Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59

 

 

Kazuslar: 

 

1-kazus 

Xonadonda  sodir  etilgan  o‘g‘irlik  ishini  tergov  qilishda,  hodisa 

joyidan  turli  predmetlardan  12  ta  barmoq  izlari  topilgan  va  olingan. 

Ma’lum  vaqt  davomida  o‘g‘irlik  jinoyatini  sodir  etishda  gumonlangan 

K., qo‘lga olindi. 

Daktiloskopik  ekspertiza  uchun  qanday  materiallar  jo‘natilishi 

lozim? 

Ekspert 

oldiga 

qo‘yiladigan  savollarni  shakllantiring. 

Daktiloskopik ekspertizani o‘tkazish necha bosqichda amalga oshiriladi.   

 

2-kazus 

Avtoyo‘lning  chetida  yalong‘och  holda  ayol  murdasi  topilib,  uni 

yuzi  tanib  bo‘lmas  holatga  kiltirilgan.  Murda  ko‘zdan  kechirilganda, 

uning  bosh  qismida  jarohatlar  mavjud  bo‘lsada,  ammo  murda  va  uning 

atrofida qon izlari topilmagan. SHuningdek, murdaning oyoqlari bukilib, 

qorin  qismiga  tortilgan  holatda  yotgani  aniqlangan.    Murdani  atrofida, 

murdani ko‘rgan odamlarni oyoq izlari mavjud. Murdadan 100 m narida 

qo‘lda to‘qilgan gilam topilib, unda  qonga o‘xshash dog‘lar aniqlangan. 

Gilamda  yo‘lga  qarab  yo‘naltirilgan  kam  ko‘rinadigan  izlar  borligi 

aniqlangan. Murda ko‘zdan kechirilganda uning shaxsi aniqlanmagan. 



Tergov  versiyasi  tushunchasi,  turlarini  tavsiflang.    YUqoridagi 

ma’lumotlardan foydalanib tergov versiyasi (tusmollari)ni tuzing va uni 

tekshirish  chora-tadbirlarini  belgilang.  Qanday    turdagi    trasologik  

ekspertizani  tayinlash  mumkin? 

 

95 


7-MAVZU. KRIMINALISTIK BALLISTIKA 

 

Ballistika 

tushunchasi 

va 


tekshiruv 

ob’ektlari.  O‘q-otish 

qurollarining  turlari  va  qismlari.  Otilgan  o‘q  va  gilzalar  asosida  otish 

qurolini  identifikatsiyalash.  Otishdan  qoladigan  jarohatlarni,  otish 

masofasini, 

o‘qning  yo‘nalish  tomonini  aniqlash.  Portlovchi 

moddalarning tekshiruvi. Sovuq qurollarning tekshiruvi. 

 

Ballistika tushunchasi va tekshiruv ob’ektlari 

 

Sud ballistikasi kriminalistika texnikasining bir tarmog‘ini tashkil 

qilib, jinoyat hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, 

portlatish  moddalari,  o‘q  otishdan,  portlatishdan  hosil  bo‘ladigan 

o‘zgarishlar, izlar va qoldiq moddalarni tekshirish bilan shug‘ullanadi.  

 

Kriminalistik  ballistikada  harbiy  ballistika  va  texnikaning  ayrim 



ta’limotlaridan,  hozirgi  kun  yutuqlarini  o‘z  vazifasiga  moslashtirilgan 

holda  foydalaniladi.  Ballistika  sohasiga  otish  qurollarining  tuzilishi, 

turlari, otishdan hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar, o‘q-dorilarni (patron, o‘q-

gilzalarni) qaysi quroldan otilganligini tekshirish masalalari kiradi. 

Kriminalistik  ballistika  fanning  boshqa  sohalari,  ayniqsa 

trasologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Otishdan hosil bo‘ladigan o‘q 

va  gilzalardagi  izlarning  vujudga  kelish  mexanizmini  o‘rganish  va 

tekshirish, trasologiya nazariyasining umumiy ilmiy asoslariga tayanadi. 

O‘q  otishdan  hosil  bo‘ladigan  turli  alomat  va  jarohatlar  inson 

tanasida  yuz  bersa,  ular  sud-tibbiyot  tekshiruvida  ob’ekt  bo‘lib 

hisoblanadi, 

boshqa 


to‘siqlardagi  barcha  o‘zgarish,  jarohatlar 

kriminalistik ballistika sohasiga tegishlidir.  

 

 

 



Esda  tuting!  Ballistika  (grek  tilida  “ballo”  “otaman”  so‘zini 

bildiradi)  ning  asosiy  mohiyatini  o‘q  (sochma  o‘qlar)ning  qurol 

ichidagi va havodagi harakatini o‘rganish tashkil etadi.  


 

96 


 

Hodisa  joyidan,  jabrlanuvchi  tanasidan  topilgan  va  olingan  o‘q-

gilzalar  bilan  bir  qatorda,  solishtirib  tekshirish  uchun  eksperimental 

otishdan  hosil  qilingan  o‘q  va  gilza,  porox  qoldiqlari,  sochma  o‘q 

namunalari ham tekshiruv ob’ektlari qatoriga kiradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘q-otish qurollarining turlari va qismlari 

 

Tergov  va  ekspertiza  amaliyotida  jinoiy  maqsadda  ishlatiladigan 



o‘q  otish  qurollaridan  ko‘p  hollarda  kichik,  kalta  stvolli  qo‘lda  otishga 

mo‘ljallanganlari uchrab turadi. Otish qurolining stvoli (o‘q chiqadigan 

yo‘li)  silliq  silindr  shaklida  bo‘lib  boshlanish  joyi  dasta  ustida  bo‘lib, 

E’tibor  qiling!  Kriminalistik  ballistika  tekshiruviga  quyidagi 

ob’ektlar  kiradi:  o‘q-otar  quroli,  unga  o‘xshash  bo‘lgan  moslama  va 

yasama  qurollar,  qurolning  ayrim  qismlari,  otilgan-otilmagan  harbiy 

snaryadlar, portlovchi moddalar va ularning qoldiq zarrachalari, otishdan 

hosil bo‘ladigan turli to‘siqlardagi izlar va jarohatlar, alohida otilgan o‘q 

(snaryad), gilza, sochma o‘q donalari (drob, kartech) va boshqalar. 

Ballistik tadqiqot o‘tkazish vazifasiga oid masalalar 

Tasniflashga oid masalalar 

Diagnostik masalalar 

Identifikatsiyaviy masalalar 

Otish qurolini qo‘llashdagi 

vaziyatlar 

otish qurolining soz-

nosozligi, otishga 

yaroqli ekanligi va 

quroldan o‘q o‘z-o‘zidan 

otilib ketishi 

mumkinligini aniqlash 

otilgan o‘q va gilza avval bitta 

patronni tashkil qilganligini 

aniqlash; o‘q va gilzalar aynan 

qaysi quroldan otilganligini 

aniqlash 

otish sharoiti-holati (joyi, 

masofasi, o‘qning yo‘nalishi) 

va boshqa holatlarni aniqlash) 

o‘q-otar  qurollarining  tuzilishi  bo‘yicha  turlari,  ularning  har  bir  tur  yoki  guruhga  tegishli 

bo‘lgan qismlari;  

o‘q, gilza qanday quroldan otilganligini (aynanlik yoki guruh mansubligini) aniqlash; 

otish  qurollarini,  patron,  portlovchi  moddalar  va  ularning  qismlarini  kelib  chiqish  (ishlab 

chiqish) usulini aniqlash; 

otish quroliga o‘xshash buyumlarni otish quroli qatoriga kiritish. 


 

97 


chiqish  (uchi)  dan  biroz  diametri  jihatdan  kattaroq  bo‘ladi.  Bu  joyni 

ballistkada “patronnik” – o‘q bilan gilzaning birgaligini tashkil qiluvchi 

patronlarning joylashuv joyi ham deyiladi. Otishga tayyorlangan patron 

stvolning bosh tomonida joylashgan bo‘lib, harbiy holatga keltirilganda 

patronning gilza ustidagi kapsuli (portlovchi poroxni yondiruvchi qismi) 

tepki to‘g‘risiga joylashadi. 

 

Qo‘lda  otishga  mo‘ljallangan  barcha  qurollar  ikki  guruhga 



bo‘linadi: stvolning ichki tuzilish jihatidan silliq stvolli va o‘yma stvolli 

qurollar.  Silliq  stvolli  qurollarga  ov  miltiqlari  (sochma  o‘q  otishga 

moslangan),  eski  ishlab  chiqarish  to‘xtatilgan  shompollik  pistoletlar  va 

qo‘lda yasalgan qurollar kiradi. 

O‘yma  stvolli  qurollarning  xususiyati  –  stvolning  ichki  tuzilishi 

silliq  bo‘lmay  stvol  devorida  aylanma  shaklida  bo‘lgan  ariqchalar 

mavjud  bo‘lib,  ular  otilgan  o‘qni  katta  kuch  bilan  siqilib  chiqib  uzoq 

masofaga  etishini,  aylanma  shakli  esa  o‘qning  stvoldan  chiqqach 

mo‘ljalga  yo‘nalishini  o‘zgartirmasdan  nishonga  to‘g‘ri  borishini 

ta’minlaydi. 

Kriminalistik  identifikatsiya  uchun  stvol  ichidagi  chuqurchalar 

oralig‘idagi  maydonchalar  stvoldan  chiqayotgan  o‘qning  yon  qismida 

tirnalish,  sirg‘alish  shaklidagi  izlarni  hosil  qiladi.  Bular  qurolni 

identifikatsiya qilish uchun jiddiy ahamiyat kasb etadi. 

CHuqurchalarning  soni  turli  qurollarda  turlichadir:  ko‘pchilik 

qo‘lda  otishga  mo‘ljallangan  pistoletlarda,  to‘pponchalarda  to‘rtta, 

ba’zilarida oltita, ettita va kamdan kam qurollarda uchraydigani sakkizta 

chuqurcha bo‘ladi. CHuqurchalarning aylanma yo‘nalishi o‘ng tomonga 

ba’zilari chap tomonga qaratilgan bo‘ladi. 

CHuqurchali  qurollar  guruhiga  barcha  harbiy,  ba’zi  sport-o‘quv 



Ma’lumot  uchun!  Stvolning  uzun  va  qisqa  bo‘lishi  quyidagicha: 

uzun  stvollik  qurollar  (uzunligi  40smdan  ortiq  bo‘lganlari)  o‘rta 

uzunlikdagi  stvollar  (20smdan  40smgacha  bo‘lgan)  va  qisqa  stvoli 

qurollar (uzunligi 20smdan qisqa bo‘lganlar). Uzun stvolliklarga harbiy 

va  ov  miltiqlari,  karabinlar  kiradi,  o‘rta  stvollik  qurollar  qatoriga  turli 

avtomatlar,  jumladan,  “Kalashnikov”  avtomati  kiradi,  qisqa  stvollik 

qurollarga revolver (to‘pponchalar),  pistoletlar va ba’zi qo‘lda yasalgan 

qurollar  va  qirqmalar  (stvolni  qisqartirish  maqsadida  kesilgan  miltiq) 

kiradi. 

E’tibor  qiling!  Stvolning  ichki  diametri  uning  “kalibri” 

deyiladi  va  mm.da  o‘lchanadi.  Eng  ko‘p  uchraydigan  qurollar  5,6; 

6,35; 7,62; 7,62; 8 va 9 mm.li kalibrga tegishlidir. 


 

98 


miltiqlari va qo‘lda ayrim qismlardan yig‘ilgan qurollar kiradi. 

 

Qurolning  tarkibiy  bo‘lgan  patronlar  (gilza  va  o‘qlar)  ham  ana 



shunday  o‘lchovdagi  kalibrga  ega  bo‘lib,  tegishli  qurollarga 

moslashgandir.  

 

Revolver  (to‘pponcha)  –  to‘la  avtomatlashtirilmagan  stvoli  to‘rt 

chuqurchali,  patronlar  joylashadigan  qismi  aylanma,  dumaloq  baraban 

shaklida  bo‘lib,  7  patron  kiradigan  alohida  (skamorasi)  uyalari  bor, 

jangavor  holatga  qul  bilan  keltiriladi,  otish  jarayonida  baraban  aylanib 

uyasidagi patron stvolga to‘g‘rilanadi.  

Silliq stvolli miltiqlar asosan ikki turda bo‘ladi Dastasi bilan stvol 

qismi  buklanadigan  va  buklanmaydiganlari.  Buklanadigan  ov 

miltiqlari bir otar, ikki, ayrim hollarda uch otar, (uch stvolli) bo‘ladi. 

Ba’zida  jinoyatchilar  silliq  stvolli  miltiqlarning  stvollarini  kesib 

arralab  qisqartiradilar,  yashirin  olib  yurishga  moslaydilar.  Bular 

amaliyotda  “qirqma”  deyiladi.  Ulardan  otilgan  o‘qning  tezligi  ov 

miltig‘idan bir muncha pastroq bo‘ladi.  



YAsama  qurollar  bir  muncha  soddalashtirilgan,  silliq  stvolli 

yakka o‘q otishga mo‘ljallab tayyorlanadi. Bular odatda 5,6 mm kalibrli 

patronlarga  moslashgan  bo‘ladi.  Tashqi  ko‘rinishini  niqoblash 

Ma’lumot uchun!  Kalashnikov avtomati 7,62-AK; ba’zilari AKM, 

AKS, AKSU tizimidagilari 5,45 mm.li kalibrga egadirlar. TT (Tokarev), 

PM (Makarov pistoletlari), APS va PSM qurollari quyidagi xususiyatlari 

bilan tavsiflanadi: 



TT-  Tulada  ishlangan  Tokarev  pistoleti-7,62  mm.li  kalibrli,  to‘rtta 

o‘ng tomonga yo‘nalgan chuqurchali stvolga ega, (magaziniga) sakkizta 

patron joylashadi va jangovor holatga keltirilishi avtomatlashgan

PM - Makarov pistoleti - zaryadkasi (harbiy holati) avtomatlashgan, 

9mm  kalibrli,  to‘rtta  o‘ng  tomonga  yo‘nalgan,  chuq  urchali  stvoli  bor, 

magazini sakkizta patron sig‘diradi, tepkisi (spuskovoy kurok) ochiq va 

harakatchan; 



APS  -  avtomatlashtirilgan  Stechkin  pistoleti  kalibri  9mm,  to‘rt 

chuqurchali stvol, magaziniga 20ta patron joylashadi.  



PSM  -  Lapasheyev,  Simarin  va  Kulikovlar  tomonidan  ishlangan 

kichik gabaritli pistolet 5,45 kalibrli to‘rt chuqurchali stvol magaziniga 8 

ta patron joylashadi. 


 

99 


maqsadida  ularga  turli  asbob-buyum  (hassaning  dastasi,  yozish-chizish 

quroli)  shaklini  beradilar.  Bular  “atipichnыy”,  ya’ni  tipik  bo‘lmagan 

otish qurollari deyiladi. 

Qo‘lda  yasalgan  shompollik  qurol  yakka  o‘q  otishga  moslangan 

bo‘ladi.  Unda  o‘q  va  poroxni  shompol  bilan  stvolga  joylashtiradilar, 

ba’zida  ikki,  uch  marta  otishga  mo‘ljallanganlari  ham  uchrab  turadi. 

Ular 5,6 mm kalibrli patronlarga moslashgan bo‘ladi.  

Otish  qurollarining  ayrim  qismlari  patron  ularda  turli  izlar  hosil 

qiladi:  izlar  qurolni  otishga  hozirlashda,  magazindan  patron  stvolga 

uzatilganda,  tepki  kapsulga  zarba  berishganda  porox  gazining  bosimi 

(kuchi)  o‘qni  stvoldan  itarib  chiqarganda,  o‘qdan  ajralgan  gilza  orqaga 

harakat  qilib  qaytarish  qismiga  urilganda  qoladi.  Otilgan  gilzada 

magazin  prujinalaridan,  tepkidan,  gilzani  chiqarib  tashlash  ilgagidan 

izlar  hosil  bo‘ladi.  Otilgan  o‘qda  esa  stvolning  ichki  qismidagi 

chuqurchalarning  oraliq  maydonchasidan  tirnalish  shaklida  izlar  hosil 

bo‘ladi. 

Hozirgi  kunda  ishlatiladigan  barcha  harbiy  patronlarning 

tarkibini  gilza,  kapsul,  porox  zaryadi  va  o‘q  tashkil  qiladi.  Ov 

miltiqlarining  patronida  porox  bilan  sochma  o‘q  aralashib  ketmasligi 

uchun  ularning  orasiga  ajratgich  (prokladka)  va  o‘qning  ustidan 

namatgacha (pыj) qoplamalari ishlatiladi. 

 

 Hodisa  joyidan  topilgan  o‘q  va  gilzani  ko‘zdan  kechirish 



natijasida  ular  qanday  modeldagi  quroldan  otilganligini  aniqlash 

mumkin.  So‘ngra  shubhali  qurol  topilgan  taqdirda  identifikatsiya 

o‘tkazilib  mazkur  qurolning  aynanligi,  ya’ni  otilgan  o‘q  va  gilza  «ana 

shu quroldan otilganmi» degan masala hal etiladi. 

Qurolning  o‘zi  topilmagan  hollarda  o‘qning  qanday  patron  turiga 

tegishli  ekanligi,  umumiy  tuzilishi,  shakli,  og‘irligi,  qanday  metalldan 

yasalganligi,  gilzaga  qanday  uslubda  biriktirilganligi  va  boshqalar 

aniqlanadi. 



Ma’lumot  uchun!  Gilzalar  temir  va  latun  metalidan 

tayyorlanadi,  ov  miltiqlari  uchun  qog‘oz-kartondan  ham  ishlanadi, 

pastki  qismini  metal,  ustki  devorini  esa  karton  tashkil  qiladi. 

Gilzaning  bosh  qismi  o‘q  joylashadigan  joyi,  devori  va  ostki  qismi 

asosida  identifikatsiya  qilib,  qurolning  qaysi  guruhga  mansubligi  va 

aynanligini aniqlash mumkin. 



 

100 


Otilgan  gilzaning  ham  umumiy  shakli  bosh  qismi  va  asoslarini 

tuzilishi,  o‘lchovi (diametri  va  uzunligi)  bosh  qismining  ichki  o‘lchovi, 

og‘irligi,  markirovka  belgilari  va  boshqalarni  kuzatish  bilan  qanday 

turdagi  quroldan  otilganligi  haqida  fikr  yuritiladi  shubhalangan  qurolni 

izlashda qidirish doirasini ancha qisqartiradi, engillashtiradi.  

Silliq  stvolli  qurollarga  mo‘ljallangan  sochma  o‘qning  ayrim 

donalari (drob, kartech) topilgan taqdirda, ularning zavodda yoki qo‘lda 

ishlanganligi,  qanday  usulda  tayyorlanganligi  shakllari,  og‘irligi, 

kimyoviy  tarkibini  spektografik  xususiyatlarini  aniqlanadi.  Bu  masala 

tekshirilayotgan  sochma  o‘qning  guruh  mansubligini  aniqlash  bilan 

birga  xar  xil  joylarda  topilgan  bir  necha  o‘q  donalarining  bir  manbaga 

tegishli  ekanligini  ham  aniqlash  mumkin  bo‘ladi.  Ov  miltiqlariga 

mo‘ljallangan  patronlarning  qoplamasini  tekshirib,  patronning  kalibri, 

qanday  materialdan  ishlanganligi,  ishlanish  uslubi  va  boshqalari 

aniqlanadi.  Qoplamalar  uy  sharoitida  qo‘lda  yasalganda  uning 

materialiga  (qog‘oz,  karton,  jun,  namat)  kabi  o‘xshash  materiallar  va 

ularning bo‘laklari bir xil joylarda topilgan taqdirda trasologik tekshiruv 

ham o‘tkazilishi mumkin. 

 

Otilgan o‘q va gilzalar asosida otish qurolini identifikatsiyalash 

 

Qurollarni  identifikatsiya  qilishning  ilmiy  asoslari  qurolning  iz 



hosil  qiladigan  qismlari,  otilgan  o‘q  va  gilzalarning  iz  aks  ettiradigan 

ustki tuzilishlari individuallik xususiyatiga ega ekanligidadir. 

Individual  tashqi  tuzilish  xususiyati  stvolning  ichki  tuzilishidagi 

chuqurcha  oraliqlariga  ham  xos  bo‘lib,  o‘q  stvoldan  chiqish  jarayonida 

siqilib,  sirg‘alib  ana  shu  individual  tashqi  tuzilish  (mikrorelf)ni  o‘zida 

aks ettiradi. Patronning gilza qismida esa uni otishga hozirlash paytida, 

so‘ngra  bevosita  otish  chog‘ida  turli  izlar  aks  etadi.  Ularning  umumiy 

o‘lchovi, shakli birinchi navbatda qurolning qaysi guruhga mansubligini 

aniqlashga  yordam  beradi.  Umumiy  belgilari  bilan  bir  qatorda 

mikrorelfni  ifoda  etuvchi  xususiy  belgilar  yig‘indisi  esa  identifikatsiya 

o‘tkazishga  asos  bo‘ladi.  Otilgan  o‘q  va  gilzalar  asosida  o‘tkaziladigan 

tadqiqot  hodisa  joyida  topilgan  o‘q  va  gilzalarni  umumiy  belgi-

xususiyatlarini  o‘rganishdan  boshlanadi.  So‘ngra  ulardagi  izlarni 

qurolning  muayyan  qismi  bilan  solishtiriladi.  Ko‘p  hollarda  solishtirib 

tekshirish  uchun  shubhalangan  quroldan  eksperimental  otish  yo‘li  bilan 

namuna  o‘q  va  gilza  olinadi.  SHundan  so‘ng  ulardagi  izlar  -  alomatlar 

o‘zaro  solishtirib  tekshiriladi.  Eksperimental  o‘q  otishni  maxsus 


 

101 


tayyorlangan  paxtada,  suv  va  boshqa  sun’iy  to‘siqlarda  amalga 

oshiriladi.  Bunda  o‘qning  tezlik  harakati  to‘siqda  susayadi  va  hosil 

bo‘ladigan izlar o‘zgarmaydi. 

Qurollarni  tadqiq  qilishda  va  solishtirib  tekshirishda  bir  necha 

uslublar qo‘llaniladi. Bu ish eng qulay va ko‘proq ishlatiladigan uslubiy 

solishtirib  tekshirishga  moslangan  mikroskop  yordamida  amalga 

oshiriladi. Kuzatish va tekshirish jarayonida tekshirilayotgan ob’ektlarni 

turli  belgilarini  uzunlik,  kenglik  va  boshqa  holatlarini  imkonini  beradi. 

SHu  bilan  birga  ob’ektlarning  ayrim  holatlarini  fotosuratga  olish  bilan 

bir  yo‘la  kimyoviy  tarkibini  spektografik  tahlil  qilish  mumkin.  Otish 

qurollarining  ayrim  qismlarini,  patronning  gilza,  o‘q,  sochma  o‘q 

donalari,  porox  va  boshqa  ob’ektlarning  spektografik  tahlili  hodisa 

joyida  topilgan  qismlar  bilan  shubhalanilgan  o‘xshash  modda  va 

ashyolarni 

guruh 

va 


turdosh 

mansubligini 

aniqlashda 

keng 


qo‘llaniladigan uslubdir. 

Sochma  o‘qlarning  ayrim  qismlari  hodisa  joyida  yoki  boshqa 

joylarda  topilganda  ularni  yasalishi,  materiali,  saqlanish  sharoitlari, 

alomatlari  kabi  belgilari  yig‘indisi  asosida  ikki  har  xil  joyda  topilgan 

sochma  o‘q  donalarining  manbai  bitta  ekanligi  aniqlanadi.  Bu 

dentifikatsiya  o‘tkazishning  boshlang‘ich  bosqichi  bo‘lib,  guruh 

mansubligi va aynanlik haqidagi xulosaga zamin tayyorlaydi. Ballistika 

ekspertizasiga  yuboriladigan  qurol,  topilgan  joyida  ko‘zdan  kechiriladi, 

uning  umumiy  holati  bayonnomada  qayd  etiladi,  qurolni  holati 

o‘zgarmay  maxsus  rasmiylashtirish  qoidalariga  rioya  qilgan  holda 

amalga  oshiriladi.  Qurol  zaryadlangan,  jangovor  holatga  keltirilgan 

bo‘lsa, undagi patron chiqarib olinadi,  magazinda nechta patron borligi 

qayd  etiladi.  Qurolning  umumiy  ko‘rinishi,  turi,  unda  izlar,  moddalar 

mavjudligi  va  boshqa  ko‘rinarli  alomatlari  bayonnomada  batafsil  qayd 

etiladi. 

Qurolni  otishga  yaroqli-yaroqsiz  ekanligini  tekshirish  uchun  uni 

qismlarga  ajratib  ko‘zdan  kechirish  qat’iyan  man  etiladi,  chunki 

ekspertiza tekshiruviga ahamiyatli bo‘lgan izlarni yaroqsiz qilib qo‘yish 

xavfi bo‘ladi. 

Ekspertiza  o‘tkazish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  turli  to‘siqlardagi 

o‘q  otishdan  hosil  bo‘lgan  (o‘zgarish,  jarohatlar)  izlarni  ko‘zdan 

kechirishda  shu  sohadagi  mutaxassisni  taklif  etish  va  ishni  uning 

ishtirokida  amalga  oshirish  maqsadga  muvofiqdir.  Otish  natijasida 

patrondan  ajralib  chiqqan  o‘q,  quyma  yoki  sochma  donalari,  chala 

kuygan turli qismlari ekspertizaga alohida-alohida taxlab yuboriladi.  


 

102 


 

 

6-rasm. Gilza turlari (butilka va silindr shaklida) raqamlar bilan otishdan 

qoladigan belgilar ko‘rsatilgan 

 

Otishdan qoladigan jarohatlarni, otish masofasini, o‘qning yo‘nalish 

tomonini aniqlash 

 

Otishdan  qoladigan  jarohatlar  turli  to‘siqlarda,  masofasi  va 



yo‘nalishi  bo‘yicha  turli  izlarni  hosil  qiladi.  Amaliyotda  o‘q  to‘siq 

qalinligini  teshib  o‘tishi,  ichki  qismida  qolishi  yoki  qiyalab  to‘siqni 

tirnab  o‘tishi  hollari  uchrab  turadi.  Teshib  o‘tgan  jarohatlarda  o‘qning 

to‘siqqa  kirish  va  chiqish  joylariga  qarab  o‘qning  to‘siq  qatlamida 

yo‘nalish kanali belgilanadi. 

O‘qning  shikastlash  kuchi  to‘siq  materialining  buzilish,  sinish  va 

parchalanish  xususiyatlariga  bog‘liq.  Jismi  qattiq  bo‘lgan  yog‘och, 

temir, to‘siqlarni o‘q muayyan masofada teshib, o‘tadi. Bu holda teshik 

diametri  o‘qning  o‘lchovidan  kichik baladi.  Mo‘rt  materiallarda,  g‘isht, 

shisha kabilarda sinish, parchalanish natijasida jarohat o‘lchovi o‘qning 

diametridan  bir  muncha  kattaroq  bo‘ladi.  O‘q  matolardan  teshib 

o‘tishida  materialning  teshilgan  joyi  kuyib,  uzilib  ketganligini  kuzatish 

mumkin.  O‘q  yaqin  masofada  yoki  taqab  otilganda  matoda  kuyish  va 

erish  alomatlarini  hosil  qiladi.  Bular  stvoldan  chiqayotgan  poroxning 

gazi  va  o‘qning  qizib  cho‘g‘  bo‘lib  hali  sovushiga  ulgurmaganligi 

hisobiga yuz beradi. 

To‘siqda  o‘qdan  hosil  bo‘lgan  izlarni  kuzatish  va  o‘rganish  bilan 

otish masofasini yaqindan otishda hosil bo‘ladigan alomatlarni, o‘qning 

turi,  shakli,  kalibri,  ishlatilgan  porox  turini,  o‘qning  yo‘nalishi,  otgan 

shaxsning qaerdan turib otganligi kabi ma’lumotlarni aniqlash mumkin. 



 

103 


Mazkur  ma’lumotlarni  hodisa  joyida  tergovchining  o‘zi  yoki 

tegishli  mutaxassis  ishtirokida  ko‘zdan  kechirish  bilan  aniqlanadi.  Ular 

ballistik  ekspertiza  o‘tkazish  zarur  bo‘lgan  holatlar  sifatida  xizmat 

qiladi.  To‘siqdagi  otish  jarohatlari  bitta  yoki  bir  necha  o‘qdan 

qolganligini,  o‘qdan  hosil  bo‘ladigan  kirish-chiqish  teshiklari,  ularning 

soni,  shakli,  o‘lchovi  va  boshqa  belgilarini  kuzatish  bilan  amalga 

oshiriladi.  

Otish  jarohati  atrofida  poroxdan  qolgan  tutunlarni  va  yonmay 

qolgan porox zarrachalarini kimyoviy usulda tekshirish porox uning turi 

(tutunli,  tutunsiz)  ishlab  chiqarilgan  zavodning  markasi  kabi 

ma’lumotlarini olish mumkin. 

 

Bu  holat  o‘qning  harakati,  tezligi,  kuchi  birinchi  qavat  to‘siqdan 



o‘tib  susaygani  va  ikkinchi  qavatga  urilish  kuchi  ancha  kamayganligi 

sababli bo‘ladi.  

YAqin  masofadan  otilganda,  o‘qning  issiqligi,  porox  gazlarining 

ta’siri  natijasida  to‘siqning  ustki  qismida  kuyish  alomatlari  poroxning 

tutuni  va  yonmay  qolgan  zarrachalari  qoladi.  Bularni  oddiy  ko‘z  bilan 

ham  ayniqsa  rangi  oq  bo‘lgan  materiallarda  kuzatish  mumkin.  Qora  va 

xira  rangli  to‘siq  materiallarni  mikroskop  orqali  ko‘rish,  tekshirish  va 

fotosuratga  tushirish  mumkin.  SHuningdek,  ko‘zga  ko‘rinmaydigan 

jumladan, infraqizil nurlarda tekshirish, kimyoviy va elektrokimyoviy va 

boshqa  uslublarni  qo‘llash  bilan  amalga  oshiriladi.  Otish  masofasi 

“yaqindan  turib  otilgan”  degan  tushunchani  asoslaydigan  belgilar 

to‘siqdagi  erish,  yonmay  qolgan  porox  zarrachalarini  to‘siq  qatlamiga 

singib qolishi kabi alomatlari mavjud bo‘lgan holda aniqlanadi. Boshqa 


Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling