipografik bo‘yoqning tarkibidagi farq va shu kabi muhrlash vositasining o‘zida bo‘lgan boshqa belgilar mavjud bo‘ladi.
Hujjatning ayrim qismlaridagi yozuv yoki to‘liq matn turli kimyoviy moddalar bilan rangsizlantiriladi va o‘rniga kerakli bo‘lgan yozuvlar yoziladi. Reaktiv moddaning ta’siri natijasida qog‘ozning tarkibi birmuncha o‘zgaradi, tolalari uzilib ketadi. Yo‘qotilgan, rangsizlantirilgan yozuvlar o‘rniga boshqa yangi matnni bajarishda yozuv vositasi (qalam, pasta, siyoh) bo‘yog‘i bir muncha yoyilib qog‘ozning ichki qatlamiga singib ketadi. Hujjatni ultrabinafsha nurlarda kuzatish bilan undagi
o‘zgarishlarni, avvalgi yozuvdan saqlanib qolgan bo‘yoq dog‘lari bilan 132
kimyoviy moddaning ta’siri bo‘lgan joylarni aniqlash mumkin. Hujjatning matni moddiy suv bilan ham yuvib rangsizlantirilishi uchrab turadi. Bu holda qog‘oz tarkibiga singib qolgan avvalgi yozuvning qoldiq dog‘larini turli nurlarda rangini kuchaytirib kuzatish va suratga olish bilan tiklanadi.
SHaxsiy hujjatlarga yopishtiriladigan fotosuratlarning odatda pastki o‘ng yoki chap burchagi ustidan muhr aksi tushadi. SHu kabi yopishtirilgan marka ustidan ham shtamp va imzoning bir qismi aks etadi. Fotosurat, marka ko‘chirilib o‘rniga qayta boshqalari yopishtirilganda muhr, shtamp qismining aksi qo‘lda chiziladi yoki boshqa muhr bilan tasdiqlanadi. Bu holda muhrning umumiy tuzilishi, doira bo‘yicha joylashgan yozuvlarning umumiy va xususiy belgilari o‘zgarib ketadi. Fotosurat va markalarni orqa qismini kuzatish va tekshirish bilan elimning oldingi va keyingi navbatda ishlatilgan turini aniqlash mumkin. 5. Imzolarni texnikaviy qalbakilashtirish. Soxta hujjatlarga haqiqiy asl hujjatdagi imzolarni nuxsa ko‘chiruvchi qog‘oz yordamida yoki hujjatni yorug‘likka tushirish bilan imzoning soyasini soxta hujjatga tushirib so‘ng ustidan yozish quroli bilan yurgiziladi. Mazkur hollarda qalbakilashtirilgan imzodagi yozuv harakati bir muncha sustlashganligi, chiziqlarning yo‘g‘onlashganligi va tekisligi buzilganligi kuzatiladi. Hujjatni turli nurlarda ko‘zdan kechirish natijasida soxta imzoning shtrixlarida qalam, ruchka harakatini to‘xtatish alomatlari va nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz bo‘yoqlari zarrachalarini ko‘rish mumkin bo‘ladi. 6. Muhr va shtamp akslarini qalbakilashtirish. Qalbaki muhr va shtamplarning o‘zi qo‘lda yasalgan bo‘ladi yoki aksini qo‘lda chiziladi. YAsama muhr shtamplarning standart shaklida doira, to‘rtburchak, uchburchak turlarining o‘lchovlari farq qiladi. Harf shakllari, buzilishi, o‘lchovi, o‘zaro joylashuvi kabi belgilari hosil bo‘ladi. Masalan, sirkuldan qoladigan teshik, qalam va ruchkada chizilganda harakatning bir ikki joylarida to‘xtash alomatlari bo‘ladi. Hujjatdagi haqiqiy muhr aksini biroz namlab soxta hujjatning kerakli joyiga tushirish usuli ham uchrab turadi. Bu holda muhr aksidagi bo‘yoq pasta - mastika chiziqlarida yoyilib rangi ancha susayadi. YOzuvlari va muhrning markazidagi rasm belgilari noaniq bo‘lib tushadi. Muhr-shtamplarning akslarini soxtalashtirishda ba’zida bir 133
necha usullarni qo‘llaydilar. Soxta hujjatdagi muhr-shtamp akslarini ko‘zdan kechirish jarayonida uning qaysi muassasa, vazirlik, idora - korxonaga tegishli ekanligini aniqlash, asl nusxa namunalari bilan solishtirib ko‘rish, uning umumiy buzilishiga, harflarning joylashuviga standart shakliga mos kelishiga jiddiy e’tibor berish lozim.
Bu usul ko‘p hollarda shaxsiy hujjatlarni (oliy yoki o‘rta ma’lumot haqidagi diplomlar, mashina pasporti va shaxsiy
haydovchi guvohnomalari) tayyorlashda, shuningdek, pul va qimmatbaho qog‘ozlarni (obligatsiya, lotoreya, chek,
veksel kabilar) qalbakilashtirishda ishlatiladi. Jinoyatchilar blankalarni yasashda rassomchilik, poligrafiya hunarlarini ishlatish bilan birga turli moslama stanok va texnik jihozlardan foydalanadilar. Soxta blankadagi tipografik yozuvlar umum standart tuzilishidan, bo‘yoqning tarkibi, rangi, yozuv harf tuzilishi bilan farq qiladi. Blankaning yasalishida qo‘llanilgan material, bo‘yoq elim, tarkiblari ham guruh mansubligi jihatdan farq qiladi. Soxta pul va qimmatli qog‘ozlarni yasashda quyidagi belgilar hosil bo‘ladi: maxsus himoya vositasini bajaruvchi qog‘ozning ichki va sirtqi qatlamidagi mikroskopik kashta va matnning yo‘qligi, qog‘ozning tarkibiga kiruvchi kimyoviy vositalarning boshqacha turi ishlatilishi va boshqalar. Jinoyatchilar hujjatlarni soxtalashtirishda bir necha hujjatning qismlarini o‘zaro montaj qilish usuli va hozirgi zamonaviy texnik jihozlarini ham ishlatadilar. Qalbakilashtirilgan hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan alomatlarini kuzatish va aniqlash uchun kriminalistik texnikada ishlab chiqqan uslub va uslubiyotlarni egallamoq, shuningdek, zamonaviy texnik vositalarini qo‘llay bilmoq zarurdir.
tekshirish
Hujjatlarni texnikaviy usulda tekshirish qator optik asboblar yordamida, oddiy lupalar, mikroskoplar, moslamalar, turli nur hosil qiluvchi manbalarni ishlatish bilan amalga oshiriladi. Ekspertiza tekshiruvida fotosuratni tadqiqot- tekshiruv uslubini qo‘llash bilan birga yorug‘lik manbalarini turli sharoitda qo‘llash (to‘g‘ridan, qiya yoritish, singib o‘tish) maxsus tekshiruv uslublari
134
mavjud: namli nusxa ko‘chiruv, diffuziya nusxa ko‘chiruvi, ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan binafsha nurida lyuminessensiya hosil qilish, infraqizil nurlarida yoritish, ultrabinafsha va infraqizil nurlarda spektrosnusxa hosil qilish, xromotografiya va boshqalarni qo‘llaydilar. YOzuvlari o‘chirilgan, rangsizlantirilgan va qisman yonib, yozuvi ko‘rinmay qolgan hujjatlarning matnlarini tiklash uchun ularga yorug‘likni to‘g‘ri perpendikulyar yo‘naltirilgan holda berish lozim. Tekshiriluvchi ob’ektdagi ranglarni ajratish va ulardagi farqni belgilash uchun svetofeltrlar ya’ni, ranglarni ajratib beruvchi moslamalar qo‘llaniladi. Rangsizlantirilgan, yuvilgan, kimyoviy moddalarni qo‘llab, yo‘qotilgan yozuvlarni ko‘zga ko‘rinmaydigan moddalar bilan yozilgan matnlarni tiklash, ko‘rinarli qilish uchun ultrabinafsha nurlardan foydalaniladi. Qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlarning elektromagnit yorug‘ligi tekshiriluvchi ob’ektning tarkibiga singib undan yorug‘lik aksini hosil qiladi. Ultrabinafsha nurlarini hosil qiluvchi manba sifatida yuqori bosimga va turli quvvatga ega bo‘lgan simobli kvars lampalari xizmat qiladi. Bular DRT (PRK), DRK, DRJ (SVDSH) markali lyuminessent lampalaridir. Spektrning infraqizil nurlarida lyuminessensiya tekshiruvi qalbakilashtirilgan hujjatlardagi turli o‘zgarishlarni aniqlashda ishlatiladi, chunki yozuvlarni tiklashda oddiy ko‘zga ko‘rinadigan nurlarning ta’siri etmaydi. Infraqizil nurlarning ta’siri natijasida tekshiriluvchi ob’ektda aks yorituvchi nur chiqaradi, bu holat
kuzatish, yorug‘lik nurlari 90 gradus berilganda ko‘rinmaydigan yoki qisman ko‘rinmaydigan belgilar aniq bo‘lishini ta’minlaydi. Yorug‘lik manbai sifatida maxsus nur chiqaruvchi yoritqich ON-19 ishlatiladi. Yozuvlari o‘chirilgan, zararlangan hujjatlarni yorug‘lik manbaiga to‘g‘ri o‘rnatib kuzatilsa., yorug‘lik nurlarining qog‘oz qatlamidan singib o‘tish darajasi har xil bo‘ladi. Bunday sharoitda soxta pul, qimmatbaho qog‘oz - hujjatlar ham o‘tuvchan nurlarda kuzatilganda hujjatning ichki qatlami holatlari to‘la va aniq ko‘rinadi. Bu holatni mustahkamlash usuli o‘tuvchan yorug‘lik nurlarida fotosuratga tushirishdir. Suratga tushirish uchun maxsus yorug‘lik manbai FMN-2, MRKA, ULARUS moslamalariga o‘rnatiladi. Tekshirish va suratga olish ishlari esa qorong‘ilashtirilgan binoda amalga oshiriladi.
135
lyuminessensiya deb ataladi. Hujjatning bir xildagi bir vaqtda yoritilgan matni va keyinchalik kiritilgan o‘zgarishlar infraqizil nur ta’siri natijasida o‘ziga xos bo‘lgan aks yorug‘lik nurlarni chiqaradi va ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda zarrachalarini ham ko‘rinarli qiladi. Namli nusxa ko‘chiruv usuli pasta bilan yozilgan matnlardagi o‘zgarishlarni, bo‘yoqning rangi, tarkibini aniqlashda fotoqog‘ozning emulsiya (jelatin) qatlamini namlab yozuvlarni unga ko‘chirishda qo‘llaniladi. Qalbakilashtirilgan hujjatlarni tekshirishda absorbsion - lyuminessent usuli ham qo‘llaniladi. Bu usul yordamida hujjatdagi yozuvlarning bir-biri bilan kesishib o‘tgan joylarida (masalan, imzo bilan boshqa yozuv birining ustidan ikkinchisi yozilgan hollarda) qaysilari avval yozilganligini aniqlash zaruratini hal qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ko‘rinarli spektrosnusxa usuli yozuv vositasining turi, rangsiz moddalarning sifati, yopishtirish vositalarining sifati, turini aniqlashda qo‘llaniladi. Tekshiriluvchi moddaning asosiy xususiyati spektrofotometriya tahlili asosida tuziladigan chizmalardir, ya’ni har bir moddaning spektr nurini o‘ziga singdirish qobiliyati har xil bo‘lganligi sababli spektr grafigi ham shunga tegishli ravishda aks etadi. Infraqizil spektrosnusxa usuli ham yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish va taqqoslab tekshirish uchun qo‘llaniladi. YOzish vositalarining xususiyatlarini qog‘oz, kley va boshqa materiallarni tekshirishda kimyoviy tomchilar reaksiyasini ta’sir ettirish usulini qo‘llaydi. Turli moddalar va hujjatning materialini tekshirishda yupqa qatlamli xromotografiya uslubi qo‘llaniladi. SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, mustaqillik yillari davomida Adliya vazirligi qoshidagi kriminalistik tadqiqotlar Markazining hujjatlarni tekshirish bo‘limi xodimlari ilmiy tadqiqotlarini yangi texnik jihozlar qo‘llash va tekshiruv uslublarini mukammallashtirishga sezilarli hissa qo‘shdilar. SHu bilan birga bo‘lim oxirgi yillarda bir muncha texnik jihozlar bilan yangilanib, tekshiruvlar ana shu texnologiya asosida o‘tkazilmoqda. Ekspertiza amaliyoti davomida kompyuterlashtirish va ilmiy texnik rivojlanish munosabati bilan hujjatlarni texnika usulida olib boriladigan tekshiruvlari yangi mukammal asbob uskunalar yordamida o‘tkazilmoqda. Jumladan, hujjatlarni tekshirishga moslangan DVS- Portable videoskaneri, “VSC-2000” videospektral komporatori rangsiz yozuvlarning botiq izlari asosida tiklash uchun mo‘ljallangan. “ESDA” apparati, “Leica DMC” mikroskopi, “Foram-685” Romanovskiy 136
spektrografigi. “CYM-2000” ixcham vidomikroskopi va boshqalar ishlatilmoqda.
Qalbakilashtirilgan hujjatlardagi avvalgi haqiqiy yozuvni turli usulda o‘chirish, o‘zgartirish, rangsizlantirish kabi hollarni va spektrning bitta zonasiga kiruvchi nurlarning bir-biridan rang jihatdan farqini tekshirish va aniqlash uchun videoskaner asbobi qo‘llaniladi. Bu qurilmada hujjatlar ultrabinafsha nurlarining keng yorug‘lik diapozonida va infraqizil nurlarning yaqin va ko‘rinarli to‘lqinlarida tekshiriladi. Asbob ixcham bo‘lib, oq-qora monoxrom bilan jihozlangan, turli sharoitlarda qo‘llashga mo‘ljallangan va tashqi turli bosim quvvatda kuzatish uchun monitor va generator bilan ta’minlangan. Mazkur asbobning tadqiqot qobiliyati biroz
chegaralangan, jumladan, tekshiriluvchi ob’ektning o‘lchov masshtabini o‘zgartirib monitor ekranga uzata olmaydi, shuningdek, aniqlangan ma’lumotlarni ko‘rgazmali qilib mustahkamlashda va ob’ektlarni o‘tuvchan nurlarda tekshirishda imkoni cheklangandir.
tekshiriluvchi ob’ektning qism rekvizitlarini hech bir zararlantirmaydi va o‘zgartirmaydi. SHu bilan birga hujjatdagi to‘liq yoki qisman o‘zgarishlarni qo‘shimcha yozuv kiritish, yuvish, rangsizlantirish hollarini aniqlashga imkon yaratadi. YOzuv materiallarini identifikatsiya qilishda fotometriya va optik uslublarni qo‘llash bilan birga tekshiriluvchi ob’ektlarni bir muncha kattalashtirilgan holda kuzatib turish imkonini beradi. Tekshiruv ishlari infraqizil nurlarning turli to‘lqin uzunligida o‘tkazilishi mumkin. Ultrabinafsha nurlarida lyuminesensiya alomatini kuzatish, tekshiriluvchi ob’ektlarning bu nurlarni o‘ziga singdirish xususiyatini ko‘rish mumkindir. Ma’lumot uchun! Hujjatlarni texnikaviy usulda tekshirish sohasida mo‘ljallangan yangi zamonaviy asboblardan biri Angliyaning “Foster & Fresman” kompaniyasi ishlab chiqqan “VSC-2000” videospektral apparatidir. 137
Hujjatlarning texnik ekspertizasini o‘tkazishda hal qilinadigan masalalar Kriminalistik texnikani rivojlanishi sud va tergov idoralari maxsus texnik vositalar bilan jihozlanishi, shubhali hujjatlarni bevosita tergovchining o‘zi aniqlash uchun imkoniyatlarni sezilarli darajada oshirdi. Jumladan, tergovchining portfelidagi mavjud moslamalar (ultrabinafsha nurli lampa, lupa va boshqalar) yordamida hujjat qalbakiligidan dalolat beruvchi belgilar aniqlanishi mumkin. Ammo JPKning 172-moddasiga binoan tadqiqot to‘liq va xolisona bo‘lishi uchun shubhali hujjatlar yuzasidan texnik kriminalistik ekspertiza tayinlanishi shart.
foydalanish maqsadida tergovchi tegishli mutaxassisni taklif etib, uning maslahati va yordamida ekspert tekshiruviga savollarni tuzish, solishtirib tekshirish uchun zarur bo‘lgan namunalarni tayyorlashda foydalanishi mumkin.
E’tibor qiling! Kriminalistik ekspertizaning bu turi keng doiradagi masalalarni hal qiladi, ulardan eng ko‘p uchraydiganlari quyidagilar: - tekshiriluvchi hujjat qanday usulda tayyorlangan; - tekshiriluvchi hujjat matniga o‘zgartirishlar kiritilganmi; - hujjatning avvalgi haqiqiy matni qanday bo‘lgan; - hujjatdagi muhr (shtamp) aksi qanday yasama yokihaqiqiy usulda tayyorlangan; - hujjatning yozilgan, rasmiylashtirilgan vaqti; - ayrim yozuvlar (asosiy matn va rezolyutsiya, tasdiqlovchi imzo kabilar), oldinma ketinligi, qaysi birlari oldin, qaysilari keyin yozilgan; - turli sharoitlar ta’sirida yozuv ranglari o‘chib, o‘qib bo‘lmaydigan darajaga kelgan, hujjatlarning matnlarini tiklash; - hujjatning matni, namunalari taqdim etilgan
yozuv mashinkasida yozilganmi; - hujjatning materiali sifatini, qaysi guruhga mansubligini aniqlash va boshqa masalalar. 138
Ashyoviy dalil bo‘lgan tekshiriluvchi hujjatlarni ekspertizaga yuborish uchun ularni kriminalistik texnikaning tegishli taktik uslublari asosida olish, joylashtirish va rasmiylashtirish lozimdir. Jumladan, hujjatga qo‘shimcha yozuvlar kiritish, uni buklash, boshqa qog‘ozlarga yopishtirib qo‘yish mumkin emas. Ekspertiza tayinlash haqidagi qaror (ajrim)da ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarning har birini alohida o‘ziga xos xususiyati bilan qayd etish, lozim. Qo‘shimcha yozuvlar kiritilgan, avvalgi matnlarni o‘zgartirib, o‘chirib, o‘rniga boshqa yozuvlar kiritilgan hujjatlarni kriminalistik ekspertizaga yuborishda bir vaqtning o‘zida xatshunoslik ekspertizasi ham tayinlab, hujjatdagi yozuvlarni qalbakilashtirishda shubhalangan shaxslarning xat
namunalarini yuborish maqsadga muvofiqdir. YOzuv mashinkasida bosilgan matnni tekshirishda shubhalangan yozuv mashinkasida, kompyuterning yozuv moslamasida, printerda va boshqa vositalarda bajarilgan namunalar yuborilishi kerak. Muhr, shtamp aksini tekshirishda rasman tegishli muhri (shtampi) bo‘lgan idora, korxona, muassasaning muhri (shtampi) aksidan namunalar yubormoq lozim. SHu bilan birga qalbaki yozuv muhrining aksi tushirilgan hujjatlarni solishtirib tekshirish uchun unga o‘xshash guruh mansubligi bo‘lgan asl-haqiqiy hujjatlarni ham namuna sifatida yuborish kerak. Muhr (shtamp) namunalarining har birini alohida bir necha oq silliq qog‘ozga tushirib kerakli mansabdor shaxslardan tasdiqlab olish zarur. Hujjatning materialini tekshirish, ayrim bo‘laklar bitta hujjatni tashkil qilishini aniqlash uchun yuboriladigan hujjatning har bir bo‘lagi individual xususiyatlari ko‘rsatilib yuboriladi. Texnik usulda qalbakilashtirilgan imzoni
tekshirishda haqiqiy
imzoni ham
namunalarini yuborish ekspertiza tekshiruvini bir muncha osonlashtiradi va xulosaning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi. Ekspertizaga yuboriladigan namunalar shubha tug‘dirmasligi va tergovchi tomonidan tekshirilib, ko‘zdan kechirilib o‘z tasdig‘ini topmog‘i lozim. Nazorat savollari:
Kriminalistik texnika tekshiruvining ahamiyati, uning vazifalari va turlarini tushuntirib bering.
Hujjatlarni qalbakilashtirish qanday usullarda amalga oshiriladi? Qalbakilashtirilgan hujjatlarni kriminalistika texnikaviy usulda tekshirish tartibi qanday? 139
Kazuslar: 1-kazus A. ismli shaxs ish haqi to‘g‘risidagi hujjatga ro‘yxat olish nomerini kiritib uni qalbakilashtirdi. Tergov jarayonida gumon qilinuvchi A. hujjatni qalbakilashtirmaganini, hujjat tuzilgan vaqtda uning barcha rekvizitlari bo‘lganini ta’kidlagan.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling