Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59

E’tibor  qiling!  Bu  harakatni  o‘tkazishning  asosiy  maqsadi 

to‘plangan dalillar yuzasidan ularning qanchalik haqiqatga yaqinligiga 

baho  berish,  aniqrog‘i  ayblanuvchining  bergan  ko‘rsatuviga  baho 

berishdir. 



 

238 


 

 

 



 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish natijalarini rasmiylashtirish 

 

Ko‘rsatuvlarni  hodisa  joyida  tekshirish  tergov  harakatining 



natijalarini rasmiylashtirish JPK 134-moddasi asosida amalga oshiriladi. 

Har  qanday  tergov  harakati  singari  ko‘rsatuvlarni  hodisa  joyida 

tekshirish  natijalari  ham  tegishli  bayonnomada  to‘la  va  batafsil 

ifodalanishi zarur.  

Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish bayonnomasi uch qismdan 

iborat  bo‘lib,  kirish  qismida  tergov  harakatining  o‘tkazilish  joyi,  vaqti, 

kim  o‘tkazayotganligi  (lavozimi,  mansabi,  familiyasi)  boshlangan  va 

tugatilgan  vaqti,  tergov  harakatining  qatnashchilari,  jinoyat  ishi 

yuzasidan  so‘roq  qilingan  ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxs  haqida 

ma’lumotlar  ko‘rsatiladi.  Ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan  shaxsga  so‘roq 

vaqtida  bergan  ma’lumotlarini  hodisa  joyida  takrorlab,  tasdiqlab 

berishga tayyormi degan savol berilganligi va uning tasdiqlovchi javobi 

olinganligi haqida ko‘rsatiladi. 

Bayonnomaning  bayonot-tavsif  qismi  eng  muhim  bo‘lib,  tergov 

harakati  boshidan  oxirigacha  qanday  oldinma-ketinlikda  o‘tkazilgan 

bo‘lsa,  shunday  tartibda  qayd  etilmog‘i  zarur.  Hodisa  joyiga  qanday 

yo‘nalishda  borilganligi,  yo‘lni  ko‘rsatib  tushuncha  berishi,  ayrim 

joylarning  o‘ziga  xos  belgi,  mo‘ljallarini  ko‘rsatib  olib  borayotgan 



Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida  

tekshirish taktikasi 

Ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxsdan  o‘tkaziladigan  tergov  harakatida  ishtirok 

etishga roziligini olish 

Ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxsga  hodisa  joyiga  borish  yo‘lini  tanlash, 

tekshiriluvchi holat-vaziyatlarini bajarish ixtiyorini berish 

Ko‘rsatuvlari  tekshiriladigan  shaxslar  bir  nechta  bo‘lsa,  ularning  har  qaysilari  bilan 

alohida tekshiruv o‘tkazish 

Ko‘rsatuvlarni  tekshirish  jarayonida  so‘roq  qilingan  shaxs  hodisa  joyidagi 

harakatlarini tushuntirib, qo‘shimcha ma’lumotlar berib to‘ldirish imkonini yaratish 

Кo‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning ma’lumotlari bilan hodisa joyidagi muayyan 

holatlarni taqqoslash, mos ekanini aniqlash 

Ҳodisa  joyida  yangi  izlar-ashyolarni  topish  maqsadida  qidiruv  ishlarini  o‘tkazish, 

kriminalistik texnik vositalarini qo‘llash 


 

239 


shaxslarning  ko‘rsatuvidagi  holatlariga  mos  kelishi  haqida  ma’lumotlar 

mazkur qismda yoziladi. 

Ko‘rsatuvning  hodisa  joyida  tekshirish  jarayonida  ko‘rsatuvi 

tekshirilayotgan  shaxsning  nomidan  uning  bergan  tushunchalari, 

ko‘rsatilgan  joylari  haqida  tergovchining  aniqlashtirishga  qaratilgan 

savollari  va  ularga  berilgan  javoblari  batafsil  yozilishi  kerak.  Tergov 

harakatining  ishtirokchilari,  jumladan,  xolislar  ham  savol  berishlari 

mumkin.  Qatnashchilar  aniqlangan  ma’lumotlar,  topilgan  ashyolarni 

kuzatib qayd qilinganligi haqida bayonnomada aks ettiriladi. 

Ko‘rsatuvni  hodisa  joyida  tekshirish  bayonnomasida  mazkur 

tergov  harakatini o‘tkazishning  butun  jarayoni  va  uning  natijalari  to‘liq 

yoziladi.  Bu  ko‘rsatuvni  tekshirish  harakati  ishtirokchilarining  voqea 

joyida  borgan  yo‘l  marshruti,  hodisa  joyidagi  sharoit,  predmetlar  va 

boshqa 


holatlar 

ko‘rsatiladi.  So‘roq  qilingan  va  ko‘rsatuvi 

tekshirilayotgan shaxsning harakatlari va tushuntirishlari, unga berilgan 

savollar  va  bu  savollarga  olingan  javob-tushuntirishlarning  ma’nosini 

o‘zgartirmasdan,  qanday  ifodalangan  bo‘lsa,  shunday  shaklda  qayd 

qilmoq lozim. Bayonnomaning bayonot qismida ma’lumotlar, ko‘rsatuvi 

tekshirilayotgan shaxsning aytgan xabarlari, tushuntirishlari so‘zma-so‘z 

uning  nomidan  yoziladi.  Mazkur  shaxsning  tushuntirishlari  savolga 

bergan javoblari birinchi shaxs, harakatlari esa uchinchi shaxs nomidan 

bayon  qilinadi.  Tergov  harakatini  o‘tkazish  jarayonida  bayonnomada 

qanday  ilmiy-texnika  vositalari  qo‘llanilganligi  to‘g‘risida,  ya’ni 

fototasvirga  yoki  videotasvirga  tushirilganligi,  qidiruv  asboblarining 

qo‘llanilganligi,  fotosuratlarning  tartib  raqami,  shuningdek,  videoga 

olishning  boshlangan  va  tugallangan  vaqti  hamda  bu  ishlarni  amalga 

oshirishi apparatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.  

Ko‘rsatuvni 

hodisa 

joyida 


tekshirish 

bayonnomasining 



yakunlovchi  qismida  ishtirokchilardan  tushgan  takliflar  qo‘llanilgan 

ilmiy-texnik  vositalar  hamda  tuzilgan  reja,  chizmalar  haqidagi 

ma’lumotlar kiritiladi. 

Bayonnomaning  yakunlovchi  qismida  videotasma,  fotosurat, 

joyning  chizmasi,  turli  marshrut  yo‘nalishlarining  grafiklari  ilova 

qilinganligi  ko‘rsatib  tasdiqlanadi.  Tergov  harakati  natijasida  topilgan, 

olingan  izlar,  daliliy  ashyolar,  moddalardan  olingan  namunalar  ro‘yxati 

keltiriladi.  Tergov  harakatining  ishtirokchilari  tomonidan  qanday  taklif 

mulohazalar  keltirilganligi  ko‘rsatilib,  bayonnomaning  mazmunida 

barcha harakat to‘la va aniq qayd etilganligi tasdiqlanib imzolanadi. 



 

240 


So‘roq  bayonnomasi  singari  ko‘rsatuvni  hodisa  joyida  tekshirish 

bayonnomasining  har  bir  sahifasi  tergov  harakatining  barcha 

qatnashchilari tomonidan imzolanib tasdiqlanadi. 

Bayonnoma  va  unga  ilova  qilingan  chizmalar,  ovoz  va  tasvir 

yozilgan  tasmalar,  tergov  harakatida  ishtirok  etganlar,  jumladan, 

xolislarga, mutaxassisga va ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxslarga o‘qib 

beriladi  va  ular  bayonnoma  bilan  tanishtirilganligi  haqida  imzo 

qo‘yadilar.  Ko‘rsatuvni  hodisa  joyida  tekshirish  sud  tarkibi  tomonidan 

o‘tkazilgan  taqdirda  bu  haqida  yuqorida  ko‘rsatilgan  tartib  va  ketma-

ketlikda sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.  



 

Nazorat savollari: 

 

1.  Ko‘rsatuvlarni  hodisa  joyida  tekshirish  tergov  harakati 

tushunchasi  va  vazifalarini  tushuntirib  bering.  Ushbu  tergov  harakatini 

o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad nima?  



2.  Ko‘rsatuvlarni  hodisa  joyida  tekshirishga  tayyorgarlik  ko‘rish 

bosqichida  tergovchi  tomonidan  qanday  chora-tadbirlar  amalga 

oshiriladi?  

3. Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishning protsessual tartibi va 

taktikasi  haqida  so‘zlab  bering.  Ushbu  tergov  harakatini  o‘tkazishda 

tergovchi nimalarga e’tibor qaratishi lozim?  

 

 

Kazuslar: 

 

1-kazus 

Baxodirov N. 2010 yilda  bedarak  yo‘qolgan  fuqaro  Salimov  T.ni  

CHilonzor    tuman    YUsuf    Xos    Xojib    ko‘chasida    o‘ldirganligini    va 

uni  CHirchiq    kanaliga    olib    borib    tashlab    yuborganligi    to‘g‘risida  

ko‘rsatuv    berdi.  Tergov    jarayonida    fuqaro  Salimov    T.  haqiqatdan  

ham  2010  yilda  bedarak  yo‘qolgan  deb  e’lon  qilinganligi va o‘sha  

yili  CHirchiq    kanalidan  shaxsi    no’malum    murda    topilganligi  

aniqlandi. 



Mazkur    holat    yuzasidan      ko‘rsatuvlarni    hodisa    sodir    bo‘lgan  

joyda  tekshirish  qanday  ahamiyatga  ega  hisoblanadi? Ko‘rsatuvlarni 

hodisa  joyida  tekshirishning  protsessual  tartibi  va  taktikasi  haqida 

so‘zlab  bering.  Ushbu  tergov  harakatini  o‘tkazishda  tergovchi 

nimalarga e’tibor qaratishi lozim?  

 

241 


 

2-kazus 

       Fuqaro  Azizov M.  bir  gurux  shaxslar  tomonidan  do‘pposlanib, 

og‘ir    tan    jarohati    etkazilishi    natijasida  o‘lganligi    aniqlandi.  Jinoyat  

sodir  etishda  gumon  qilinayotgan  shaxslar  qo‘lga  olindi  va  ularning  

har  biri  so‘roq  qilindi. So‘roq  qilish  tergov  harakati  natijasida  ba’zi  

bir  noaniqliklar  yuzaga  keldi.  

  Tergovchi    ushbu    vaziyatda    guruhning    har    birn    ishtirokchisi  

jabrlanuvchiga    qanday    jarohat    etkazganligini    aniqlash    uchun  

ko‘rsatuvlarni    hodisa    sodir    bo‘lgan    joyda    tekshirish    tergov  

haraktini  olib  orishi  mumkinmi? 

Ushbu    tergov    harakati    qanaday    samarali    natijalarga    olib  

kelishi  mumkin? 


 

242 


17-MAVZU. TINTUV VA OLIB QO‘YISH 

TAKTIKASI 

 

Tintuv  tushunchasi  va  uning  turlari.  Tintuv  o‘tkazishning  taktik 

usullari.  Olib  qo‘yish  tartibi.  Tintuv  va  olib  qo‘yish  natijalarini  qayd 

etish. 



 

Tintuv tushunchasi va uning turlari 

 

Jinoyatlarni  ochish  va  tergov  qilish  jarayonida  ba’zan  insonga 

nisbatan majburiy xususiyat kasb etadigan faol qidiruv harakati – tintuv 

o‘tkazish zarurati paydo bo‘ladi. 

 

Tintuv  predmeti  murda,  uning  qismlari,  shuningdek  tergov  va 



suddan yashirinib yurgan jinoyatchi bo‘lishi ham mumkin.  

O‘zR  JPKning  tintuv  o‘tkazish  uchun  asoslarni  mustahkamlashga 

bag‘ishlangan 158-moddasiga muvofiq, surishtiruvchi va tergovchi biror 

turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki o‘zga joyda yoxud biror 

shaxsda  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  narsa  yoki  hujjatlar  bor  deb 

o‘ylash uchun etarli ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda tintuv o‘tkazishga 

haqlidir.  Tintuv  qidirilayotgan  shaxsni,  shuningdek  murdani  topish 

uchun ham o‘tkazilishi mumkin. 

O‘zR  JPKning  159-moddasiga  binoan,  olib  qo‘yish  yoki  tintuv 

surishtiruvchi  yoki  tergovchining  qarori  yoxud  sudning  ajrimiga  ko‘ra 

o‘tkaziladi,  bunda  ular  olib  qo‘yish  yoki  tintuv  o‘tkazishni  surishtiruv 

organiga  yoki  tergovchiga  topshirishga  haqlidirlar.  O‘z  xususiyati  va 

vazifalariga  ko‘ra  tintuv  ma’lum  jismoniy  yoki  yuridik  shaxslardan 

oldindan  belgilangan,  jinoyat  ishi  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  aniq 

narsalar  va  hujjatlarni  ixtiyoriy,  zarur  hollarda  esa  –  majburiy  olishdan 

Еsda tuting! Tintuv – bu muayyan shaxs yoki uning oila a’zolari 

yoxud  tashkilotga  tegishli  bo‘lgan  turar  joy  binolari  va  boshqa 

imoratlar, hudud shaxsiy buyumlarni majburiy tekshirishga qaratilgan, 

vakolatli  mansabdor  shaxs  tomonidan  fuqarolar  va  yuridik 

shaxslarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlari  kafolatlariga  rioya 

etilgan  holda,  jinoyat  ishi  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lishi  mumkin 

bo‘lgan  daliliy  axborotning  aniq  manbalarini  topish  va  olib  qo‘yish 

maqsadida o‘tkaziladigan tergov harakati.  



 

243 


iborat  bo‘lgan  olib  qo‘yish  bilan  o‘xshashdir.  Olib  qo‘yishdan  farqli 

o‘laroq,  tintuv  o‘tkazish  vaqtida  qidirilayotgan  narsa  va  u  yashirilgan 

joyni  aniq  bilish  shart  emas.  Ayni  shu  sababli  tintuvning  asosini  olib 

qo‘yishga  xos  bo‘lmagan  izchil  qidiruv  harakatlari  tashkil  etadi.  Olib 

qo‘yishda  ob’ektlar  shaxs  ularni  ixtiyoriy  ravishda  topshirishdan  bosh 

tortgan holdagina majburiy tartibda olib qo‘yiladi. 

 

Qidirilayotgan  ob’ektlar  soniga  ko‘ra  yakka  tintuv  (bitta  ob’ekt 



qidiriladi)  va  bir  vaqtning  o‘zida  bir  nechta  joyda  (jinoyat 

ishtirokchilarining  kvartiralarida,  gumon  qilinuvchining  turar  joyi, 

chorbog‘i,  avtomobili  va  ofisida)  o‘tkaziladigan  guruhiy  tintuv 

farqlanadi.  

SHuningdek  birlamchi  va  takroriy  tintuvlar  ham  farqlanadi. 

Takroriy  tintuv  quyidagi  hollarda  o‘tkaziladi:  a)  birlamchi  tintuv 

noqulay  sharoitlarda  o‘tkazilgan  bo‘lsa;  b)  tintuv  qiluvchilar  kerakli 

qidiruv  vositalariga  ega  bo‘lmagan,  tegishli  mutaxassislar  jalb 

qilinmagan  bo‘lsa;  v)  birlamchi  tintuvda  ayrim  joylar  tekshirilmay 

qolgan  yoki  ularning  ayrimlari  sinchiklab  tekshirilmagan  deb  taxmin 

qilish 

uchun 


asoslar 

mavjud 


bo‘lsa;  g)  birlamchi  tintuvni 

o‘tkazayotganda  tergovchi  qiziqmagan  yangi  narsalarni  qidirib  topish 

zarurati  tug‘ilgan  bo‘lsa;  d)  manfaatdor  shaxslar  oldindan  yashirib 

qo‘ygan  qidirilayotgan  narsalar  tintuv  o‘tkazilgan  binoga  qaytarilgan, 

deb taxmin qilish uchun asoslar paydo bo‘lgan bo‘lsa. 

 

Qidirilishi mumkin bo‘lgan narsalar doirasini belgilash ancha qiyin 



ish. Unga ko‘pincha jinoyat qurollari (o‘qotar va sovuq qurol, portlatish 

qurilmalari  va  portlovchi  moddalar,  zaharlar,  giyohvandlik  vositalari, 

jinoiy  yo‘l  bilan  topilgan  boyliklar  va  h.k.)  kiradi.  Olib  qo‘yishni 

Еtibor  qarating!  Tintuvning  bevosita  vazifalari  quyidagilardan 

iborat:  qidirilayotgan  ob’ektlarni  topish,  ular  yashirilgan  joylarni, 

shuningdek  topilgan  ob’ektlarning  o‘ziga  xos  belgilarini  qayd  etish; 

olib qo‘yilgan narsalarni jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish. 



E’tibor  qarating!  Tintuv  ob’ektlari  quyidagilar  bo‘lishi 

mumkin:  uy,  kvartira,  xona,  chorbog‘,  dala  hovlisi,  hovlidagi 

imoratlar,  xizmat  yoki  yordamchi  binolar,  garaj,  hammom,  transport 

vositalari:  avtomobil,  kater,  yaxta,  shaxsga  mulk  huquqida  tegishli 

bo‘lgan har qanday ko‘chmas mulk (do‘kon, rasta), shuningdek odam. 


 

244 


o‘tkazish chog‘ida, qoida tariqasida, turli hujjatlar olib qo‘yiladi. 

Tintuv  o‘tkazish  vaqtida  yopiq  binolarni  yoki  buyumlar 

saqlanadigan  joyni  uning  egasi  o‘z  ixtiyori  bilan  ochib  berishdan  bosh 

tortsa, 


tergovchining 

o‘zi  ularni  ochishga  haqli.  Kechiktirib 

bo‘lmaydigan  hollarda  tintuv  tunda  o‘tkazilishi  ham  mumkin.  Tintuvni 

o‘tkazish  vaqtida  tintuv  o‘tkazilayotgan  binoning  egasi  yoki  uning 

voyaga  etgan  oila  a’zolari,  shuningdek  uning  advokati  hozir  bo‘ladi. 

Qidiruv 


harakatlarini 

o‘tkazish 

jarayonida 

tergovchi 

tintuv 

o‘tkazilayotgan  joyda  turgan  shaxslarga  bu  erni  tark  etish,  luqma 



tashlash,  telefon  qo‘ng‘iroqlariga  javob  berish,  tergov  harakati 

yakunlangunga  qadar  bir-biri  yoki  boshqa  shaxslar  bilan  gaplashishni 

taqiqlashi mumkin. 

Tintuv  –  psixologik  jihatdan  o‘ta  murakkab  va  sermehnat,  ba’zan 

nizoli  vaziyatda  o‘tkaziladigan  tergov  harakatlaridan  biri.  Tintuvni 

samarali  o‘tkazish  unga  puxta  tayyorgarlik  ko‘rishni  taqozo  etadi. 

Tayyorgarlik  tadbirlari  tergovchi  tomonidan  tintuv  o‘tkazish  to‘g‘risida 

qaror qabul qilingan paytdan tintuv o‘tkaziladigan joyga kelgunga qadar 

amalga oshiriladi. 

Tayyorgarlik  tadbirlarining  birinchi  bosqichi  jinoyat  ishi 

materiallarini  tahlil  qilish,  qidirilayotgan  narsalar  va  ular  yashirilishi 

mumkin  bo‘lgan  joylar,  tintuv  qilinayotgan  shaxsning,  ba’zan  –  uning 

qarindoshlarining fe’l-atvori  haqida  axborot  to‘plashni  o‘z  ichiga  oladi. 

Bu  qidiruv  harakatlarini  boshlash  uchun  vaqtni,  uning  natijadorligini 

kafolatlovchi  texnika  vositalari  va  usullarini,  tergov-tezkor  guruhi 

a’zolari  sonini  to‘g‘ri  tanlash,  majburiyatlarni  optimal  taqsimlashni 

engillashtiradi.  

Qidirilayotgan  narsalarning  xususiyati  va  belgilari  to‘g‘risida 

ma’lumotlarni  ham  protsessual  manbalar  (masalan,  jabrlanuvchilarni 

so‘roq  qilish  bayonnomalari)dan,  ham  tezkor-qidiruv  tadbirlari 

natijasida  olish  mumkin.  Bu  ma’lumotlar  ular  yashirilishi  mumkin 

bo‘lgan joylar to‘g‘risida tusmollarni ilgari surishga yordam beradi. 

Tintuv  qilinayotgan  shaxsning  ruhiyati,  fe’l-atvori  va  kasb-kori, 

sog‘lig‘ining holati, qiziqishlari haqida xabardorlik tergovchiga narsalar 

yashirilishi  mumkin  bo‘lgan  joylarni,  ularni  niqoblash  usullarini 

prognozlashtirish  imkonini  beradi.  Tintuv  qilinayotgan,  uning  oila 

a’zolari  va  u  bilan  birga  yashaydigan  boshqa  shaxslarning  fe’l-atvorini 

bilish  tintuv  paytida  tergovchi  va  uning  yordamchilariga  jismoniy 

qarshilik  ko‘rsatish  yoki  qidirilayotgan  narsalarni  yo‘q  qilib  tashlash 

ehtimolini prognoz qilish uchun imkoniyat yaratadi. 



 

245 


Tezkor  manbalardan  olingan  tintuv  o‘tkaziladigan  joy  to‘g‘risida 

ma’lumotlar tergovchiga tergov-tezkor guruhini shakllantirish, kuchlarni 

joy-joyiga  qo‘yish,  qidiruv  harakatlarining  oldinma-ketinligini  va 

ularning  real  hajmini  belgilashga  yordam  beradi.  Tintuv  ob’ektlarining 

xususiyatlarini,  tintuv  qilinuvchida  mobil  aloqa  vositalari,  qurol, 

qopag‘on  it,  kasal  oila  a’zolari  va  hokazolar  bor-yo‘qligini  aniqlagach, 

tergovchi  guruhga  kimni  kiritish  zarurligini,  qaysi  qidiruv  texnik-

kriminalistik vositalari talab etilishi mumkinligini belgilaydi. 



Ikkinchi  bosqich  tadbirlari  tintuv  qilinayotgan  ob’ektning 

qo‘riqlanishini  ta’minlash,  unga  kirish  usulini  tanlash,  qidiruv 

harakatlarining  natijadorligi  uchun  normal  sharoitlarni  yaratishdan 

iborat. 


Tintuv turlarining xususiyatlari.  

1.  Turar  joyda  tintuv  o‘tkazayotganda  tergovchi  avval  tintuv 

joyida  mo‘ljal  olish  uchun  uni  ko‘zdan  kechiradi,  uning  chegarasini 

belgilaydi,  uni  muayyan  qismlarga  ajratadi,  qidirilayotgan  ob’ektlar 

yashirilishi  mumkin  bo‘lgan  joylarni,  ularni  tekshirishning  oldinma-

ketinligini  va  qidirish  usullarini  belgilaydi,  kerakli  texnik-kriminalistik 

vositalarning turlarini aniqlaydi. 

Turar  joyni  tekshirish  jarayonida  tergovchi  o‘zi  tanlagan 

yo‘nalishdan  og‘ishmay  harakat  qilishi  lozim.  Bunda  eng  avvalo 

umumiy  foydalaniladigan  joylar  va  qidirilayotgan  narsalar  yashirilishi 

mumkin bo‘lgan joylar tekshiriladi.  

Tintuvni  o‘tkazish  chog‘ida  “og‘zaki  vaziyatni  bilish”  tavsiya 

etiladi.  Bunda  tergovchi  navbatdagi  tekshiruv  ob’ektini  baland  ovozda 

e’lon qiladi va tintuv qilinayotgan bilan uning oila a’zolariga bu qanday 

ta’sir  ko‘rsatganini  kuzatadi.  Ruhiy  zo‘riqish  vaziyatida  og‘zaki  ta’sir 

ko‘rsatish  omili  beixtiyor  tashqi  o‘zgarishlarga  (rang  oqarishi,  titroq 

turishi  va  h.k.)  sabab  bo‘lishi  mumkin.  SHu  holatga  qarab  qidiruv 



Э’tibor qarating! Zamonaviy qidiruv vositalari yashirilgan har 

qanday  narsani  topish  imkonini  beradi.  Tergovchi  tintuvni  o‘tkazish 

jarayonida  mutaxassis-kriminalist  yordamida  zamonaviy  o‘lchash  va 

optika  vositalari,  kuchli  yorug‘lik  manbalari,  portativ  rentgen 

qurilmasi,  gaz  analizatorlari,  metall  va  mina  izlagichlar,  magnitli 

izlagichlar va ko‘targichlar, tok indikatorlari, qalbaki pul va portlovchi 

moddalar  detektorlari,  giyohvandlik  vositalari  ekspress-analizatorlari, 

endoskoplardan  va  ko‘chma  kriminalistik  laboratoriyada  jamlangan 

boshqa texnik-kriminalistik vositalardan foydalanishi mumkin.  


 

246 


harakatlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yo‘nalishda olib borilayotganini taxmin 

qilish  mumkin.  Tintuv  qilinuvchi  o‘zi  yashirgan  narsalar  baribir 

topilishini tushunib, ularni ixtiyoriy ravishda topshirishi ehtimoldan xoli 

emas. 


2. Binoni tintuv qilayotganda tergovchi bir yo‘nalishda (masalan, 

devor  yoqalab)  harakatlanishi,  ob’ektlarni  oldinma-ketin  tekshirishi, 

so‘ng  xonasiga  o‘tishi,  pol,  shiftni  ko‘zdan  kechirishi,  shundan  keyin 

boshqa  xonaga  o‘tishi  lozim.  Tanlab  tekshirish  usuli  birinchi  navbatda 

qidirilayotgan  narsalar  yashirilishi  mumkin  bo‘lgan,  tergovchi 

tomonidan belgilangan joylarni tintuv qilishni nazarda tutadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Tintuvning natijadorligi tergovchining tintuv o‘tkazilayotgan joyda 



to‘g‘ri  mo‘ljal  ola  bilishi,  tirishqoqligi,  sabr-toqatliligi,  muvaffaqiyatga 

bo‘lgan  ishonchi  bilan  belgilanadi.  Tintuv  o‘tkazish  uchun  noqulay 

ob’ektlar  (tutun  mo‘risi,  erto‘la,  yug‘indi  to‘kiladigan  o‘ra,  shunga 

o‘xshash  boshqa  joylarni  tekshirish)ni  tekshirishdan  voz  kechmaslik 

kerak.  

Taktik  nuqtai  nazardan  binoda  tintuvni  qidirilayotgan  ob’ektlar 

yashirilishi  mumkin  bo‘lgan  joylardan  boshlash,  ularni  texnik-

kriminalistik  vositalar  yordamida  tekshirish  o‘rinli  bo‘ladi.  Ba’zan 



Binolarda tintuv o‘tkazayotganda xatti-harakatlar tartibi 

Тintuv o‘tkaziladigan joyga kelish 

Binoga kirish 

O‘z hujjatlarini ko‘rsatish; o‘tkaziladigan tintuv haqida ogoh etish; bino egasini qaror bilan 

tanishtirish; barcha ishtirokchilarni bir xonaga to‘planishga taklif etish; har bir kishining 

shaxsini aniqlash; ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish 

Bino egasiga qidirilayotgan narsalarni topshirishni taklif etish 

Тintuv o‘tkaziladigan bino bilan tanishish; qidirilayotgan narsalar saqlanishi ehtimol 

tutilgan joylarni belgilash; tintuv rejasini aniqlash; tintuv o‘tkazuvchilar o‘rtasida vazifalari 

taqsimlash va ularga yo‘l-yo‘riqlar berish 

Qidiruv o‘tkazish (binoni, uning tarkibiy qismlari va alohida narsalarni ko‘zdan kechirish) 

Tintuv jarayoni va natijalarini qayd etish 



Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling