Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-MAVZU. ODAMLARNI TASHQI QIYOFA BELGILARI ASOSIDA IDENTIFIKATSIYA QILISH
- Odamning tashqi qiyofa belgilari tizimi
- Portretlar bo‘yicha identifikatsiya qilish turlari
- Rassom ishlagan va chizma portretlar.
2-kazus Firibgarlik jinoyati yuzasidan buxgalteriya hujjatlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida terovchida bir hujjatning muhri haqiqiy ekanligiga shubha tug‘ildi. Hujjat muhrini haqiqiy emasligini aniqlashda qaysi belgilariga e’tibor qaratish lozim. Tergovchi ekspertiza (hujjat muhrini haqiqiy emasligini aniqlash) uchun qanday material (namuna)larni tayyorlashi va yuborishi lozim. Mazkur holat bo‘yicha hujjatlarni kriminalistik texnik usulda tekshirishning qanday taktik qoidalari mavjud.
140
10-MAVZU. ODAMLARNI TASHQI QIYOFA BELGILARI ASOSIDA IDENTIFIKATSIYA QILISH Identifikatsiya ob’ekti sifatida odamning tashqi qiyofasining tushunchasi va ilmiy asoslari. Odamning tashqi qiyofa belgilari tizimi. Portretlar bo‘yicha identifikatsiya qilish turlari. Odamlarning portretlari asosida o‘tkaziladigan identifikatsiyaviy tekshiruv.
Tergov va tezkor-qidiruv amaliyotida qidiruvdagi, tekshirilayotgan, o‘lgan odamlarning tashqi qiyofa belgilari asosida identifikatsiya o‘tkazish ko‘plab uchrab turadi. Odamning tashqi qiyofa belgilari asosida uning shaxsi aynanligini aniqlash odamning portreti- fototasviri orqali amalga oshiriladi. Identifikatsiya ob’ektlari sifatida tirik odam, murda, murda qoldig‘i (skeleti) tekshiriladi.
Identifikatsiya o‘tkazishda odamning o‘zi emas, uning chizilgan, bo‘yoq bilan tasvirlangan yoki fotografiyada aks etgan suratlari taqqoslab tekshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ayrim hollarda insonning tashqi tuzilishi so‘z orqali tasvirlanib, shu asosda chizilgan taxminiy rasm orqali tekshiruv o‘tkazilishi mumkin. Odamning tashqi qiyofa
belgilari asosida
identifikatsiya o‘tkazishning ilmiy asoslari qator fanlarning (anatomiya, fiziologiya, sud-tibbiyoti va boshqalar) rivojlanish omillariga va yutuqlariga tayangan holda shakllanadi, tergov, tezkor-qidiruv va ekspertiza faoliyatida keng qo‘llaniladi. Identifikatsiyaviy tekshiruv uslubiyoti odam tashqi tuzilishining informatik va mustahkam belgilariga asoslanadi. Hozirgi kunda
xususiyatlarga, alohida individuallikka ega, sotsial xususiyatlarga insonning ism-sharifi, nasl-nasabi, kasb-hunari, boshqalar bilan munosabati va hokazolar, jismoniy alomatlarga esa, jinsi, yoshi, tashqi qiyofa tuzilishi kabilarni kiritish mumkin.
141
odamning tashqi tuzilishining mustahkam alomatlari asosan tergov, tezkor-qidiruv faoliyatida, bedarak yo‘qolgan va jinoiy javobgarlikdan qochib yashirinib yurgan shaxslarni qidirishda, shuningdek, shaxsi noma’lum bo‘lgan odamlar va ularning murdalarini aniqlash uchun tegishli hujjatlar orqali tekshirishda qo‘llaniladi. Amaliyotda ba’zi tergov harakatlarini o‘tkazishda (masalan, tanib olish uchun ko‘rsatish, guvohlantirish kabi) tirik shaxslarni va murdalarini ko‘zdan kechirishda, ularning tashqi tuzilish xususiyati bo‘yicha shaxsi aniqlanib, tegishli ma’lumotlar olinadi.
Odamning tashqi tuzilishini ifoda etuvchi belgilar, uning so‘z bilan ta’riflangan tasviriy portretini tashkil etadi. Tashqi qiyofa belgilari tushunchasiga odamning umumiy gavda tuzilishi, bo‘yi, ayrim tana a’zolari (qo‘l, oyoq, yuz, burun kabilar)ning o‘lchov va shakl xususiyatlari, ya’ni anatomik sifat belgilari, yurish, qadam tashlash, ovoz, nutq va turli harakatdagi alomatlaridan iborat funksional belgilari kiradi.
Insonning foto yoki boshqa tasvirlari identifikatsiya ob’ekti sifatida tekshirilganda, ularda odamning aks ettirilgan qismlarigina e’tiborga olinadi. Fotosuratlar insonning bo‘y-bastini aks ettirgan bo‘lsa, bu holda belgilar yig‘indisi to‘laroq bo‘lib identifikatsiya uchun ahamiyatli bo‘ladi. Tezkor-qidiruv ishlarida tekshirilayotgan shaxsning ustidagi kiyimlarining xususiyatlari, individuallik alomatlari, xususan kiyimning turi, material sifati, shakli, bichimi, o‘lchovi, kiyimning ishlatilish (eskirish, to‘zish) darajasi turli moddalardan qolgan dog‘lari va hokazolar ham identifikatsiya qilishda ahamiyatli bo‘lib, informatik Ma’lumot uchun! Odamlarni tashqi tuzilish xususiyatlari bo‘yicha identifikatsiya qilish – aynanligini belgilash imkoni insonning anatomik va informatik alomatlarining yig‘indisi individual bo‘lganligi va ularni ikkinchi shaxsda takrorlanmaslik ta’limotiga asoslanadi. Bu individuallik xususiyati amaliy va nazariy jihatdan kriminalistik faoliyatda yillar davomida o‘z isbotini topgan. Odam dunyoga kelib yil sayin o‘sadi, betob bo‘ladi, qariydi, turli sabablarga ko‘ra uning tanasida o‘zgarishlar hosil bo‘ladi, shunga qaramay tananing asosiy ko‘rinish xususiyatlari saqlanadi. Yillar davomida hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar tananing ayrim qismlarining o‘lchovi, shakli va tusi nisbiy mustahkamlikka egadir.
142
vazifalarni amalga oshirishga yordam beradi. Kiyimlar qatoriga odamning ba’zi tana a’zolaridagi odat bo‘lib qolgan buyumlar va taqinchoqlar ham kiradi. Bular qidirilayotgan odam bilan shaxsi noma’lum murdalarni identifikatsiya qilishda qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qiladi.
Odamning tashqi qiyofasini aks ettiruvchi portretlar asosida identifikatsiya qilishda asosan ulardagi anatomik belgilar ishlatiladi. Protsessual tergov harakati bo‘lgan tanib olish uchun ko‘rsatishda odamning funksional belgilari (yurishi, nutqi va boshqalar) ham inobatga olinadi. Odamning tashqi qiyofa tuzilish xususiyatlarining yana bir ahamiyatli tomoni ularning nisbiy o‘zgarmasligi va mustahkamligidadir. Nisbiylik tushunchasi inson umrining ma’lum vaqt orasidagi o‘zgarmas xususiyatidir. SHuning uchun ma’lum vaqt oralig‘idagi nisbiy mustahkamlikka ega bo‘lgan belgi xususiyatlar ham shu tekshirilayotgan vaqtning shart-sharoitlari va holatiga ko‘ra baholanadi. Masalan, 10 yil davomida insonning hayoti davomida biror sabablarga ko‘ra muhim o‘zgarishlar yuz bermagan bo‘lsa, uning tashqi qiyofasi shu vaqtga nisbatan mustahkam hisoblanadi. Insonning yoshi, rivojlanish, o‘sish xususiyatiga qarab ba’zi tana qismlari o‘zgarishi mumkin. Ba’zi qismlari esa umr bo‘yi shaklining asosiy xususiyatini yo‘qotmaydi. Jumladan, yuz tuzilishi insonning 20-25 yoshlarida shakllanib bo‘ladi va turg‘unlik Ma’lumot uchun! Insonning tashqi qiyofasi tuzilishidagi belgilar ko‘pchilik odamlarda uchrab tursa, ularning individuallik qiymati past bo‘lib, asosan guruh mansubligini belgilashda xizmat qiladi. Ayrim belgi, tuzilishi xususiyati kam uchraydigan bo‘lsa uning individuallik xususiyati ahamiyatliroq bo‘ladi. Masalan, tashqi tuzilishdagi umumiy normadan tashqari bo‘lgan belgilar, xususiyatlar, (qoshning quyuq- qalin bo‘lishi, ayollarda lab usti tuklarining qalin va uzunligi, sochlarining oq bo‘lishi va x.k) faqat ayrim shaxslarga tegishlidir. Insonning individuallik xususiyatini tasvirlovchi (alohida belgilarini) identifikatsiya o‘tkazishda juda ahamiyatlidir. Bularga juda kam, faqat ayrim shaxslarda uchraydigan tug‘ma kamchiliklar, jismoniy majruhlik, xirurgiya davolashdagi qolgan izlar (chandiqlar), tatuirovka va boshqa alomatlar kiradi. Ko‘rsatilgan alohida guruh belgilari ham individuallik xususiyatini tasvirlovchi belgilar yig‘indisi bilan birgalikda baholanadi.
143
xususiyatiga ega bo‘ladi, quloq suprasi esa umr bo‘yi shakli, asosiy tuzilishdagi mutanosibligi o‘zgarmaydi. 7-rasm. Odamning tashqi qiyofa belgilari (bosh va yuzning tuzilish belgilari)
Odamning tashqi qiyofa belgilari tizimi
Insonning tashqi qiyofa belgilari asosan ikki turga mansubdir. Odamning homila davrida shakllangan o‘ziga xos bo‘lgan anatomik belgilari kriminalistikada statik turg‘un belgilar deb ataladi. Ikkinchi turi insonning turli harakati - faoliyatida aks etadigan (yurish, qadam tashlash, nutq va boshqalar) dinamik belgi alomatlaridir. Anatomik belgilar tavsifi
insonning umum
jismoniy xususiyatlaridan boshlanadi: - jinsi, yoshi, antropologik turdoshligi (tashqi ko‘rinishi bo‘yicha, osiyolik, evropalik va hk.); - umumiy gavda tuzilishi, boshi, yuzi, bo‘yin, elka, ko‘krak qafasi, qo‘l va oyoqlar (bular umum o‘lchov va shakllari bo‘yicha o‘rganiladi); - soch, qosh, mo‘ylov-soqol o‘simlari (soch tolalarining shakli - tuzilishi-tekis, jingalak, rangi bo‘yicha - qora, malla); 8-расм. Қулоқ супраси ва қош кўзнинг тузилиш аломатлари 9-расм. Бурун шакли ва ўлчов белгилари
144
- teri qoplamasining rangi (pigmentatsiya alomatlari, ko‘zlarining shakli, katta-kichikligi va rangi). Umumiy gavda tuzilishi insonning to‘la, qotma yoki ozg‘in bo‘lishi, bo‘yi baland, o‘rta, past, boshning katta, o‘rta va kichik o‘lchovda bo‘lishi, shakl bo‘yicha geometrik dumaloq, uchburchak, oval kabi atamalar bilan tavsiflanadi. Odamning tashqi tuzilishi belgilarining asosiy o‘lchov shakllari uning yuzi - beti qismida aks etadi: yuzning tavsifi to‘g‘ridan va yonbosh (o‘ng va chap) va qiya (nim yonbosh) tomonidan kuzatiladi; dumaloq, uchburchak, oval shaklida, peshona, qosh, ko‘z, burun, og‘iz, engak qismlari ham katta-o‘rta-kichik shakllari bo‘yicha joylashadi va o‘zaro proporsiyalari belgilanadi. Tishlarning yirik, mayda, joylashuvi bo‘yicha, tekis-to‘g‘ri va qiyshiq-so‘yloq bo‘lishi insonning nutqi, lab harakati vaqtida kuzatish mumkin. Og‘iz va lab tuzilishi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, o‘lchovi va shakllari ham umumiy tavsiflanadi, labning qalinligi, yupqaligi va rangi alohida ko‘rsatilishi mumkin. Engakning o‘lchovi katta-kichikligi, shakli bo‘yicha dumaloq, uchburchak, oldinga yoki orqaga qarab yo‘nalganligi, bo‘yni qismiga nisbatan baland-past, qavatlangan, osilganligi belgilanadi. Bo‘yinning uzunligi-kaltaligi, yo‘g‘on-ingichka, (to‘la-semiz, ariq va h.k.), elka tuzilishi, keng qisqa, to‘g‘ri, to‘g‘ri-tekis, qiyalashgan, elka orqa tomondan ko‘rinishi, gavdaning umumiy shakliga nisbatan to‘g‘ri yoki bukraygan, qo‘l va oyoqlar ham umumiy bo‘yiga proporsiya me’yori belgilanadi (katta-kichik uzun, kalta, to‘la-oriq va h.k.). Funksional belgilar qatoriga insonning ma’lum harakatlari jarayonida hosil bo‘ladigan xususiyatlar kiradi. Mazkur belgi alomatlar odamning hayoti davomida hosil bo‘lib, kun sayin takrorlanib odat bo‘lib qoladi va ayrim sabablar ta’sir etsagina o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Bu guruhdagi belgi alomatlar insonning faoliyati, harakati natijasida hosil bo‘ladi va tavsifi inson gavdasining yurish-turishidagi umumiy holat vaziyatidan boshlanadi: gavdaning to‘g‘ri, chap yoki o‘ng tomonga, orqaga, oldinga og‘dirilgan holda tutishi; tik turganda yoki o‘tirgan holda ham yuqoridagi alomatlarning hosil bo‘lishi. Qadam tashlash, yurish xususiyatlari odamning o‘ziga xos bo‘lgan yurish tezligi, sustligi, qadamning uzunligi, qisqaligi, oyoq kaftining yo‘nalish tomoni, qadam tashlash jarayonida boshning, umuman 145
gavdaning, qo‘llarning vaziyati, (harakati), chayqalishi va shu kabilar bilan belgilanadi. YUzning yumshoq muskul to‘qimalarining harakatda bo‘lib turishi, tebranishi (mimikasi) insonning ichki hissiyoti (ruhiy holati)dan darak beruvchi alomatdir. Bu belgi ba’zi odamlarda sezilarli darajada bo‘ladi, ba’zilarda esa deyarli sezilmaydi. Mimika insonning ma’lum holatlardagi doimiy
ravishda yuzning
(chehraning) ochiqligi, xushchaqchaqligi yoki jiddiylik, xafalik ko‘rinishi bilan bog‘liqdir. Insonga xos bo‘lgan so‘zlashish (nutq) xususiyatlari, funksional belgilar qatorida boshqalariga nisbatan mustahkam bo‘lib, ovozning o‘ziga xos individualligi namoyon bo‘ladi. Ovozning past, baland, jaranglovchi, bo‘g‘iqligi, mayinligi, qalin yo‘g‘onligi, so‘zlashish jarayonida tovushlarni, so‘z turkumlarini ifoda etishdagi individual xoslik xususiyatlarini aks etishi (tilning chuchukligi, harflarni buzib ifoda etish, ayrim sheva so‘zlarni ishlatish), so‘zlashishda nutqning tezligi, sustligi, cho‘zib to‘xtab ifoda etish va hokazolar shular jumlasidandir.
Yuqorida keltirilgan belgilarga qo‘shimcha ma’lumot sifatida, insonning egnidagi kiyimini ham ta’riflash mumkin. Bunda libosning umumiy turi: bosh kiyim, egnidagi ustki libos (yozgi, qishki) poyabzal (engil yozlik, uyda kiyadigan, qishlik issiq etik, maxsi va h.k.) ularning o‘lchovlari, modeli, bichim turi (milliy, umumiy), ishlab chiqarishda xizmat turiga ko‘ra maxsus kiyiladigan uni tuzilish xususiyatlari ta’riflanadi. Insonning egnidagi kiyimini tavsiflaganda uning ishlatilganlik darajasi (yangi, biroz kiyilgan, anchagina to‘zigan kabi) ham ifodalanishi lozim. Kiyim va poyabzal yuzalaridagi turli moddalardan hosil bo‘lgan dog‘lar, ta’mirlash alomatlari ham ko‘rsatilishi mumkin. Ma’lumot uchun! Anatomik va funksional belgilarning alohida turlari ayrim odamlarda uchraydigan, ko‘zga tashlanadigan alohida belgi-alomatlar turkumi hisoblanadi. Bularga insonning o‘ziga xos tug‘ma yoki hayoti davomida hosil bo‘lgan jismoniy nuqsonlari, alomatlari misol bo‘la oladi. Masalan, oyoq-qo‘llardagi kamchilik- kasallik, teri yuzasidagi nor, xol, chandiq, so‘gal, chechak kasalligi va jarohat izlari, tatuirovka (badanga igna bilan yozish, rasm chizish), cho‘loqlanish, oyoq yoki qo‘l barmoqlarining umum tuzilishidan ko‘proq yoki kamroq bo‘lishligi va hokazolar kiradi.
146
Odamning funksional belgilari turli ashyolarda, fotosurat, rasm, chizmalarda aks etmaganligi uchun ular asosan tezkor-qidiruv va ba’zi tergov harakatlarini o‘tkazishda qo‘llaniladi. Turg‘unlikka xos bo‘lgan anatomik belgilar insonning turli portretlarida (rasmlarida) aks etadi. SHuning uchun ekspertiza tekshiruvida ko‘p hollarda insonning u yoki bu portreti identifikatsiya ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi.
Kriminalistik identifikatsiyaga ob’ekt bo‘ladigan portretlarning tayyorlanishi, ishlanishi, qanday materialda aks ettirilganligi, qanday modda, ashyo ishlatilganligi bo‘yicha farqlanadi. Ishlanish usuliga asosan portretlar, fotografiya suratlari, rassomchilik, chizmachilik va alohida qismlardan yig‘ilgan (sintetik) usulda tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Sud ekspertizasi amaliyotida asosan ko‘proq uchraydigan turlari fotosuratlar bo‘lib, rassomchilik, chizmachilik va boshqa usulda ishlanganlari kam uchraydi. Oxirgi bir necha yillar davomida fototasvirlardan ayrim qismlari (ko‘z, burun, og‘iz kabi) olinib sun’iy (sintetik) tayyorlash ko‘proq tarqalib ketdi. Fotografik ob’ektlarni ob’ektiv (to‘g‘ri va haqiqatga yaqinroq ma’noda) rassomchilik, chizmachilik va sun’iy tayyorlangan portretlarni sub’ektiv deb ataydilar. Fotoportretning tayyorlanishi fotoapparat ob’ektivi orqali olinadigan optik tasvir bo‘lganligi uchun shunday nomlangan. Portretlarning ikkinchi guruhi esa insonning xotirasida saqlangan qiyofa tuzilishi portret muallifi (ekspert, rassom, guvoh) tomonidan tiklanib yasalgani uchun sub’ektiv deyiladi. Portret tayyorlashda fotoqog‘ozda tushirilgani, karton, qalin mato, yog‘och, plastmassa, chinni yuzasiga chizilgani va rasm chizish vositasi sifatida akvarel yoki mayda tayyorlangan bo‘yoq rangi va oddiy qalam yoki siyoh ishlatiladi.
insonning yuzi aks etadi. Eng ko‘p tarqalgan fotosurat portretlari odamning ko‘krakkacha bo‘lgan qismi 3x4, 9x12 sm o‘lchovida tayyorlanadi va turli hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida bosh kiyimsiz to‘g‘ridan, yorug‘lik ustki va yonboshi tomonlaridan bir me’yorda berilib tayyorlanadi. Ba’zida bunday fotosuratning pastki o‘ng burchagi bo‘sh qoladi.
147
Tezkor-qidiruv va tergov ishlarida ko‘krakkacha, belgacha bo‘lgan qismlari, bo‘yi baravarida yakka va guruh shaxslar qatorida tasvirlangan fotosuratlar keng qo‘llaniladi. Bunday fotosuratlarga ko‘proq badiiy tus berilib tayyorlanganligi va odamning o‘ziga xos tashqi qiyofasi yuzining ayrim belgi alomatlari to‘liq aks etmasligi identifikatsiyaviy tekshiruv uchun bir qator qiyinchiliklarni tug‘diradi. Identifikatsiyaviy tekshiruv uchun ko‘p hollarda oq-qora fotosuratlar ishlatiladi, rangli portretlar kamroq uchrab turadi. Rangli fotoportretning oq-qora turlariga qaraganda tekshiruv uchun bir muncha qiyinchiliklar, hatto ikkilanishlarga olib keladi, chunki odamning tabiiy xos bo‘lgan rang xususiyatlari suratda bir muncha o‘zgarishi mumkin, shuningdek, rangli fotosuratlar yorug‘lik va quyosh nurlari ta’sirida rangi o‘chib o‘zgaradi. Fotosuratlarda aks etgan shaxsning yuzi, uning tuzilishi, ayrim belgilarini suratga olish jarayonida yorug‘likni qaysi tomondan berilganligiga qarab, bosh qismining to‘g‘ri-qiya tutib turishi va boshqa sababga ko‘ra u biroz o‘zgartirib yuborishi mumkin, shuning uchun fotoportret asosida shaxsni aniqlash ishini dastavval fotosuratdagi tasvirlangan odamning yuzini, uning qarashi (nigohi)ga, yorug‘lik qaysi tomondan berilganligi, boshning holati va hokazolarga e’tibor berish lozim. Bundan tashqari fotoportretda ayolning tasviri ifodalangan bo‘lsa, uning sochi, yuzidagi kosmetik moddalar (bo‘yalgan qosh, kiprik, lab) kabilar yuz
tuzilishidagi haqiqiy
belgilarni tasvirlash uchun qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Fotosuratda tasvirlangan, umum tuzilishni kuzatishda yuzning qaysi qismi (o‘ng, chap, pastki-yuqorisi) aniqroq aks etgan yorug‘lik nurlari bir xilda yoki qisman ayrim joylarini yoritganligini ajratib, shu nuqtalardagi belgi alomatlarini tasvirlash mumkin. YUzning tuzilishi undagi belgilarning fotosuratda aks etishiga boshning holati (rakursi) ta’sir etadi. SHuning uchun suratga tushirish vaqtida bosh yuqoriga yoki pastga, chap yoki o‘ngga qaratilganda yuz tuzilishidagi alomatlarning shu sharoitga ko‘ra biroz bo‘lsada o‘zgarishi ham inobatga olinishi lozim. Odam murdasining fotoportretini kuzatish va o‘rganishda uning tashqi qiyofasidagi (yuzi va ko‘rinarli qismlarida) jarohatlar murdaning o‘zgarish alomatlari (chirishi natijasida) hayotiy davrdagi tasvirdan ancha farq etadi. Ularga jiddiyroq e’tibor bermoq lozim. Ba’zida murdani yuzi fotosuratga tushirishdan oldin uning yuzidagi qon va boshqa moddalar yuvilib, jarohatlarni tekislash (tualet) o‘tkaziladi. 148
Bunday hollarda murdani ko‘zdan kechirish va fotosuratga olish jarayonida qayd etilgan bayonnoma bilan tanishib chiqmoq lozim. Rassom ishlagan va chizma portretlar. Mazkur tasvirlar qalin matoda,
qog‘oz-karton kabi materiallarda bajariladi. Portretni tayyorlovchi (rassom) insonning tashqi qiyofasini naturadan o‘zini kuzatish bilan birga boshqa shaxslardan eshitib, xotirasida shakllantirib so‘ng portretga tushiradi. Mazkur portretlar odamning tashqi qiyofasini umumiy shakli, ko‘rinish va rassomning xotirasiga singib qolgan xususiyatlargina aks ettirilib, aniq o‘lchovdagi proporsiya va belgilar tushib qoladi. Bunday portretlar tasvirdagi odam bilan umumiy o‘xshashlikkagina asoslangan bo‘ladi. Amaliyotda ko‘proq uchraydigan portretlar qidiriluvchi shaxsning tashqi qiyofasi haqidagi ma’lumotlar asosida tayyorlanadi. Qidiriluvchi shaxsning tashqi qiyofasi, uni ko‘rgan - bilgan (guvoh, jabrlanuvi va boshqa)larning xotirasida saqlanib, so‘z bilan tasvirlab tiklanadi va shu axborot asosida uning tashqi tuzilishining asosiy xususiyatlarini eks ettiruvchi portret chiziladi. Rassom ishlagan, chizma va (fotorobot) yig‘ma portretlarni tekshirishda ularning xususiyati odamning tashqi tuzilishining haqiqiy tasvirini aks etmasligini va umumiy
yaqinlashtirilganligini, o‘xshashlikka asoslanganligini unutmaslik lozim. Mazkur portretlarni tekshirishdan olinadigan ma’lumot tezkor- qidiruv faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lib, ular tergov - protsessual harakatlarni o‘tkazishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling