Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59

Guvohlarni  so‘roq  qilish  ham  so‘roq  o‘tkazishning  umumiy 

tartibi va undan kelib chiqadigan taktik usullarga tayanadi.  

Guvohlarni  so‘roq  qilishning  umumiy  protsessual  tartibi  uch 

bosqichdan  iboratdir:  a)  so‘roq  qilinuvchining  shaxsini  aniqlash;  b) 

so‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvini eshitish; v) savol-javob o‘tkazish. 

Guvohlarni  so‘roq  qilishdan  avval  tergovchi  guvohning  pasporti 

yoki  boshqa  shaxsiy  hujjatini  tekshirishi,  so‘ngra  so‘roq  bayonnomasi 

blankasida  ko‘rsatilgan  biografik  ma’lumotlarni  so‘rab  bilishi  va 

ayblanuvchi bilan qanday munosabatda ekanligini aniqlashi lozim. 

Ayblanuvchi  va  jabrlanuvchiga  nisbatan  bo‘lgan  aloqasidan 

guvohning  ish  oqibatidan  moddiy  yoki  ma’naviy  manfaatdorligini  bilib 

olish mumkin. SHuning uchun bu masalaga jiddiy yondashmoq darkor. 

So‘roqning  birinchi  qismida  guvoh  va  jabrlanuvchilar  qasddan 

yolg‘on  ko‘rsatuv  bersa  yoki  ko‘rsatuv  berishdan  bosh  tortsa,  ularni 

O‘zbekiston  Respublikasi  JK  tegishli  moddalari  bilan  jinoiy 

javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi. 

Jinoiy  javobgarlik  haqida  ogohlantirishning  o‘zi  kifoya  bo‘lmay, 

balki guvohning to‘g‘ri va to‘la ko‘rsatuvi ish uchun qancha ahamiyatga 

ega  bo‘lishini  tushuntirish  va  uning  bu  masalaga  tushunib  etganligi 

haqida so‘roq bayonnomasiga imzosini qo‘ydirish lozim.  

Takroriy  so‘roq  o‘tkazishda  ham  guvoh  noto‘g‘ri  javobi  uchun 

jinoiy  javobgarlik  haqida  ogohlantiriladi  va  buni  o‘z  imzosi  bilan 



 

275 


tasdiqlaydi.  So‘roqning  ikkinchi  qismi  guvohga  mazkur  jinoyat  ishi 

bo‘yicha nimalar  ma’lum, qanday hodisani ko‘rgan-eshitganligi gapirib 

berishni taklif qilishdan boshlanadi. 

Guvohning  so‘zini  bo‘lmay,  uni  sabr-toqat  bilan  eshitish  lozim, 

chunki  u  tergovchi  kutmagan  yangi  dalillarni  yoki  ish  bo‘yicha 

ahamiyatli bo‘lgan holatlarni ochib berishi mumkin. 

Guvohning  so‘zi  haddan  tashqari  cho‘zilib  ishga  kerakli 

bo‘lganlardan  “uzoqlashib”  ketsa,  uni  voqea  tafsilotlariga  “yaqinroq“ 

kelishiga va asosiy ishga tegishli bo‘lgan narsalarni so‘zlab berishga jalb 

etish  mumkin.  Guvoh  so‘zini  tugatgandan  so‘ng,  u  qoldirib  ketgan 

dalillar yuzasidan to‘ldiruvchi savollar beriladi. Ayrim dalillar yuzasidan 

tekshiruvchi  savollar  ham  berilishi  mumkin.  Guvoh  va  jabrlanuvchiga 

beriladigan  savollar  aniq  va  tushunarli  bo‘lishi  lozim.  SHu  bilan  birga 

savollar  qisqa  bo‘lib,  to‘la  javob  olishga  imkon  tug‘dirishi  kerak, 

ba’zida savolning o‘zida javob ma’nosi mavjud bo‘lib, ishorali bo‘ladi, 

so‘roq  qilinuvchi  faqat  “ha”  yoki  “yo‘q“  degan  javobni  beradi.  Bu  hol 

so‘roq usuliga xilof bo‘lib to‘la va ob’ektiv ko‘rsatuv olishga to‘sqinlik 

qiladi. 


Ba’zi  xotirasi  zaif  guvohlarga  eslatuvchi  savollar  qo‘yilishi 

mumkin.  Jinoyat  hodisasiga  yaqin  bo‘lgan,  ammo  ishga  aloqasi 

bo‘lmagan  holatlarni  eslatish  yordamida  unutilgan  voqeani  tiklashga 

yordam  beradi.  Savol  qo‘yish  vaqtida  guvohga  ishda  bor  bo‘lgan 

hujjatlarni, voqea joyi, sxemasi yoki daliliy ashyoni ko‘rsatish mumkin. 

Bu  bilan  ikkita  masala  hal  qilinadi:  birinchidan  guvohni  unutgan 

voqealarni  eslashga  yordam  bersa,  ikkinchidan  qasddan  tergovni 

chalg‘itish  uchun  noto‘g‘ri  ko‘rsatuv  beruvchi  jabrlanuvchi  va 

guvohlarni  sirini  fosh  etishga  qurol  bo‘ladi.  SHu  tariqa  guvohni  voqea 

sodir  bo‘lgan  joyda  so‘roq  qilish  ba’zida  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi. 

Hodisa  joyida  ko‘rsatuv  olish  guvohga  ayrim  faktlarni,  daliliy 

ashyolarni,  izlarni  va  boshqa  joyni  aniqlashga,  joyni  chizmasini 

tuzishga, ilgari chizilgan chizmalar bo‘lsa, ularni to‘ldirishga va aniqlik 

kiritishga yordam beradi. 

So‘roq vaqtida guvohni ruhiy holatini kuzatib borish lozim. Uning 

qo‘yilgan  savollariga  nisbatan  avzoini  o‘zgarishi,  ish  uchun  dalil  bo‘la 

olmasa-da, tergovchiga to‘g‘ri taktik usul tanlashga yordam beradi. 

Guvohning  berayotgan  ko‘rsatuvini  diqqat  bilan  eshitib  borish 

lozim, shu bilan birga uning ba’zi ma’lumotlarini ma’qullash yoki ularni 

haqiqatdan  “yiroq”,  yolg‘on  ekanligini  anglatuvchi  so‘z  qo‘shib  turish 

ko‘pincha o‘zini oqlamaydi. 


 

276 


So‘roq  maqsadga  muvofiq  o‘tishi  uchun  tergovchi  faqat  guvoh 

hikoya  qilib  bergan  voqeani  qog‘ozga  tushirish  bilan  kifoyalanmay, 

balki  so‘roq  jarayonida  faol  bo‘lmog‘i  zarur.  Guvohning  ko‘rsatuvi 

qaysi qismi to‘la va ob’ektiv, qaysi qismi chala va yuzaki ifodalanganini 

sezib  borishi  va  ular  yuzasidan  to‘ldiruvchi  va  aniqlovchi  savollarni 

berib borishi lozim. 

Guvoh  va  jabrlanuvchining  ko‘rsatuvlari  dalil  manbai  bo‘lish 

uchun  ularni  umumiy  qoida  asosida  har  vaqt  ishning  boshqa  holatlari 

bilan solishtirib tekshirilishi va baholanishi lozim. 

 

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilish taktikasi 

 

So‘roqni  boshlashdan  oldin  gumon  qilinuvchi  (ayblanuvchi)ga 

uning  huquqlari,  shu  jumladan  ko‘rsatuvlar  berish  yoki  ko‘rsatuvlar 

berishdan  bosh  tortish  huquqi  tushuntiriladi.  So‘roq  qilinuvchiga  u 

ko‘rsatuvlar  berish  orqali  o‘z  manfaatlarini  yanada  faol  himoya  qilishi, 

masalan,  o‘zining  aybini  engillashtiradigan  yoki  uni  istisno  etadigan 

holatlar  to‘g‘risida  xabar  qilishi  mumkinligi  tushuntirilishi  lozim. 

SHunda u iltimosnomalar va rad etish to‘g‘risida arizalar berishi, dalillar 

taqdim etishi osonlashadi. 

So‘roq  qilish  jarayonida  tergovchi  haqqoniy  ko‘rsatuvlar  berish 

uchun qulay psixologik muhit yaratishga harakat qilishi, o‘zining tergov 

ostidagi  shaxs  va  uning  himoyachisiga  bo‘lgan  hurmatini  namoyish 

etishi, ular egallagan pozitsiya va himoya taktikasini tushunishiga urg‘u 

berishi  lozim.  Agar  advokat  gumon  qilinuvchining  ko‘rsatuvlar 

berishdan  bosh  tortishini  qo‘llab-quvvatlayotgan  bo‘lsa,  so‘roq 

qilinuvchiga  buning  salbiy  oqibatlarini,  shuningdek  u  o‘z  huquqlari  va 

qonuniy  manfaatlarini  o‘zi  himoya  qilishga  haqli  ekanligini,  buning 

uchun sukut saqlagandan ko‘ra ko‘rsatuvlar bergan foydaliroq ekanligini 

unga tushuntirish zarur. 

Gumon  qilinuvchi  (ayblanuvchi)ni  so‘roq  qilishning  muvaffaqiyati 

tegishli  taktik  usullarni  to‘g‘ri  tanlash  va  samarali  qo‘llashga  bog‘liq 

bo‘ladi.  Nizosiz  vaziyatda,  so‘roq  qilinuvchi  o‘z  aybiga  iqror  bo‘lgan 

sharoitlarda  so‘roq  qilayotganda  tergovchi  asosiy  e’tiborni  tergov 

qilinayotgan  jinoyatning  barcha  holatlari  to‘g‘risida  mumkin  qadar 

batafsil ko‘rsatuvlar olishga qaratishi lozim. Olinayotgan ma’lumotlarga 

baho  berishda  gumon  qilinuvchi  (ayblanuvchi),  odatda,  o‘z  aybini 

kamaytirib  ko‘rsatishga,  javobgarlikning  bir  qismini  o‘z  sheriklari  yoki 


 

277 


jabrlanuvchiga  yuklashga,  o‘zini  noqulay  vaziyat  qurboni  qilib 

ko‘rsatishga harakat qilishini doim yodda tutish kerak. 

So‘roq  qilinuvchi  yaqin  odamining  aybini  o‘z  bo‘yniga  olishi  ham 

ehtimoldan xoli emas. Bularning barchasi vaziyat nizoli tus olishiga olib 

keladi, 

shu 


sababli 

so‘roq  qilinuvchining  e’tiborini  uning 

ko‘rsatuvlaridagi  ziddiyatli  jihatlarga  darhol  qaratish  doim  ham 

maqsadga  muvofiq  emas.  Gumon  qilinuvchi  (ayblanuvchi)ning 

ko‘rsatuvlarida  mavjud  yolg‘on  tafsilotlar  o‘z-o‘ziga  tuhmat  qilish 

natijasi  bo‘lishi  mumkinligini  unutmaslik  kerak.  O‘z-o‘ziga  tuhmat 

qilish  zamirida  ko‘pincha  muayyan  shaxsiy  xususiyatlar  yotadi.  Soxta 

iqrorda  ifodalangan  ma’lumotlar  odatda  tergovchiga  ma’lum  tafsilotlar 

doirasidan  chetga  chiqmaydi,  bunda  ularning  aksariyat  qismini  o‘z 

aybiga  chin  dildan  iqror  bo‘lganlik  va  tergovga  ko‘maklashishga 

tayyorlik haqidagi arizalar tashkil etadi. 

 

Nizoli  vaziyatda  so‘roq  qilinuvchiga  bor  gapini  aytishi  uchun 

imkon berish va ayni vaqtda u bilan psixologik aloqa o‘rnatishga harakat 

qilish,  uning  shaxsiy  xususiyatlarini  o‘rganish,  tergovni  qiziqtirayotgan 

barcha  holatlar  bo‘yicha  mumkin  qadar  to‘liq  ko‘rsatuvlar  olish  lozim. 

Bunday  vaziyat  gumon  qilinuvchini  birinchi  marta  so‘roq  qilishga  xos 

bo‘lib, bunda u sodir etilgan jinoyatga o‘zining daxldorligini odatda rad 

etadi. Tergovchi esa bu davrda gumon qilinuvchining aybdorligini uzil-

kesil  tasdiqlaydigan  dalillar  yig‘indisiga  odatda  ega  bo‘lmaydi.  Gumon 

qilinuvchi  aynan  o‘sha  jinoyat  sodir  etgan  odam  ekanligiga  uning 

ishonchi  komil  bo‘lmaydi.  SHu  sababli  birinchi  so‘roq  shu  jumladan 

razvedka  xususiyatiga  ega  bo‘ladi,  gumon  qilinuvchining  shaxsiy 

xususiyatlarini,  uning  nuqtai  nazari  va  dalillarini  aniqlashga,  u 

tergovchiga xabar qilmoqchi bo‘lgan ma’lumotlarni olishga qaratiladi. 



E’tibor  qiling!  So‘roq  qilinuvchi  bergan  ma’lumotlarning 

ishonchliligini  tekshirish  jarayonida:  1)  u  tergovga  ma’lum 

bo‘lmagan,  lekin  tergov  qilinayotgan  jinoyatni  amalda  sodir  etgan 

shaxs  bilishi  kerak  bo‘lgan faktlar  va  tafsilotlarni  xabar  qilganini; 2) 

so‘roqda  xabar  qilingan  faktlar  tergovchi  qo‘lga  kiritgan  boshqa 

dalillar bilan tasdiqlanishi yoki tasdiqlanmasligini aniqlash zarur. O’z-

o‘ziga tuhmat qilishni fosh etishda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan 

joyda  tekshirish,  olingan  ko‘rsatuvlarni  boshqa  dalillar  bilan 

sinchiklab solishtirish katta rol o‘ynashi mumkin.  


 

278 


Gumon  qilinuvchiga  qarama-qarshi  ruhiy  kechinmalar  xos 

ekanligini  hisobga  olish  lozim.  Bir  tomondan,  u  tergov  o‘zining 

aybdorligini tasdiqlovchi dalillarga ega emasligini o‘ylab, qilmish uchun 

jinoiy  javobgarlikdan  qutulib  qolishga  umid  qiladi,  boshqa  tomondan 

esa  –  ushlanganlik  va  qo‘qqisdan  so‘roqqa  chaqirilganlik  uning  jinoyat 

fosh  etilmay  qolishiga  bo‘lgan  umidlarini  chippakka  chiqaradi,  qilmish 

uchun  javobgarlik  va  jazoning  muqarrar  ekanligi  haqidagi  o‘ylarini 

junbushga  keltiradi.  Bu  ruhiy  kechinmalar  gumon  qilinuvchi  yuzaga 

kelgan  vaziyatga  to‘g‘ri  baho  berishini  qiyinlashtiradi,  u  noto‘g‘ri 

qarorlar  qabul  qilishiga  olib  keladi  va  tergovchi  bundan  foydalanishi 

lozim.  

Gumon  qilinuvchini  so‘roq  qilish  taktikasi  ehtiyotkorlikka 

asoslanishi lozim, chunki mazkur sub’ektga nisbatan gumon favqulodda 

vaziyat,  tuhmat,  yanglishish  yoki  xato  qilish  natijasida  yuzaga  kelgan 

bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ushlanganlik va qamoqqa olinganlikning 

o‘ziyoq  irodasi  bo‘sh,  ta’sirchan  odamni,  hatto  u  qilmishda  aybdor 

bo‘lmasa  ham,  o‘z-o‘ziga  tuhmat  qilishga  olib  kelishi  mumkin.  SHu 

sababli so‘roq qilinuvchining tergov qilinayotgan jinoyatga daxldorligini 

sinchiklab  tekshirish,  undan  faqat  jinoyatni  shaxsan  sodir  etgan 

odamgina biladigan ma’lumotlarni olish juda muhimdir.  

So‘roq qilinuvchining tergov qilinayotgan qilmishga daxldorligidan 

u  ma’lum  faktlarni  (masalan,  jabrlanuvchi  bilan  tanishligini) 

yashirayotgani, shuningdek u sodir etilgan jinoyat holatlaridan xabardor 

ekanligiga  ishora  qiluvchi  (masalan,  jabrlanuvchining  alohida  belgilari 

to‘g‘risidagi)  ma’lumotlarni  beixtiyor  xabar  qilgani  dalolat  berishi 

mumkin. 


Gumon  qilinuvchilarni  so‘roq  qilish  jarayonida  ular  ba’zan  alibiga 

havola  qiladilar.  Bunday  alibi  tekshirilishi  lozim.  Atroflicha  so‘roq 

qilish  gumon  qilinuvchi  u  tergov  qilinayotgan  jinoyatni  sodir  etgan 

bo‘lishi  mumkin  emasligini  bildirayotib  ko‘rsatgan  vaqtda  muayyan 

joyda  bo‘lishga  yo‘ldosh  holatlar  va  tafsilotlarni  bilmasligini  namoyish 

etishi mumkin. Masalan, ko‘rsatilgan vaqtda mazkur kinoxonada boshqa 

film  namoyish  etilgani,  diskotekada  go‘yoki  u  erda  bo‘lgan  so‘roq 

qilinuvchi bilmaydigan favqulodda hodisa sodir bo‘lgani aniqlanadi. 

So‘roq  qilish  jarayonida  gumon  qilinuvchining  jinoyat  sodir 

etilgandan  keyingi  harakatlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlardan  ham 

foydalanish  zarur.  Masalan,  ayrim  jinoyatchilar  o‘zlari  ushlangunga 

qadar  tergov  jarayoni  va  uning  natijalariga  qiziqish  bildiradilar,  hodisa 

sodir  bo‘lgan  joyda  nima  topilganini  surishtiradilar,  jabrlanuvchi 


 

279 


sog‘lig‘ining  holatini  aniqlashga  harakat  qiladilar  va  h.k.  Boshqa 

hollarda 

mazkur 

sub’ektning  yuz  bergan  voqeaga  nisbatan 



namoyishkorona befarqligi atrofdagilar ko‘ziga yaqqol tashlanadi yoki u 

aybsiz jazoga tortilishi mumkinligi haqida gapirib tahlikaga tushadi. 

So‘roq qilish jarayonida dalillarni ko‘rsatish va gumon qilinuvchini 

uning sodir etilgan jinoyat xususidagi ruhiy iztiroblarini kuchaytiradigan 

usullarni  qo‘llashdan  uyg‘unlikda  foydalanish  maqsadga  muvofiq. 

Qilmish va uning og‘ir oqibatlari ta’sirida gumon qilinuvchining vijdon 

azobini  kuchaytirish,  javobgarlikni  engillashtiradigan  holatlarni  unga 

tushuntirish  orqali  so‘roq  qilinuvchi  o‘z  pozitsiyasini  o‘zgartirishiga 

erishish mumkin. 

Ayblanuvchini so‘roq qilish tergovchi ayblov e’lon qilish va so‘roq 

qilinuvchi  jinoyatni  sodir  etishda  aybdorligini  fosh  qilish  uchun  etarli 

dalillarga  ega  bo‘lganda  o‘tkaziladi.  To‘plangan  dalillar  tizimida 

bo‘shliqlar  va  ziddiyatlar  mavjud  bo‘lgan  holda  tergovchining  ahvoli 

og‘irlashadi. Bu holda so‘roqni avval dalillarni ko‘rsatmasdan o‘tkazish, 

mazmuni  sodir  etilgan  jinoyat  holatlari  va  tafsilotlarini  tergovchi 

bilishidan  dalolat  beruvchi  savollarni  qo‘yish  taktik  jihatdan  to‘g‘ri 

bo‘ladi. Bunday xabardorlik hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoit tahlili, 

shohidlar,  jabrlanuvchilar,  guvohlarning  ko‘rsatuvlariga,  shuningdek 

ayblanuvchining  jinoyat  sodir  etilishidan  oldingi  va keyingi  xulq-atvori 

xususiyatlarini tavsiflovchi ma’lumotlarga asoslanadi. 

So‘roq  qilish  jarayonida  ayrim  dalillarning  ta’sirlantiradigan 

kuchidan  foydalanish  ham  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Bunda  ular 

shunday  ko‘rsatilishi  lozimki,  so‘roq  qilinuvchida  tergovchi  uning 

barcha  xatti-harakatlaridan  xabardor  ekanligiga,  aybi  uzil-kesil  fosh 

qilinishi muqarrar ekanligiga ishonch paydo bo‘lishi lozim. 

Jinoyatchilarga  ko‘pincha  aybini  qisman  bo‘yniga  olish  yoki 

mutlaqo iqror bo‘lmasdan jinoiy javobgarlikdan qutilishga harakat qilish 

xosdir.  Tergovchining  vazifasi  har  bir  ayblanuvchining  ruhiy 

xususiyatiga mos holda taktik usullarni qo‘llab, to‘g‘ri va to‘la ko‘rsatuv 

olishdir. 

Ayblanuvchini  so‘roq  qilishdan  avval  jinoyat  ishini  yana  bir  bor 

ko‘rib  chiqib,  kerakli  joylaridan  -  hujjatlaridan  alohida  yozma  izohlar 

olish  lozim  chunki,  so‘roq  vaqtida  ular  zarur  bo‘lib  qolishi  mumkin. 

Ayblanuvchiga  qo‘yiladigan  savollarni  tuzishda  esa  ayblanuvchining 

javobini  va  uning  turli  xillarini  taxminan  bo‘lsa  ham  nazarda  tutgan 

holda tayyorgarlik ko‘riladi. 

 


 

280 


 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Tergovchi  so‘roq  o‘tkazish  vaqtida  yuqorida  ko‘rsatilgan  to‘rt 

holatning  qaysi  biri  bilan  to‘qnash  kelganini  bila  olmaydi.  SHuning 

uchun  ayblanuvchilarni  so‘roq  qilish  paytida  ikki  muhim  qoidani 

nazarda tutishi lozim: birinchidan, ayblanuvchining aybiga iqror bo‘lish 

yoki  bo‘lmaslikdan  qat’i  nazar,  uning  ko‘rsatuvini  tekshirish  zarur  va 

ikkinchidan,  tergovda  aybini  bo‘yniga  olmagan  ayblanuvchilarning 

ko‘rsatuvi  ”albatta  yolg‘on  bo‘ladi”  degan  xulosa  hosil  bo‘lmasligi 

lozim. 


So‘roq o‘tkazish ayblanuvchiga ayb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror 

bilan  tanishgandan  so‘ng  o‘tkaziladi.  Jinoyat  ishining  xususiyatiga  va 

alomatlariga  qarab  aybini  e’lon  qilish  to‘g‘risidagi  qarorida  ayblash 

uchun  umumiy  yuridik  asoslarni  keltirish  kifoyadir,  ba’zida  esa  dalil 

manbaini  ham  ko‘rsatish  mumkin,  lekin,  ayrim  faktlarni,  ashyoviy-

dalillarni  ma’lum  qilishga  shoshilmaslik  kerak,  chunki  ular  so‘roqning 

keyingi bosqichlarida zarur bo‘lib qoladi.  

So‘roq  yaxshi  natijalar  berishi,  uni  muvaffaqiyatli  o‘tishi  uchun 

tayyorgarlik  ko‘rish  vaqtida  tergovchi  ayblanuvchining  shaxsini 

o‘rganishi va aniqlashi lozim. 

Ayblanuvchining  shaxsini  belgilovchi  xususiyatlar:  uning  xizmat 

sohasi,  turmushi,  atrofidagi  tanish-bilishlari  bilan  aloqasi  va  boshqa 

tergovga  kerak  bo‘lgan  ma’lumotlardir.  Ularni  tezkor  harakatlar  va 

guvohlarni  so‘roq  qilish  yo‘li  bilan  aniqlash  mumkin.  Bu  ma’lumotlar 

so‘roq  vaqtida  ayblanuvchining  yolg‘on  ko‘rsatuvini  ochib  tashlashga 

yordam  beradi.  So‘roq  takroriy  o‘tkazilganda  ham  tayyorgarlik 

ko‘rishga  to‘g‘ri  keladi  chunki,  birinchi  so‘roqdan  olingan  ko‘rsatuvni 

Ayblanuvchilarning ko‘rsatuvining ahamiyati

 

Ish  bo‘yicha  ayblanuvchining  ko‘rsatuvi 

daliliy  manba  bo‘lib,  undagi  ma’lumotlar 

ishning  ayrim  holatlarini  to‘la  ochishga 

yordam 

beradi. 


Jinoyat 

voqeasini 

jabrlanuvchiga 

va 


guvohga 

nisbatan 

ayblanuvchi  yaxshiroq biladi va ko‘p vaqtga 

eslab qoladi. Ayrim fakt va holatlar esa faqat 

ayblanuvchiga  ma’lum  bo‘ladi.  Shuning 

uchun  ayblanuvchidan  mumkin  qadar  to‘la 

va  to‘g‘ri  ko‘rsatuv  olishga  harakat  qilinishi 

lozim. 


Ayblanuvchining 

ko‘rsatuvi 

dastlabki 

tergovda 

uning 

himoya 


vosita 

bo‘lib 


hisoblanadi.  Tergovchi  ayblanuvchiga  to‘la, 

har  tomonlama  to‘g‘ri  ko‘rsatuv  berishga, 

o‘zini  himoya  qilishga  hamma  dalillarni, 

faktlarni  keltirishga  imkon  tug‘diradi.  Shu 

bilan  birga  tergovchi  ishga  kerak  bo‘lgan 

muhim  faktlarni,  holatlarni  aniqlaydi  va 

ayblanuvchining 

jinoiy 


javobgarlik 

masalasini hal qiladi. 



 

281 


ko‘rib  chiqib,  qanday  kamchiliklarga  yo‘l  qo‘yilgan,  qanday  fakt  va 

holatlar aniqlanmay qolgan, qanday yangi savollar qo‘yilishi mumkin va 

boshqa masalalar belgilab olinadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Jinoyatni  ehtiyotsizlik  bilan  sodir  qilgan  ayblanuvchilarni  so‘roq 

qilish,  ularning  ko‘rsatuvlarini  asoslash  xuddi  guvohlarni  so‘roq  qilish 

usuliga  o‘xshashdir.  Bunday  ayblanuvchilar  so‘roq  vaqtida  ba’zi 

holatlarni  xotirasidan  ko‘tarilganligini  aytsa  yoki  boshqa  sabablariga 

ko‘ra voqeani to‘la so‘zlab bera olmasa, guvohlarga qo‘llanadigan taktik 

usullarni ishlatish mumkin bo‘ladi. 

Lekin  jinoyatni  qasddan  sodir  qilgan  ayblanuvchilar,  odatda, 

voqeani  to‘la-to‘kis  qabul  qiladilar  va  yaxshi  eslab  qoladilar.  Ular 

jinoyat 


hodisasidan 

qanchalik 

manfaatdor 

bo‘lsalar, 

uning 

ochilmasligiga  shunchalik  harakat  qiladilar.  SHuning  uchun  bu  xildagi 



ayblanuvchilarga qo‘llanadigan taktik usullar bir muncha boshqachadir. 

Qonunga binoan ayblanuvchining ko‘rsatuv berishi ixtiyoriydir. U 

ko‘rsatuv  berishdan  bosh  tortgani  va  yolg‘on  so‘zlagani  uchun  jinoiy 

javobgarlikka  tortilmaydi.  Ayblanuvchini  qo‘rqitish,  aldash,  zo‘rlik 

ishlatish,  yolg‘on  va’dalar  berish  yo‘li  bilan  ko‘rsatuv  olish 

g‘ayriqonuniydir. 



Ayblanuvchilarni so‘roq qilish guvohlarni so‘roq qilish tartibi 

singari uch qismdan iborat: 

So‘roq vaqtida ayblanuvchilarning ayblariga nisbatan 

munosabati 

Ayblanuvchi  e’lon  qilgan 

ayblarga to‘la yoki qisman 

iqror  bo‘ladi,  to‘g‘ri  va 

to‘la ko‘rsatuv beradi 

Ayblanuvchi  aybiga  iqror 

bo‘lmaydi 

va 


to‘g‘ri 

ko‘rsatuv beradi, chunki u 

haqiqatda  ham  jinoyatni 

sodir qilmagan 

Ayblanuvchi  aybiga  iqror 

bo‘lmaydi 

va 

jinoiy 


javobgarlikdan 

qutilish 

maqsadida 

yolg‘on 


ko‘rsatuv beradi 

Ayblanuvchi  aybiga  iqror  bo‘ladi  “to‘la  yoki  qisman”  va  yolg‘on 

“noto‘g‘ri”  ko‘rsatuv  beradi.  Buning  sababi  turlicha  bo‘lishi 

mumkin; so‘roq  qilinuvchi sherigining  aybini  bo‘yniga  olib,  uning 

ishini  osonlashtirish  yoki  tergovga  ma’lum  bo‘lmagan  xavfliroq 

holatlarni  yashirish  yoxud  o‘zini  maqtash,  qahramon  qilib 

ko‘rsatish maqsadini ko‘zlaydi. 


 

282 


So‘roqning  birinchi  qismida  ayblanuvchining  shaxsini  aniqlash, 

tergov  jarayonida  unga  nisbatan  qo‘llanadigan  ehtiyot  choralarini 

tanlashga va turli hodisa-holatlarning oldini olishga yordam beradi. 

Agar  ayblanuvchi  ochiqda  bo‘lsa,  uning  hujjatlari  tekshirilib 

shaxsiga  tegishli  ma’lumotlari  yuzasidan  so‘roq  qilinib,  hujjatlardagi 

ma’lumotlarga  solishtirish  zarur.  Qamoqda  bo‘lgan  ayblanuvchi  uning 

shaxsiy  hujjatlari  jinoyat  ishida  bo‘ladi  va  tergovchi  ularni  oldindan 

tekshirib chiqishga imkoni bor. 

Anketa ma’lumotlari aniqlangandan so‘ng tergovchi ayblanuvchini 

aybini  e’lon  qilish  qarori  bilan  tanishtiradi  va  zarur  bo‘lsa,  aybining 

mohiyati  tushuntiriladi.  SHuningdek,  protsessual  qonunga  binoan 

ayblanuvchining protsessual huquqlari ham tushuntiriladi. 

So‘roqning  ikkinchi  qismi  ayblanuvchining  tushuntirishini 

eshitishdir. Bu qismda quyidagi taktik qoidalar nazarda tutilishi darkor. 

1)  ayblanuvchining  qanday  bo‘lmasin  sodir  qilingan  jinoyatga 

iqror  bo‘lishiga  majbur  qilmaslik  lozim,  aks  holda  u  sudda  aytgan 

so‘zidan  bosh  tortadi  va  dastlabki  tergovda  uni  majbur  qilganliklarini 

aytadi,  natijada  jinoyatni  isbotlash  qiyinlashadi  va  ish  qayta  tergovga 

yuboriladi.  

2) ayblanuvchining so‘zini savollar bilan yoki luqma tashlash bilan 

bo‘lmasdan,  uning  ko‘rsatuvini  oxirigacha  tinglash  zarur.  Garchi 

ayblanuvchi yolg‘on ko‘rsatuv berayotganligi sezilsa  ham, unga so‘zini 

oxirigacha  etkazishga  imkon  berilmog‘i  lozim.  Ammo  ayblanuvchi 

ataylab  jinoyat  ishiga  aloqasi  bo‘lmagan  narsalar  yuzasidan  ma’lumot 

bersa,  tergovchi  uni  ishga  tegishli  bo‘lgan  faktlar  yuzasidan  so‘zlashga 

chorlashi zarur. 

3) jinoyat ishi murakkab, bir necha epizoddan iborat bo‘lsa, so‘roq 

har  bir  epizod  yuzasidan  alohida  olib  borilishi  lozim.  Bir  epizod 

yoritilgandan  so‘ng  ayblanuvchiga  savol  berib  javobini  eshitib,  so‘ngra 

ikkinchi epizod yuzasidan so‘roqqa o‘tish lozim. 



 

283 


So‘roqning  uchinchi  qismi  ayblanuvchiga  savol  berib,  uning 

javobini  olish.  Bu  eng  murakkab  va  mas’uliyatli  masaladir.  So‘roqning 

bu  bosqichi  tergovchidan  uning  mutaxassislik  mohiyatini,  ilg‘or 

tajribasini  va  boshqa  ijobiy  xususiyatlarini  amalga  oshirishini  talab 

qiladi.  

 

So‘roq  vaqtida  ishlatiladigan  dalillar  tekshirilgan,  aniqlangan  va 



ishonchli  bo‘lishi  lozim.  Tergovchi  o‘z  ixtiyorida  bor  dalillarni 

hammasini ayblanuvchiga ko‘rsatishi yoki bildirishi zarur emas, yolg‘on 

so‘zlayotgan  ayblanuvchining  ko‘rsatuvini  qanchalik  haqiqatdan  uzoq 

ekanligini isbotlovchi faktlar, dalillarning har birini o‘z o‘rnida keltirib, 

ayblanuvchini to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga majbur qilishi lozim. 

Ba’zi  ayblanuvchilar  avvaldan  so‘roq  vaqtida  gapiradigan 

mavzularini  o‘ylab  tayyorlab  qo‘yadi.  Tergovchi  savol-javob  qilish 

bosqichida  unga  kutilmagan  savolni  berib,  ish  bo‘yicha  aniqlangan 

ma’lum  voqeani  qanday  tushuntirishini  so‘raganda,  ayblanuvchi  darhol 

javob  berishga  qiynalib  qoladi  va  haqiqatni  so‘zlashdan  boshqa  iloj 

yo‘qligini  anglaydi.  Ba’zida,  jinoyat  ishining  xarakteriga  qarab 

ayblanuvchining  ruhiy  xususiyatini  nazarda  tutib  jinoyat  hodisasi 

qanday  ro‘y  bergan,  nimalar  topilgan,  jinoyatning  asosiy  holatlari  qay 

yo‘sinda yuz berganligini ayblanuvchiga aytib berish mumkin, bu holda 

so‘roq  qilinuvchi  tergovga  hamma  holat-vaziyatlar  ma’lum  ekanligiga 

iqror  bo‘lib,  to‘g‘ri  ma’lumot  berishdan  boshqa  iloj  yo‘qligiga  ishonch 

hosil qiladi. 


Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling