Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59

Imzo  qo‘lyozmaning  alohida  bir  turi  bo‘lib,  o‘ziga  xos 

xususiyatlarga  ega.  SHuning  uchun  uni  tekshirish  uslubiyoti  dastxatni 

tekshirish uslubiyotidan bir muncha farq qiladi. 

Ma’lumot  uchun!  Yozish  malakasi  inson  hayotining  ma’lum 

davrida boshlanadi va shakllanadi. Umumiy yozish qoidasi xat bilan 

shug‘ullanuvchiga  boshlang‘ich  ma’lumotni  xusnixat  qoidasi 

asosida  beriladi.  Har  bir  harf-raqamni  yozish  usuli,  ayrim  qism 

elementlarini bir chiziqda joylashuvi yozish jarayonida o‘ziga qulay 

va mos holatni qo‘llab umumiy yozish qoidasi chegarasidan chiqib, 

faqat  o‘ziga  xos  uslubni  yaratadi  va  qo‘llaydi.  Masalan,  yozish 

qurolini  qiya  yoki  to‘g‘ri  parallel  ushlab  yozish  natijasida 

harflarning  o‘ng  yoki  chap  tomon  qiya  bo‘lishi,  yozishning 

yo‘nalishi,  harflarning  bir-birlari  bilan  birikishi,  joylashuvi  kabi 

alomatlar hosil bo‘ladi. 

Yozish  malakasi  o‘rta  maktab  davridan  shakllana  boshlaydi. 

Boshlang‘ich  maktab  o‘quvchilari  yozish  qoidasiga  binoan  harf  va 

raqamlarni yozishda qalam, ruchkani o‘ngdan chapga yoki aksincha 

yo‘nalishda  bajaradilar.  Yozishni  o‘rganish  jarayonida  xatning 

yozilishida  harflar  shakli  sekin-asta  o‘zgaradi,  umum  qoida 

chegarasidan  chiqa  boshlaydi.  Bu  jarayonga  insonning  fiziologik 

xususiyati ta’sir etadi.  

Shu bilan birga dastxat qotib qolgan, o‘zgarmaydigan qobiliyat 

emasdir.  Fiziologiya  dastxatni  o‘zini-o‘zi  boshqaruvchi  murakkab 

funksional qobiliyat sifatida tasvirlovchi. Shunga ko‘ra dastxat turli 

o‘zgaruvchan  sharoitlarda  turg‘unligini,  o‘zgartadi,  muayyan 

chegaralarda,  turli  tusga  kirib  turli  ta’sir  etuvchi  kuchlar  oqibatida 

o‘zgarishi tabiiy holdir. 



 

114 


Dastxat insonning maktabda o‘qib, ilm olish davrida rivojlanadi va 

taxminan o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish arafasida mustahkamlanadi. SHu 

vaqtdan  boshlab  dastxat  bo‘yicha  uni  bajargan  shaxsni  aniqlash 

imkoniyati tug‘iladi.  

Dastxatning  mustahkam  bo‘lib  shakllanishiga  qator  omillar,  ya’ni 

insonning  anatomik,  fiziologik,  psixologik  xususiyatlari,  yozish 

malakasi,  faoliyati  ta’sir  etadi.  SHu  bilan  birga  insonning  o‘ziga  xos 

odat  bo‘lib  qolgan  yozish  harakati  takrorlangan  sari  mustahkamlanib, 

individuallik - aynanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu ilmiy nazariya ko‘p 

yillar  davomida  eksperimental  tadqiqotlar  asosida  va  ekspertiza 

amaliyotida isbot qilingan. 

Dastxatning  tekshiruv  ob’ekti  sifatida  mustahkam  bo‘lishi 

nisbiydir.  CHunki  xat  insonning  ongli  ravishdagi  faoliyatidan  bir 

ko‘rinish  bo‘lib,  unga  ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillar  ta’sir  etadi. 



Ob’ektiv omillar bo‘lib yozish sharoitiga tegishli bo‘lgan holatlar, ya’ni 

atrof-muhit  ta’siri,  yozish  quroli,  qanday  material  -  buyumga  yozilishi 

kabilar hisoblanadi. 

Sub’ektiv  omillarga  yozayotgan  shaxsning  psixologik  kasallik, 

mastlik,  emotsional  va  shu  kabi  insonning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  boshqa 

holatlari kiradi. SHuningdek, yozish jarayonida shaxs qasddan yozuvini 

- imzosini o‘zgartirib yozishga harakat qilishi mumkin. Mana shu sabab 

omillar xatning nisbiy mustahkamligi va individualligini belgilaydi.  

Ko‘rsatilgan omillar dastxatning ayrim umumiy xususiyatiga ta’sir 

etib, 

asosiy 


individuallik 

vaqti 


sharoitiga 

nisbatan 

bo‘lgan 

mustahkamligi  xatni  (imzoni)  bajargan  shaxsning  aynanligini  belgilash 

uchun imkon beradi. 

Ekspertiza  tekshiruvi  natijasida  yozgan  shaxsni  aniqlash  bilan  bir 

qatorda,  xatning  yozilish  sharoitini,  yozgan  shaxsning  salomatlik 

holatlari  ham  aniqlanishi  mumkin.  Bunday  holatlar  xatdagi  “nutq” 

umumiy,  xususiy  belgilar  asosida  amalga  oshiriladi.  Masalan, 

yozayotgan  shaxsning  ruhiy  hayajoni  va  boshqa  holatlari  odatlangan 

yozish  usuliga  ta’sir  etib,  shu  bois  yozuvning  bir  tekisligi  buziladi, 

yozish tezligi yuqori bo‘ladi yoki pastlashadi. Natijada xatning aniqligi, 

ravonligi  o‘zgaradi,  harflar  tuzilishi  bir  muncha  soddalashadi. 

Qo‘lyozmada  ayrim  buzilishlar  kuzatiladi.  O‘ziga  xos  holatlar  yozish 

sharoitining o‘zgarishida ham yuz beradi. Masalan, tik turib yoki yotgan 

holda  yozish,  qo‘lning  jarohatlanishi  natijasida  chap  qo‘l  yoki  boshqa 

moslama bilan yozish va hokazo.  

 


 

115 


Dastxatning identifikatsiyaviy belgilari 

 

Xat,  imzo  va  boshqa  qo‘lda  yozilgan  matnlarni  kim  tomonidan 



bajarilganligini  aniqlashda  qo‘llanadigan  uslub  dastxatshunoslik  usluji 

deb  ata  ladi.  Identifikatsiyaviy  belgilar  esa  tekshiruv  tadqiqot,  izlanish 

aniqlashda vosita bo‘ladigan xatning belgi - alomatlaridir.  

Dastxatshunoslik  ekspertizasini  o‘tkazishda  ekspert  dastxatda 

mavjud  bo‘lgan  quyidagi  belgilarni  o‘rganib,  tahlil  qilib  tekshiruv 

o‘tkazadi.  

1.

 

Dastxatning mazmuniga oid sifatlari. 



2.

 

Topografik  belgilar  (xat,  imzo,  raqam,  yozuvlarning  hujjatda 



joylashuv xususiyatlari); 

3.

 



Dastxatni yozish usulining umumiy sifat va belgilari; 

4.

 



Xatning alohida (xususiy) belgilari. 

Dastxatning  birinchi  guruhdagi  sifat  belgilarini  “nutq-belgilari” 

deb ham ataydilar. Bu belgilar yozgan shaxsning umumiy saviyasini aks 

ettiradi.  Bularga  nutq  xususiyati,  so‘z  boyligi  darajasi,  so‘zlar  o‘z 

o‘rnida  ishlatilishi,  jumla  tuzilishi,  so‘zlashuvda  saqlangan  sheva  va 

xorij  iboralarining  xatda  aks  etishi,  grammatik  xatolarning  odat  bo‘lib 

qolishi  kabilar  kiradi.  Mazkur  sifat  belgilari  ma’lum  hajmda  yozilgan 

qo‘lyozma matnda ifodalanadi. Imzo va qisqa bo‘lgan jumla yoki raqam 

yozuvlarida nutq belgilari to‘la aks etmaydi. 

Xatshunoslik  ekspertizasida  nutq  belgilari  yordamchi,  qo‘shimcha 

belgilar  vazifasini  o‘taydi  muallifshunoslik  ekspertizasida  esa  u  asosiy 

o‘rin egallaydi. Dastxatning umumiy belgilari uch guruhga bo‘linadi: 

1.  Dastxatning  shakllanish  darajasini  bildiruvchi  belgilar: 

dastxatning  ishlanish  darajasi,  harakat  aniqligi,  bog‘lanish,  yozish 

tezligi, bosimi; 

2.  Harakatlar  tuzilishini  bildiruvchi  belgilar:  dastxat  tuzilishi, 

ustunlik  qiluvchi  harakat  shakli,  harflar  o‘lchami,  oralig‘i,  qiyaligi, 

harflarning bo‘yi va eni bo‘yicha o‘lchami; 

3.  Topografik  belgilar,  ya’ni  qo‘lyozma  bitilganda  harakatlarni 

joylanishini bildiruvchi belgilar: yozuv chizig‘ining shakli va yo‘nalishi, 

tipografik  blanka  chizig‘iga  nisbatan  joylanishi,  hoshiya  o‘lchami, 

hoshiya  chizig‘ining  shakli,  so‘zlar  va  qatorlar  orasidagi  masofa  va 

boshqalar. 

Har  bir  umumiy  belgining  o‘z  sifatlari  aniqlanadi.  Masalan, 

dastxatning  ishlanish  darajasiga  ko‘ra  xatning  yuqori,  o‘rta  va  past 

darajada bajarilish sifatlari belgilanadi. YUqori darajada ishlov berilgan 



 

116 


xatning  yozilish  tezligi  ham  shunga  mos  bo‘lib,  harflarning  umumiy 

tuzilishi  asosan  bir  muncha  soddalashtirilgan,  noaniq  bo‘ladi.  So‘z  va 

harflar  o‘zaro  bog‘langan  bo‘lib,  bir  chiziq  yo‘nalishida,  qo‘lning 

avtomatik harakati natijasida, qalam - ruchka qog‘ozda uzilmagan holda 

bajariladi. 

YUqorida  keltirilgan  belgilar  umumiy  bo‘lib,  yozgan  shaxsning 

qaysi  guruhga  mansubligini  bildiradi,  ya’ni  “dastxati  yuqori  darajada 

ishlangan shaxslar, xatni yirik (mayda) yozadigan shaxslar” degan fikrni 

beradi va hujjatning yakka yozgan shaxsni aniqlashda izlanish doirasini 

bir muncha toraytiradi va identifikatsiya - aynanlikni aniqlashda birinchi 

bosqich bo‘lib xizmat qiladi. 

Lekin  umumiy  belgilar  ham  o‘z  ahamiyatiga  ega  bo‘lib,  ma’lum 

vazifalarda  tasnifiy  va  darajaviy  masalalarni  echishga  imkon  beradi. 

Masalan,  tekshiriladigan  hujjat  yuqori  darajada  ishlangan  dastxat  bilan 

bajarilgan vaziyatda uni bajarishda gumon qilinuvchi shaxs dastxatining 

ishlanish  darajasi  past  bo‘lsa,  u  holatning  o‘ziyoq  hujjat  gumon 

qilinuvchi tomonidan bajarilmagan degan xulosaga asos bo‘ladi. Har bir 

umumiy  belgi  guruhi  qator  alohida  xususiy  belgilarni  ifodalaydi  va  bir 

qancha guruhga bo‘linadi. Bunda qo‘shimcha ravishda xususiy belgilar, 

xatning  ayrim  harflar  va  ularning  qism  elementlari  aks  etadi.  Mantiq 

ilmining  qoidasi  asosida  umumiy  tushuncha  xususiy  alomatlarda  ifoda 

etiladi,  xususiy  belgi  alomatlar  yig‘indisi  esa  umumiy  sifat  haqida 

xulosa  chiqarishga  imkon  beradi.  Mana  shu  ilmiy  holat  xatshunoslik 

tekshiruviga to‘la tatbiq etiladi. 

Xususiy belgilar bir sifatda bo‘lmay ayrim yoki bir qator harflarda 

namoyon  bo‘lishiga  qarab  alohida  va  yagona  (faqat  bir  harfda) 

uchraydigan  belgilarga  ajratiladi.  Masalan,  bir  nechta  -  “z”,  “d”,  “u” 

harflarida bir xil shaklda bo‘lgan satr tagidagi halqa qismi alohida belgi 

qatoriga  kiradi.  Agar  bunda  bitta  harfda  halqa  shakli  faqat  o‘ziga  xos 

bo‘lsa,  u  xususiy  belgilar  qatoriga  kiradi.  Harflarning  harakatini 

murakkabliligi  bo‘yicha  tuzilishi,  harf  elementlarini  bajarishda  harakat 

yo‘nalishi,  shakli  va  bo‘yi  (vertikal)  va  eni  (gorizontal)  bo‘yicha 

ko‘lami,  birlashtirish  usuli,  soni  (miqdori),  ketma-ketligi,  bosimning 

o‘zgarishi,  yozish  harakatining  boshlanishi,  tugallanishi,  ulanish, 

kesilish nuqtasi joylanishi va boshqalar xususiy belgilar guruhini tashkil 

qiladi.  

Kriminalistikaga  oid  so‘nggi  tadqiqotlarda  dastxatning  yana  bir 

qancha integrativ belgilari haqida so‘z yuritilgan. Bu belgilar umumiy va 

xususiy  belgilar  o‘rtasida  o‘rin  egallab,  dastxatdagi  asosiy  harakatni 


 

117 


bildiradi. Masalan, bir necha harflar va ularning elementlarini bajarishda 

halqasimon chap aylanmali harakat kuzatiladi. 

Dastxatning umumiy va xususiy belgilari muayyan vaqtga nisbatan 

mustahkam  bo‘lib,  umumiy  individuallik  va  (turg‘unlik)  xususiyati 

nisbiydir. Bu tushunchani quyidagicha sharhlash mumkin. Xatni, imzoni 

bajarayotgan  shaxs  o‘z  ixtiyori  bilan  yoki  biror  shart-sharoit  ta’sirida 

beixtiyor  o‘zgartirib  yozishi  mumkin.  Bu  holda  umumiy  belgilarning 

o‘zgarishi to‘la yoki qisman osonroq amalga oshadi, xususiy belgilarda 

qisman o‘zgarish yuz beradi, umumiy aynanlik xususiyati esa o‘zgarmay 

yozuvda saqlanib qoladi. 

Hujjat  jinoiy  harakat  uchun  qurol  sifatida  ishlatilgan  hollarda  uni 

qo‘lyozma  qismlarini  (harf,  raqam,  imzo  kabilar)  bajarayotgan  shaxs 

tergov  jarayonida  uni  tekshirilishi,  kim  tomonidan  yozilganligini 

aniqlanishini  avvaldan  biladi  yoki  shunday  imkoniyat  bo‘lishini  sezadi. 

SHuning 

uchun 


qalbaki 

yoki 


noqonuniy 

hujjatni 

tuzishda, 

rasmiylashtirishda  yoziladigan  raqam-sonlar,  so‘z  bilan  ifodalanadigan 

buyruq  –  ko‘rsatmalarni  tasdiqlovchi  imzolarni  bajarish  jarayonida 

yozayotgan  shaxs  xatini  o‘zgartirib  yozishga  harakat  qiladi.  Hujjatni 

qalbakilashtirishda ko‘p hollarda jinoyatchi o‘zining imzosini o‘zgartirib 

yoki  imzoni  boshqa  mansabdor  shaxs  nomidan  uning  imzosiga 

o‘xshatishga  taqlid  qilib  bajaradi.  Lekin  qasddan  o‘zgartirib  yozilgan 

xatning  asosiy  qismida  belgilar  to‘laligicha  o‘zgarmas  holda  saqlanib 

qoladi.  Ko‘p  yillar  davomida  shakllangan  va  individuallik  xususiyatiga 

ega  bo‘lgan  dastxat  to‘la  o‘zgarishi  mumkin  emas.  Bu  masala 

kriminalistik ekspertizaning ko‘p yillik izlanishdagi nazariyasi va amaliy 

faoliyati davomida o‘z isbotini topgan.  

Dastxat ataylab o‘zgartirib yozilgan qo‘lyozmada, asosan umumiy 

belgi  sifatlarning  odatdagi  yozilishidan  bir  muncha  o‘zgarish 

alomatlarini  kuzatish  mumkin.  Bular  quyidagilardir:  yozish  jarayonida 

tezlik  susayadi,  natijada  harf  va  ularning  birikmalari  alohida-alohida 

yozilib,  qo‘lning  titrashi  yozuvda  aks  etadi.  Xatni  mikroskop  (lupa) 

ostida  bir  muncha  kattalashtirib  kuzatilganda  yozishdagi  harakatning 

ayrim joylarida to‘xtash nuqtalarini ham ko‘rish mumkin. Oval shaklida 

yoziladigan  harf  qismlarida  oval-aylanma  joylarida  burchaklar  hosil 

bo‘lishi,  yozishdagi  yo‘nalishning  o‘zgarishida  harflarning  hajmi  va 

chiziqda 

joylashuvini 

tuzilishi, 

umumiy 

yozishdagi 



avtomatik 

harakatning susayishi kabi alomatlarni kuzatish mumkin bo‘ladi. 

Hujjatlardagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi imzolar ham xatshunoslik 

tekshiruvi  ob’ekti  hisoblanadi.  SHuning  uchun  yuqorida  keltirilgan 



 

118 


umumiy  va  xususiy  belgilar  tizimi  imzolarni  tekshirishda  ham 

to‘laligicha  qo‘llaniladi.  SHu  bilan  birga  imzolarni  o‘ziga  xos  bo‘lgan 

ba’zi  xususiyatlariga  nisbatan  alomatlari  ham  mavjuddir.  Bular 

imzoning umumiy tuzilishi va transkripsiyasi; harfli, harfsiz, aralash harf 

yoki  harfsiz  chiziqlar  birikmasidan  tashkil  topgan  imzolardagi 

belgilardir.  Harfli  imzo  deb  faqat  harflardan  tuzilgan  imzoni 

ifodalaydilar.  Harflar  va  o‘qilmaydigan  aylanma  chiziqlardan  hosil 

bo‘lgan  imzolar  aralash  imzolar  deyiladi.  Harfsiz,  ya’ni  faqat  o‘qib 

bo‘lmaydigan, harf shakliga o‘xshagan chiziqlardan tashkil topgan imzo 

esa chiziqli imzo deyiladi. 

Ba’zi  shaxslar  imzosining  boshlanish  qismida  o‘zining  ismidagi 

bosh  harf  bilan  otasining  ismini  bosh  harfiga  qo‘shib  “monogramma” 

shaklida yozadi. So‘ng boshqa harf yoki chiziqlar bilan tugatadi, chiziq 

osti  va  ustiga  qo‘shimcha  bezaklar  kiritadi.  Imzoni  tugatadigan  turli 

shakldagi chiziqlar jimjima deb ataladi.  

 

Raqam va boshqa belgilar bilan ifodalangan yozuvlar ham mazkur 



ekspertiza  ob’ekti  sifatida  tekshirilib,  belgilarini  tavsiflash,  matnining 

hajmiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu  yozuvlarda  ham  insonning  yozish 

malakasining o‘ziga xos individuallik xususiyati aks etadi. 

Insonning  xizmati,  hunari,  mutaxassisligi  tufayli  uning  xizmat 

faoliyatida  bitta  emas  bir  necha  ko‘rinishga  ega  bo‘lgan  yozuvlari 

(imzolari)  bo‘lishi  mumkin.  Har  bir  ko‘rinishdagi  umumsifat  belgilari 

shaxsning individuallik yozish xususiyatini saqlab qoladi va aks ettiradi. 

Bular dastxat (imzo)ning turli variantlari deb ataladi. 



Ma’lumot  uchun!  Imzo,  qanday  shaklda  yozilganidan  qat’i  nazar, 

xatshunoslik tekshiruv ob’ekti bo‘lib dastxat belgilar ta’rifi bularga to‘la 

tatbiq  qilinadi.  Lekin  imzoning  o‘ziga  xos  xatshunoslik  ekspertizasi 

xususiyatlari  ham  mavjud.  Imzoda  muayyan  shaxsning  guvohlik  belgisi 

bo‘lgani  sababli  uni  tekshirish  uslubiyoti  avval  imzo  asl  qalbakiligini 

aniqlashni  talab  qiladi.  Faqatgina  imzo  qalbakilashtirilganligi  qat’iy 

tasdiqlansa,  uni  gumon  qilinuvchi  shaxslardan  qaysi  biri  bajarganligini 

tekshirish mumkin. Xususan “A” nomidan qo‘yilgan imzo “A”ning o‘zi 

bajarganligini  aniqlamasdan,  shu  imzoni  “B”  yoki  “V”  tomonidan 

bajarilganmikan  degan  masalani  hal  qilib  bo‘lmaydi.  Ammo  havoyi 

(haqiqatda  bo‘lmagan)  va  tergov  tomonidan  aniqlanmagan  shaxslar 

nomidan qo‘yilgan imzolarni tekshirish bu qoidadan istisnodir. 



 

119 


Qo‘lyozma  xatlarini  aynan  kim  tomonidan  qanday  sharoitda  yoki 

holatda  yozilganligini  aniqlash  uchun  bir  guruhdagi  umumiy  yoki 

xususiy  belgilarning  o‘zi  kifoya  bo‘lmaydi,  balki  qat’iy  aniq  va  bexato 

xulosa berish uchun belgilarning barcha guruhlari yig‘indisi tavsiflanadi. 

Namuna bo‘lgan hujjatlarning yozuv xat belgilar yig‘indisiga solishtirib 

tekshirilgandan so‘nggina aniq xulosaga kelish mumkin bo‘ladi. 



 

Xatshunoslik tekshiruvining uslubiyoti 

 

Xatshunoslik  ekspertizasini  o‘tkazishda  qo‘llanadigan  tekshiruv 



usullari  kriminalistik  diagnostika  va  identifikatsiya  nazariyalarining 

umumiy uslubiyoti qoidasiga asosan o‘tkaziladi. SHu bilan birga mazkur 

ekspertizaning mohiyati, tekshiriluvchi ob’ektlarning o‘ziga xos bo‘lgan 

xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  ekspert  zarur  bo‘lgan  boshqa 

usullarni ham qo‘llashi mumkin. 

Tekshiruvning  birinchi  bosqichida  ekspert  yuborilgan  ekspertiza 

materiali  bilan  tanishib  chiqadi,  uni  tayinlash  uchun  qanday  zarurat 

tug‘ilganligini,  ekspertiza  hal  qiladigan  masalalar  aniq  ifodalanganligi, 

tekshirish  uchun  yuborilgan  ob’ektlarning  (hujjatlarning)  mavjudligi  va 

boshqa ma’lumotlarni aniqlaydi. 

Ekspert  tekshiruvining  navbatdagi  vazifasi  ashyoviy  dalil  bo‘lgan 

hujjatning  qo‘lyozma  matnlarini  (harfli,  raqamli)  va  imzolarning 

mansublik sifatlari va xususiy belgilarini tahlil qilishdir. Ular ichida bir 

xil  harflarda  takrorlanadigan  va  turg‘unlik  xususiyatiga  ega  bo‘lgan, 

mustahkam shakllangan belgilar inobatga olinadi. 

Taqqoslab tekshirishga yuborilgan dastxat (imzo) namunalari ham 

shu  tariqa  alohida-alohida  ko‘zdan  kechiriladi.  Qo‘lyozmani  (imzoni) 

bajarishda  gumon  qilingan  shaxslarning  soniga  qarab,  ularning 

ayrimlarini  guruh  mansubligi  asosida  tanlab  dastxatlardagi  umumiy  va 

xususiy belgilarni aks ettiradigan jadval chizmalar tayyorlanadi. 

Dastxat  va  imzodagi  belgilar  harflarning  alfavit  tartibida 

joylashuvi  asosida  tahlil  qilinib,  ulardagi  xususiyat  tegishli  tartibda 

jadvalga  tushirilsa  solishtirib  tekshirish  bosqichida  bir muncha  qulaylik 

tug‘iladi.  Birinchi  navbatda  umumiy  belgilarga  e’tibor  beriladi,  chunki 

ular  yozgan  shaxsning  umumiy  yozish  saviyasi,  dastxatning 

shakllanishidan dalolat berib, gumon qilinuvchi shaxslar orasidan ayrim 

shaxslarning xatini ajratib olish imkonini beradi.  

Alohida  ko‘zdan  kechirish  jarayonida  ekspertizaga  taqdim 

etiladigan namunalar ham o‘zaro solishtiriladi, ya’ni bir shaxs nomidan 


 

120 


yuborilgan  dastxat,  imzo  namunalari  (erkin,  eksperimental  va  boshqa 

turdagilar) necha shaxs tomonidan bajarilgani ham hal qilinadi, shundan 

so‘ng  ularni  ashyoviy  dalil  bo‘lgan  hujjatning  qo‘lyozmasi  bilan 

solishtiriladi. 



Tadqiqot  jarayonida  tekshiriluvchining  qo‘lyozma  (imzo)lardagi 

qasddan o‘zgartirib yozilgandan hosil bo‘lgan umumiy va xususiy belgi 

alomatlari alohida inobatga olinadi. Bu holatlar xatni yozish sharoiti, uni 

o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi. 

Imzolarni  tekshirishda  imzoning  harfli  qismidagi  umumiy  va 

xususiy belgilari, harfsiz chiziqlar, aylanma sirtmoqsimon yozuvlarning 

yo‘nalishi,  o‘zaro  joylashuvi  imzoning  oxirgi  yakunlovchi  qismi, 

jimjimaning  belgi  xususiyatlarini  aniqlab,  ana  shunday  belgi  sifatlarni 

namuna  bo‘lgan  imzolarda  ham  mavjudligini  kuzatish  lozim.  So‘ngra 

solishtirish  uchun  tanlangan  belgilar  jadvalga  kiritilib,  o‘xshash  harflar 

va harfsiz o‘qilmaydigan chiziqlardagi alomatlar belgilanadi. 

Ashyoviy  dalil  bo‘lgan  hujjatdagi  imzolar  ko‘p  hollarda  ularni 

bajargan  shaxslar  tomonidan  o‘zgartirilib  yoziladi.  Bunday  hollarda 

imzodagi  belgilar  qisman  yoki  to‘la  o‘zgarib  ketishi  mumkin. 

YOzayotgan  shaxsning  imzosi  shaklan  o‘zgarsada,  uning  o‘ziga  xos 

bo‘lgan  yozish  uslubi  ko‘pincha  imzoning  oxirgi  qismida  saqladi, 

o‘zgarishsiz qoladi. 

Bu  vaziyatda  gumon  qilinuvchi  dastxatining  namunalaridan 

foydalanish, ulardan solishtiruv uchun tegishli harflarni topib taqqoslab 

o‘tkazish o‘z samarasini berishi mumkin. 

Ekspert  tekshiruvining  ikkinchi  bosqichida  alohida  tahlil  qilish 

natijasida  kuzatilgan  dastxat,  imzo  belgilari  o‘zaro  solishtirilib 

taqqoslanadi.  Gumon  qilingan  shaxslarning  soniga  qarab  ularning  xat 

namunalarini  har  birini  tekshiriluvchi  xat  bilan  tegishli  tartibda 

navbatma-navbat  solishtiriladi,  guruh  mansubligi  asosida  o‘xshash  xat 

Ma’lumot uchun! Ba’zilar, rahbar, mansabdor shaxslar nomidan 

qo‘yilgan  imzolarni  unga  taqlid  qilib,  o‘xshatib  yozishga  harakat 

qiladilar,  ya’ni  qalbakilashtiradilar.  Qalbakilashtirilganda  imzoning 

uzun-qisqaligi, tuzilishi va boshqa umumiy belgilari to‘la yoki qisman 

o‘zgaradi.  Bu  hol  imzoning  qalbaki  ekanidan  xabar  beradi  va  ba’zi 

hollarda 

belgilarni 

soniga-sifatiga 

qarab 

kim 


tomonidan 

bajarilganligini ham aniqlash mumkin bo‘ladi. 



 

121 


namunalari  umumiy  to‘plamdan  ajratib  olinadi.  Tekshirilayotgan 

hujjatdagi  dastxat  (yozuv.  imzo)  bilan  ajratib  olingan  namunalardagi 

barcha  guruhdagi  belgilar  solishtiriladi.  Umumiy  va  xususiy  belgilar 

yig‘indisi  to‘laligicha  tekshiriluvchi  va  namuna  ob’ektlaridan  biri 

ikkinchisini  takrorlasagina  aynanlik  masalasi  hal  qilingan  bo‘ladi. 

Agarda  umumiy  va  xususiy  belgilarning  ko‘pchiligi  bir-biridan  farq 

qilsa,  aynanlik  inkor  qilinadi,  ya’ni  qo‘lyozma  (imzo)ni  boshqa  shaxs 

yozganligi  aniqlanadi.  Ayrim  belgilarning  tekshiriluvchi  va  namuna 

xatlardagi  umumiyligi  ularning  o‘xshashlik  xususiyatlaridan  darak 

beradi. 


Tabiiyki,  ikki  yoki  undan  ko‘proq  shaxslarning  xati  o‘xshash 

bo‘lishi  mumkin.  Lekin  yozgan  shaxsning  aynanligini,  ya’ni 

tekshirilayotgan  qo‘lyozma  (imzolar)  aynan  “shu  shaxs  tomonidan 

bajarilgan”  degan  xulosa  qilish  uchun  identifikatsiyaviy  belgilarning 

barchalari,  ayniqsa  xususiy  bo‘lgan  alohida  dastxat  belgilari  bir  xilda 

bo‘lmog‘i lozim. 



 

Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling