Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Tergov vaziyatining tergov qilish natijalari bilan bog‘liq
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tergov vaziyati davomida tergovchining shaxsi va uning ish sharoitlari bilan bog‘liq elementlar
- 13-MAVZU. TERGOVNI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH
- Esda tuting!
- E’tibor qarating! Rejalashtirish
- E’tibor qarating!
- E’tibor qarating! Tergovni rejalashtirish jarayonida tergovchining harakatlari
- Rejalashtirish prinsiplari va turlari
- 2) Harakatchanlik (o‘zgaruvchanlik) prinsipi.
- 5) Maqbullik prinsipi.
2. Tergov vaziyatining tergov qilish natijalari bilan bog‘liq elementlari – tergov qilishning dastlabki bosqichida tergov faoliyatining mazmuni va natijalari bilan bog‘liq elementlar; keyingi tergov qilish bosqichida tergov faoliyatining mazmuni va natijalari; tergov qilishning xotima qismi mazmuni.
ixtisosi; tergovchilikdagi ish
tajribasi; tergovchining shaxsiy tayyorgarligi (jismoniy va ma’naviy-ruhiy holati); kasbiy bilimlari, mahorati, ko‘nikmalari darajasi va boshqalar; tergov bo‘linmasida boshqaruvni va mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning ahvoli; kriminalistik va maxsus texnika, transport, devonxona materiallari va sarf-xarajat materiallari; tergovchining o‘z ish yuritishidagi boshqa jinoyat ishlari bilan bandligi; tergovchining turli xizmat vazifalarini (navbatchilik, ayrim topshiriqlar va h.k.) bajarishga jalb etilishi. 178
Ushbu elementlarning o‘ziga xos xususiyatlariga va ularning bir- biri bilan uyg‘unlashuviga qarab tergov vaziyatlarining har xil ko‘rinishlari yuzaga keladi. Ulardan bir xillari jinoyat ishlarini tergov qilishda tez-tez, boshqalari kamroq uchraydi. Yuzaga kelayotgan tergov vaziyatlarini tahlil qilish natijalari tergovchi tomonidan taktik echim – tergovning borishiga ta’sir ko‘rsatish maqsadini aniqlash hamda unga erishish vositalari, uslublari va usullarini belgilashdan iborat bo‘lgan xulosa tariqasida ifoda qilinmog‘i lozim. Taktik echimlar og‘zaki va yozma bo‘lishi mumkin. Ular tergov qilish rejasi, alohida tergov harakatini o‘tkazish rejasi, jinoyat ishi bo‘yicha qaror, surishtiruv organlariga topshiriq va boshqa shu singarilardir. Taktik echimlar tergov harakatlarini, kombinatsiyalar va operatsiyalarni o‘tkazish tartibini belgilab, ish bo‘yicha tergov faoliyatiga cheklangan tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Nazorat savollari: 1. Kriminalistik taktika tushunchasini, uning vazifalarini izohlab bering. Kriminalistik taktikaning uning tizimi bilan bog‘liqlikda tahlil qiling.
2.
Taktik usullar, taktik qarorlar va tergov vaziyatlari tushunchalari mazmunini o‘zaro bog‘liqlikda ochib bering. Ularning umumiy va xususiy jihatlarini tushuntirib bering.
takrorlanib turish xususiyatiga ko‘ra – tipik va alohida tergov vaziyatlari;
tergov qilish vazifalari bajarilishiga erishish imkoniyatiga (ya’ni, tergov qilish imkoniyati qulay yoki murakkablik xususiyatiga) ko‘ra – qulay va noqulay xususiyatga ega tergov vaziyatlari;
jinoyat ishlarini tergov qilish bosqichlariga ko‘ra – boshlang‘ich, oraliq va yakunlovchi tergov vaziyatlari; 4) jinoyatlarni fosh etishda jinoyat protsessi ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar mazmuniga ko‘ra –
tergov qilish sharoitlariga ko‘ra – shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) va odatdagi tergov vaziyatlari.
179
Kazuslar: 1-kazus TATUning 2-kurs talabasi fuqaro P. o‘z kurs doshi fuqaro D.ni Nexia rusumli davlat raqami 10 P 758 D L avto ulovini olib qochgan. Avto ulov 2013yil 2-sentyabr kuni Uch Qaxramon posti DAN xodimlari tomonidan ushlanganida ayblanuvchi uni kursdoshining roziligi bilan olib ketganini aytgan. Avtoulov ko‘zdan kechirilganda uning bagaj qismidan qora salafanga o‘ralgan oq kukun topildi. Ekspertiza bergan hulosaga ko‘ra ushbu kukun kokain moddasi bo‘lib, umumiy og‘irligi 0,75 grammni tashkil etgan.Tergov jarayonida ayblanuvchi haqiqatda undan habari yo‘qligini aytgan. Biroq, tergovchi bunga shubxa bilan qarab ayblanuvchi P.ni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olgan.
O‘g‘rilik jinoyatini sodiretishda gumon qilinuvchi jinoyatchi voyaga etmagan D. ushlandi. Tergovchi uni so‘roq qilish chog‘ida bergan savollarga ayblanuvchi D. Uning to‘liq javob berdi. Biroq, ayblanuvchi D.dan o‘g‘irlangan narsalarni qaerda sotgani so‘ralganida, savolga aniq javob bera olmadi. Tergovchi mazkur holat yuzasidan shubhalanib, jinoyatni bir o‘zi sodir etmagan degan taxminga bordi.
180
13-MAVZU. TERGOVNI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH
Tergovni rejalashtirish hamda tashkil etish tushunchasi va vazifalari. Rejalashtirish prinsiplari va turlari. Rejalashtirish hujjatlari. Tergovni rejalashtirish hamda tashkil etish tushunchasi va vazifalari Tergovchining tergov vazifalarini hal qilish optimal yo‘llari va vositalarini belgilashga qaratilgan murakkab fikrlash faoliyati – rejalashtirish tergovni oqilona tashkil etishning muqarrar sharti va asosiy usuli hisoblanadi.
Ish bo‘yicha tergov jarayonining xayoliy modeli yozma rejani tuzish yo‘li bilan moddiylashtirilishi lozim. Rejalashtirmagan holda ish yuritish usuli samarasiz bo‘lib, ba’zan tajribali tergovchilarga ham pand beradi, ayniqsa murakkab, ko‘p voqeali va ko‘p sub’ektli jinoyatlarni tergov qilishda, shuningdek bir vaqtning o‘zida bir qator jinoyat ishlari bo‘yicha tergovni yuritishda tergovni tashkil etish va rejalashtirish muhim ahamiyatga ega.
Har qanday kriminalistik faoliyatni rejalashtirish hech bo‘lmasa minimal boshlang‘ich axborotga ega bo‘lishni, yuzaga kelgan vaziyatga, Esda tuting! Jinoyat ishi bo‘yicha tergov qilish rejasi – ish yuzasidan chin haqiqatni aniqlashga qaratilgan harakatlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan topshiriq.
qonunchiligining talablari va hodisaning o‘ziga xos shart- sharoitlaridan kelib chiqqan holda tergov vazifalarini, ularni yechish yo‘llari va usullarini aniqlash. E’tibor qarating! Rejalashtirish o‘tkazilayotgan tergovning xayoliy modelini boshidan oxirigacha tuzish va unga aniqlik kiritishdan iborat bo‘lsa, tashkil etish tuzilgan tergov rejasini optimal amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi, ya’ni ta’minlovchi xususiyat kasb etadi.
181
yuzaga keluvchi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga to‘g‘ri baho berishni, alohida rejalar o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlashni, vaqt limitini qat’iy hisobga olishni taqozo etadi. Tergovni rejalashtirish kriminalistik faoliyatni tartibga solish orqali dalillarni jamlashga ko‘maklashadi. Rejaga amal qilgan holda, tergovchi yuzaga keluvchi vazifalarni o‘z vaqtida hal qilish, shu tariqa ilgari surilgan tusmollarni tekshirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z ish yurituvida bo‘lgan har bir jinoyat ishi bo‘yicha bir maromda ish olib borish, rejaga o‘z vaqtida tuzatish kiritish, olingan natijalarga aniq baho berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Rejalashtirish jarayonida tergov harakatlari, tezkor-qidiruv tadbirlar, kriminalistik operatsiyalarni o‘z ichiga olgan faoliyatning xayoliy modeliga doimiy ravishda aniqlik kiritiladi va u takomillashtirib boriladi. Tergov faoliyati rejasi dalillarni izchil qidirish, ularni har tomonlama o‘rganish, ularning o‘rtasidagi aloqalar va ziddiyatlarni aniqlash, so‘nggi zikr etilgan omillarni bartaraf etish imkonini beradi. Rejalashtirish tergovchining aniq bir maqsadga qaratilgan faoliyatini ta’minlaydi, u nima qilishi kerakligini, qachon, qaerda va qanday harakat qilishi zarurligini ko‘rsatadi. Jinoyatni tergov qilish murakkab va ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon bo‘lib, tergovchidan yuqori saviyadagi tashkiliy va aqliy qobiliyatlarni talab qiladi. Tergov qilishning murakkabligi shundaki, dalillarni faqatgina yig‘ish emas, balki har tomonlama tekshirish, o‘rganib chiqish va ularni to‘g‘ri baholash zarur, chunki jinoyatchilar ko‘p hollarda turli xil ayyorlik ishlatadilar: jinoyat izlarini yashiradilar, jinoyatga baxtsiz tasodif, o‘z joniga qasd qilish yoki boshqa bir jinoyat ko‘rinishini berishga harakat qiladilar hamda ba’zi hollarda jabrlanuvchi, guvoh va boshqalarga tazyiq o‘tkazadilar. Jinoyat ishini tergov qilishda tergovchi hodisaning ayrim faktlari va holatlari o‘rtasidagi mavjud aloqalarni aniqlash hamda bilib olish sari, hozirgi holatni bilishdan o‘tmishni bilish sari boradi. Bunda tergov tusmollari tergovchiga yo‘nalishni ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Ular rejalash asosi (o‘zagi, yadrosi) bo‘lib, harakatlar yo‘nalishini, aniqlashtirish lozim bo‘lgan savollar doirasini belgilagan holda tergov qilish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Tusmollar rejalashtirish jarayonining harakatchanligini, o‘zgaruvchanligini ta’minlaydi, chunki yangi tusmolning paydo bo‘lishi tergov qilishda yuritilayotgan rejaga tegishli tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Biroq, hamisha esda tutish kerakki, tusmol – bu taxmin, u dalil emas, u nima bo‘lgani haqida emas,
182
balki nima bo‘lishi ehtimolligi haqida darak beradi. Tusmol ehtimol tutilgandan haqiqiyga sari borishda yordam beradigan tafakkur shakli. Protsessual qonun jinoyat ishi bo‘yicha qaysi holatlar isbotlanishi kerakligi xususidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmani o‘z ichiga oladi.
Rejani ishlab chiqish chog‘ida JPK 82-moddasida ko‘rsatilgan lozim bo‘lgan holatlarni isbotlash uchun amalga oshirilishi mo‘ljallangan harakatlar aks ettiriladi. Bunda ularning ro‘yxati tugal emasligini, ular tergov qilinayotgan ishning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab kengayishi mumkinligi nazarda tutiladi. Tergovchi o‘z hatti-harakatlarini iloji boricha
aniq tashkillashtirishi, har bir tergov harakatini batafsil ishlab chiqib, o‘z ishining istiqbollarini ko‘ra bilishi zarur. Bu narsa tergov faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish orqali amalga oshiriladi. Reja tergov faoliyatining shakli va mazmunini aks ettirgan holda tergovchiga muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. E’tibor qarating! JPK 82-moddasiga muvofiq, ishni ayblov xulosasi bilan sudga yuborish va ayblov hukmi chiqarish uchun quyidagilar isbotlangan bo‘lishi kerak:
va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; 2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa holatlari; qilmish va ro‘y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish;
o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari;
holatlar. 183
Aytish joizki, ishlarning aksariyati yolg‘iz bir shaxs tomonidan tergov qilinadi. Guruhda tergov qilish usuli ayblanuvchilar ko‘p sonli, murakkab, ko‘p epizodli (ko‘p voqeali) va ko‘p mehnat talab qiladigan ishlarda qo‘llaniladi. Mazkur usul har xil tergov harakatlarini (tintuvlarni, guvohlarni so‘roq qilish va boshqa shu singarilarni) bir vaqtda o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi.
Tashkiliy ishlar doirasida tergov jarayoniga ekspertlar va mutaxassislarni jalb etish masalasi hal etiladi. Ayrim jinoyat tarkiblari bo‘yicha JPK 173-moddasida ko‘zda tutilgan asoslar bo‘lganda, ekspertlarni jalb etish majburiy hisoblansa, qolgan hollarda ularning ishtirok etishi to‘g‘risidagi masala ixtiyoriy ahamiyat kasb etadi – ushbu masala tergovchi yoki sud tomonidan hal qilinadi. Tashkiliy-texnik masalalar jumlasiga tergovchining samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish: xizmat xonalarini jihozlash, aloqa va transport vositalari bilan ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatish, ilmiy asoslangan ish tartibotini (rejimini) qo‘llash, hisobga olish va hisobot berishni to‘g‘ri tashkil etish, shuningdek, zaruriy kriminalistika texnikasi, yozuv va idora ashyolari hamda boshqa yordamchi materiallar bilan ta’minlash kiradi. Esda tuting! Tergov qilishni rejalashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) mazkur hol uchun ehtimol tutilgan barcha tusmollarni tuzib chiqishni; 2) ularni tekshirishning asosiy yo‘llari va usullarini belgilab olishni; 3) dalillarni o‘z ichiga olgan manbalarni va dalillarni to‘plashda yordam berishi mumkin bo‘lgan vositalarni aniqlashni; 4) mo‘ljallanayotgan tergov harakatlari va boshqa harakatlarni, ularni o‘tkazish muddatlari, ketma-ketligi va taktik usullarini. E’tibor qarating! Tergovni rejalashtirish jarayonida tergovchining harakatlari: jinoyatga doir axborotni to‘plash, tahlil qilish va baholash; ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlash; ish yuzasidan tusmollarni ilgari surish; tergov tusmollarini tekshirish tartibini aniqlash. 184
Tergovni rejalashtirish vaqtida boshlang‘ich axborotni tahlil qilish, tergov tusmollarini tuzish, tergov vazifalarini, ularni echish yo‘llari va usullarini belgilash, rejaning optimal shaklini tanlash, belgilangan harakatlar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish, olinayotgan axborotni tahlil qilish, rejaga tuzatish kiritayotganda uni hisobga olish amalga oshiriladi.
Har bir tergovchining ish yurituvida bir vaqtning o‘zida bir nechta jinoyat ishlari bo‘lishi tufayli, ularning har biri bo‘yicha ish rejalari asosida tergovchi uchun eng maqbul davr (o‘n kunlik, oy)ga birlashtirilgan ish rejasi tuzilishi lozim. Rejaga sxemalar, grafiklar, jamg‘arma qaydnomalar va ayblanuvchilarning jinoiy aloqalar va munosabatlari, muayyan jinoyat voqeasida ulardan har birining aybdorligi va hokazolarni aks ettiruvchi boshqa yordamchi vositalar ilova qilinishi mumkin. Tergov rejasini bajarish jarayonida ayrim (ayniqsa og‘ir va murakkab) tergov harakatlarini ham rejalashtirish talab etiladi. Ushbu jarayon quyidagilarni nazarda tutadi: a) boshlang‘ich axborotni tahlil qilish; b) hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifani tavsiflash; v) uni samarali hal qilishni ta’minlovchi taktik usullarni tanlash; g) zaruriy texnik- kriminalistik vositalarni tanlash; d) tezkor vositalardan va nooshkora yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan ma’lumotlardan foydalanishning maqsadga muvofiqligini belgilash; e) tergov harakati ishtirokchilari doirasini va ularning funksiyalarini belgilash; j) belgilangan harakatni o‘tkazish vaqti va joyiga aniqlik kiritish.
shaklga ega bo‘lishi lozim. Reja quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq: 1) jinoyat ishining nomi; 2) u qo‘zg‘atilgan sana; 3) tergovni yakunlash muddati; 4) qamoqda saqlanayotgan shaxs (shaxslar) va u (ular) qaysi vaqtdan beri qamoqda saqlanayotgani; 5) ayblov e’lon qilingan sana. So‘ng tergov tusmollari, aniqlanishi lozim bo‘lgan masalalar va holatlar, buning uchun zarur tergov harakatlari va boshqa tadbirlar, ularni bajarish muddatlari va navbati, ijrochilar ko‘rsatilishi lozim. Keyin shuning o‘zi, shu jumladan bajarish to‘g‘risida belgi va natija (nima aniqlangani) bandlari har bir tusmol bo‘yicha rejalashtirilishi lozim.
185
Tabiiyki, tergov harakatini o‘tkazish jarayonida olingan, protsessual vositalar bilan tekshirishni talab etadigan yangi axborot bilan bog‘liq tuzatishlar kiritilishi mumkin va lozim. Bu hal etilishi lozim bo‘lgan yana bir yoki bir nechta vazifalar, qo‘shimcha taktik usullarni qo‘llash, mazkur tergov harakati yakunlangani zahoti darhol uning natijalaridan kelib chiqadigan boshqa tergov harakatini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish zarurati paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tergov
qilishni rejalashtirish amaliyoti uning
quyidagi tamoyillarini ajratib ko‘rsatish imkoniyatini beradi: 1) Individuallik prinsipi. Tergovchi jinoyat ishi bo‘yicha o‘z ishini rejalashtirayotganda tergov qilinayotgan jinoyat turining ham umumiy, ham alohida xususiyatlaridan kelib chiqib yondashishi zarur. Biron-bir jinoyat u bilan ayni bir turga mansub bo‘lgan boshqa jinoyatni to‘liq takrorlamaydi. Qilmishning ob’ekti, ob’ektiv tomoni, sub’ekti yoki sub’ektiv tomonida alohida xususiyatlar hamisha mavjud bo‘ladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga oluvchi tergov rejasi yuzaki emas, balki individual bo‘ladi. Muayyan turdagi jinoyatlarni tergov qilish namunaviy yo‘nalishlari, usullari va vositalari to‘g‘risidagi kriminalistik tavsiyalar faqat ular yuzaga kelgan tergov vaziyati, muayyan huquqbuzarlik xususiyatini hisobga olgan
holda qo‘llanilgan taqdirdagina samarali bo‘ladi.
ish vositasi hisoblanadigan tergov rejasi jinoyat ishi bo‘yicha tergov vaziyatidagi o‘zgarishlarni hisobga olishi lozim. SHu sababli tergov rejasi harakatchan bo‘lishi lozim. Tergov jarayonining boshida bitta rejani tuzib, undan oxirigacha foydalanish mumkin emas. Bunday reja yuzaki bo‘ladi hamda yangi to‘plangan daliliy axborotni hisobga olmaydi. Tergov rejasi jinoyat ishi bo‘yicha ish bosqichiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tabiiyki, tergovning dastlabki bosqichi rejasi keyingi bosqichlar rejasidan farq qiladi. Ushbu bosqichlarda tergovchi har xil vazifalarni hal qiladi, zero daliliy axborot manbalari o‘zgaradi, tergov vaziyati, odatda, nisbatan aniq va muayyan tus oladi.
tadbirlar tergov uchun ajratilgan muddatlarda, mavjud kuchlar va vositalar bilan bajariladigan bo‘lishi lozimligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda, tergov rejasi ish bo‘yicha ilgari surilgan barcha tusmollarni 186
tekshirish, yuzaga kelayotgan vazifalarni mavjud barcha kriminalistik resurslar yordamida hal qilish imkonini berishi lozim. 4) Aniqlik prinsipi. Tergovchi oldida turgan va turishi mumkin bo‘lgan, tergov, tergov harakati yoki kriminalistik operatsiyani o‘tkazish jarayonida hal qilish talab etiladigan vazifalarni aniq ta’riflash, belgilanayotgan tadbirlarni bajarish muddatlarini, ularning ijrochilarini, foydalaniladigan texnik-kriminalistik vositalar va usullarni, tezkor xodimlar, ekspert-kriminalistlar va jamoatchilik bilan o‘zaro aloqa qilish shakllarini aniq belgilash zarurligini nazarda tutadi.
barqarorlik sharti bo‘lib xizmat qiladi. Bunga agar rejada barcha faktik ma’lumotlar hisobga olinsa, ishni xatosiz tergov qilish uchun zarur bo‘lgan masalalar unga kiritilsa, ularni hal etishga yordam berishi mo‘ljallangan harakatlar esa haqiqatda amalga oshirish imkoniyati bo‘lsagina erishiladi. Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling