Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59















 

247 


jinoyatchilar  pul,  boyliklar,  hujjatlar,  qurolni  yashirish  uchun 

xufyadonlar  yasaydilar  va  ba’zan  ularni  kutilmagan  joylarga 

o‘rnatadilar.  Ularni  topish  va  ochish  qo‘shimcha  qiyinchiliklar 

tug‘diradi. 

Xufyadonlar amalda har qanday joyda bo‘lishi mumkin. Pol ostida 

ular  odatda  devorlar  yaqinida  yoki  mebel,  gilam,  poyandoz  tagida 

bo‘ladi. Xufyadon mebel predmetlarida tashkil etilgan bo‘lishi mumkin, 

shu  sababli  tintuv  paytida  ularning  ham  ochiq,  ham  yashirin  qismlarini 

tekshirish  zarur.  Mayda  yassi  narsalarni  qidirayotganda  kitoblar, 

albomlar, jurnallarni ayniqsa sinchiklab tekshirish tavsiya etiladi. Ularni 

qoqish, varaqlash,  muqovalarning qalinligini o‘lchash, ularning holatini 

tekshirishga to‘g‘ri keladi.  



3.  Joyda  tintuv  o‘tkazish  tekshirilayotgan  hudud  (bog‘,  dala 

hovli,  tomorqa,  chorbog‘)ning  xususiyatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Odatda, 

hudud kvadratlar,  sektorlarga bo‘linadi, ularning chegarasi bo‘lib tabiiy 

sarhadlar  xizmat  qilishi  mumkin.  Har  bir  uchastka  tergov-tezkor 

guruhining  bir  a’zosiga  biriktiriladi.  Tintuv  jarayonida  gul  ekilgan 

joylar, egatlar, daraxtlar ostidagi erlar, pichan g‘aramlari, axlat uyumlari 

shchuplar va metall izlagichlar bilan tekshiriladi. Qurilish materiallari va 

o‘tin  taxlamlari  ochib  ko‘riladi.  Agar  qidirilayotgan  narsalar  erga 

ko‘milishi  mumkin  bo‘lsa,  erning  chopilgan  qismlariga,  o‘t  payhon 

bo‘lgan  joylarga  e’tiborni  qaratish  zarur.  YAqinda  asfaltlangan  yoki 

betonlangan,  trotuar  plitkasi  qoplangan,  shag‘al  to‘kilgan  joylar  ham 

nazardan  chetda  qolmasligi  kerak.  Ayrim  hollarda  xizmat  itlaridan 

foydalanish ham samara berishi mumkin. 

4.  Avtomobilda  tintuv  mutaxassis  ishtirokida  o‘tkazilganda 

ayniqsa  yaxshi  samara  beradi.  Avtomobilni  tintuv  qilayotganda  uning 

barcha  tabiiy  bo‘shliqlarini,  kabina  (salon)ni,  o‘rindiqlar  ostini, 

yukxonani,  old  paneldagi  qutilarni,  dori-darmonlar  qutisini,  zaxira 

g‘ildirakni  tekshirishga  alohida  e’tibor  berish  zarur.  O‘rindiqlardan 

g‘iloflar  echib  olinadi,  g‘ildiraklar,  kuzov,  yuk  va  hokazolar  ko‘zdan 

kechiriladi. 

5.  SHaxsiy  tintuv  O‘zR  JPKning  162  va  164-moddalarida 

belgilangan  protsessual  qoidalarga  muvofiq  o‘tkaziladi.  Bunda  eng 

avvalo  kiyim,  poyafzal,  bosh  kiyimi  va  boshqa  liboslar  tekshiriladi. 

So‘ng tintuv qilinayotgan shaxsning tanasi ko‘zdan kechiriladi.  

Tintuv  tepadan  pastga  qarab  o‘tkaziladi.  Zarur  holda  kiyim 

choklari  so‘kiladi,  astarlar  ochib  ko‘riladi,  klapanlar,  kapyushonlar 

tekshiriladi.  Qo‘lda  olib  yuriladigan  narsalar  –  portfellar,  keyslar, 


 

248 


sumkalar,  ayollar  sumkachalari,  ryukzaklar,  shuningdek  foto  va 

videokameralar,  ularning  g‘iloflari,  mobil  telefonlar,  magnitofonlar, 

pleerlar va boshqa portativ radiotexnika qurilmalari, soyabonlar, kitoblar 

ayniqsa  sinchiklab  tekshirilishi  lozim.  Mobil  telefoni  xotirasida  tintuv 

qilinuvchi 

doimiy 


ravishda 

foydalanadigan 

telefon 

raqamlari, 

shuningdek u oxirgi marta qo‘ng‘iroq qilgan raqamlar yozilgan bo‘lishi 

mumkinligini  unutmaslik  kerak.  Ushbu  axborot  tintuv  bayonnomasida 

aks  ettirilishi  lozim,  telefon  esa,  olib  qo‘yilishi  va  ish  materiallariga 

qo‘shib qo‘yilishi mumkin (ayniqsa, agar u o‘g‘irlangan bo‘lib chiqsa).  

Mobil 

telefonidagi 



raqamlar 

bo‘yicha  gumon  qilinuvchi 

(ayblanuvchi)ning 

shu 


jumladan 

kriminal 

muhitdagi 

aloqalari 

aniqlanishi  mumkin.  Mazkur  mobil  telefoni  yordamida  olingan  foto  va 

videokadrlar  ham  tergovchi  uchun  diqqatga  sazovor  bo‘lishi  mumkin. 

Ularni  ko‘zdan  kechirish  va  tergov  qilinayotgan  jinoyat  ishi  uchun 

foydalilik nuqtai nazaridan tahlil qilish zarur. 

 

Tintuv o‘tkazishning taktik usullari 

 

Tintuv  o‘tkaziladigan  joyga  borish  shunday  rejalashtirilishi 

zarurki, u erda tintuv qilinuvchi yoki uning balog‘atga etgan oila a’zolari 

bo‘lsin. Ammo, shuning bilan birga, tintuv qilinuvchi shaxs tintuv eriga 

tezkor xodimlar tomonidan tintuv boshlanishi vaqtida olib kelinishi ham 

ehtimoldan  xoli  emas.  Agarda  tintuv  erida  tintuv  qilinuvchi  yoki  uning 

balog‘atga etgan oila a’zolari bo‘lmasa, tintuv faqat ob’ektiv sabablarga 

ko‘ra ularning ishtirokisiz amalga oshiriladi.  

Tergovchi  tintuv  eriga  etib  kelib,  tintuv  qilinuvchiga  tintuv 

maqsadlarini  e’lon  qiladi  hamda  bu  to‘g‘ridagi  qarorni  ko‘rsatadi. 

Tintuv qilinuvchiga uning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi va bu 

haqda  tintuv  bayonnomasiga  tegishlicha  qayd  qiladi.  Bundan  tashqari, 

tintuv  qilinuvchiga  ishga  aloqador  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  buyum  va 

hujjatlarni o‘z xohishiga ko‘ra topshirishni taklif qiladi. Agar ular tintuv 

qilinuvchining  o‘z  xohishiga  ko‘ra  topshirilsa,  tintuv  tergovchida 

hamma hujjat yoki buyumlar topshirilmaganligi haqidagi asoslar bo‘lgan 

holdagina o‘tkaziladi. 

Qidiruv  harakatlarini  amalga  oshirishdan  avval  tergovchi  tintuv 

joyi  bilan  tanishishi,  qidiruv  harakatlari  hajmini  aniqlashi,  alohida 

e’tiborga molik joylarni belgilashi, ish hududini tergov guruhi xodimlari 

o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashi lozim. 

Tintuvning  to‘g‘ri  va  samarali  o‘tishi  hamda  dalillarni  yo‘q  qilish 



 

249 


ehtimolligining oldini olish maqsadida tintuv qilinuvchi va u bilan birga 

hozir  bo‘lgan  shaxslar  bir  xonada  jamlanishi  mumkin,  ular  telefonda 

gaplashishlari,  tintuv  tugaguncha  tintuv  erini  tark  etishlari  taqiqlab 

qo‘yilishi mumkin. Voyaga etmaganlar, ayniqsa, bolalar qoida tariqasida 

tintuv o‘tkazilayotgan joydan chiqarib yuborilishlari lozim. 

Agar tergovchi tintuv erida hozir bo‘lgan shaxs o‘zida biror narsa 

yashirayotganiga  asoslari  bo‘lsa,  u  holda  ushbu  shaxsni  shaxsiy  tintuv 

qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi mumkin.  

Tintuv  erida  noma’lum  shaxslar  paydo  bo‘lsa,  ular  tergovchi 

tomonidan  tintuv  oxirigacha  vaqtinchalik  ushlab  turilishlari  mumkin. 

Agar  ushbu  shaxslar  tintuv  eriga  o‘z  xizmat  vazifalarini  bajarish  uchun 

kelgan  bo‘lsalar  (shifokor,  pochta  xodimi,  santexnik  va  boshqalar), 

ularning  shaxsi,  kelish  maqsadlari  aniqlanishi  zarur.  Ularning  kelish 

maqsadlari tintuv qilinuvchining jinoiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmasa, 

tergovchi ularga javob berib yuborishi kerak. Zaruriy hollarda ular tintuv 

faktini sir saqlash to‘g‘risida ogohlantiriladilar. 

Tintuvni  amalga  oshirish  muntazamlik  va  sinchkovlikni  talab 

qiladi. Tergovchi yoki boshqa tintuv ishtirokchisi biror-bir predmetni tez 

ko‘zdan kechirib, uni qiziqtirgan boshqa ob’ektga o‘tishiga yo‘l qo‘yib 

bo‘lmaydi.  Albatta,  qidiriladigan  ob’ektlar  jismoniy  va  boshqa 

xususiyatlariga  ko‘ra  berkitilishi  mumkin  bo‘lmagan  predmetlarni 

sinchkovlik bilan tekshirish ehtiyoji yo‘q. Tintuv eridagi hamma boshqa 

predmetlar har tomonlama o‘rganilishi lozim. 

Predmet  va  hujjatlarni  yashirin  joylarda  saqlashdan  tashqari 

jinoyatchilar  tergovchining  avvalambor  yashirin  joylarni  qidirish  inson 

ruhiyatiga  asoslanib  qidirilayotgan  hujjat  va  predmetlarni  tergovchi 

e’tibor  bermaydi  deya  hammaning  ko‘z  o‘ngida  qoldirishi  mumkin 

(masalan,  daliliy  hujjatlarni  yozuv  stolida  boshqa  qog‘ozlar  bilan  birga 

qoldirish). Ba’zan, tintuv qilinuvchilar yashirin joy sifatida bu maqsadlar 

uchun  mo‘ljallanmagan  predmetlarni  ishlatadilar  (murabboli  bankalar, 

tilla  va  qimmatbaho  narsalarni  saqlash,  kitoblar  esa,  qurol-yarog‘larni 

saqlash  uchun  va  hokazo).  SHuning  uchun  tergovchi,  tintuv  eridagi  uy 

jihozlari,  kiyim,  oyoq  kiyim,  maishiy  texnika,  kitoblar,  bolalar 

o‘yinchoqlari,  idish-tovoq,  oshxona  jihozlari,  oziq-ovqatlar  va 

boshqalarni diqqat bilan o‘rganishi zarur. 

Imoratda,  shuningdek,  hovli  inshootlarida,  tomorqa  va  boshqa 

joylarda  tintuv  o‘tkazganda  tergovchi  har  doim  bir  yo‘nalish  bo‘ylab 

harakatlanadi,  masalan,  spiral  bo‘yicha,  soat  mili  bo‘yicha,  narsalarni 

birin-ketin  tekshirib,  so‘ng  –  xona  markazi,  devorlar,  pol,  keyin  esa 


 

250 


boshqa xonaga yoki imoratga o‘tadi. 

Qidiruv  vaqtida  tergovchi  biror-bir  joyda  yashirin  joy  borligiga 

asos bo‘luvchi turli xil salbiy holatlarni, izlarni e’tibordan qochirmasligi 

zarur.  Masalan,  yam-yashil  o‘tlar  orasida  sarg‘aygan  o‘tli  hudud, 

tomorqadagi  yangi  qazilgan  joy,  devorning  yangi  gulqog‘oz 

yopishtirilgan  qismi,  pol  taxtalarining  biridagi  mixlarning  yangi 

yaltillovchi  qalpog‘i  va  boshqalar  tergovchining  e’tiborini  o‘ziga  jalb 

etishi  hamda  mazkur  ob’ekt  yoki  hudud  qismini  sinchkovlik  bilan 

tekshirish  uchun  asos  bo‘lishi  zarur.  Murda  ko‘milgan  joyni  uy 

hayvonlari  va  parrandalarning  o‘zlarini  besaranjom  tutishlari  ham 

ko‘rsatishi mumkin. 

Paydo  bo‘lgan  shubhalarni  tekshirish  uchun  tergovchi  щup  yoki 

boshqa ingichka predmet  yordamida yumshoq  mebelni, o‘rin-to‘shakni, 

erni va boshqalarni tekshirib ko‘rishi mumkin. Bu narsa etarli bo‘lmagan 

holatlarda  murakkabroq  asbob-uskunalar  qo‘llaniladi:  murda  va  mina 

qidiruvchi,  portativ  rentgen  uskunasi  va  boshqa  qidiruv  vositalari. 

Zaruriyat  tug‘ilganda  uning  ortida  yashirin  joy  borligi  taxmin 

qilinayotgan to‘siq buzib tashlanishi, uy-jihoz texnikasi va agregatlar esa 

qismlarga bo‘lib tashlanishi mumkin. 

Agar  qidiruv  harakatlari  davomida  yopiq  joylar  aniqlansa, 

tergovchi  qulf,  eshik  va  boshqa  predmetlarni  buzib,  mulkka  zarar 

etkazilishining  oldini  olish  maqsadida,  dastlab  undan  yopiq  joyni 

ochishni  so‘rashi  lozim.  Tergovchi  tomonidan  yopiq  joyni  ochish  usuli 

tintuv bayonnomasida qayd etilishi zarur. 

Tintuv vaqtida topilgan bir qator bir xil predmetlar orasidan jinoiy 

ishga  aloqadorlarini  aniqlash  maqsadida  sodda  analitik  namunalar  olish 

mumkin.  Masalan,  giyohvand  moddalarni  tintuv  qilinuvchida  mavjud 

boshqa  dorilardan,  qon  izlari  va  boshqa  biologik  izlarni  ajratish  uchun 

tintuv  erida  tegishli  mutaxassis  tomonidan  ekspress-usullarni  qo‘llab, 

dastlabki o‘rganishlarni o‘tkazish mumkin. 

Qidiruvni  amalga  oshirishda  tergovchi  uning  tasarrufidagi  tintuv 

qilinayotgan  shaxs  haqidagi  ma’lumotlarni  e’tiborga  olishi  shart. 

CHunki  bu  kabi  ma’lumotlarning  hisoboti  tintuv  o‘tkazishning  to‘g‘ri 

taktikasini  tanlash  va  mazkur  tergov  harakatini  samarali  o‘tkazish 

imkonini beradi. 

Ko‘pinchalik  tintuv  qilinuvchilar  ashyoviy  dalillarni  kir 

kiyimlarda,  bolalar  buyumlarida,  o‘yinchoqlarda  va  boshqalarda 

saqlaydilar.  Ba’zan  ularni  ayblovchi  hujjatlarni  tergovchining  bir  xil 

ishni  uzoq  vaqt  bajarishidan  hosil  bo‘ladigan  charchoq  va  e’tiborini 


 

251 


susayishiga  mo‘ljallab,  uy  kutubxonasidagi  kitoblar  orasiga  joylaydilar. 

Bu  kabi  vaziyatlarda  tergovchining  qat’iylik,  keskinlik,  sabotlilik  kabi 

fazilatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tintuv uzoq vaqt davom etganda 

dam olish uchun qisqa tanaffuslar qilish tavsiya qilinadi. 

Tintuv  vaqtida  tergovchi  ba’zan  tintuv  qilinuvchining  shaxsiy 

hayotiga  oid  holatlar  bilan  to‘qnash  keladi.  Masalan,  qidiruv  vaqtida  u 

tintuv qilinuvchining shaxsiy yozishmalariga, shaxsiy hayotiga taalluqli 

va  tergov  qilinayotgan  hodisaga  aloqasi  bo‘lmagan  hujjat  va 

predmetlariga  duch  kelishi  mumkin.  Qonun  fuqarolar  manfaatini 

ko‘zlab,  tergovchi  bu  kabi  holatlar  ovoza  bo‘lmasligi  uchun  bor 

imkoniyatlarini  ishga  solishini  ko‘rsatadi.  SHuning  uchun  qidiruv 

harakatlari  davomida  tergovchi  xolislar  va  tintuvning  boshqa 

ishtirokchilari  e’tiborini  bu  narsalarga,  agar  ularning  ishga  aloqasi 

bo‘lmasa, katta urg‘u berib qaratmasligi lozim. Agar bu holatlar tergov 

qilinayotgan  ishga  aloqador  bo‘lib,  xolislar  va  tintuvning  boshqa 

ishtirokchilari ular bilan tanishishlari shart bo‘lsalar, tergovchi ularni bu 

holatlarni  ovoza  qilmasliklari  to‘g‘risida  ogohlantirib,  ulardan  tilxat 

olishi zarur. 

SHuningdek, tintuv vaqtida ishga aloqador hujjat va predmetlardan 

tashqari  tintuv  qilinuvchi  tomonidan  sodir  etilgan  boshqa  jinoyatga 

aloqador  predmetlar,  ro‘yxatga  olinmagan  qurol-yarog‘  va  fuqarolik 

muomalasidan chiqarilgan boshqa predmetlar ham olib qo‘yiladi. 

Alohida  hollarda  ba’zi  bir  fuqarolar  qaytadan  tintuv  qilinishlari 

mumkin. Qayta tintuvga ehtiyoj, birinchi tintuv ma’lum sabablarga ko‘ra 

yuzaki  o‘tkazilgan  bo‘lsa  yoki  tergov  davomida,  tintuv  qilinuvchida 

uning  jinoiy  faoliyatining  aniqlangan  yangi  epizodlariga  taalluqli 

predmetlar  borligi  haqidagi  yangi  ma’lumotlar  paydo  bo‘lgan  bo‘lsa 

yuzaga keladi. Bundan tashqari, avval tintuv qilingan shaxs turar joyiga 

tergovchi endi e’tibor bermaydi deb hisoblab, birinchi tintuvda topilishi 

va aniqlanishi lozim bo‘lgan ob’ektlarni o‘z turar joyiga olib kelishi kabi 

hollar ham qayta tintuvga asos bo‘lishi mumkin. 

SHaxsiy tintuv, tintuvning boshqa turlari kabi prokuror sanksiyasi 

bilan  tergovchining  asoslangan  qaroriga  binoan  amalga  oshiriladi. 

SHaxsiy  tintuv  faqat  bir  jinsdagi  shaxs  tomonidan  ushbu  jinsdagi 

xolislar  ishtirokida  o‘tkazilishi  mumkin.  Buning  uchun  alohida  xona 

ajratiladi  va  undan  begonalar  chiqarib  yuboriladi.  Iloji  bo‘lsa,  tintuv 

qilinuvchi  tintuv  vaqtida  qarshilik  ko‘rsatmasligi  uchun  tintuv  ikki 

xodim  tomonidan  amalga  oshirilishi  ma’qul.  Tintuv  qilinuvchining 

avvalo  cho‘ntaklari  tekshiriladi,  quroli  olib  qo‘yiladi,  shuningdek, 


 

252 


qarshilik  ko‘rsatishi  uchun  qo‘l  keladigan  har  qanday  predmetlar  olib 

qo‘yiladi.  CHo‘ntaklar,  sumkalar  va  tintuv  qilinuvchining  boshqa 

buyumlari  e’tibor  bilan  tekshiriladi.  Agar  shaxsiy  tintuvni  o‘tkazish 

inson  tanasini  tekshirish  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  tintuv  o‘tkazish  uchun 

shifokorni taklif qilish maqsadga muvofiqdir. 

 

Olib qo‘yish tartibi 



 

Tintuvdan  farqli  ravishda  olib  qo‘yish  har  doim  aniq  ma’lum  bir 

buyum  va  hujjatlarga  nisbatan,  ular  qaerda  va  kimda  ekanligi  aniq 

bo‘lganda  qo‘llaniladi.  Olib  qo‘yishda  qidiruv  ishlariga  hojat  yo‘q, 

binobarin,  olib  qo‘yishni  o‘tkazishda  fuqarolarning  manfaatlariga  ta’sir 

nisbatan kamroq bo‘ladi. Olib qo‘yishda tergovchining vazifasi biror-bir 

shaxsga yoki rahbarga ma’lum bir hujjatni yoki predmetni berishni taklif 

qilishdir.  Rad  javobi  olinganda  esa  narsa  yoki  hujjatni  majburiy  olib 

qo‘yish qo‘llaniladi. 

 

Olib  qo‘yish  O‘zR  JPKning  157-moddasida  belgilangan  tartibda 



o‘tkaziladi.  Ko‘pincha  u  korxonalar,  tashkilotlar  yoki  muassasalar 

ofisida  turgan  hujjatlar  va  narsalarni  olib  qo‘yish  uchun  o‘tkaziladi. 

Agar  hujjatlar  to‘plamidan,  masalan,  buxgalteriya  hujjatlari  orasidan 

faqat  tergov  qilinayotgan  jinoyat  ishiga  taalluqli  bo‘lgan  hujjatlarni 

tanlab olish kerak bo‘lsa, olib qo‘yishni o‘tkazishda tegishli mutaxassis 

ishtirok  etishi  lozim.  Olib  qo‘yish  jarayonida  faol  qidiruv  harakatlari 

amalga  oshirilmaydi,  shu  sababli  u  fuqarolarning  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlariga tintuvga qaraganda kamroq daxl etadi. 

O‘tkazilgan  tintuv  va  olib  qo‘yish  jarayoni  va  natijalari  mazkur 

tergov harakatlari bayonnomalarida qayd etiladi. Bayonnomada narsa va 

hujjatlarning  aynan  qaerda  va  qanday  sharoitda  topilganligi,  ixtiyoriy 

ravishda  berilganligi  yoki  majburiy  ravishda  olinganligi  ko‘rsatilishi 

lozim.  Barcha  olingan  narsa  va  hujjatlar  bayonnomada  birma-bir  qayd 

qilinib,  ularning  miqdori,  o‘lchovi,  og‘irligi,  har  qaysisining  o‘ziga  xos 

belgilari  ko‘rsatilishi,  zarurat  bo‘lgan  taqdirda  o‘ralishi  va  muhrlanishi 

lozim. Olib qo‘yish yoki tintuv vaqtida izlanayotgan narsa va hujjatlarni 



E’tibor  qiling!  Jinoyat  ishi  uchun  ahamiyatga  molik  narsa  va 

hujjatlarning  aynan  kimda  va  qayerda  ekanligi  ma’lum  bo‘lib,  ularni 

qidirishning  hojati  bo‘lmasa,  surishtiruvchi,  tergovchi  va  sud  ularni 

olib qo‘yishga haqlidir (JPK 157-modda). 



 

253 


yo‘q qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir bo‘lgan taqdirda, bu 

hol  surishtiruvchi  yoki  tergovchi  tomonidan  ko‘rilgan  choralar  ham 

ko‘rsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim. 

Xufyadonlar  topilgan  holda  ular  joylashgan  er,  ularning  ichida 

topilgan narsalarning o‘lchamlari va xususiyatlari batafsil bayon etiladi. 

Xufyadonlar, ularning ichki tuzilishi, ichidagi narsalar fotosuratga olish 

yoki  videotasvirga  tushirish  yo‘li  bilan  qayd  etiladi.  Agar  ko‘p  sonli 

narsalar  olib  qo‘yilayotgan  bo‘lsa,  ularning  ro‘yxati  tuziladi. 

Bayonnomaga  tintuv  jarayonida  tuzilgan  tarxlar  (masalan,  xufyadon 

joylashgan  er  tarxi),  fotojadvallar,  videokassetalar  ham  ilova  qilinishi 

mumkin. 

Davlat  siriga  ega  bo‘lgan  hujjatlarni  olib  qo‘yish  holatlaridan 

tashqari  olib  qo‘yish  uchun  prokurorning  sanksiyasi  talab  qilinmaydi. 

Olib qo‘yish diplomatik vakolatxonalar joylashgan erlarda yoki ularning 

oila  a’zolari  istiqomat  qiladigan  joylarda  o‘tkazilsa,  ularning  roziligi 

bilan  va  albatta  prokuror  va  Tashqi  ishlar  vazirligi  xodimi  huzurida 

o‘tkazilishi zarur. 

Olib  qo‘yishda  aynan  ish  uchun  ahamiyatli  narsani  yoki  hujjatni, 

nusxasini emas, uning aslini olishni ta’minlash zarur. Ana shunday xavf-

xatar  mavjud  bo‘lganda,  olib  qo‘yishga  tintuvdagi  singari  mutaxassisni 

taklif  etish  maqsadga  muvofiq.  Masalan,  buxgalteriya  hujjatlarini  olib 

qo‘yishda  revizor,  auditor  yoki  ekspertni  taklif  qilish  zarur.  Agar 

o‘g‘irlangan  buyumlarni  olib  qo‘yish  ko‘zda  tutilgan  bo‘lsa, 

jabrlanuvchini taklif qilish mumkin. 

Olib  qo‘yishni  muvaffaqiyatli  o‘tishi  ko‘p  hollarda  tergovchining 

olib  qo‘yilayotgan  shaxs  bilan,  olib  qo‘yish  o‘tkazilayotgan  tashkilot 

vakili  bilan  aloqasiga  bog‘liq.  Bunday  vaziyatda  shuningdek, 

kuzatuvchanlik va kerakli hamma narsa olinganligiga ishonch ham katta 

ahamiyatga ega. Agar tergovchi ob’ektlarni yashirilganligini his qilsa, u 

holda tintuv haqida qaror chiqaradi va tintuvga kirishadi. 

 

Tintuv va olib qo‘yish natijalarini qayd etish 

 


 

254 


Tintuv  va  olib  qo‘yishning  tergov  harakatlari  sifatidagi  daliliy 

ahamiyati  ularning  o‘tkazish  jarayoni  va  natijalarini  to‘la  va  xolisona 

qayd  etishga  uzviy  bog‘liqdir.  Tintuv  va  olib  qo‘yish  bayonnomalari, 

ularning  natijalari  qanday  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  ular  o‘tkazilgandan 

so‘ng tuziladi.  

 

Qimmatbaho qog‘ozlar, chek va omonat daftarchalar, akkreditiv va 



hokazolarni  olishda  ularning  rekvizitlari  bayonnomada  qayd  etiladi. 

Xorijiy  va  milliy  valyuta  alohida  ko‘rsatiladi  (masalan,  O‘zbekiston 

Respublikasi  bankining  500  qiymatidagi  bileti  –  1000  dona).  Agar 

o‘g‘irlangan  pullarning  raqamlari  ma’lum  bo‘lsa,  bayonnomaga  har  bir 

kupyura seriya va raqami kiritiladi. 

Hujjatlarni  olishda  ularning  maqsadi,  rekvizitlari,  holati:  qo‘l 

yozmalarni olishda – har bir betning birinchi va oxirgi iboralari ko‘rsatib 

o‘tiladi. 

Tintuv  qilinuvchi  olib  qo‘yilayotgan  predmetlar  qimmatbaho 

metallardan  tayyorlanganligini  ta’kidlasa,  har  bir  predmet  batafsil 

ta’riflanishi, ularda proba bor yoki yo‘qligini ko‘rsatish zarur. YAshirin 

joylar,  ularning  niqoblarini  ta’riflashga  alohida  e’tibor  berish  lozim. 

Bayonnomada  qaysi  buyumlar  o‘z  xohishiga  ko‘ra  berilganligi  qayd 

etilishi  zarur.  Agar  tintuv  yoki  olib  qo‘yish  davomida  texnik 

vositalardan  foydalanilgan  bo‘lsa,  u  holda  bayonnomada  uskunalarning 

nomi  va  turi,  shuningdek,  tintuv  va  olib  qo‘yishda  hozir  bo‘lgan 

shaxslarni  texnik  vositalarni  qo‘llash  haqida  ogohlantirilganliklarini 

qayd etish kerak.  



E’tibor  qiling!  Bayonnoma  tintuv  va  olib  qo‘yishni  qayd 

etishning  asosiy  vositasi  hisoblanadi.  Bayonnomada  tintuv  va  olib 

qo‘yish  qachon,  kim  tomonidan,  qayerda,  qanday  ish  bo‘yicha, 

kimning  huzurida  o‘tkazilganligi  va  uning  natijalari  qanday 

bo‘lganligi  ko‘rsatiladi.  Bayonnomada  topilgan  va  olib  qo‘yilgan 

predmetlar  to‘g‘risida  to‘la  ma’lumotlar  ko‘rsatib  o‘tiladi. 

Ob’ektlarning  umumiy  va  xususiy  belgilarini  iloji  boricha  aniqroq 

ko‘rsatishga  harakat  qilinadi:  shakli,  hajmi,  rangi,  undagi  har  xil 

raqam  va  yozuvlarning  mavjudligi  va  boshqalar.  Ob’ektlarning  sifat 

xususiyatlariga  alohida  e’tibor  beriladi:  yangi,  eski,  muomalada 

bo‘lgan va hokazo. Agar bir turdagi predmetlar olib qo‘yilsa ularning 

miqdori yozuv bilan ko‘rsatiladi. 



 

255 


Bayonnomaning 

yakunlovchi 

qismida 

qanday 


predmetlar 

olinganligi,  qanday  o‘ralganligi,  kimga  va  nima  saqlash  uchun 

topshirilganligi ko‘rsatib o‘tiladi. 

Bayonnoma  yozish  bilan  birga,  dalillarni  qayd  etishning  boshqa 

usullari ham ishlatilishi mumkin: reja tuzish, rasmga olish, videotasmaga 

tushirish  va  hokazo.  Reja  va  sxemalarda  topilgan  yashirin  joylar 

tasvirlanadi,  asosiysi  –  yashirin  joyning  o‘zi,  ob’ektlar  qanday 

joylashganligi aks ettiriladi. 

Rasm  olish  va  videotasmaga  tushirish  ham  shu  asosda  amalga 

oshiriladi:  kuzatish  imkonini  beradigan  asosiy  va  batafsil  ko‘rinish 

olinadi.  Asosiy  tasvirda  topilgan  yashirin  joy  va  undagi  ob’ektlar, 

batafsilida  yashirin  joydan  olingan  ob’ektlar  qayd  etiladi.  Ob’ektlarni, 

ularning  umumiy,  xususiy  va  farqlovchi  xususiyatlarini  aniq 

ko‘rinadigan qilib tasvirga tushirish lozim. Agar olingan katta hajmdagi 

ob’ektlarni  ishga  biriktirishning  iloji  bo‘lmasa,  ularni  qonunga  binoan 

rasmga tushirish zarur. 



Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling