Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Odamlarning portretlari asosida o‘tkaziladigan identifikatsiyaviy
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumot uchun!
- Nazorat savollari
- Kazuslar: 1-kazus
- 11-MAVZU. KRIMINALISTIK RO‘YXATGA OLISH
- Esda tuting! Kriminalistik ro‘yxat
- Esda tuting!
- E’tibor qiling!
- Alfavitli-daktiloskopik hisobga olish
- Daktiloskopik kartoteka
Odamlarning portretlari asosida o‘tkaziladigan identifikatsiyaviy tekshiruv
Mazkur identifikatsiya ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: Ma’lumot uchun! Qidiruvda bo‘lgan shaxslarning fotosuratlari bo‘lmagan hollarda har xil odamlarning yuz qismlaridan olingan (yig‘ma portret) sun’iy sintetik portretlar tayyorlanadi. Bunday usul quyidagilardan iboratdir: izlanuvchi shaxsni ko‘rgan-bilgan guvohga turli fotosuratlar ko‘rsatiladi: shular ichidan o‘xshash bo‘lgan yuzning qismlari (ko‘z, qosh, ayrim belgilari) ajratiladi: ularni o‘zaro birlashtirib yig‘ma portret ishlanadi. Hozirgi kunda bunday portretlarni tayyorlashda kompyuter dasturida mavjud bo‘lgan odamning yuzi, tuzilishi belgilarini aks ettiruvchi turli tasvirlari bo‘lgan fotorobotlardan foydalanilmoqda. 149
1. Ekspertiza shaklida o‘tkazilib, uning natijasi tergov ishi yuzasidan dalil bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchisi tezkorlik tekshiruvi bo‘lib, uning natijasi dalil bo‘lmasada, ekspertiza tayinlashga va boshqa protsessual harakatlarni o‘tkazishga asos bo‘ladi. Ekspertiza tekshiruviga ob’ektlar odamning tashqi tuzilishini aks ettiradigan fotosuratlari, ularning ko‘chirmalari, yuzning ayrim qismlarining qoliplari, bosh suyagi (chanog‘i) va ularning rentgen nurlarida olingan tasvirlari yuboriladi. Ekspertizaga rassomchilik, chizmachilik va yig‘ma (sun’iy portretlar) ham yuborilishi mumkin. Lekin bular yuzasidan o‘tkaziladigan ekspertiza tekshiruvining natijalari bir muncha cheklangan bo‘ladi. Ekspertizaga yuboriladigan fotoportretlarni tadqiq etish, ularni ko‘zdan kechirib umumiy xususiyatini qayd etishlikdan boshlanadi. CHunonchi, portretning shakli, o‘lchovi, qanday yozuvlari borligi, tasvirlangan shaxslarning jinsi, taxminiy yoshi, fotosurat ishlangan vaqt va boshqalar aniqlanadi. Tekshiriluvchi shaxsning fotoportreti bilan shunga o‘xshash bo‘lgan yoki namuna vazifasini bajaruvchi fotoportretlarni tadqiq etish, ularda tasvirlangan bitta shaxsning aynanligini aniqlash uslubi, umumiy ekspertiza tekshiruvi uslubiyotidan bir muncha o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari bilan
farqlanadi. Jumladan, qiyosiy-uslubiy modellashtirish, portretlarni bir-biriga ustma-ust tushirish, birlashtirish va boshqa texnik usullar bilan amalga oshiriladi. Tashqi tuzilish alomatlarining bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas belgilari bo‘yicha ayni bir xil o‘lchamga keltirilgan taqqoslanayotgan tasvirlarni birlashtirish (montaj) usullari ham mavjud. Hozirgi kunda fotoportret tekshiruvlarida o‘lchash uslublari ham keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, ayrim anatomik nuqtalar o‘rtasidagi burchak kattaliklari oddiy transportir asbobi bilan yoki uning qo‘shimcha qo‘shilmasi bo‘lgan doiraviy shakldagi maxsus asbob yordamida o‘lchanadi. Bir xil shaklda tayyorlangan fotoportretlardagi tasvirlarni taqqoslashda grafik yasash uslubi ham samaralidir. Taqqoslanayotgan ob’ektlardagi bir guruhga tegishli belgilar aniqlanib, ulardagi uchburchak, romb, trapetsiya va boshqa geometrik shakllarning (bir- biriga to‘g‘ri kelishi) tengligi rasmdagi shaxslar tasviri mazkur izlanuvchi shaxsning tasviri ekanligi, ya’ni aynanligi aniqlanadi. SHuningdek, grafik identifikatsiyalashning algoritmlarini tuzish uslubi ham mavjuddir. Bu uslub tekshirilayotgan ob’ektning o‘ziga xos bo‘lgan 150
nuqtalari, belgilar tizimi, istiqbolli muvofiqlik yoki aksini kuzatish uchun tavsiya qilingan. Ekspertiza tekshiruviga odam murdasining suyak qoldiqlari (asosan bosh chanog‘i) yuborilib, uning shaxsini aniqlash zarur bo‘lsa, ekspertizaga shubhalangan shaxsning hayotiy davridagi foto yoki boshqa portretlari yuboriladi. SHu bilan birga iloji bo‘lsa, o‘lgan shaxsning rentgen surati, ko‘zdan kechirishda tayyorlangan fotosurati, qo‘lda chizilgan boshqa turdagi portretlari ham yuboriladi. Bu ekspertizani o‘tkazishda kriminalistlar bilan bir qatorda tibbiyot sohasidagi mutaxassislar ham jalb etiladi.
Ekspertiza tekshiruvi dastlab
portretlarni alohida-alohida o‘rganishdan boshlanadi, so‘ng har bir tekshirilayotgan portretdagi tashqi qiyofa belgilari aniqlanib, o‘zaro o‘xshash belgi-tuzilish xususiyatlari solishtirilib tahlil qilinadi. Belgilarning o‘zaro o‘xshashligi yoki aksincha xar xil bo‘lishi sharhlanib o‘xshashlik yoki o‘xshamaslik sabablari asoslantiriladi. Portretlardagi tasvirlangan shaxslar qiyofasi bir odamga tegishlimi yoki har xil o‘xshash bo‘lgan shaxslarning tasvirimi - bu haqda xulosa qilinadi. Tekshirilayotgan portretlardagi umumiy va xususiy belgilar yig‘indisi bir-birini takrorlasa (bir xilda ekanligi kuzatilsa), portretlardagi tasvir bitta shaxsga tegishli ekanligi, ya’ni qidirilayotgan odamning aynanligi tasdiqlanadi. Belgilarning ba’zilari o‘xshash bo‘lsayu, ba’zilari mutloq boshqa shakl, o‘lchov va hokazo bilan tasvirlansa, aynanlik masalasi inkor qilinadi. Ma’lumot uchun! Mazkur ekspertiza turini o‘tkazishda ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi manba ob’ektlar ham yuborilishi mumkin. Shulardan eng ko‘p tarqalgan turi, odam qiyofasini so‘z-nutq yordamida tasvirlashdir. So‘z yordamida tuzilgan portretlar turli protsessual hujjatlarda (bayonnomalar, so‘roq ko‘rsatuvlarida) ro‘yxatga olish kartalarida va tegishli mutaxassis tomonidan tuzilgan ma’lumotlarda aks ettirilgan holda tasvirlanadi. So‘z yordamida tuzilgan portret asosan anatomik belgilar asosida shakllanadigan, ba’zida unga insonning ayrim anatomik va funksional belgilari bilan bir qatorda alohida alomatlar (xollar-chandiqlar, kasallik alomatlari) ham kiritiladi. Bunday ma’lumotlar tergov harakatlarining (so‘roq, ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, tanib olish uchun ko‘rsatish) bayonnomalarida, jinoiy ro‘yxat kartalarida va boshqa hujjatlarda bo‘lib, ulardan ekspertiza o‘tkazishda keng foydalanish mumkin. 151
Identifikatsiyaning asosiy bosqichi tekshirilayotgan portretdagi insonning individual o‘ziga xos bo‘lgan va o‘zgarmaydigan belgilarini qayd etib ularni taqqoslab tekshirish va natijasini baholashdir. Portretda tashqi qiyofa belgilarining barchasi aks etmasligi, uni tayyorlashda yorug‘likning turli sharoiti, fotosuratning sifati kabi holatlar identifikatsiya uchun zarur bo‘lgan yig‘indisini bir muncha cheklab qo‘yadi. Mana shu sababli identifikatsiyaning mazkur bosqichini o‘tkazishda turli optik asboblar, yorug‘lik sharoitini moslovchi qurilmalar qo‘llaniladi.
1.
Identifikatsiya ob’ekti sifatida odamning tashqi qiyofasi qanday xususiyatlarga ega? Odamning tashqi qiyofa belgilari tizimiga nimalar kiradi? 2.
Portretlar bo‘yicha identifikatsiya qilish turlarini tushuntirib bering. Aniq jinoyat bo‘yicha odamlarning portretlari asosida o‘tkaziladigan identifikatsiyaviy tekshiruvga misol keltiring.
1-kazus 2014 yil 5-yanvar kuni Olmazor tumani Bog‘ ko‘chasida F.ga nisbatan talonchilik jinoyati sodir etilgan. Talonchilik natijasi F.ning bo‘ynidan qimmatbaho taqinchoq olib ketilgan. Tushuntirish ishlari olib borish jarayonida fuqaro F. talonchi qo‘shnisi S.ga o‘xshab ketishini
rentgen surati ham ishlatiladi. Boshning o‘ng yoki chap qiyasi tomonidan olingan shaklida ayniqsa yumshoq to‘qima soyasida peshona, burun, lab va boshqa ba’zi nuqtalari aniq ifodalanadi. Rentgen surati boshning to‘g‘ri (fas) holatida olinsa unda yuzning shakli, o‘lchovi bosh chanog‘ining shakli – o‘lchovi kabi belgilar ifodalanadi. O’lgan odamning suyak qoldiqlaridan turli qoliplar ham yasalib tekshiruvga yuborilishi mumkin. Ularga kalla suyagiga gips yoki boshqa yumshoq moddadan qoliplar yasab uning shakli – tuzilishi tiklanadi. Bunday hollarda marhumning tishlaridan qolip olish hodisalari ham uchrab turadi va mazkur ob’ektlar kompleks tekshiruvga yuboriladi. 152
ta’kidlab o‘tgan. YUqoridagi holatga kriminalistik jihatdan baho bering, bunda tergovchi qanday tergov va tezkor qidiruv harakatlarini amalga oshirishi kerak? Ularni amalga oshirish taktikasi va qo‘llaniladigan kriminalistik texnik vositalarni bayon qiling. Ushbu hoglatda odamning portretlari asosida o‘tkaziladigan identifikatsiyaviy tekshiruv olib borish mumkinmi?
Fuqaro D. Yunusobod tuman prokuraturasiga murojaat etib, o‘zining tilla taqinchog‘ini o‘g‘irlab ketishganligini aytdi. Fuqaro D. ning aytishicha, o‘g‘irlik ko‘chada sodir etilgan, u o‘g‘rining kim ekanligini bilmasligini, o‘g‘ri taqinchoqni egasidan yulib olib ketganligini ta’kidladi. Keyinchalik surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida hodisa joyini ko‘zdan kechirilganida va atrofda bir qancha do‘kon sotuvchilari bilan so‘rov o‘tkazilganida ulardan biri jinoyatchini yuzini ko‘rganligini lekin kimligini tanimasligini aytdi. Mazkur ish bo‘yicha tergovchi dalillarni to‘plash uchun qanday tergov harakatlarini amalga oshirishi mumkin? O‘hrini tashqi qiyofa belgilari bo‘yicha identifikatsiya qilish mumkinmi? Odam tashqi qiyofasi bo‘yicha qanday tartibda identifikatsiya qilinadi?
153
11-MAVZU. KRIMINALISTIK RO‘YXATGA OLISH
Kriminalistik ro‘yxatga olish tushunchasi va uning ahamiyati. Kriminalistik ro‘yxatga olish tizimi. Kriminalistik ro‘yxat turlari.
Kriminalistik ro‘yxatga olishdan jinoyatni tergov qilish va oldini olish maqsadlarida foydalaniladi. Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda tergovchi va tezkor xodim kriminalistik ro‘yxatga olish deb ataluvchi turli xildagi hisobga olish axborotlaridan muntazam foydalanadilar. Ro‘yxatga olish yordamida shaxslar, izlar, narsalar va boshqa turli ob’ektlar haqida kriminalistik jihatdan ahamiyatli axborot olinadi. Bunday axborot tergov va tezkor-qidiruv yo‘li bilan to‘planadi. Hisobga olish tizimi muntazam takomillashib bormoqda. Dastlab u jinoyatlarni ro‘yxatga olish tariqasida boshlanib, so‘ngra jinoiy ta’qib qilingan shaxslarni hisobga olgan. Hozirgi vaqtda bunday shaxslardan tashqari bir talay boshqa ob’ektlar ham hisobga olinadi. SHu sababli “kriminalistik ro‘yxatga olish” atamasi “jinoyatlarni ro‘yxatga olish”dan ko‘ra zamonaviy hisoblarni to‘laroq aks ettiradi. Kriminalistika amaliyoti bu xil axborotlarni ularning yaroqliligi jihatidan tekshiruvdan o‘tkazadi, bir xillari ko‘p yillar davomida mavjud bo‘ladi, boshqalari o‘zgaradi va bekor qilinadi. Jinoyat-protsessual qonunida kriminalistik ro‘yxatga olish nazarda tutilmagan, u qonun osti hujjatlari – buyruqlar, yo‘riqnomalar, dastur- qo‘llanmalar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda tergovchining, tezkor xodimning, prokurorning, sudyaning so‘rovi hamda qiziqtiruvchi ob’ekt ro‘yxatga olishdan o‘tkazilganini ko‘rsatuvchi holatlar mavjud. Ular ilgarigi ro‘yxat bo‘yicha tekshiriladi. Tekshirish natijalari yuzasidan javob tayyorlanib, so‘rovchiga yuboriladi. Ba’zan tergovchi va Esda tuting! Kriminalistik ro‘yxat (jinoyatni qayd qilish) deb, jinoyat sodir qilgan shaxs, shuningdek, jinoiy voqea bilan sababli bog‘lanishda bo‘lgan narsalar haqida ma’lumotlarni qayd qilish, yig‘ish va tartibga solishning ilmiy usuliga aytiladi. 154
prokuratura xodimlari o‘zlari so‘rab olmay, bu ishni qonunga muvofiq surishtiruv organlariga topshiradilar. Kriminalistik hisobga olishlar yordamida qidirilayotgan va vafot etgan fuqaroning shaxsini, avvalgi sudlanganlikni, jinoyatlarni sodir etishda ilgari qatnashganlikni, qurol, raqamlangan ashyolar singari narsalarning kimga tegishliligini, bir xil usulda, bir shaxs, shaxslar guruhi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turkumini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Hisobga olinishi lozim bo‘lgan ob’ektlar jumlasiga ma’lum va noma’lum odamlar, narsalar izlar, hujjatlar, hayvonlar, ochilmagan jinoyatlar kiradi. Ma’lum odamlar – bular qidiruv e’lon qilingan, hibsga olingan, ushlab turilgan, sudlangan, bedarak yo‘qolgan, daydilik va tilamchilik bilan shug‘ullanuvchilar tezkor qiziqish uyg‘otuvchi shaxslardir. Noma’lumlar – tanilmagan murdalar, yashiringan jinoyatchilar, ruhiy kasallar va shaxsi aniqlanmagan bolalardir. Ma’lum narsalar – yo‘qolgan o‘qotar qurol, o‘g‘irlangan ashyolar, olib qochilgan avtomobillardir. Noma’lum ashyolar esa, aniqlangan o‘qotar qurol, soxta pul birliklari va turli hujjatlarni yasashda ishlatilgan bosma qoliplar, ochilmagan jinoyatlar joyidan olingan buzib kirish qurollaridir. Ochilmagan jinoyatlar joyida topib olingan barmoq izlari, qalbaki hujjatlar, qog‘oz pullar va qimmatli qog‘ozlar, o‘g‘irlangan va sayoq yurgan chorva mollari hisobga olinadi. Guruhlari va xususiy alomatlari bo‘yicha tasniflash kerakli axborotni tezda axtarib topishni ta’minlaydi. Alomatlarni qayd etish usullaridan, bayon qilishdan tashqari, fotosuratga olish, sxema tarzida tasvirlash, bosib tushirilgan izlar va ob’ektlarni asl holida to‘plash qo‘llaniladi. Hisobga olish shakllari tariqasida kartotekalar, videotekalar, jurnallar, fotoalbomlar, EHM kolleksiyalaridan foydalaniladi. Esda tuting! Kriminalistik ro‘yxatga olishni kriminalistik ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, izlash va qiyosiy tekshirish bo‘yicha faoliyat sifatida ta’riflash mumkin. Ro‘yxatga olish jarayonini hisobga olish ob’ektlarini aniqlashdan, ularning guruh holidagi va xususiy alomatlarini, shu alomatlarni qayd etish usulini, hisobga olish shaklini, ro‘yxat hujjatlarini joylashtirish, kerakli ob’ektlar to‘g‘risida va ob’ektlarni hisobdan chiqarish qoidalari haqida ma’lumotlar olish tartibini belgilab qo‘yishdan iborat. 155
Kriminalistik ro‘yxatga olishning ahamiyati avvalo moddiy ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatga egaligi, ularning barqaror va takrorlanmas alomatlari, shuningdek, ob’ektlar o‘zaro ta’sirda bo‘lganda o‘z xossalarini boshqa ob’ektlarda aks ettirish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Hisobga olinadigan ob’ektlarning tasnifi ham ilmiy asoslarga - tur bildiruvchi va xususiy alomatlardan tarkib topadi. Ro‘yxatga olishning ilmiy asoslari ko‘p hollarda tekshirishlarning natijalaridan dalillar tariqasida foydalanish imkonini beradi. Kriminalistik ro‘yxatga olish tizimi Ma’lumotlarni jamlash imkoniyatlari va zaruriyatiga, xizmat ko‘rsatiladigan hududning katta-kichikligiga qarab barcha hisobga olishlarni quyidagi uch
guruhga bo‘lish
mumkin, bular:
markazlashtirilgan, mahalliy va aralash (markazlashtirilgan-mahalliy).
Markazlashtirilgan – mahalliy hisobga olishlar ham markazda, ham joylarda bir xil turdagi ob’ektlarni ro‘yxatga olishni nazarda tutadi. Bu qaydlar ko‘proqdir. Ulardan foydalanishda shuni nazarda tutish kerakki, joylarda hisobga olinadigan bir xil nomdagi ob’ektlarning barchasi ham markaziy devonlarda ro‘yxatdan o‘tkazilavermaydi. Masalan, har qanday jinoyat uchun hukm qilinganlar, jazo muddatidan qat’i nazar, mahalliy hisobga olishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, IIV Axborot markazida esa faqat xavfli jinoyatlar uchun, shuningdek, boshqa jinoyatlari uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlar hisobga olinadi. SHu sababli sudlanganlikni ayblanuvchi ilgari hukm qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa mintaqalarda ham tekshirish kerak bo‘ladi.
markazida va IIV Ekspert-kriminalistika markazida olib boriladi. Mahalliy hisobga
olishlar Qoraqalpog‘iston respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahridagi ichki ishlar idoralarining tegishli axborot markazlarida, jinoyat qidiruvi va ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida olib boriladi. Ba’zi hisobga olishlar quyi bo‘g‘inlarda – ichki ishlar organlarining shahar, tuman, yo‘l bo‘limlarida olib boriladi. 156
Hisobga olishlar qaydlov-ma’lumotnoma (alfavitli-daktiloskopik), tezkor-qidiruv, kriminalistik ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar tarzidagi qayd etishlarga bo‘linadi.
(markazlashtirilgan- mahalliy) sudlanganlar, ushlab turilganlar, hibsga olinganlar, qidiruv e’lon qilingan shaxslar, daydilik yoki tilamchilik qilgani uchun ushlab turilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisobga olish ikkita o‘zaro bog‘liq kartochkada amalga oshiriladi, bular: a) familiyalar bo‘yicha va b) ro‘yxatga olishning o‘n barmoqli tizimiga asoslangan daktiloskopik. Alfavitli kartotekada demografik ma’lumotlar va sudlanganlik, hibsga olishlar, ushlab turishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari daktiloskopik formula ko‘rsatiladi. Unda hukmning o‘zgartirilishi, umumiy yoki xususiy afv qo‘llanilganligi, jazo o‘talgan vaqt va joy, shaxsning qidiruvda bo‘lishi qayd etiladi. Daktiloskopik xaritada (quyida uning namunasi keltirilgan) demografik ma’lumotlar, to‘liq daktiloskopik formula, o‘nta barmoq izi, sudlanganlik, hibsga olinish haqidagi ma’lumotlar, alohida belgilar kiritiladi. Daktiloskopik kartoteka bo‘yicha ushlab turilganlar, hibsga olinganlar, vafot etganlar, halok bo‘lgan noma’lum fuqarolar (tanilmagan murdalar), hujjatsiz, o‘zi haqida hech qanaqa ma’lumotni ma’lum qila olmaydigan fuqarolarning shaxsini aniqlash mumkin.
Kriminalistik ro‘yxat turlariga tezkor-qidiruv hisobga olishlar kiradi. Bedarak yo‘qolgan shaxslar, noma’lum bemorlar va tanilmagan murdalar hisobi respublika IIV Axborot markazida, IIB Axborot markazlarida yuritiladi. Bu hisobga olish sababsiz g‘oyib bo‘lgan shaxslar, uyidan yoki tibbiyot muassasalaridan qochib ketgan voyaga
Axborot markaziga; 2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tegishli IIV Axborot markaziga va 3) shaxs boshqa hududda ham yashaganligi haqida ma’lumotlar bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda o‘sha hududdagi Axborot markazlariga ham so‘rovlar yuboriladi. 157
etmaganlar, ma’muriyat ruxsatisiz nogironlar uylari va qariyalar uylarini tark etgan nogironlar va qariyalar; sog‘lig‘i holatiga ko‘ra o‘zi haqida hech qanday ma’lumot bera olmaydigan, davolash statsionarlari, nogironlar va qariyalar uylarida, bolalar uylari va internatlarida turgan shaxslar; noma’lum fuqarolarning murdalari kiritiladi. Ana shu hisobga olish bo‘yicha shuningdek, tergovdan, suddan, jazoni o‘tashdan yashiringanlar va boshqa qidirilayotgan shaxslar tekshiriladi. Hisobga olish uchta mustaqil parallel kartotekalarda olib borilib, ularda yagona namunaviy nusxadagi tanib olish kartochkalari bo‘ladi. Bedarak yo‘qolgan shaxsni tanib olish kartochkasi uning demografik ma’lumotlarini, tashqi ko‘rinishi, kiyim-kechagi tavsifini, ajralib turadigan (o‘ziga xos) belgilarini, tishlarining holatini, kasbi, mashg‘uloti turi, g‘oyib bo‘lishi holatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kartochkaga ro‘paradan, chap va o‘ng yondan olingan fotosuratlar, suratga olish vaqti ko‘rsatilgan holda, yopishtirib qo‘yiladi. Tanib olish kartochkasiga, agar ilgari shaxs daktilosnusxa qilingan bo‘lsa, daktilokarta ilova qilingan bo‘ladi. Tanilmagan murdalarga doir tanib olish kartochkasi murdaning bo‘yini va ko‘rinishidan yoshini, topilgan sanasi va joyini, vafot etish sababi va vaqtini, yorib ko‘rish sanasini, murdaning holatini, u ko‘milgan joyni, tashqi ko‘rinishi, kiyim-kechagi tavsifini, tishlarining holati, ajralib turadigan belgilari, sog‘lig‘ining hayotligidagi holatini aks ettiruvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kartochkaga murda tartibga keltirilgandan keyin olingan uchta (ro‘paradan, o‘ng va chap yondan olingan) surat qo‘shib qo‘yiladi, agar barmoq izlarini olish imkoniyati bo‘lsa, unga daktilokarta ilova qilinadi. Ob’ektni hisobga qo‘yish paytida uni mavjud kartochkalar bo‘yicha tekshiriladi. Kartochkalar ikki yoki uch nusxada to‘ldiriladi va mahalliy axborot markaziga yuboriladi. Hisobga olish bo‘yicha bundan keyingi yumushlarni axborot markazi xodimlari amalga oshiradilar. Notanish kasalning kartochkasida ham ayni shunday ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Yo‘qotilgan va aniqlangan o‘qotar qurolni hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazida yo‘qotilgan qurolni qidirish va undan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni ochish maqsadida yuritiladi. O‘g‘irlangan, yo‘qotilgan, olib qo‘yilgan (musodara qilingan), topib olingan va g‘ayriqonuniy ravishda saqlanib ixtiyoriy topshirilgan jangovar, sport, ov soyli qurollari: to‘pponchalar – pistoletlar,
158
revolverlar, miltiqlar – vintovkalar, karabinlar, avtomatlar, pulemyotlar va soyli stvolli ov miltiqlari, texnik holatidan qat’i nazar, hisobga olinadi. Agar olib qo‘yilgan, topib olingan yoki topshirilgan qurolda seriyasini, tartib raqamini, ishlab chiqarilgan sanasini yo‘q qilish izlari aniqlansa, uni ana shu belgilarini tiklash uchun ekspert-kriminalistika bo‘linmasiga yuboriladi. Agar quroldan jinoyatni sodir etishda foydalanilgan deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, u ekspert- kriminalistika bo‘linmasidagi mavjud o‘q-gilza qaydnomasi bo‘yicha tekshiriladi. Axborot markazining qurol hisobga qo‘yilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomasining bir nusxasi tegishli jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi. O‘g‘irlangan, olib qo‘yilgan raqamli ashyolar, qadimgi va tasviriy san’at buyumlari (osori atiqalar)ni hisobga olish mintaqaviy axborot markazlarida, O‘zbekiston Respublikasi IIV va shuningdek, shahar, tuman, yo‘l IIB tomonidan olib boriladi. O‘g‘irlangan, olib qo‘yilgan, topilib ixtiyoriy ravishda topshirilgan, xususiy, inventarlash raqamiga yoki antiqiy belgilarga ega bo‘lgan ashyolar (audio, videomagnitofonlar, kino va foto kameralar, soatlar, ov miltiqlari, silliq stvolli miltiqlar va h.k.), madaniy boyliklar (rasmlar, ikonalar, cherkov anjomlari, tanga, orden, medal, marka, zeb- ziynat kolleksiyalari, muzeyga qarashli buyumlar) va boshqa tarixiy, ilmiy hamda qimmatbaho antiqiy, tasviriy san’at buyumlari hisobga olinadi. Tegishli hisobga olish kartochkasida narsaning nomi, hisobga qo‘yish uchun asos bo‘lgan holatlar aks ettiriladi, narsaning, shu jumladan uning o‘ziga xos xususiyatlarining ta’rifi beriladi. Kartochka ashyo haqidagi ma’lumotlar olingan kuni navbatchi qism tomonidan to‘ldiriladi. Bir nusxa navbatchi qismda qoladi, ikkitasi IIV, IIBB, IIB mintaqaviy axborot markaziga yuboriladi. Axborot markazi xodimlari bu ashyo oldin hisobga olingan-olinmaganini tekshiradilar. Raqamlanmaydigan ashyolarni hisobga olish mahalliy xususiyatga ega bo‘ladi va shahar, tuman, yo‘l ichki ishlar organlarida olib boriladi. O‘g‘irlangan ashyo uchun tuzilgan kartochka narsaning nomini, uning tavsifini va hisobga qo‘yishga asos bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga oladi. Raqamlanmaydigan ashyolar hisobiga faqat o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ashyolar olinadi. Ashyo boshqa mintaqa hududida o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin degan taxmin bo‘lsa, tegishli axborot
159
markaziga so‘rov yuboriladi. O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lmagan bir nechta bir xil ashyoga bir nusxadagi kartochka to‘ldiriladi. Katta hajmdagi axborotni qayd etish va zarur ma’lumotlarni tezda olish imkonini beradigan EHMlar joriy etilishi munosabati bilan kriminalistik ro‘yxatga olish imkoniyatlari oshib ketdi.
Avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari (AAQT) universal (avtomatik ma’lumotlar banki – AMB-markaz, AMB-viloyat) va ixtisoslashtirilgan tizimlarga bo‘linadi. Universal maqsadga mo‘ljallangan AAQT axborotni ishlovdan o‘tkazishning kompleks tusda bo‘lishini ta’minlaydigan ko‘p ixtisosli (ko‘p tomonlama) tizimlardir. CHunonchi AMB-viloyatda tezkor- qidiruv hisobiga qo‘yilgan shaxslar, ochilmagan jinoyatlar, raqamli yoki farqlaydigan belgilarga ega bo‘lgan o‘g‘irlangan va olib qo‘yilgan ashyolar, yo‘qotilgan va aniqlangan o‘qotar qurol, o‘g‘irlangan va aniqlangan osori atiqalar, yo‘qotilgan va aniqlangan avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlovdan o‘tkaziladi. Ixtisoslashtirilgan AAQT muayyan turdagi ob’ektlar haqidagi axborotni ishlovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Ular Respublika hududiy va mahalliy tizimlarga bo‘linadi.
Kriminalistika bo‘linmalarida olib boriladigan, ish yuritishda maxsus bilimlar talab qilinadigan hisobga olishlar kriminalistik hisobga olishlar deb ataladi. Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling