Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Esda tuting! Kriminalistik taktika
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kriminalistik taktika tizimi
- 2. Kriminalistik taktikaning maxsus qismi.
- Kriminalistik taktikaning maxsus qismi
- Hal qilinayotgan vazifalar darajasiga ko‘ra taktik usullar Boshlang‘ich taktik usullar Oraliq taktik
- Mazmuniga ko‘ra taktik usullar turlari Psixologik taktik usullar Mantiqiy taktik
- Kompleks taktik usullar
- Taktik usullar oldiga qo‘yiladigan talablar
- Taktik usullari taktikasining umumiy qoidalari
- 1. Tergov vaziyatining jinoyat xususiyatlari va u haqdagi axborot bilan bog‘liq elementlari
Esda tuting! Kriminalistik taktika – bu kriminalistikaning tergovni tashkil etish va rejalashtirish, uni amalga oshiruvchi shaxslar xatti-harakatlarining optimal uslubini jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va majburiyatlarini O’zR JPK talablariga qat’iy muvofiq ravishda belgilash va amalga oshirish nazariy qoidalari va bu xususda amaliy tavsiyalar tizimidan iborat bo‘limi.
169
turlarini tergov qilishni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari ham ko‘rib chiqila boshlandi. Kriminalistik taktikaning qoidalari, tavsiyalari va xulosalari kriminalistika fanidagi barcha qolgan bo‘limlarining mazmuni bilan uzviy bog‘liqdir. Kriminalistik taktik nazariyalari, ta’limotlari va kategoriyalari kriminalistikaning metodologik asoslari, kriminalistik identifikatsiyalash va diagnostikalash, jinoyat sodir etish usullari to‘g‘risidagi ta’limot, tergov faoliyatida kriminalistik model tuzish singari qoidalarga asoslanadi. Kriminalistik taktik tavsiyalarda kriminalistik texnika muhim o‘rin egallaydi. U ko‘zdan kechirish, tintuv, eksperimentni tashkil etish va amalga oshirish, ekspertiza hamda boshqa tergov harakatlarini tayinlash va o‘tkazish chog‘ida kriminalistik taktik qoidalar tarkibida qo‘llaniladi. Kriminalistik texnika rivojlanib borgani sari uning yutuqlari sud dalillarini aniqlash, tekshirish va baholashda tobora yangi imkoniyatlar ochadi. Bu ilgari yaratilgan taktik usullar, operatsiyalar va kombinatsiyalarni takomillashtirish hamda ularning mutlaqo yangilarini ishlab chiqishni taqozo etadi. O‘z navbatida, kriminalistik taktikaning tarkibi jinoyatlarni tergov qilish uslubiyotini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirish, tergovchi va tezkor xodimlarning o‘zaro hamkorligi, ayrim tergov harakatlarining taktikasi haqidagi kriminalistik nazariyalar va kriminalistik taktikaning boshqa qoidalari xususiy uslubiyotarga asos qilib olinadi hamda ana shu jinoiy jazoga loyiq qilmishlarni fosh etish va tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan holda mukammallashtiriladi. E’tibor bering! Kriminalistik taktikaning eng muhim qoidalari jumlasiga quyidagilar kiradi: jinoyatlarni tergov qilish chog‘idagi tergov harakatlarining oqilona taktik usullari; kriminalistik taktik harakatlar va operatsiyalar; jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirish va tezkor-qidiruv xodimlari bilan tergovchining o‘zaro hamkorligi; jinoyatlarni tergov qilishda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining yordamidan foydalanish; jinoyatlarni tergov qilishda gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining shaxsini o‘rganish; jinoyatlarni tergov qilishda maxsus bilimlardan foydalanish; tergovchining jinoyatlarni oldini olishga doir faoliyati.
170
Kriminalistik taktika tizimi Kriminalistik taktikaning hozirgi vaqtga kelib shakllangan tizimi o‘zaro bog‘liq ikki qismdan tashkil topgan.
Umumiy qoidalar – kriminalistika mazkur bo‘limining mohiyati va tergov faoliyatini tashkil etishga doir bilimlarni o‘z ichiga oluvchi ilmiy asosidir. Kriminalistik taktikaning umumiy qoidalari o‘z navbatida ikkita kichik qismlarga bo‘linadi:
zamonaviy holatiga doir bilimlarni birlashtiruvchi ilmiy muammolari: kriminalistik taktikaning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, kriminalistik taktikaning predmeti, tizimi, vazifalari, manbalari, prinsiplari, kriminalistik taktikaning ilmiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni va hokazo. b) tergov faoliyatini tashkil etishning ilmiy asoslari: tergov faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi kriminalistik ta’limot; jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirish, tergovchilarning tezkor xodimlar bilan o‘zaro hamkorligi, tergov faoliyatida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni tashkil etish, jinoyatlarning oldini olishga doir faoliyatni tashkil etish, taktik usullar va tavsiyalar to‘g‘risidagi kriminalistik ta’limot, taktik operatsiyalar, tergov vaziyatlari, taktik echimlar, tergovchilar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish va hokazo. 2. Kriminalistik taktikaning maxsus qismi. Kriminalistik taktikaning maxsus qismi jinoyatlarni tergov qilish va sud tergovi jarayonida sudning hamda tergovchining harakatlarini tayyorlash va o‘tkazishga doir bilimlar tizimidan iboratdir. Bu bilimlarning mazmunidagi farq maxsus qismni ham ikkita nisbatan mustaqil tarkibiy elementga bo‘lishni taqozo etadi: a) jinoyatlarni tergov qilish jarayonida ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi: tergovni ko‘zdan kechirish va guvohlantirish taktikasi, so‘roq qilish va yuzlashtirish taktikasi, tintuv qilish taktikasi, qo‘lga tushirish va hibsga olish taktikasi, tanib olish uchun ko‘rsatish taktikasi, tergov eksperimenti taktikasi, ko‘rsatuvlarni voqea yuz bergan joyning o‘zida tekshirish va aniqlashtirish taktikasi, sud ekspertizalarini tayinlash va o‘tkazish taktikasi, qidiruv tadbirlari taktikasi;
taktikasi: sud tergovi taktikasi, sud ko‘zdan kechirishi taktikasi, ko‘rsatuvlarni voqea yuz bergan joyning o‘zida tekshiruv taktikasi.
171
Kriminalistik taktika jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va tergov qilishda, ya’ni jinoyatchilikka qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga avvalo, tergovchilarga samarali yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Kriminalistik taktika tizimi Kriminalistik taktikaning umumiy qismi Kriminalistik taktikaning maxsus qismi kriminalistik taktikaning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va zamonaviy holatiga doir bilimlarni birlashtiruvchi ilmiy muammolari tergov faoliyatini tashkil etishning ilmiy asoslari kriminalistik taktikaning tarixi, predmeti, tizimi, vazifalari, manbalari, prinsiplari, ilmiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni va b.q. tergov faoliyatini tashkil etish; jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirish, tergovchilarning tezkor xodimlar bilan o‘zaro hamkorligi, taktik usullar va tavsiyalar to‘g‘risidagi kriminalistik ta’limot, taktik operatsiyalar, tergov vaziyatlari, taktik yechimlar va b.q. jinoyatlarni tergov qilish jarayonida ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi sudlov ishlarini yuritish jarayonida ayrim tergov harakatlari taktikasi ko‘zdan kechirish va guvohlantirish, so‘roq qilish va yuzlashtirish, tintuv qilish, qo‘lga tushirish va hibsga olish, tanib olish uchun ko‘rsatish, tergov eksperimenti taktikalari va b.q. sud tergovi taktikasi, sud ko‘zdan kechirishi taktikasi, ko‘rsatuvlarni voqea yuz bergan joyning o‘zida tekshiruv taktikasi va b.q.
172
Taktik usullar, taktik qarorlar, tergov vaziyatlari va kriminalistik taktikaning boshqa qoidalari
Jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish chog‘ida tergovchi harakatlarining oqilona tashkil etishda taktik usullar muhim ahamiyatga ega.
Taktik usulni uning kriminalistik faoliyat tizimidagi o‘rnini, uning vazifalarini hisobga olgan holda tahlil qilamiz. Mazmun va maqsad jihatidan quyidagi taktik vazifalarni va ularga mos keluvchi taktik usullarni farqlash mumkin: 1) tergov qilinayotgan jinoyat voqeasining haqiqiy holatlarini, ayniqsa, daliliy ahamiyat kasb etishi mumkin bo‘lgan kriminalistik axborotni aniqlash va undan foydalanish orqali aniqlashga qaratilgan bilishga oid taktik vazifalar va usullar; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan ularni tergovga jalb qilish, ular bilan psixologik aloqa o‘rnatish, ularning xulq-atvorini boshqarish optimal shakllaridan foydalanish orqali samarali o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yishga qaratilgan boshqaruv taktik vazifalari va usullari; 3) jinoyatlarni tergov qilish borasidagi faoliyatning optimal tashqi sharoitlari va zaruriy tashkiliy-texnika vositalarini ta’minlovchi
harakatlarining jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish bilan bog‘liq vazifalarni samarali hal qilish imkonini beradigan maqbul uslub. 173
Hal qilinayotgan vazifalar darajasiga ko‘ra taktik usullar Boshlang‘ich taktik usullar Oraliq taktik usullar Pirovard taktik usullar
kriminalistik ahamiyatga molik axborotni topish, qayd etish va olib qo‘yishga qaratilgan taktik usullar daliliy faktlarni aniqlash, buning uchun mo‘ljallangan taktik komplekslarni shakllantirishga qaratilgan taktik usullar
jinoyat ishini tergov qilish taktik vazifalarini hal qilishga, gumon qilinuvchining aybdorligini isbotlashga, jinoyat voqeasining barcha muhim holatlarini aniqlashga qaratilgan taktik usullar Mazmuniga ko‘ra taktik usullar turlari Psixologik taktik usullar Mantiqiy taktik usullar Tashkiliy taktik usullar Jinoyat ishlari bo‘yicha tergovchi harakatlarini amalga oshirishning umumiy va yuridik psixologiya sohasidagi yutuqlarga tayangan usullari (tergovchi so‘roq qilinuvchi bilan psixologik aloqa o‘rnatishi tintuv qilinuvchining ruhiyatini kuzatishi, ushlanayotgan shaxsni, jinoyatni sodir etishda gumon qilinuvchini qo‘lga olish chog‘ida psixologik ta’sir ko‘rsatish va b.q.). Mantiq qonunlari va kategoriyalari hamda sud mantiqiga xos qonuniyatlar va kategoriyalarga asoslanuvchi taktik usullar (so‘roq qilinuvchi shaxsning ko‘rsatuvlaridagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va ulardan foydalanish; tergov versiyalarini tuzish va ularni tekshirish; tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonida dalillardan va tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanishning mantiqiy izchilligini belgilash usullari va b.q.). Bu usullar jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirish qoidalari va usullarini; jinoyatlarni ochish va tergov qilish paytida tergovchining tergov harakatlarini hamda boshqa harakatlarini; ishtirokchilar o‘rtasida vazifalar taqsimlanishini; tergovchi va surishtiruv organlari tezkor xodimlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etishni va b.q.ni o‘z ichiga oladi.
Kompleks taktik usullar Jinoyatlarni ochish hamda tergov qilish paytida ilgari ko‘rsatib o‘tilgan va boshqacha mazmundagi tergovchi harakatlarini tayyorlash hamda amalga oshirish yo‘llarini uyg‘unlashtiradi (sodir etilgan jinoyatda o‘z aybini inkor etayotgan ayblanuvchini so‘roq qilishda savollarni qo‘yish ketma-ketligini tanlash so‘roq qilinuvchining ruhiyati xususiyatlarini, uning aybi yuzasidan to‘plangan dalillar mazmuni va ahamiyatini hamda so‘roq qilishda himoyachi, mutaxassis, prokuror va boshqa shaxslar ishtirok etishini hisobga olgan holda o‘tkazilishi lozim).
174
Tergov qilinayotgan ish bo‘yicha isbot qilish predmeti bilan muayyanlashtirilgan taktik vazifalar yig‘indisi daliliy axborot manbalari bilan ishlash va protsessual qarorlar qabul qilishda tergovchi taktik faoliyatini yo‘lga soluvchi asosni hosil qiladi. Tergovchi muayyan taktik usulni tanlashi va taktik qaror qabul qilish tergov qilinayotgan ish bo‘yicha yuzaga keladigan va o‘ta o‘zgaruvchan, harakatchan, faol axborot tizimini hosil qiladigan tergov vaziyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakatlarini yuritish taktikasiga aniqlik va tuzatish kiritish so‘roq qilish, yuzlashtirish, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va hokazolar jarayonida qo‘llanilgan taktik usullar yordamida olingan natijalarni kutilgan natijalar bilan solishtirish orqali amalga oshirilishi lozim.
Taktik usul zamirida qaysi fan ma’lumotlari yotishiga qarab, psixologik, mantiqiy usullar, boshqaruv fani usullari va boshqa taktik usullar farqlanadi. Taktik usullarni ularning yordamida hal qilinuvchi kriminalistik vazifalar tipiga qarab guruhlash amaliy nuqtai nazardan ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu mezonga ko‘ra tashkiliy- texnik, bilishga oid va boshqaruv taktik usullari farqlanadi.
Tergovchi tergov qilinayotgan jinoyat voqeasi holatlarini aniqlash bilan bog‘liq bilish vazifalarini hal qilish uchun ko‘pincha quyidagi taktik vazifalarni hal qiladi: 1) tergovning boshqa ishtirokchilari bilan psixologik aloqa
tahliliga, jinoyat sodir etish usullari va ularni amalga oshirish mexanizmlarini, kriminalistika ilmiy tavsiyalarini bilishga, harakatlarning optimal variantini tanlashga yo‘l ko‘rsatadigan tergov faoliyati borasidagi shaxsiy tajriba va kasbiy mahorati va ishonchiga asoslanadi. Tergovchini taktik qaror qabul qilishga quyidagilar olib keladi: texnik, taktik va qidiruv usullari va vositalaridan keng foydalanish asosida bevosita vazifalarni va ularni yechish usullarini belgilash, ushbu vaqtda yuzaga kelgan tergov faoliyati sharoitlarida kriminalistik faoliyatning barcha sub’ektlari kelishilgan holda o‘zaro aloqa qilishini ta’minlash. 175
o‘rnatish, tergovchi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning manfaatlari to‘qnashgan nizoli va muammoli tergov vaziyatlarida ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadigan qarama-qarshilik holatini bartaraf etish; 2) jabrlanuvchi, guvoh yoki boshqa shaxsga bilish vazifalarini hal qilishda yordam ko‘rsatish, masalan: tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxslar yoki narsalar guruhini tanlashda idrok etishning xolisonaligi va izchilligini ta’minlash; so‘roq qilinuvchi xotirasining assotsiativ aloqalarini faollashtirish yo‘li bilan unutilgan faktlar va tafsilotlarni yodga solish va sh.k.; 3) tergov vazifalarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan optimal
berish, masalan: tintuv qilinayotgan shaxsni sinchiklab kuzatish; ayblanuvchini uning ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortishi qilmishning holatlarini xolisona aniqlashni qiyinlashtirishi mumkinligiga ishontirish va sh.k. Muayyan taktik usularni tanlash tergovchi tomonidan ruhiy va psixologik jarayonlarning kechish ob’ektiv qonuniyatlarini, tergov ostidagi shaxs, jabrlanuvchi, guvoh-shohid va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning individual xususiyatlarini, ulardan har birining maqsad va mo‘ljallari, rag‘batlantiruvchi motivlari, boshqa ob’ektiv va sub’ektiv omillar, masalan, tergovga uyushqoqlik bilan qarshilik ko‘rsatish mavjudligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Tashkiliy-texnik vazifalarni hal qilayotib, tergovchi o‘z faoliyatini rejalashtirishga, tashkiliy-texnika, transport, aloqa, kriminalistik texnika vositalariga, hisob yuritish-ro‘yxatga olish va bildirgich ma’lumotlarga, ahamiyatga molik axborotni topish va unga ishlov berish uchun kompyuter vositalariga tayanadi, bularning barchasi tergovchi ishining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 176
Tergovchi jinoyat ishlari bo‘yicha ishni yuritar ekan, quyidagi turdagi harakatlarni bajarishi mumkin.
chog‘idagi jinoyat-protsessual qonunida nazarda tutilgan harakatlari bo‘lib, ularning mohiyati jinoyat ishlari bo‘yicha dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iborat bo‘ladi. Ular jumlasiga so‘roq qilish, yuzlashtirish, ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, tintuv, ushlab turish, tanib olish uchun ko‘rsatish, tergov eksperimenti, ko‘rsatuvlarni voqea yuz bergan joyda tekshirish va aniqlashtirish, sud ekspertizalarini tayinlash va o‘tkazish kiradi. 2. Qidiruv choralari. Tergovchining va surishtiruv organlari xodimlarining ayblanuvchilar, gumon qilinuvchilar, jabrlanuvchilar, guvohlar, murdalar, hayvonlar, qimmatbaho narsalar, hujjatlar va tergov qilinayotgan jinoyat ishi uchun ahamiyatli boshqa ob’ektlar turgan joyni aniqlashga qaratilgan jinoyat-protsessual qonunida ruxsat etilgan harakatlari qidiruv choralari hisoblanadi.
yuritishning har bir paytidagi holatini aks ettiradi va shu bois vaziyat Taktik usullar oldiga qo‘yiladigan talablar – qonunga asoslanganligi (qonun me’yorlariga mos kelishi); maqsadga muvofiqlik; xilma-xillik; xavfsizlik; samaradorlik va tejamkorlik; usulni erkin tanlash; tergov harakatlari va tezkor qidiruv tadbirlarining eng maqbulini uyg‘unlashtirish.
qonuniylikka, odob va axloq me’yorlariga rioya qilish; rahbariyat yagonaligi; tergovchining faolligi va intiluvchanligi; surishtiruv xodimlari bilan o‘zaro hamkorlik; vaziyatlilik; bosqichli; rejalilik; izchillik; xolislik; to‘lalik; o‘z vaqtida ijro etish; kriminal-texnika vositalaridan foydalanish; mutaxassislar yordamidan foydalanish. Ma’lumot uchun! Kriminalistik taktik usullar yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi sharoitlarda qo‘llanish uchun ishlab chiqiladi: tipik tergov vaziyatlari; nizoli tergov vaziyatlari; ekstremal tergov vaziyatlari; tergov va surishtiruvga qarshi uyushgan harakat; “eski” ochilmagan jinoyat ishlari bo‘yicha ishlash va hokazolar.
177
tahlilini to‘g‘ri amalga oshirish tergov faoliyatini tashkil etishning eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha tergov vaziyatlari aniq bir jinoyatni tergov qilishning muayyan paytidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi holatlar majmuidan iborat. Ana shu holatlar tarkibini tergov vaziyatlarining elementlari deb ham atash mumkin bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
joyi, usuli va hokazo); jinoyatning oqibatlari; jinoyatni sodir etgan shaxslar soni va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar; gumon qilinganlar ushlanganmi yoki ushlanmaganmi; o‘g‘irlangan narsa topilganmi yoki topilmaganmi va shunga o‘xshashlar; jinoyat sodir etilgan paytdan to jinoiy hodisa to‘g‘risidagi axborot ma’lum bo‘lgunga qadar o‘tgan vaqt; jinoiy hodisa to‘g‘risidagi dastlabki axborot mazmuni va manbai; jinoiy hodisa to‘g‘risidagi dastlabki axborotning to‘liqligi, ishonchliligi va tegishliligi.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling