Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Hodisa joyini ko‘zdan kechirishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59

Hodisa joyini ko‘zdan kechirishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish 

taktikasi 

 

Hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  harakatining  natijali  bo‘lishi 



uchun  tergovchi  puxta  tayyorgarlik  ko‘rishi  lozim,  bunday  tayyorgarlik 

keyinchalik ishni muvofaqqiyatli yakunlash imkoniyatini beradi. 

 

Birinchi  bosqichda  tergovchi  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  ishlashni 



axborot-taktik  va  moddiy-texnik  ta’minlash  choralarini  ko‘radi.  U 

qaerda  va  nima  sodir  bo‘lgani,  ko‘zdan  kechirish  sharoitlari  haqida 

mumkin qadar to‘liq axborot olishga harakat qiladi. SHu bilan bir vaqtda 

u  voqeaning  zararli  oqibatlarini  bartaraf  etish,  jabrlanuvchiga  tibbiy 

yordam  ko‘rsatish,  jinoyatchi  izlarining  saqlanishini  kafolatlovchi 

Esda  tuting!  Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirishga 

tayyorgarlik  ko‘rish  ikki  bosqichga  bo‘linadi.  Birinchi  bosqich 

tergovchining  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyga  chiqishdan  oldingi 

harakatlarini, ikkinchi bosqich esa – hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib 

borgandan keyingi tayyorgarlik harakatlarini o‘z ichiga oladi.  


 

196 


hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  qo‘riqlash  choralari  ko‘rilishini  nazorat 

qiladi. 


So‘ng  tergovchi  ko‘zdan  kechirish  paytida  qanday  mutaxassislar 

kerakligini,  xizmat-qidiruv  iti  bilan  kinolog,  boshqa  tezkor  xodimlar 

kerak  yoki  kerak  emasligini  aniqlaydi.  Dastlabki  axborotni  tahlil  qilish 

orqali  u  bo‘lg‘usi  ko‘zdan  kechirish  rejasini  ishlab  chiqadi,  nimaga 

alohida e’tibor berish zarurligini, qaysi vazifalarni qanday kuchlar bilan, 

qaysi  texnika  vositalari  va  usullar  yordamida  hal  qilishga  to‘g‘ri 

kelishini belgilaydi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Birinchi bosqichda tergovchi quyidagilarni amalga oshiradi: 

TAYYORGARLIK 

AMALIY (TADQIQIY) 

YAKUNIY 

Hodisa sodir bo‘lgan 

joyga borishdan oldin 

Umumiy (statik) ko‘zdan kechirish 

Bayonnoma, 

sxemalar, rejalarni 

tuzish, izlarni, 

ashyoviy dalillarni 

olish 

Hodisa sodir bo‘lgan 



joyga kelgach 

Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘zdan kechirish bosqichlari 

Dinamik  

ko‘zdan kechirish 

Tayyorgarlik bosqichida tergovchi tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar 

Hodisa sodir bo‘lgan joyga borishdan 

oldin 

Hodisa joyiga kelganda 

 

 



hodisa  xususiyati,  ko‘zdan  kechirish 

o‘tkaziladigan  joydagi  ahvol  va  sharoit 

to‘g‘risida ma’lumotlar olish; 

hodisa  ro‘y  bergan  joyni  qo‘riqlash 

choralarini ko‘rish; 

ko‘zdan  kechirishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslar doirasini aniqlash; 

texnik-kriminalistik 

vosita-larni 

tayyorlash. 

jabrlanganlarga  tez  tibbiy  yordam 

ko‘rsatish; 

jinoyatchini 

ushlash 


choralarini 

ko‘rish; 

hodisadan birinchi bo‘lib xabar topgan 

shaxslarni,  guvohlarni  va  ro‘y  bergan 

voqea  haqida  ma’lumotga  ega  bo‘lgan 

shaxslarni so‘rab-surishtirish; 

hodisa  ro‘y  bergan  joydan  begona 

shaxslarni chetlashtirish; 

ishtirokchilarga  yo‘l-yo‘riq  berish  va 

ularning vazifalarini belgilash. 



 

197 


 

hodisa  joyidagi  jabrlanuvchilarga  yordam  berish  chorasini 



ko‘rishi, hodisa joyida tartib o‘rnatish masalalarini hal etishi kerak;  

 



tergovchining  hodisa  sodir  etilgan  joyga  etib  borishiga  juda 

qisqa  muddat  talab  etilsa,  hodisa  joyida  ishtirok  etish  uchun  tergovchi 

ichki ishlar organlariga hodisa joyiga zudlik bilan etib borish to‘g‘risida 

xabar beradi; 

 

tergovchining  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyga  o‘z  vaqtida  yetib 



kelishida masofaning uzoqligi, transport vositasi bo‘lmaganligi sababli u 

IIOni xodimlariga tegishli ko‘rsatma berishi mumkin;  

 

tergovchi  hodisa  joyini  qo‘riqlash,  hech  kimni  hodisa  joyiga 



kiritmaslik;  hodisa  joyidagi  ashyoviy  dalillarni  qo‘riqlash;  hodisa 

joyidan  topilgan  izlarni  qayd  etishda  ahamiyatli  bo‘lgan  holatlarni 

aniqlash;  hodisa  sodir  etilgan  vaqtda  hozir  bo‘lgan  shaxslarni  aniqlash 

va  tergovchi  etib  kelgunga  qadar  bo‘lib  o‘tgan  holatlarni  ular  orqali 

aniqlash; tergovchi jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida xabar olishi bilan 

jinoyatni  sodir  etgan  shaxs  to‘g‘risida  ham  ma’lumot  olsa,  darhol  uni 

qidirib topish to‘g‘risida IIO xodimlariga topshiriq beradi;  

 



tergov  chemodanining  to‘liqliligini  tergov  chemodanida  barcha 

asbob-uskunalarning  borligini  tekshiradi.  Zarur  hollarda  qo‘shimcha 

qidiruv texnikaviy vositalarni, masalan, metalldan yasalgan predmetlarni 

qidirib  topish  uchun  mo‘ljallangan  texnika  vositalarini  hozirlashi 

mumkin;  

 



hodisa  joyiga  chiqqunga  qadar  tergovchi  murdani  o‘likxonaga 

olib  borish,  shuningdek,  turli  buyumlar,  ashyoviy  dalillarni  olib  ketish 

uchun  zarur  bo‘lgan  transport  vositasini  hozirlash  chorasini  ko‘rishi, 

prokuratura, ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilishi zarur;  

 

tergovchi  hodisa  joyiga  chiqgunga  qadar  boshqa  tayyorgarlik 



ishlarini  ham  amalga  oshirishi  lozim.  Hodisa  joyiga  borgandan  keyin 

tergovchiga  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishga  kirishishdan  oldin  ba’zi 

tayyorgarlik ishlarini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi;  

 



hodisa joyida to‘satdan ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchining 

paydo  bo‘lib  qolishi  va  ularga  hujum  qilib  qolish  xavfining  ham  oldini 

olish chorasini ko‘rib qo‘yishi lozim. 

 

 



 

198 


Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyga  kelgach,  tergovchi  voqeaning  zararli 

oqibatlarini 

bartaraf 

etish 


uchun 

barcha 


choralar 

ko‘rilgani, 

jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilganiga ishonch hosil qilishi lozim. 

Zarur  holda  u  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  qo‘riqlash,  izlarni  saqlab 

qo‘yish,  shubhali  fuqarolarni  aniqlash  bo‘yicha  qo‘shimcha  choralar 

ko‘radi. 

Ko‘zdan  kechirishni  boshlashdan  oldin  tergovchi  ichki  ishlar 

organlari  xodimlari,  guvoh-shohidlar  va  hodisani  birinchi  bo‘lib 

aniqlagan  shaxslardan  nima  sodir  bo‘lgani,  bunga  kim  daxldor  bo‘lishi 

mumkinligi,  aybdorni  aniqlash,  qidirish  va  ushlash  uchun  qanday 

choralar 

ko‘rilgani  to‘g‘risida  axborot  oladi.  SHuningdek  u 

jabrlanuvchiga  yordam  ko‘rsatish,  hodisa  oqibatlarini  bartaraf  etish 

vaqtida  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  sharoitlarida  qanday  o‘zgarishlar  yuz 

berganini  ko‘zdan  kechirish  jarayonida  buni  hisobga  olish  uchun 

aniqlaydi.  Guvoh-shohidlar  va  boshqa  shaxslar  bilan  so‘rov  alohida-

alohida  o‘tkaziladi,  ular  bergan  ma’lumotlar  diktofon  yordamida  yozib 

olinadi. 

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish  ishtirokchilari  ko‘p 

sonli  bo‘lishi  mumkin,  biroq  uni  o‘tkazish  uchun  mas’uliyat  to‘liq 



Ma’lumot  uchun!  Tergov  chemodani  quyidagi  bo‘limlardan 

iborat: 


Birinchi  bo‘lim  izlar  bilan  ishlash  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib, 

barmoq izlari, oyoq izlari, transport va buzish qurollaridan qoladigan 

izlarni  qidirib  topishda,  qayd  etish  va  olishda  foydalaniladigan 

vositalarni o‘z ichiga oladi. Unda turli poroshoklar, selikon pastasi, K-

18,  daktiloplyonkalar,  gips,  daktiloskopik  chyotka  kabi  texnika 

vositalari bo‘ladi. 



Ikkinchi  bo‘limda  bayonnoma,  turli  sxemalar,  hodisa  joyining 

rejasini tuzish uchun zarur predmetlar bo‘ladi. 



Uchinchi  bo‘lim  hodisa  joyidan  topilgan  ashyoviy  dalillarni 

suratga olish, o‘lchash uchun mo‘ljallangan vositalardan iborat. 



To‘rtinchi  bo‘lim  ashyoviy  dalillarni  qidirib  topish  uchun 

foydalanadigan  asbob-uskunalar  bo‘limi  bo‘lib,  unda  metall 

predmetlarni  qidirish,  ko‘milgan  murdalarni  topish  uchun 

mo‘ljallangan, tokni o‘lchash indikatori va shu kabi vositalar bo‘ladi. 

Tergov  chemodanida  mavjud  bo‘lgan  bu  texnika  vositalari  hodisa 

joyini ko‘zdan kechirishda ashyoviy dalillarni qidirib topish va olishda 

keng ko‘lamda foydalaniladi. 


 

199 


tergovchining  bo‘ynida  bo‘ladi.  Uning  ruxsatisiz  bu  erda  hech  kim 

biron-bir harakatni bajarishi va hatto harakatlanishi ham mumkin emas.  

Xolislar sifatida hodisaning va tergovchining hodisa sodir bo‘lgan 

joy  sharoitlarini  ko‘zdan  kechirish  va  qayd  etish  borasidagi 

harakatlarining mohiyatini tushunishga qodir bo‘lgan shaxslar tanlanishi 

lozim. Maxsus bilimlar yoki murakkab texnika vositalarini qo‘llash talab 

etilgan  holda  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirishda  ishtirok 

etish uchun mutaxassis taklif qilinadi. 

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish  bayonnomasi 

ko‘zdan  kechirish  jarayonida  yoki  u  yakunlangandan  so‘ng  dastlabki 

yozuvlar  (fonogramma)  va  amalga  oshirilgan  o‘lchashlar  asosida 

tuziladi.  Ko‘zdan  kechirish  paytida  topilgan  barcha  narsalar  tergovchi 

ularni kuzatgan ko‘rinishda va holatda qayd etiladi. Hodisa sodir bo‘lgan 

joydan  olinayotgan  ob’ektlar  albatta  o‘ramga  joylanadi,  muhrlanadi, 

tegishli yozuvlar va imzolar bilan mustahkamlanadi. 

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish  quyidagi 



bosqichlarni  o‘z  ichiga  oladi:  umumiy  ko‘zdan  kechirish,  mufassal 

tekshirish va natijalarni qayd etish. 



Umumiy  ko‘zdan  kechirish  jarayonida  tergovchi  hodisa  sodir 

bo‘lgan  joyni  aynib  chiqib,  yuz  bergan  voqea  haqida  umumiy  tasavvur 

hosil  qiladi,  ko‘zdan  kechirilishi  lozim  bo‘lgan  hududuning  optimal 

chegarasini  belgilaydi.  Ushbu  hududga  tergovchi  yuz  bergan  voqea 

izlari  aniqlangan  joy  bilan  birga,  jinoyatchining  izlari  topilishi  mumkin 

bo‘lgan qo‘shni hududlar va binolarni ham kiritadi. Joyda  mo‘ljal olib, 

tergovchi  fotosuratga  tushirish  yoki  videotasvirga  olishni  amalga 

oshiradi,  ham  sharoitni,  ham  bu  erdagi  asosiy  ob’ektlarning  o‘zaro 

joylashuvi va o‘zaro aloqasini o‘rganadi va qayd etadi. 

Umumiy ko‘zdan kechirish jarayonida quyidagi muhim savollarga 

dastlabki  javoblar  olinishi  mumkin:  hodisa  sodir  bo‘lgan  joydagi 

voqealar  rivojini  qaerdan  turib  kuzatish,  jabrlanuvchi  va  jinoyatchining 

ovozlarini  eshitish  mumkin  bo‘lgan;  jinoyatchi  bu  erga  pinhona  kelishi 

yoki bu erni tark etishi mumkin bo‘lganmi, hodisa sodir bo‘lgan joydan 

tashqarida  uning  izlari  qolgan  bo‘lishi  mumkinmi  va  h.k.  Ushbu 

bosqichda  qo‘shni  hududlarni  tekshirish,  aybdorni  tezkor  ta’qib  qilish 

uchun  xizmat  itini  qo‘llashning  maqsadga  muvofiqligi  to‘g‘risidagi 

masala hal qilinishi mumkin. 

Umumiy  ko‘zdan  kechirish  jarayonida  yuz  bergan  voqeaning 

xususiyati  to‘g‘risidagi  tusmollar  aniqlashtiriladi,  tergovchi  ko‘zdan 

kechirish  borasidagi  o‘z  harakatlarining  oldinma-ketinligini,  hodisa 


 

200 


sodir  bo‘lgan  joy  sharoitlarini  tekshirish  uchun  talab  etiladigan  usullar 

va texnik-kriminalistik vositalarni aniqlaydi. 



Mufassal  tekshirish  harakatning  boshlang‘ich  nuqtasi  va 

yo‘nalishini  tanlashdan  boshlanadi.  Odatda  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni 

tekshirish  uning  markazidan  boshlanadi.  Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyning 

markazi  deganda  uning  eng  muhim  tuguni  (asosiy  izlar  jamlangan  joy) 

yoki ob’ekti (murda, qulfi buzilgan seyf va sh.k.) tushuniladi. Markazni 

aniqlash  qiyin  bo‘lgan  yoki  hodisa  sodir  bo‘lgan  joydan  tashqarida 

topilgan  izlarning  shikastlanish  xavfi  mavjud  bo‘lgan  holda  ko‘zdan 

kechirish hodisa sodir bo‘lgan joyning chetidan boshlanadi.  

 

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘lamli  qamrab  olish  usuliga  qarab, 



ko‘zdan  kechirish  yaxlit  bo‘lishi,  ya’ni  butun  hudud  tekshirilishi  va 

hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  tanlab  tekshirish  amalga  oshirilishi,  ya’ni 

asosiy  e’tibor  uning  jinoyat  izlari  jamlangan  alohida  qismlarini 

tekshirishga qaratilishi mumkin. Tanlab ko‘zdan kechirish odatda hodisa 

sodir  bo‘lgan  joyni  yaxlit  ko‘zdan  kechirishda  qo‘shimcha  usul  sifatida 

qo‘llaniladi. 

Mufassal  tekshirish  jarayonida  statik  va  dinamik  bosqichlar 

farqlanadi.  Statik  tekshirish  jarayonida  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy 

sharoitlari 

ko‘zdan  kechirish  boshlangan  paytdagi  ko‘rinishda 

o‘rganiladi.  O‘rganish  vizual  usulda  amalga  oshiriladi,  ob’ektlar 

o‘rnidan  qo‘zg‘atilmaydi.  Dinamik  ko‘zdan  kechirish  jarayonida 

ob’ektlarni  barcha  tomonlardan  tekshirish  uchun  ularni  bir  joydan 

boshqa  joyga  ko‘chirish  amalga  oshiriladi.  Mufassal  tekshirish 

jarayonida aniq ko‘rinib turgan izlar bilan bir qatorda, ko‘rinmas izlar va 

mikroob’ektlarni kriminalistik texnika vositalari  yordamida aniqlash va 

qayd etish zarur. 

Kriminalistik  ahamiyatga  molik  axborot  manbalari  –  izlar  va 

ob’ektlarni  topish  va  qayd  etish  jarayonida  tergovchi  iz  hosil  bo‘lish 

E’tibor  qarating!  Amaliyotda  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  bo‘ylab 

harakatlanishning uch asosiy usuli qo‘llaniladi:  

1) ekssentrik – tergovchi markazdan chetga qarab spiral bo‘ylab 

harakatlanadi;  

2)  konsentrik  –  chetdan  markazga  qarab  spiral  bo‘ylab 

harakatlanadi;  

3) frontal – hodisa sodir bo‘lgan joyni uning bir chetidan boshqa 

chetiga chiziq bo‘ylab harakatlanish orqali tekshiriladi.  



 

201 


mexanizmini xayolan gavdalantirishi lozim. Jinoyatchining harakatlarini 

modellashtirish  orqali  u  amalda  mavjud  bo‘lmagan,  biroq  mavjud 

bo‘lishi lozim bo‘lgan yoxud aksincha mavjud bo‘lishi lozim bo‘lmasa-

da,  amalda  mavjud  bo‘lgan  faktik  ma’lumotlarni  aniqlashi  va 

bayonnomada  qayd  etishi  zarur.  Masalan,  eshik  tagida  bandi  qirqilgan 

qulf yotibdi, lekin metall payrahalar mavjud emas.  

Ushbu  holatlar  tergovchi  ilgari  surgan  tusmolga  tuzatish  kiritish 

zaruriyatidan 

yoki 

jinoyatchi 



tomonidan 

soxtalashtirish 

holati 

mavjudligidan darak beradi. Bu erda jinoyatchi tergovni chalg‘itish, uni 



soxta  yo‘lga  burish,  jinoyatni  o‘z  vaqtida  ochishga  to‘sqinlik  qilish 

uchun  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  sharoitini  sun’iy  tarzda  yaratgani  yoki 

o‘zgartirgani nazarda tutiladi.  

 

Mufassal  tekshirishni  o‘tkazish  chog‘ida  tergovchi  quyidagi 



savollarga  javob  topish  imkonini  beradigan  ma’lumotlarni  to‘plashi 

lozim:  1)  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  jinoyat  sodir  etilgan  joy 

hisoblanadimi;  2)  hodisada  nechta  kishi  ishtirok  etgan,  ularning 

harakatlari  xususiyati  va  motivlari  qanday;  3)  tekshirilayotgan  voqea 

qachon yuz bergan, jinoyatchilar hodisa sodir bo‘lgan joyda qancha vaqt 

bo‘lishgan;  4)  jinoyatchi  va  jabrlanuvchi  o‘rtasdagi  aloqa  qanday 

xususiyatga  ega;  5)  jinoyatni  kim  sodir  etgan.  Bu  savollarning 

barchasiga  izlarning  kriminalistik  tahlili,  ularning  o‘rni,  o‘g‘irlangan 

buyumlar  hajmi  va  hokazolar  haqidagi  ma’lumotlarni  o‘rganish  javob 

topish imkonini beradi. 

Jinoyat  protsessual  qonunida  izlar  ashyoviy  dalil  sifatida  keng 

ma’noda  talqin  qilinadi,  hodisa  joyidan  topilgan  har  qanday  iz  hozirgi 



E’tibor  qarating!  Soxtalashtirishning  quyidagi  turlari  ayniqsa 

ko‘p uchraydi:  

1)  bir  jinoyatni  boshqa,  nisbatan  yengil  jinoyat  niqobi  ostida 

yashirish;  

2) sodir etilgan jinoyatga baxtsiz hodisa tusini berish;  

3)  sodir  etilgan  jinoyatning  ayrim  holatlarini  uni  boshqa  shaxs, 

boshqa  joyda,  boshqa  vaqtda  va  boshqa  motivlarga  ko‘ra  sodir 

etgandek qilib yashirish;  

4) shaxsning axloqiy buzuqligi faktlarini unga qarshi sodir etilgan 

jinoyat  niqobi  ostida  yashirish  (masalan,  pulni  yo‘qotish,  rastrata 

faktlarini  yashirish  maqsadida  unga  nisbatan  talonchilik  jinoyatini 

sahnalashtirish). 



 

202 


zamon  ilmiy-texnikaviy  vositalar  yordamida  qayd  etilib,  jinoyatni 

ochishda  katta  yordam  beradi.  Ilgaridan  amaliyotda  ma’lum  bo‘lgan 

ayrim  ashyoviy  dalillarni  tekshirish,  jumladan,  hujjatlarni  kriminalistik 

texnika asosida ko‘zga ko‘rinmaydigan (infraqizil, ultrabinafsha) nurlar 

yordamida tekshirish katta daliliy ahamiyatga egadir. 

Qon  izlari,  odam  organizmidan  chiqadigan  turli  moddalar, 

murdadagi  har  xil  izlar  jinoyat  ishi  bo‘yicha  ashyoviy  dalil  sifatida 

foydalaniladi. Hozir bunday izlar fizik, kimyoviy, biologik va texnikaviy 

vosita  va  metodlar  asosida  tekshirilib,  qotillik  jinoyatini  o‘z  vaqtida 

ochishga,  tanadagi  jarohatlarning  darajasini  aniqlashga  katta  yordam 

bermoqda. 

Masalan,  hodisa  joyidan  topilgan  papiros,  tamaki  qoliqlaridagi 

so‘laklarni  tekshirish  natijasida  hodisa  joyida  jinoyatchilarning  qancha 

vaqt  bo‘lganligi  va  ularning  soni  to‘g‘risida  biron  bir  fikr  yuritilgan 

bo‘lsa, hozir esa ushbu papiros qoldiqlarida mavjud bo‘lgan so‘laklarni 

tekshirish  orqali  qon  guruhini  va  hatto  odamning  jinsini  ham  aniqlash 

mumkin. 

Hodisa  joyida  qoldirilgan  barmoq  izlarini,  ayniqsa  ko‘zga 

ko‘rinmaydigan  izlarni  qidirib  topish  usullari  va  texnikaviy  vositalar, 

uzluksiz  ravishda  takomillashtirilib  borilmoqda.  Har  qanday  noqulay 

sharoitda ham bunday izlarni qidirib topish uchun zarur vositalar tergov 

chemodanida mavjuddir. 

SHuni  nazarda  tutish  lozimki,  ko‘zga  ko‘rinmaydigan  barmoq 

izlarini ma’lum vaqt o‘tib ketganligi sababli poroshoklar yoki yod bug‘i 

yordamida qidirib topish ancha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bunday 

vaqtlarda  barmoq  izlarini  qidirib  topish  va  qayd  etishda  auditografik 

usuldan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  usulning  mohiyati 

shundaki,  ko‘zga  ko‘rinmaydigan  barmoq  izi  bor  deb  taxmin  etilgan 

predmet radiaktiv suyuqlik yordamida ishlanadi. Bu suyuqlik barmoq izi 

bor bo‘lgan joyga, iz  yo‘q joyga nisbatan  mustahkam  yopishadi, undan 

keyin  barmoq  izi  yo‘q  bo‘lgan  joylardagi  radioaktiv  suyuqliklar  olib 

tashlanadi va topilgan barmoq izi rentgen plyonkasiga ko‘chirib olinadi. 

Auditografik usuldan foydalanish ayrim materiallarda qoldirilgan ko‘zga 

ko‘rinmaydigan  barmoq  izlarini  qidirib  topish  va  qayd  etishda  sezilarli 

natijalarga erishish imkonini beradi. 

Hozirgi  vaqtda  izlarni  qidirib  topish  va  qayd  etishda  har  xil 

poroshoklar,  gips,  plastilin  va  boshqa  vositalardan  keng  ko‘lamda 

foydalanilmoqda.  Lekin  bu  vositalar  botiq  izlarning  mikrorelfini  o‘zida 

yaxshi  aks  ettirish  hususiyatiga  ega  emas.  Bunday  izlarni  qayd  etishda 


 

203 


hozir  “K-18”  selikon  pastasi  keng  qo‘llanilmoqda.  Uning  yordamida 

har qanday noqulay sharoitda ham izdan yaxshi nusxa olsa bo‘ladi. 

“K-18”  pastasi  izga  quyiladi  va  qotgandan  keyin  izdan  olinadi. 

Agar  vertikal  holatda  turgan  (eshik,  devor  va  h.k.)  ob’ektlardan  nusxa 

olish  lozim  bo‘lib  qolsa,  pasta  quyuqroq  ravishda  tayyorlanishi  lozim, 

chunki u tik turgan ob’ektdagi izga yopishtiriladi. 

“K”  pastasi  izlarni  qayd  etishda  qo‘llaniladigan  eng  qulay  vosita 

hisoblansa-da,  ba’zi  kamchiliklardan  ham  xoli  emas.  Uning  yordamida 

past  haroratli  ob-havo  sharoitida  izlardan  nusxa  olib  bo‘lmaydi,  chunki 

bunday  sharoitda  u  tez  qotmaydi.  SHu  sababli  qorda  qolgan  izlardan 

uning  yordamida  nusxa  olib  bo‘lmaydi.  Kriminalistik  texnikada  past 

temperatura  sharoitida  ham  nusxa  olish  uchun  mo‘ljallangan  vosita 

mavjud.  Bu  texnikaviy  maqsadlarda  ishlatiladigan  selikon  katalizator 

(SKTN)  vositasidir.  SKTN  ham  “K”  pastasidek  katalizator  bilan 

aralashtirilib  zarur  qorishma  tayyorlanadi.  Agar  qorda  qolgan  izdan 

nusxa olish zarur bo‘lsa, quyuqroq holdagi qorishma tayyorlanadi, agar 

qumda  qolgan  izdan  nusxa  olish  zarur  bo‘lsa  suyuqroq  qorishma 

tayyorlanadi va izga qo‘yiladi. 

Quruq  sementda,  unda,  tuproqda  qolgan  izlardan  nusxalar  olishda 

bir  oz  qiyinchilik  tug‘iladi.  Bunday  iz  bo‘lgan  ob’ekt  bilan  birga  olish 

qiyin,  undan  nusxa  ham  olib  bo‘lmaydi.  Bunday  sharoitlarda 



perxlorvinil smolasi (elimi)dan foydalanish tavsiya etilgan. Perxlorvinil 

smolasi  oq  rangli  poroshok  bo‘lib,  u  atsetonda  suyultirilib  pulvirizator 

yordamida izga sepiladi, u qotgandan keyin ko‘chirilib olinadi. 

Hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishda  transport  vositalaridan 

qoladigan  izlarni  diqqat  bilan  ko‘zdan  kechirish  lozim.  Hatto  juda 

mayda  ashyoviy  dalillar  ham  nazardan  chetda  qolmasligi  kerak. 

Jumladan,  hodisa  joyidan  topilgan  avtomobildan  tushib  qolgan  bir 

tomchi  moy  emisson  spektral  analiz  usulida  olib  borilgan  tekshiruv 

natijasi,  ushbu  moynnig  transport  vositasining  qaysi  qismiga  tegishli 

ekanligini va hatto transport vositasining shu moy bilan taxminan necha 

kilometr yurganligini ham aniqlashga imkon beradi. 

YUqorida  qayd  etilgan  tavsiyalar  shuni  ko‘rsatadiki,  hodisa 

joyidan  izlarni  qidirib  topish  va  olish  uchun  hozirgi  vaqtda  etarli 

darajada  ilmiy-texnikaviy  vosita  va  metodlar  mavjud  bo‘lib,  ulardan 

samarali 

ravishda 

foydalanilmoqda. 

Tabiiyki, 

kriminalistika 

texnikasining  tez  rivojlanib  borishi,  kelajakda  hodisa  joyini  ko‘zdan 

kechirishda  qo‘llanilayotgan  ilmiy-texnikaviy  vositalardan  faqat 

ekspertiza  tekshiruvini  o‘tkazishda  foydalaniladi.  Bu  texnikaviy 



 

204 


vositalar bevosita hodisa joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazish jarayonida 

tezkor  maqsadlarda  tekshirish  o‘tkazish  imkoniyatini  bermaydi.  SHu 

boisdan  ham  yangi  ilmiy-texnikaviy  vositalardan  hodisa  joyini  ko‘zdan 

kechirishni 

o‘tkazishda  foydalanishni  har  qanday  tergovchilar 

tomonidan  o‘tkaziladigan  oddiy  tekshirishlar,  o‘lchashlar  bilan 

birgalikda  amalga  oshirilishini  inobatga  olinishi  taqozo  etiladi.  Izlarni 

qayd  etishda  foydalaniladigan  yangi  texnikaviy  vositalar  hodisa  joyini 

ko‘zdan  kechirishda  tergovchi  tomonidan  bajariladigan  vazifalarni 

amalga oshirishga to‘sqinlik qilmasligi kerak. 

Ba’zi  vaqtlarda  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishda  qotillik 

jinoyatining  sodir  etilganligini  ko‘rsatuvchi  belgilar,  turli  predmetlar 

topilishi  mumkin  (masalan,  qonli  bolta,  qon  izi  bor  kiyim  va  h.k.). 

Tergovchining  asosiy  vazifasi  texnikaviy  vositalar  yordamida  murdani 

qidirib topishdan iborat. 

Hodisa  joyidan  murdaning  topilishi  ayrim  xususiyatlarga  ega. 

Bunday  xususiyatlarga  ko‘zdan  kechirish  ob’ektlarini  aniqlash  kiradi. 

Voqea joyidan murdaning topilishida ko‘zdan kechirish ob’ektlari bo‘lib 

quyidagilar  hisoblanadi:  murda,  uning  holati  va  kiyimi;  murdaning 

yotgan joyi; murda bilan bog‘liq bo‘lgan iz va ashyoviy dalillar; jinoyat 

qurollari. 

Murdaning  tashqi  qiyofasini  ko‘zdan  kechirish  mutaxassis 

ishtirokida  amalga  oshiriladi.  Murdani  ko‘zdan  kechirishni  kechiktirish 

mumkin emas, chunki murdaning o‘zida ham, voqea joyida, izlarda ham 

o‘zgarish sodir bo‘lishi mumkin.  

Voqea  joyini  qo‘riqlash  chorasi ko‘rilishi  lozim,  aks  holda  ishdan 

manfaatdor  bo‘lgan  ayrim  shaxslar  tergovchi  voqea  joyiga  etib 

kelgunigacha  murdani  boshqa  joyga  ko‘chirishi,  kiyimlarini  to‘g‘rilab 

qo‘yishi mumkin. 

Murdani  hodisa  joyida  ko‘zdan  kechirishning  to‘liq  va  har 

taraflama  bo‘lishini  ta’minlash  maqsadida  amaliyotda  ishlab  chiqilgan 

ko‘zdan  kechirish  bosqichlarining  ketma-ketlik  prinsipiga  rioya  etilishi 

kerak. 

1)  Ko‘zdan  kechirishni  murdani  yotgan  joyini  aniqlashdan 



boshlash  lozim.  Murdani  yotgan  joyi,  uning  atrofida  mavjud  bo‘lgan 

predmetlarga  nisbatan  qayd  etiladi.  YA’ni  u  xonada  yotgan  joyini 

devordan, deraza va eshikdan qancha masofada ekanligini o‘lchash bilan 

aniqlanadi va qayd etiladi. Agar murda ochiq joyda yotgan bo‘lsa, uning 

yotgan joyi yaqinroq bo‘lgan ob’ektlarga (ko‘prik, daraxt, devor va h.k.) 

nisbatan o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. 



 

205 


2)  Murdani  ko‘zdan  kechirishning  keyingi  bosqichi  murdaning 

holatini  o‘rganish  hisoblanadi.  Murdaning  yotgan  holati  jinoyatni 

tergashda  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Murdaning  holati 

deganda, uning yotganligi, osig‘liq turganligi, o‘tirganligi hamda ayrim 

qismlarining  holati,  ya’ni  oyoq  qo‘llari,  kallasi  va  tanasining  qanday 

holatda ekanligi tushuniladi. 

3)  Murdani  ko‘zdan  kechirishda  muhim  bosqichlardan  biri  uning 

kiyimini ko‘zdan kechirish va qayd etish hisoblanadi. Murdani ko‘zdan 

kechirish  o‘tkazilgandan  keyin  u  sud-tibbiy  ekspertizasini  o‘tkazish 

uchun yuboriladi. Ekspertiza o‘tkazilgandan keyin kiyimlar tergovchiga 

qaytariladi.  Lekin  murdaning  kiyimlari  voqea  joyining  o‘zidayoq 

batafsil  ko‘zdan  kechiriladi.  Kiyimlar  ko‘zdan  kechirilayotganda 

kiyimning  barcha  predmetlari  (tugma,  cho‘ntaklar  va  hk.)  hatto  ichki 

kiyimlari ham diqqat bilan ko‘zdan kechirilishi lozim. Kiyimlar ko‘zdan 

kechirilayotganda jinoyatning sodir etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 

o‘zgarishlari (qon, sperma izlari, turli dog‘lar) bayonnomada to‘liq qayd 

etilishi  shart.  Agar  murdadagi  kiyimning  ayrim  qismlari  yulib  olingan 

bo‘lsa,  jumladan,  pidjagining  bir  qo‘li  yo‘q  bo‘lsa,  tugmalaridan 

ayrimlari  bo‘lmasa,  bu  holat  bayonnomada  qayd  etilishi  kerak,  chunki 

ular keyinchalik gumon qilinuvchidan topilib qolishi ham mumkin. 

4)  Murdani  tashqi  ko‘zdan  kechirish,  uning  umumiy  belgilaridan 

(jinsi,  yoshi,  bo‘yi,  gavda  tuzilishi)  tashqari  jinoiy  hodisa  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  maxsus  belgilarni  (badanidagi  ko‘kargan,  kesilgan,  singan 

jarohat  belgilari,  buzishdan  qolgan  jarohatlari  va  boshqa  alomatlarni) 

ham o‘z ichiga oladi. 

YUqorida  qayd  etilganidek,  murda  uning  holati  va  kiyimini 

ko‘zdan  kechirilgandan  keyin  murda  yotgan  joy  ko‘zdan  kechiriladi. 

Murda  yotgan  joyning  umumiy  holati,  voqea  joyining  to‘liq  tavsifi 

(aholi punkti, dam olish bog‘ining aniq qismi, ko‘lning aniq qirg‘og‘i va 

h.k.)  bilan  birga  murda  yotgan  joyning  to‘liq  tasviri  (yo‘lning  ayrim 

qismi,  chuqurlik  joy,  temir  yo‘lning  aniq  qismi  va  h.k)  ham 

bayonnomada  batafsil  yoritilishi  lozim.  Bu  holatlarning  aniq  ifoda 

etilishi jinoyatni o‘z vaqtida ochishga katta yordam beradi. 

Hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishning  umumiy  masalalaridan  yana 

biri,  qanday  iz  va  ashyoviy  dalillarni  jinoyatchi  hodisa joyida  qoldiradi 

va  qanday  iz,  predmetlar,  mikrozarrachalarni  o‘zi  bilan  olib  ketishi 

mumkin  kabi  masalalar  jinoyatning  sodir  etilish  xusususiyatlarini 

hisobga  olgan  holda  murdani  ko‘zdan  kechirishda  hal  etilishi  mumkin. 

Agar jabrlanuvchi sovuq qurol bilan etkazilgan jarohat natijasida o‘lgan 


 

206 


bo‘lsa, jinoyatchining kiyimida, poyabzalida qon izlari qolishi mumkin. 

Agar  qotillik  jinoyatini  sodir  etish  uchun  jinoyatchi  devorni  yoki  eshik 

va  derazani  buzib  kirgan  bo‘lsa,  jinoyatchining  kiyimida  tuproq  yoki 

oyna siniqlari qolishi mumkin. 

Hodisa  joyida  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  ko‘pchilik  izlar  va 

ashyoviy  dalillarni  jinoyatchining  o‘zida  topish,  aksincha  undan  hodisa 

joyida ham iz va ashyoviy dalillar qolishi mumkin. Masalan, oyoq, qo‘l 

izlari,  jinoyatni  sodir  etishda  foydalanilgan  qurollarni,  shaxsiy 

buyumlarni (dastro‘mol, papiros qoldig‘i, taroq, gugurt siniqlari va h.k) 

qoldirib ketishi mumkin. 

Murdani  ko‘zdan  kechirishda  hodisa  joyi  holatini  diqqat  bilan 

o‘rganish  lozim  bo‘ladi.  Voqea  joyi  holati  deganda  u  erda  aniqlangan 

barcha  holatlar  yig‘indisi  tushuniladi.  Barcha  faktlarni  umumlashtirgan 

holda ko‘rib chiqish tergovchiga ish bo‘yicha yangi faktlarni aniqlashga 

yordam  beradi.  Bu  vaziyat  va  holatlar  tergovchining  professional 

mahoratini namoyish etishida ma’lum bo‘ladi. 

O‘qotar qurollarni qo‘llash tufayli qotillik jinoyati sodir etilganlik 

belgilari  aniqlangan  hollarda  tergovchi  hodisa  joyidan  o‘q  va  gilzalarni 

topish  choralarini  ko‘rishi  lozim,  zaharlanib  o‘lganlik  belgilari  mavjud 

bo‘lgan  holatlarda  esa  hodisa  joyidan  zaharli  moddalarning  qoldiqlari, 

zaharli modda olib kelingan idish turli o‘rash vositalari kabilarni topish 

choralarini ko‘rish lozim. 

Tergovchinig  asosiy  vazifalaridan  biri  hodisa  joyini  ko‘zdan 

kechirishni  to‘liq  o‘tkazish  va  uning  natijalaridan  samarali  foydalanish 

hisoblanadi.  Lekin  tergov  amaliyotlarida  bunga  ba’zan  erishilmaydi. 

Buning  sababi  turlicha:  birinchidan,  tergovchining  etarli  bilimga  va 

tajribaga  ega  emasligi  va  kriminalistik  texnikaviy  vositalari  bilan  to‘liq 

ta’minlanmaganligi,  ikkinchidan,  ob-havo  sharoitining  noqulayligi, 

uchinchidan,  hodisa  joyidan  topilgan  dalillarga  ahamiyat  bermaslik 

hisoblanadi. 

Hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  kechiktirib  bo‘lmaydigan  tergov 

harakati  hisoblanadi.  Tergov  ko‘pincha  ushbu  tergov  harakatidan 

boshlanadi. Ba’zi vaqtlarda hodisa joyini ko‘zdan kechirish undan oldin 

o‘tkazilgan  tezkor  harakatlar  tufayli  yig‘ilgan  ma’lumotlardan 

foydalanib bajariladi. 


Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling