Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoq kiyim va transport vositalari izlarini suratga olish.
- Mikro va makrofotografiya
- Suratga va video-tasvirga tushirish natijalarini protsessual rasmiylashtirish
Izlarni suratga tushirish ham o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Xususan, qo‘l izlarini suratga olish odatda ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1) qo‘l izlari olingan predmet suratga olinadi. Bu qo‘l izlarining joylashuvini ko‘rsatish uchun zarur; 2) qo‘l izlarining o‘zi. Barmoqlarning yakka izlari yirik masshtabli suratga olish metodida uzunlashtiruvchi halqalar yordamida suratga olinadi. Qo‘l izlarini suratga olishdan oldin ularning ustiga shu maqsadlarda qo‘llaniladigan biror bir kukun sepiladi. Agar qo‘l izi 67
rangsizligi tufayli suratga olinishi qiyin bo‘lsa, izli predmet ekspert bo‘limiga jo‘natilishi kerak. Oyoq kiyim va transport vositalari izlarini suratga olish. Bunda alohida va bir guruh izlar suratga olinishi mumkin. Izlar juda uzun bo‘lsa yoki ketma-ket joylashgan bo‘lsa, chiziqli panorama qo‘llaniladi. Bunda suratga olinadigan predmet yoniga masshtabli chizg‘ich qo‘yiladi. Ayrim oyoq kiyim izlari izning shakli va hajmini, shuningdek, alohida belgi va xususiyatlarini aks ettirish uchun foydalaniladi. Transport vositalari izlarini suratga olishda rasmi aniq ko‘rinadigan yoki biror alohida belgilari bo‘lgan uchastkalari suratga olinadi. Buzish qurollari va ularning izlari dastlab markazli suratga olish usulida, keyin esa masshtab usuli bilan suratga olinadi. Bunda foto kadr yo‘l qo‘yadigan darajada maksimal masshtabda surat olish lozim. Izlarning shakliga va alohida belgilariga alohida e’tibor beriladi, sababi bu orqali qurolning shakli va xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Fotoapparatdan to‘g‘ri yo‘nalishdagi va yoyilgan yorug‘lik berilganda, u iz relfining xususiyatlarini aniq ko‘rsatishi lozim. Bo‘yalgan tekislikni suratga olishda yorug‘lik filtrlari qo‘llanilishi mumkin. Murdani hodisa sodir bo‘lgan joyda suratga olish obzorli suratga olish qoidalari bo‘yicha bajariladi. Keyin esa markazli suratga olinadi. Bunda murdani ikkita qarama-qarshi tomonidan olish to‘g‘riroq bo‘ladi; uchinchi surat tepasidan olinadi. Agar murda oyoq yoki boshi tomonidan suratga olingan bo‘lsa, bu ma’lum darajada perspektiv buzilishlarga olib keladi. Bunday suratga olishga faqat istisno hollarda yo‘l qo‘yiladi: yon tomonidan suratga olish imkoni bo‘lmaganida (murda tor joyda ekanligi sababli) yoki alohida ahamiyat kasb etgan murdaning holatini aks ettirish uchun (nomusga tegib o‘ldirish holatida). Murda topilgan holatida suratga tushirilgandan so‘ng u ag‘darilib yoki ko‘chirilib, badanining ko‘rinmas joylarini suratga olish mumkin. Sud fotografiyasi ish uchun daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy ob’ektlar va faktlarni yozib qayd qilish va tekshirish uchun qo‘llaniladi. Fotografiya usuli o‘zining ko‘rgazmali, aniq va tezkorligi bilan qayd etishning boshqa metodlaridan birmuncha farq qiladi. Tekshirish uchun suratga olish mutaxassis tomonidan laboratoriya sharoitlarida maxsus tegishli uslublar qo‘llangan holda amalga oshiriladi. Aniq fototexnika vositalari va uslublarni tanlab olish tekshiriladigan ob’ektlar va tekshirish vazifalariga bog‘liq. Bunday masalalar har xil usullarni qo‘llash bilan hal qilinadi.
68
Mikro va makrofotografiya oddiy usul bilan tekshirib bo‘lmaydigan o‘rta, mayda izlar va boshqa detallar maxsus qisqa fokusli ob’ektiv yoki fotokamera yoki fotonasadka bilan birlashtirilgan holda mikroskop orqali aniqlanadi va qayd qilinadi. Birinchi usulda ob’ekt 20-30 marta kattalashtirilib beriladi va u makrosurat deb yuritiladi. Mikroskoplar optik va elektron mikroskop orqali yanada ko‘p darajada kattalashtirilib berilishi (bir qancha ming marta) mumkin va mikrosuratga olish yo‘li bilan aniqlangan izlar, detallar ularning kattalashtirilgan tasvirlari bo‘yicha amalga oshiriladi (MKS-1, MFN-2, MRKA, “Ularus” kabilar yordamida). Suratga olishda mikroob’ektlar tasvirining sifati ko‘p jihatdan yorug‘likning aniq belgilanishiga va yoritgich yo‘nalishi to‘g‘ri tanlanganligiga, yoritgichning kuchiga bog‘liq, chunki bunday holatda yorug‘lik uncha ko‘p bo‘lmaydi. Kontrast, ya’ni ob’ekt va undagi detallarning ko‘zga tashlanishidagi farqlar shunchalik sust bo‘lishi mumkinki, ularni bir- biridan ajratish qiyin. Kontrastni kuchaytirish uchun (masalan, qog‘ozdagi yozuvning farqini) hujjat kontrastli fotomaterialga tasvirlarni ustidan qo‘yish uchun bir martalik kontrast fotosuratga olib, tasvirni fotokimyoviy yo‘l bilan ko‘chaytirish uslublari bilan amalga oshiriladi. Ranglarni ajratish rangi o‘zgargan, o‘yilgan, shikastlangan (kuydirilgan), o‘chirilgan, matnlar qo‘shib yozilgan, ayrim chizmalarga yoki harflarga tuzatishlar kiritilgan hujjatlar tekshirilayotgan rangli kontrastlarni svetofiltr bilan suratga olish yo‘li bilan kuchaytirish mumkin. Bunda fon yoki detallarni aniqlash vazifasi qo‘yiladi. Turli kriminalistik ekspertizalarni o'tkazish paytida quyidagi vazifalarni hal qilishga to'g'ri kelishi mumkin: 1) kichik hajmli ob'ektning oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan detallarini aniqlash; 2) oddiy ko'z bilan ilg'ab bo'lmaydigan atrof-muhit fonidan salgina farq qiluvchi detallarni aniqlash; 3) oddiy yoruqlikda ko'rib bo'lmaydigan detallarni aniqlash. 69
Svetofiltrni tanlab olish uchun atrofdagi doira bo‘yicha qo‘shimcha ranglardan foydalaniladi. Qandaydir ranglarning detali tasvirini kuchaytirish uchun unga (doira bo‘yicha mos keladigan) qo‘shimcha rang beruvchi svetofiltr olinadi, yorug‘likni kamaytirish uchun zamonaviy rang svetofiltri olinadi. Ko‘rinmas dog‘larni spektrning nurlarida suratga olish (ultrabinafsha, infraqizil, rentgen). Ultrabinafsha, infraqizil nurlar, shuningdek, ko‘rinadigan yorug‘likning ayrim zonalari spektrning ko‘rinmas zonalaridagi alohida moddalar lyuminessensiya ultrabinafsha yoki infraqizil nurlarga sezuvchan fotomateriallar bilan suratga olinadi. Fotoapparatning ob’ektiviga 3S-1, JZS-5, JZS-5, JS-17 yoki KS-19 svetofiltr yoxud kvarsli optik moslamalar (“Ufar”, “Zufar” tipidagi ob’ektivlar) kiydiriladi. Kaltalashtirilgan ultrabinafsha nurlari bilan suratga olish turlarini kattalashtirish va o‘tkazishdagi farqlarga, binobarin fotoqatlamlarga bir xil qabul qilinadigan yoki oddiy ko‘z bilan qaraganda ko‘rinmaydigan ayrim moddalar bilan ta’sir o‘tkazishga asoslangan. Ko‘p hollarda qaytarilgan ultrabinafsha nurlari orqali suratga olish kimyoviy reaktivlar bilan o‘chirilgan hujjatlarni tiklash maqsadida amalga oshiriladi. Filtr yordamida masalan, ob’ektlardagi otilishdan qolgan iz yoki qon dog‘larini aniqlab olish, siyoh to‘kilgan, uchib ketgan yoki xiralashib qolgan xatlarni o‘qish mumkin. Bunday ob’ektlarni infraqizil nurlari orqali IKS-1, IKS-2 svetofiltr yordamida infraxromatik fotomaterial yoki elektron-optik o‘zgartirgich bilan oddiy fotomaterial orqali suratga olish mumkin. Rentgen nurlarida tekshirishlar asosan laboratoriya sharoitlarida olib boriladi. Rentgen nurlari bilan suratga olish hajmli ashyolarning ichki tuzilishlarini ko‘rish va tekshirish uchun qo‘llaniladi. Rentgen nurida tekshirishda nur o‘tmaydigan elementlar qo‘llaniladi va maxsus apparatda kuzatish yo‘li bilan yoki maxsus rentgen fotoplyonkalariga olib tekshiriladi. Kriminalistik tekshirishlar o‘tkazishda rentgen nurlaridan tashqari radioaktiv nurlantirishdan, ya’ni gamma va betta nurlaridan foydalaniladi. So‘nggi paytlarda jinoiy hodisani to‘liq va atroflicha qayd qilishning zamonaviy vositalardan biri-tobora keng qo‘llanilayotgan videotasvirga olishdir. Ilgari videoyozuv bo‘lmaganda, magnit tasmasiga ovoz yozuvi, kino va fototasvir kabi dalillarni mustahkamlashning an’anaviy usullari qo‘llanilgan. Fikrimizcha, bu usullarda bir qator kamchiliklar mavjud bo‘lgan. Videoyozuv apparatlari 70-yillarning
70
boshlarida jinoyat ishlarini tekshirishda foydalanila boshlandi. Boshqa ilmiy-texnik vositalarga nisbatan afzalligi tufayli videoyozuv nafaqat dalillarni to‘plash, tergov jarayonlari va natijalarini mustahkamlash, balki ish bo‘yicha mustaqil dalil sifatida keng qo‘llanishi bilan e’tiborli deyishga asos bor. Dalillarni mustahkamlashning grafik va fototasvir usullaridan farqli o‘laroq, videoyozuv barcha ma’lumotlarni dinamik tartibda to‘liq aks ettiradi. Videoyozuvni qo‘llash tergov harakatlarining borishi, voqealarning rivoji va jarayonining o‘zi ham aks etgan to‘liq axborot manbai ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. U ishonchli daliliy ashyolarni qo‘lga kiritishga xizmat qiladi. Videoyozuv hodisani tergov harakati ishtirokchilari qanday kuzatgan bo‘lsa, shunday holda qayta namoyon etadi. U alohida belgilarni faqat asl holatda emas, balki sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan holda namoyish etishi, kadrlarni to‘xtatish, unda aks ettirilgan voqealarni sinchiklab kuzatish va izchil o‘rganib chiqish uchun qulaydir. Bu nafaqat dastlabki tergov, balki sud uchun ham alohida ahamiyatga molik. Xususan, sudlanuvchilarning dastlabki tergovda bergan ko‘rsatuvlarini, ma’lumotlarini o‘zgartirishi va boshqa yo‘llar bilan dastlabki tergov materiallarining daliliy ahamiyatini yo‘qotishga urinishi tekshirilganda ayniqsa qo‘l keladi. Videomagnitofon texnikasining afzalligi shundaki, izlarni suratga olish, tergov harakatlari o‘tkazishda etarli bo‘lmagan jihatlarni to‘ldirishda qo‘llash mumkin (yomon ob-havoda, qorong‘i
joylarda). Qonunga ko‘ra, kinotasvirdan foydalanganda albatta yuqori ta’sirchan surat tasmasi bo‘lishi kerak. Videoyozuvda esa tungi vaqtda, ochiq, voqea sodir bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirishda qo‘shimcha va sun’iy yorug‘likdan foydalanilsa ham bo‘ladi. Xususan, “Ranasonic” videokameralari uchun noqulay sharoitlarda ham korpusida joylashgan galogen chiroq nuri quvvati etarli bo‘ladi. Bundan tashqari, qo‘shimcha yorug‘likni qo‘llash va yoritishning boshqa usullarini qo‘llash ham mumkin. Vide-oyozuvni kinotasvir, videofonogramma bilan bog‘liq tarzda tarjima qilingan filmning turli ko‘rinishi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bunda u kinotasvir apparatidagi ifoda yorug‘lik plyonkasida emas, balki videomagnitofondagi magnit videotasmasida mustahkamlanishi bilan farqlanadi. Xullas, videoyozuv voqeani qayd etishning eng qulay va ishonchli vositasi bo‘lib, shubhaga yo‘l qo‘ymasligi bilan ustuvordir. Videoyozuvlar kinotasvir bilan solishtirilganda tezkor va aniq iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Uning yana bir afzal jihati oq va qora 71
kinomanbalari bilan solishtirganda ularga nisbatan kengroq axborot doirasiga ega rangli
videotasmalardan foydalanish imkoniyati mavjudligidir. Kinotasvirni kimyoviy qayta ishlashda uning sifati yuqori bo‘lishi hamda to‘liq yaroqli bo‘lishiga kafolat bo‘lmaydi. Kinoplyonkani montaj qilishda ham xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Kinokameradan farqli
o‘laroq, videokamera avtomatik tartibda ishlaydi, videomagnitofonni televizion apparatga ulash hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Videoyozuvning o‘rni shundaki, videomagnit tasmasi hech qanday qayta ishlashni talab qilmaydi, balki ko‘p marotaba ishlatilishi, videoyozuvni tergov harakatini tasvirga olish tugashi bilanoq namoyish etish mumkin. Videoyozuv tergov harakati bayonnomasida yozilgan ayrim holatlarni to‘liq va aniq berish, shuningdek, unda ayrim sabablarga ko‘ra yozilmagan predmet va hodisalarni aks ettirish uchun foydalaniladi, tergovchi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni to‘ldiradi, bayonnomada yozilgan detallarni ko‘rish va ularni tasavvur qilish imkonini beradi. SHuningdek, ishni to‘g‘ri hal qilishda ahamiyatli holatlar haqida ob’ektiv ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. U qulay va vaqtni iqtisod qilishi bilan ham afzaldir. SHu sababli videoyozuv texnikasini avvalambor tergovni qiziqtiruvchi hodisalar, manbalar va dinamik harakatdagi ob’ektlarni qayta tiklash va qayd etish uchun qo‘llash maqsadga muvofiq. Videoyozuv texnikasi, voqea joyini ko‘zdan kechirish, u er holat murakkab va tez o‘zgaradigan bo‘lsa, masalan, yong‘in, suv toshqini, portlash, transport halokati yoki voqea natijalari bilan bog‘liq, qayta tiklash ishlarini qayd etish hollarida samara beradi. Videokamera voqeaning umumiy tasviri, masalan, yong‘in belgilarini batafsil o‘rganib chiqishda yordam beradi. Ayrim hollarda hatto uning yuz berish sabablarini aniqlash, olov tarqalish yo‘nalishini belgilashda qo‘l keladi. Agar yong‘in joyi o‘rmon hududi bo‘lsa, maydon taraflari bo‘yicha yuqoridan ko‘rinishi vertolyotdan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Videoyozuv o‘zgaruvchan hollardagi ma’lum ob’ekt va hodisalarni ko‘rish zarurati tug‘ilganda, ma’lum shaxsning hodisalarni ko‘rishi zarurati tug‘ilganda, ma’lum shaxsning aniq vaqt oralig‘ida kasbga xos bilimlarni qo‘llash bilan biror usulda ma’lum harakatni sodir etish imkoniyatini tekshirish kabi tergov eksperimentlarini o‘tkazishda ko‘proq foydalidir.
72
Dalillarni videoyozuv texnikasi yordamida qayd etishning yangi usuli protsessual me’yorlarga zid kelmaydi va jinoyat ishini tekshirishning samarasini hamda dastlabki tergov materiallarining dalil manbalari bahosini oshiradi.
1-rasm. Murdaning topilgan joyida ikki tomondan rasmga olish Suratga va video-tasvirga tushirish natijalarini protsessual rasmiylashtirish
Jinoyatni ochishda va tergov olib borishda sud fotografiyasi suratlarni etarli darajada yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlashi kerak. Fotografiya suratga olingan holat va vaziyatning belgilarini va ma’lum ob’ektlarini to‘la tasvirlay olishi lozim. Sud fotografiyasi dalillarni tasdiqlabgina qolmay, isbotlash jarayoninini ham engillashtiradi. Fotosuratlar bayonnomaga ilova qilinadi, ammo bu narsa tergovchini bayonnoma yozishdan ozod qilmaydi. Oldingi olingan suratlar ham izohlab yozilishi kerak. Fotografiya tashqi ko‘rinishni ko‘rsatadi, xolos, ammo tergovchining so‘z bilan aytadiganlarini (materialning qattiq, yumshoqligi, ahamiyat darajasi, strukturasini) ko‘rsata olmaydi. Fotoapparat modeli va ob’ektiv markasi voqea sodir bo‘lgan holatni rekonstruksiya qilish uchun kerak bo‘ladi. YOrug‘lik turi, yorug‘lik filtri va fotomateriallarning sezgirligini ko‘rsatish predmet yoki detalning yorug‘lik darajasi ko‘z bilan qaraganda baho berish E'tibor
qiling! Kriminalistik fotosuratlar tergov
harakati bayonnomasida o'z aksini topadi. Ko'zdan kechirish bayonnomasida olinayotgan ob'ektning nomi, fotoapparat rusumi, ob'ektiv markasi, yoruqlik turi, (tabiiy, sun'iy), negativ fotomateriallarning spektral sezgirligi, fotografiya usuli, suratga olingan kadrlar soni, diafragmasi va b.q. ko'rsatiladi. Masshtab bilan suratga olinmagan bo'lsa, masofani ko'rsatuvchi shkaladagi metri ko'rsatiladi.
73
uchun kerak
bo‘ladi. Suratdagi predmetlarning rangi
va fotomateriallarning turiga qarab suratda u yoki bu kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Masalan, qizil, havorang, ko‘k, jigarrangli predmetlar o‘zining rangidan to‘qroq chiqadi. Fotoapparat bilan suratga olinganda nuqtalar voqea sodir bo‘lgan joyda tartib nomeri bilan belgilanishi va tayyorlangan fotosuratga mos kelishi kerak. Guvoh, ayblanuvchining ko‘rsatuvi bilan voqea joyini suratga olganda bayonnomada suratga olingan ob’ektlar fotografiya usullari, olingan soni ko‘rsatiladi. Bir ob’ekt ustida bir necha shaxslarning ko‘rsatuv fikri bo‘lishi uchun har xil yorug‘lik filtrlari, negativ va diafragmani o‘zgartirib olish va belgilash mumkin. Tergov eksperimenti, tanib olish uchun ko‘rsatish va tintuvda ob’ektni aniqlash uchun fotografiya usuli va kadrlar sonini ko‘rsatish etarli. Bayonnomaga kiritilgan suratlar tushuntirish matni bilan to‘ldiriladi. Matn suratning orqa tomoniga yoki kattaroq oq qog‘ozga yopishtirilgan suratning tagiga yoziladi.
Muhim alomatlar nomer yoki belgi bilan ko‘rsatiladi. Tanib olish uchun olingan surat tasviri ko‘rsatilgan shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi tushuntirish matnida beriladi. Suratlar tergovchi yoki surishtiruv olib borgan shaxs tomonidan imzo qo‘yilib tasdiqlanadi. Bayonnomaga xolislar va tergovchi imzo qo‘yadi. Ekspert-kriminalistlar tayyorlagan fotosuratlarni o‘zining maxsus shakldagi surat jadvali blankasiga yopishtiriladi. Fotografiya yordamida olib borilgan tekshirishlar ekspert xulosasining tekshirish qismida yozilgan bo‘lishi kerak. Fotoapparat modeli, ob’ektiv markasi, yorug‘lik manbai, yorug‘lik filtri va fotoyorug‘lik sezuvchi materiallar ko‘rsatiladi. Xulosa jadvalga havola qilinadi, ob’ektning xarakterli belgilari ko‘rsatiladi. Belgi bilan kontrol surat ham ko‘rsatiladi, suratlar tushuntirish matni bilan to‘ldiriladi, unda suratga olingan ob’ekt uchun E'tibor qiling! Tushuntirish matnida quyidagilar bo'lishi kerak: suratga tushirilgan ob'ektning nomi; voqea joyining ko'rinishi; predmetlarni daliliy ashyolarni to'plash va shunga o'hshash tergov harakati olib borilgan kuni, vaqti, surat yopishtirilgan bayonnomaga ilova qilinadi.
74
Tadqiqot fotosurat olish usullari
Yorqinlikni kuchaytirish
Rangini o'zgartirish
Fizikaviy, kimyoviy o'zgarishlar
Infraqizil nurlarda
Ultrabinafsha
Rentgen nurlardi
Radioaktiv moddalarning nurlarida
Tergov harakatlarini yuritishda fotosuratlar qo'llashni protsessual rasmiylashtirish
Yoruqlik sharoitlari Suratga olingan ob'ektlar Suratga olgan shahs haqida ma'lumotlar Fotosuratga olishning tehnik vositalari va sharoitlari (kamera turi, ob'ektiv rusumi, plyonka sezgirligi, diafragma, muhlat, qo'shimcha sharoitlar)
Tergov harakatlari bayonnomasida ifodalash
Tasvirning ahamiyatga molik detallarini belgilash (chiziqlar, harflar, raqamlar yordamida) Suratlarni tushuntiruvchi so'zlar Surat jadvalini tergovchi va suratga olgan shahs imzosi bilan tasdiqlash
qo‘yilgan belgining ahamiyati tushuntiriladi. Har bir jadval ekspert imzosi bilan tasdiqlanadi. Kino suratlarni rasmiylashtirishda bo‘lgan hodisa bayonnomada ko‘rsatiladi. Protsessual qoidalarga rioya qilib surati olingan ob’ektning xarakteri, epizodlarning olingan soni, qisqa mazmuni, suratga olish usullari, kinoapparatning modeli, ob’ektiv markasi, kadrlarning aylanish tezligi, yorug‘lik turi bayonnomada ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari:
75
1. Kriminalistik fotografiya qay
hollarda va
shakllarda qo‘llaniladi? Zamonaviy fotoapparatlarni qo‘llash imkoniyatlari qanday?
Kriminalistik fotografiya qanday metodlarga asoslanadi? Kazuslar: 1-kazus IIV ga kelib tushgan xabarga ko‘ra, YAshinobod tumani Hamid Olimjon ko‘chasi, 9 uyda kech soat 21.00 da no’malum shaxslar uyga bostirib kirib bosqinchilik jinoyatini sodir etadi. Bosqininchilik jinoyati oqibatida oila a’zolaridan bir kishiga og‘ir tan jarohati etkaziladi. Ikki kishiga esa engil tan jarohati etkazilgan. Hodisa sodir bo‘lgan joydan 3000 AQSH dollari miqdorida pul summasi olib ketilgan. IIV xodimlari hodisa joyini ko‘zdan kechirib, O‘z.R JK 164-moddasi 1-qismi ya’ni bosqinchilik jinoyati alomatlari mavjudligini aniqlab, jinoyat ishi qo‘zg‘atadilar. Hodisa joyidan qizil rangli dog‘lar, bir qancha barmoq va oyoq izlari hamda ism yozilgan tamaki yondirgich topilgan. Lekin, topilgan narsalar jabrlanuvchiga taaluqli emasligi ma’lum bo‘lgan.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling