Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovuq qurollarning tekshiruvi
- Ma’lumot uchun!
- Nazorat savollari: 1.
- 8-MAVZU. QO‘LYOZMA MATNLARNI KRIMINALISTIK USULDA TEKSHIRISH
- Hujjatlar ashyoviy dalil sifatida kriminalistik tekshiruv ob’ekti
- Esda tuting! Hujjat
- Kriminalistik xatshunoslik tushunchasi
- Ashyoviy dalil xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar kriminalistik faoliyatda ikki xil tekshiruvga bog‘liq 1
Ma’lumot uchun! O’qning yo‘nalishini aniqlash to‘siqdagi jarohatdan o‘q tekkan nuqtani birlashtirish usuli bilan erishiladi. Eshik, deraza, shishalarning sinig‘i va bo‘laklarning shakli va singan, teshilgan joyning qirg‘oqlari orqali qaysi tomondan o‘q otilganligi ma’lum bo‘ladi. O’qning uzilgan joyida aylana shaklida darz ketgan chiziqlar va shishaning ustki qatlamini ko‘chishi, o‘qning yo‘nalish tomoniga qaragan bo‘ladi. O’qning chiqish joyidagi qatlam sirtga qarab, kirish yo‘liga nisbatan biroz kattaroq o‘lchovda yuz beradi. Ikki qavatli rama shishalarida yuqorida ko‘rsatilganidek kirish jarohat teshigi birinchi qavatda kattaroq, ikkinchi qavatda kichikroq radiusda hosil bo‘ladi.
104
hollarda otish masofasi, ya’ni stvolning oxirgi o‘q chiqadigan joyidan to‘siqqacha bo‘lgan o‘lchovi taxminiy belgilanadi. O‘qning otilish joyidan to‘siqqacha bo‘lgan masofani aniqlash uchun, to‘siqdagi otishdan hosil bo‘lgan izlarni eksperimental otishdan hosil qilingan izlar bilan o‘zaro solishtirish usuli qo‘llaniladi. To‘siq qatlamida otishdan singib, saqlanib qolgan moddalarning spektografik analizi yordamida otish masofasini anchayin to‘g‘ri aniqlash mumkindir. Quroldan otish joyi, ya’ni shaxsning qaerdan turib otganligini aniqlash esa o‘qning yo‘nalishi, otish masofasi haqidagi ma’lumotlarning o‘zaro tahlili asosida o‘tkaziladi. Otish masofasi nisbatan uzoq bo‘lmagan hollarda, to‘siqdagi jarohatning kirish yo‘li bo‘yicha to‘g‘ri chiziqni tashkil qiladigan ip va boshqa buyum bilan o‘qning yo‘nalish tomoniga qarab tortiladi va hosil bo‘lgan to‘g‘ri chiziqning davomi bo‘yicha kuzatiladi. Jarohatda kirish va chiqish teshiklari hosil bo‘lgan bo‘lsa, bu yo‘nalish qog‘ozdan yasalgan to‘g‘ri - tekis naychani joylashtirish yo‘li bilan kuzatiladi. O‘qning kirish va chiqish joylari bir-biridan uzoqroq joylashgan bo‘lsa, unday hollarda ip- kanop yoki sim yordamida ular birlashtirilib, yo‘nalishi bo‘yicha ichki qismiga joylashtirish bilan o‘q yo‘nalishini qarama-qarshi tomoniga qarab kuzatiladi. Silliq stvolli qurollarni identifikatsiya qilish imkoni asosan ulardagi otilgan patron va gilza yordamida o‘tkaziladi. Otilgan snaryadda silliq stvolning indiviual xususiyatlari aks etmaganligi tufayli ularga nisbatan guruh - tur mansubligini aniqlash bilan cheklaniladi. Mazkur qurollardan etkazilgan jarohatlarni tekshirish, otish masofasi, o‘qning yo‘nalishi, otish joyi kabilarni aniqlashda yuqorida keltirilgan uslublardan foydalanish mumkin.
Portlovchi moddalar va ulardan yasalgan qurilmalarni tadqiq qilish tobora ko‘proq uchramoqda. Bu vazifani bajarish maxsus bilim, uslub va texnika vositalarini talab qiladi. Mazkur ekspertiza hal qiladigan masalalar asosan uch turda bo‘ladi. Birinchi guruhni portlovchi moddalar, ular qo‘llanilga joy, portlashdan qolgan izlarni aniqlashni tashkil qiladi. 105
Ikkinchi turdagi vazifalar portlatish qurilmalarining tuzilishi, ishlatilgan portlovchi moddaning turi, miqdori, portlatish vositasi va uslubi hamda boshqa tasvirlovchi xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
-
portlatish uchun tayyorgarlik ko‘rilganlik holatini aniqlash; -
portlatish oqibatlari yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni belgilash; -
-
portlatish qurilmasi o‘rnatilgan joyni aniqlash; -
portlovchi moddalarning o‘z-o‘zidan o‘t olishi mumkinligini aniqlash; -
bir necha
joylarda har
xil vaqtlarda sodir bo‘lgan
portlatishlarning o‘zaro o‘xshashligi - bog‘liqligini aniqlash; -
ekspertizaga yuborilgan, ob’ektlarda portlatish moddalarning qoldiqlari mavjudmi, agar bor bo‘lsa ularning turi, hususiyati va ishlatish sohasi; -
portlatish qurilmasi va uning qismlarini tayyorlash va ishlatish usluji; -
oshirishning oldinma-ketinligi; -
portlatilgan trotilning hajmiga ko‘ra portlash kuchi; -
portlatish qurilmasi sanoat ishlab chiqarishida tayyorlangan bo‘lsa, uning turi, markasi (artilleriya snaryadi, mina, granat yoki yasama vositalar); -
portlatish qurilmasi qo‘lda yasalgan bo‘lsa, uni bajargan shaxsning bu sohadagi mutaxassislik malakasi. Mazkur portlash moddalari turkumiga tutunsiz yonadigan poroxlar (masalan, peraksinil, nitroglitserin) va tutunli poroxlar kiradi. SHuni eslatib o‘tish joizki, dutsiz yonadigan poroxlarning ba’zi turlari uning detonatsiya kuchi (yonish tezligi) ularning qoplamaga joylanish va birlamchi portlovchi moddaning kuchiga bog‘liq ravishda bir necha km/sekni tashkil qilishi mumkin. Dutli poroxlarning yonish tezligi yopiq qoplama hajmiga joylashtirilgan bo‘lsa, maksimal darajasi 400 m/s ni tashkil etadi. Pirotexnik qo‘shilma moddalar tarkibini turli mexanik aralashmalar, achitqich, yonilg‘i, ularni bog‘lovchi moddalar tashkil qiladi. Bular asosan yorug‘lik tovushi va tutun effektlarini hosil qilishga mo‘ljallangan vositalardir. Mazkur moddalar yonish tezligi mm bo‘lagidan bir necha sm/sek.ni tashkil etadi, shuning uchun ularning 106
portlash kuchi minimal darajaga egadir. Lekin ba’zi xlorat, perxlorat, pirotexnik birikmalari va shuningdek, brizantli portlovchi moddalarning qo‘shilmalari mavjud bo‘lgan birikmalar ma’lum sharoitlarda kuchli detonatsiyaga aylanib ketishi mumkin. Mazkur perotexnik birikmalar berk va mahkam bo‘lgan qoplama hajmiga joylashtirilgan hollarda ularning yonish, o‘t olish tezligi bir muncha yuqorilashtirilganligi kuzatilgan. Portlash qurilmasi deganda maxsus ishlangan va ma’lum sharoitlarda portlash qobiliyatiga ega bo‘lgan turli qurilmalar tushuniladi. Bular ishlanishi va tuzilishi bo‘yicha sanoatda yoki qo‘lbola usulda tayyorlangan bo‘ladi. Portlatish qurilma (moslama)larning birorta qismi qo‘lda yasalgan yoki ayrim qismlari sanoat normalari belgilangan tartibdan tashqari usulda yig‘ilgan bo‘lsa, yasama qurilmalar bo‘lib hisoblanadi. Pirotexnik ekspertiza ob’ektlariga: detonator kapsullari, elektr- detonatorlar, olov o‘tkazuvchi shnurlar, qo‘l granatalari, shuningdek, trotil shashkalari, ammonit zaryadlari, portlovchi paketlar kiradi.
Sovuq qurollarni yasash, olib yurish va sotish uchun amaldagi jinoyat qonunida javobgarlik ko‘rsatilmagan, lekin sovuq qurol yordamida sodir qilingan jinoyatlarni tasniflash muhim bo‘lib, tegishli ekspertiza tayinlashga zarurat tug‘iladi.
quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin: qurolning soz yoki nosozligi, agar nosoz bo‘lsa, uni sozlash, soz holatga keltirish mumkinmi? mazkur predmet (narsa-buyum) sovuq qurolmi? tekshiriluvchi predmet sovuq qurollarning qanday turiga, mansub.
107
Sovuq qurollar ko‘p hollarda qasddan odam o‘ldirish, badanga shikast etkazish, bosqinchilik, ommaviy tartibsizlik va bezorilik jinoyatlarini sodir etilganda qo‘llaniladi. Ko‘rsatilgan jinoyatlarning ba’zilarida qo‘llanilgan yoki qo‘llash tahdidi mavjud bo‘lgan hollarda (bosqinchilik, odam o‘ldirish kabi) jinoiy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lib hisoblanadi. Jinoyatni sodir qilishda otish va sovuq qurollardan tashqari, turli predmetlar, jinoyat quroli tarzida ishlatiladi, bu holda ishlatilgan qurol sovuq qurollar qatoriga kirmaydi va ekspertiza tayinlashga ham asos bo‘lmaydi. Sovuq qurollar maxsus jinoiy maqsad uchun tayyorlangan (yasalgan) bo‘lib, ular jinoyatni sodir qilishda shikast etkazish yoki o‘zini himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Sovuq qurollarni tuzilishi, o‘lchovlari shakli bo‘yicha ro‘zg‘orda ishlatiladigan asbob-uskunalardan farq qiladi. Shakliga va tuzilishiga ko‘ra ular sanchiluvchi, kesuvchi, chopuvchi, sanchilib kesuvchi, sanchilib chopuvchi, majag‘lovchi va aralash bo‘lishi mumkin. Ma’lumot uchun! Ishlanishi (tayyorlanishi) nuqtai nazaridan sovuq qurollar uch guruhni tashkil qiladi: zavodda, hunarmandlar tomonidan va qo‘lda yasalgan qurollar. Zavodda, fabrikada, firmada tayyorlanadigan qurollar ma’lum davlat va firmaning standarti asosida va texnik talablarga javob beradigan bo‘ladi. Hunarmandlar ishlab chiqaradigan qurollar texnik va standart talablariga javob bermasada, hunarmandning mutaxassisligi malakasiga binoan ularning milliy, mahalliy tashqi tuzilishi, bezagi va harbiy xususiyatlari bilan zavodda tayyorlanadigan qurollardan qolishmaydi. Sovuq qurollar va ularning g‘iloflari milliy naqshlar, turli hikmatli so‘zlar ba’zida ishlagan usta-hunarmandning ismi- sharifi belgilari bilan bezatiladi. Qo‘lda yasalgan sovuq qurollar ayrim hunarmand bo‘lmagan shaxslar tomonidan qurollarning namunalariga taqlid qilib ishlanadi. Amaliyotda zavodda yoki hunarmandchilik firmalarida ishlangan qurollarni o‘zgartirib qayta ishlanganlari ham uchrab turadi.
108
Sovuq qurollar ishlatilishida ko‘zlangan maqsadiga ko‘ra jangovor, harbiy va fuqarolik ovchilar uchun mo‘ljallangan baladi., harbiy sovuq qurollar asosan inson tanasiga jarohat etkazishga mo‘ljallangan. Ular asosan qo‘shinlarning qo‘l jangida ishlatiladi (qilichning barcha turlari, shtiklar, desant pichoqlari va b.q.). Ovchilik qurollariga: milliy pichoqlar, xanjar va hokazolar kiradi. Bular ovda hayvonlarni tutishda, jarohatlashda, shilishda va boshqa yordamchi ishlarda qo‘llaniladi. Sport olamida ishlatiladigan qurollar: shtiklar, shpaga, rapira, qilich, espandrlar, o‘zining egiluvchanligi, uchining to‘mtoqligi bilan jarohat etkazish xususiyatiga ega emas. SHuning uchun ular sovuq qurollar qatoriga kirmaydilar. Sovuq qurollar ekspertizasi asosan ularning qaysi tur va guruhga mansubligini aniqlashdan iborat. Hal qilinadigan masalalar doirasi tekshiriluvchi qurolning texnik holati
turdoshligi, aynanligini belgilashdan iboratdir. Jinoyatni sodir qilishda ishlatilgan sovuq qurollar topilgan joyida (hodisa sodir bo‘lgan, tintuv o‘tkazilgan joylarda) yoki tergovning xizmat xonasida ko‘zdan kechirilib, protsessual qonun normalari asosida rasmiylashtiriladi va jinoyat ishiga ashyoviy dalil sifatida ilova qilinadi. Mazkur tergov harakatini o‘tkazishda zarur bo‘lsa, protsessual qonun nazarda tutgan qoida asosida tegishli mutaxassis taklif etilishi mumkin. Sovuq qurollarni ko‘zdan kechirishda kriminalistikaning kuzatish, o‘lchash va bayon qilish uslublari qo‘llaniladi. Qurolni ko‘zdan
guruhga tegishligini turli ekspertizalar, jumladan, trasologik tekshiruvi yordamida hal qilinadi. Bu vazifa kimyoviy, fizikaviy va texnikaviy usullarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Hal qilinuvchi savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin. Mazkur qurolni tayyorlashda qanday material qo‘llanilgan, tekshirishga yuborilgan material qo‘llanilganmi; qurolni yasashda qanday qolip ishlatilgan; qanday asbob, qurilmalar yordamida bajarilgan? tekshiriluvchi (qurollar)ni tayyorlashda bir xil asbob- uskuna, qurilmalar qo‘llanilganmi? Tekshirishga yuborilgan g‘ilof mazkur qurolning g‘ilofimi? qurolning tashqi qismlarida qanday yozuv, markirovka belgilari bo‘lgan va ular qanday usulda yo‘qotilgan. tekshiruvga yuborilgan bo‘lakcha mazkur qurolning qismi emasmi? 109
kechirishda dastlab uning umumiy tuzilishi va o‘lchoviga e’tibor beriladi, so‘ngra hamma qismlarini mujassamligi, qurolning asosiy qismiga mahkamlanish usuli, qanday materialdan ishlanganligi, rangi, o‘lchovi, qurol damini silliq va o‘tkirligi, uchining shakli, o‘tkirligi, qurol yuzidagi yozuv va boshqa alomatlar aniqlanadi. Quroldagi izlarni, turli modda qoldiqlarini va boshqalarni zararlab, o‘zgartirib qo‘ymaslik uchun uni ko‘zdan kechiruvchi shaxs qo‘llariga oq rezinadan tayyorlangan qo‘lqop kiyish zarur bo‘ladi. Qurolning oldi, orqa va boshqa qismlarini tekshirish uchun uning dastasi va uchidan, ya’ni izlardan xoli bo‘lgan joylaridan ushlab ko‘rish lozim. Nazorat savollari:
Ballistika nima maqsadlarda qo‘llaniladi? Aniq jinoyat misolida ballistikaning ahamiyatini tushuntirib bering.
Ballistikada tekshiruv ob’ektlari nimalar bo‘lishi mumkin? Otilgan o‘q va gilzalar asosida otish qurolini identifikatsiyalash qay tartibda amalga oshiriladi? Kazuslar: 1-kazus O‘q-otar qurol yordamida qotillik jinoyati yuz berdi. Aybalnuvchining aytishicha, u jabrlanuvchi M. va S.ni ochiq qolgan avto ulovdan pul mablag‘ini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtda ko‘rib qolgan. Aylanuvchi L. jabrlanuvchi M. va S.ga o‘zini IIO hodimi ekanligini aytgan hamda ularni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan. Jabrlanuvchi M. va S. birdan ayblanuvchi L. hamla qilib, uning qo‘lida turgan pistoletni olib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Biroq, tasodifan o‘q-otar qurol tepkisi bosilib, o‘q jabrlanuvchi M.ning bo‘yniga tekkan. Natijada, jabrlanuvchi M. hodisa joyida o‘lgan. Jabrlanuvchi S.ning ta’kidalashicha ular jabrlanuvchi M. bilan pivo ichib, o‘tirishganda ayblanuvchi L. ularga qurol bilan qo‘qqisdan hujum qilgan. Ular ayblanuvchini qaytarishga harakat qilganda u quroldan o‘q uzib jabrlanuvchi M.ni o‘ldirgan. Natijada, ish joyiga telefon qilib, u erdan guruhni chaqirgan va holatni o‘zining foydasiga hal qila boshlagan. Masalani har ikki holat bo‘yicha tergov qiling. 110
Jinoyatning kriminalistik xarakteristikasini bering. Mazkur holat bo‘yicha tergovni rejalashtiring va tergov versiyalarini tuzing. Holat yuzasidan qanday turdagi ekspertizalar tayinlanadi? Holat yuzasidan aniqlanishi va isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tavsiflang. Jinoyat ishi yuzasidan qanday dastlabki va keyingi tergov harakatlari o‘tkaziladi? Tergovchi ularni o‘tkazishda qanday taktik qoidalarga e’tibor qaratishi lozim? 2-kazus Qotillik jinoyatini sodir etishga suiqasd qilish holatini tergov qilishda aniqlanishicha K. o‘zining sobiq xotinini uyi oynasidan stvoli qirqilgan ov miltiqig‘idan o‘q uzadi. K.ning aytishiga qaraganda, u hech kimni o‘ldirishni xohlamagan, nishonga olmagan holda o‘q uzganligini bildirgan. K. so‘zlarini tekshirish uchun qanday harakatlarni amalga oshirish lozim? O‘q uzilgan masofani aniqlash yuzasidan sud-ballistik ekspertizasi imkoniyatlarini aniqlang. Ekspert hal etadigan masalalar nimalardan iborat bo‘lishi lozim. 111
8-MAVZU. QO‘LYOZMA MATNLARNI KRIMINALISTIK USULDA TEKSHIRISH Hujjatlar ashyoviy dalil sifatida kriminalistik tekshiruv ob’ekti. Kriminalistik xatshunoslik tushunchasi. Dastxatning identifikatsiyaviy belgilari. Xatshunoslik tekshiruvining uslubiyoti. Kriminalistik muallifshunoslik tekshiruvi. Dastxatshunoslik va muallifshunoslik tekshiruvini o‘tkazish uchun material tayyorlash.
Turli jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida daliliy ashyo bo‘lgan hujjatlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Jumladan, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish, mansabni suiiste’mol qilish jinoyatlari, firibgarlik, xo‘jalik ishlarida moliyaviy hisob-kitob hujjatlari bilan bir qatorda turli yozma hujjatlar kriminalistik tekshiruv ob’ekti hisoblanadi.
Kriminalistik ma’nodagi hujjatlar jinoyat ishi bo‘yicha ma’lum bir hodisalar haqida ma’lumot beradi. Ba’zi hujjatlarni jinoiy maqsadda ishlatib, undan qurol sifatida foydalanadilar. Firibgarlik jinoyati bo‘yicha qalbaki hujjat yordamida mablag‘ undirish, soxta hisob raqami va veksellar bilan bankadan pul olish va shu kabi hujjatlar ish yuzasidan ashyoviy dalil hisoblanadi. JPKning 84-moddasida ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan yoki bermaganligi, uni sodir etgan shaxsning aybli yoki aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarini aniqlashga asos bo‘ladigan har qanday ma’lumotlar Esda tuting! Hujjat deganda, keng ma’noda biror hodisani o‘zida yozma ravishda aks ettiruvchi moddiy ob’ekt tushuniladi. Sud va tergov amaliyotida hujjatlarning quyidagi turlari mavjud: qo‘lda turli yozish vositasida bajarilgan imzolar, xatlar (ariza, tilxat, tarjimai hol va h.k) moliyaviy hujjatlardagi qo‘lyozma va bosma matnlar; tipografiya usulida va bosma asboblar vositasida tayyorlangan hujjatlar, turli grafik chizmalar, rejalar, (hujjatlarning reproduksiya tasviri, kseroks nusxalari va h.k;) foto-kino hujjatlar; turli ob’ektlar, inson va ashyoviy dalillarning kino-foto, video tasviri va fonohujjatlar; magnit tasmasiga yozilgan turli ma’lumotlar. 112
jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi. Bu ma’lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchi ayblanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar ovoz yozuvlari, video tasvirlar, fotosuratlar va boshqa tegishli hujjatlar bilan aniqlanadi. Ashyoviy dalillar kriminalistik ma’noda jinoyat ishini hal qiluvchi muhim omillar bo‘lib, ular jinoiy harakatning izlarini o‘zida aks ettiradi yoki jinoyatni sodir etishda qurol sifatida ishlatiladi. Ko‘rsatilgan sifatlar hujjatlarga nisbatan tegishli bo‘lganda ular ham daliliy ashyo hisoblanadi. Hujjatlarni ashyoviy dalil sifatida tekshirishda ikki xil ma’lumot olish mumkin bo‘ladi: qo‘lyozma matn, imzo, raqam va boshqa yozuvlar kim tomonidan bajarilgan va ikkinchisi hujjat asl nusxami yoki qalbakiligi, qaysi qismi qanday usulda o‘zgartirilgan, o‘chirilgan, qo‘shimcha yozuvlar kiritilgan va hokazo. Ashyoviy dalil hisoblangan hujjatlarni ishga qay darajada molik ekanligini aniqlash uchun tergovchi ularni ko‘zdan kechirib, umumiy va individual xususiyatlarini aniqlaydi va tegishli tartibda rasmiylashtiradi.
Ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarni tekshirishning asosiy vazifasi - qo‘lyozma matnlarini va imzolarini kim tomonidan bajarilganligini aniqlashdir. Xatshunoslik ekspertizasining tekshiruv ob’ektlari hujjatdagi qo‘lyozma matnlari: harfli, raqamli, shartli belgilar – shifrovka, imzo shaklidagi yozuvlardir. Qo‘lyozma xatlarni (dastxat) tekshirish va uning kim tomonidan bajarilganligini (yozilganligini) aniqlash insonning o‘ziga xos yozish usuli - malaka xususiyatiga bog‘liq.
xatshunoslik tekshiruvi, ya’ni qo‘lyozma matn, (imzo, raqam, turli belgilar, chizmalar va h.k.) kim tomonidan yozilgan yoki bajarilganligini aniqlash; 2 hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash uchun uni kriminalistik texnika usulida tadqiq etish.
113
Dastxat quyidagi xususiyatlarga ega: -
dinamik turg‘unlik (yoki nisbiy mustahkamlik); -
turli ta’sir etuvchi turlarga nisbatan o‘ziga xos o‘zgaruvchanlik. Xatshunoslik tekshiruvini o‘tkazishda qo‘lyozma imzoni aynan kim tomonidan yozilganligini aniqlash imkonini insonning ana shu yozish qobiliyati - dastxati beradi. Xat yozish jarayoni, shuningdek, yozilgan matn; so‘z, raqam, imzo kriminalistik tekshiruv ob’ekti sifatida xat deb tushuniladi. Kriminalistikada qo‘lyozma matnlar, qanday shaklda bo‘lishidan qat’i nazar, dastxat deb yuritiladi.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling