Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Esda tuting! Tanib olish uchun ko‘rsatish
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqichda
- Uchinchi (yakunlovchi) bosqichda
- Esda tuting!
- E’tibor qiling!
- Narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish
- Uy hayvonlarini tanib olish uchun ko‘rsatish
- Tanib olinuvchi bilan birga ko‘rsatiladigan ob’ektlarni tanlash
Esda tuting! Tanib olish uchun ko‘rsatish – O’zR JPKning 125-moddasi bilan tartibga solinadigan, guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi o‘ziga ko‘rsatilgan o‘xshash ob’ektlarni kuzatib, ularning belgilarini o‘z xotirasida aks etgan xayoliy obraz bilan solishtiradigan va ularning o‘rtasida ayniylik mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi masalani hal etishidan iborat bo‘lgan tergov harakati.
293
bildirgisida, yuzlashtirish yoki boshqa tergov harakati bayonnomasida aks ettirilgan bo‘lishi mumkin, ammo ushbu faktning daliliy ahamiyati tanib olish uchun ko‘rsatish natijasining daliliy ahamiyati bilan tenglasha olmaydi, chunki uni o‘tkazish mufassal tartibga solingan. Tergovchi tanib olish uchun ko‘rsatishni faqat identifikatsiya qilinayotgan ob’ekt so‘roq qilinuvchi tomonidan kuzatilgani aniqlangan va undan mazkur ob’ektni u tanib olishi mumkinligi to‘g‘risida ariza olingan holda o‘tkazishi lozim. Aks holda, shuningdek so‘roq qilingan shaxs mazkur ob’ektni yana bir marta, masalan, gumon qilinuvchini ushlashda ishtirok etish jarayonida yoki politsiya bo‘limida ko‘rgan bo‘lsa, uni tanib olish uchun ko‘rsatish o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Kriminalistika umumiy psixologiya va sud
psixologiyasi yutuqlariga asoslangan holda, ilgari kuzatilgan kriminalistik ahamiyatga molik ob’ektlarni keyinchalik ularning alohida xususiyatlari va belgilarini eslash orqali to‘g‘ri tanib olish mumkinligini namoyish etgan. Tanib olishning muvaffaqiyati kuzatish sharoitlari va davomiyligiga, tanib oluvchining shaxsiga, uning o‘sha paytdagi holatiga, tergovni qiziqtirayotgan ob’ekt alohida belgilarining bo‘rtib namoyon bo‘lish darajasiga bog‘liq bo‘lishi aniqlangan. Tanib olish uchun ko‘rsatishning axborot modeli bo‘lib qidirilayotgan ob’ekt obrazining tanib oluvchi tomonidan kuzatilgan belgilari, tekshirilayotgan ob’ektning o‘xshash belgilar orasidan o‘rin olgan belgilari, tanib oluvchining ularni solishtirishi va ushbu belgilarning mos kelishi yoki bir-biridan farq qilishi to‘g‘risidagi xulosani ta’riflashi xizmat qiladi.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, tanib olish uchun ko‘rsatishning bu uch bosqichi, odatda, bir vaqtda amalga oshirilmaydi. Qidirilayotgan ob’ektni kuzatish tergovdan oldingi bosqichda, protsessual faoliyat E’tibor qiling! Axborot oqimining murakkabligi tergovchiga uning har bir elementini nazorat qilish va baholash majburiyatini yuklaydi. Bunda tanib oluvchi ko‘rsatuvlarining shakllanishi psixologik jarayoni asosiy rolni o‘naydi. Birinchi bosqichda sub’ekt (ob’ekt) obrazini kuzatish, eslab qolish va xotirada saqlash sodir bo‘ladi. Ikkinchi
og‘zaki gavdalantirish xos. Uchinchi (yakunlovchi) bosqichda xotirada saqlangan obrazni tanib olish uchun ko‘rsatilgan ob’ektlar bilan solishtirish amalga oshiriladi. 294
doirasidan tashqarida yuz bersa, ikkinchi va uchinchi bosqichlar dastlabki tergov jarayonida amalga oshiriladi va ularning optimal kechishi huquqiy tartibga solish yo‘li bilan ta’minlanishi lozim. Tanib olish uchun ko‘rsatish tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan ob’ektning tergov qilinayotgan faktga bog‘liq ekanligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Masalan, jabrlanuvchiga ko‘rsatilayotgan shaxs aynan talonchilik maqsadida unga hujum qilgan shaxs ekanligi aniqlanadi. Mazkur harakatning mazmuni tanib oluvchi tomonidan uning xotirasidagi obraz bilan u yoki bu ob’ektni bir-biriga solishtirishdan iboratdir. Ob’ektlarni tanib olish uchun ko‘rsatish jinoyat ishlari bo‘yicha keng qo‘llaniladigan tergov harakati – dalil to‘plash vositalaridan biridir. Tanib olish uchun ko‘rsatiladigan ob’ektlar odamning sezgi organlari qabul qilishi mumkin bo‘lgan moddiy borliqlardir. Ko‘rsatilayotgan shaxs va predmetlarning xususiyatlari ularni o‘xshatish, farq qilish, tanib olish uchun xizmat qiladi. Xavfli jinoyatlar bilan kurashda ayniqsa odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik, poraxo‘rlik, bezorilik kabi jinoyatlarni tergov qilishda odam, narsa, hayvon va turli predmetlarni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati ko‘p qo‘llanadi. Tanib olish uchun ko‘rsatish deyarli hamma turdagi jinoyatlarni tergov qilishda qo‘llanishi mumkin. Ba’zi jinoyat ishlarining tergovida tanib olish uchun ko‘rsatish asosiy rol o‘ynaydi va jinoyatni ochish, jinoyatchini aniqlashda yaxshi natijalar beradi. Tanib olish uchun ko‘rsatish nafaqat gumon qilinuvchilar orasidan jinoyatchini topish yoki shubhali narsalar orasidan o‘g‘irlangan buyumlarni aniqlash uchun, balki, shaxsni tanib olish uchun ham qo‘llaniladi. Xususan, shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish asoslari: – guvoh jinoyat hodisasi munosabati bilan ko‘rgan (yoki ovozini eshitgan) shaxs ilgaridan tanish emas edi, deb ko‘rsatuv bersa; guvoh jinoyat hodisasi munosabati bilan ko‘rgan (yoki ovozini eshitgan) shaxs ilgaridan tanish edi desayu, lekin shaxsning o‘zi bunday tanishlikni inkor qilsa; guvoh jinoyat hodisasi munosabati bilan ko‘rgan (yoki ovozini eshitgan) shaxs ilgaridan tanish edi desayu, lekin uning ism familiyasini xato aytsa; – ayblanuvchi jinoyatga aloqadorligini inkor qilib, o‘zining jinoyatga aloqasi yo‘qligini tasdiqlovchi shaxslarning nomlarini bil masa-da, ularni ko‘rsatilgan taqdirda tanishini bildirsa;
295
– ayblanuvchi jinoyatni tan olib, sherigi borligini bildirsa, lekin sherigi aloqasi yo‘qligi va uni tanimasligini aytsa va, nihoyat, ayblanuvchi bu jinoyatning guvohlarini (jabrlanuvchini) tanishini bildirsa. Ba’zan jabrlanuvchi jinoiy voqeani ko‘rgan yoki eshitgan guvohlarning nomlarini bilmasa-da, taniy olishi mumkin. Ayblanuvchi tergovni noto‘g‘ri yo‘lga solish yoki chalg‘itish maqsadida ishga aloqasi bor shaxsni tanishi haqida tushuntirish berishi, ammo bu shaxsni tergovda ko‘rsatilganda tanimasligi mumkin. SHaxslarni tanib olish uchun ko‘rsatish jinoyat ishi yuzasidan tergov boshlanganidayoq shuningdek, tanib olish uchun ko‘rsatish harakati yoki tergovning oxirgi davrlarida ham o‘tkazilishi mumkin. Vafot etgan shaxsni aniqlash maqsadida murda hamma vaqt tanuvchilarga ko‘rsatiladi. Narsalarning kimga tegishliligini aniqlash maqsadida ob’ektlarni tanib olish uchun ko‘rsatish ham barcha holatlarda zarurdir. Tanib olish uchun biror ob’ektni ko‘rsatishdan maqsad dalil to‘plashdir. Bu dalil tanuvchining u tomonidan ilgari kuzatilgan ob’ekt unga ko‘rsatilayotgan ob’ektning o‘zi ekanligi yoki o‘zi emasligi, ular o‘rtasida o‘xshashlik bor yoki yo‘qligi haqidagi fikridan iborat. Tanib olish uchun ko‘rsatish vositasi orqali erishilgan dalil gumon ostiga olingan shaxsga qarshi bo‘lishi ham, qarshi bo‘lmasligi ham mumkin. CHunonchi, ayblanuvchi e’lon qilingan aybga iqror bo‘lmasdan, o‘zini aybsiz ekanligini tasdiqlovchi guvohlarning nomlarini bilmasa-da, ularni ma’lum joyda ishlashi yoki yashashi va agar ko‘rsatilsa tanishligini bildiradi. Bu holda tanib olish uchun E’tibor qiling! Tanib olish uchun ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlar har bir aniq jinoyat ishidagi materiallarga qarab hal qilinadi. Bu to‘g‘risida avvaldan umumiy qoida belgilab bo‘lmaydi, lekin shu narsa shubhasizki, agar: 1) guvoh, jabrlanuvchi yoki ayblanuvchi biror ob’ekt bilan tanish ekanligini bildirsa va bunga tergovchi shubha qilmasa; 2) ular biror ob’ektni tanimasliklarini yoki taniy olmasliklarini bildirsalar; 3) taniladigan ob’ektning hech qanday o‘ziga xos alomatlari bo‘lmasa; 4) tanilishi lozim ob’ektning nomeri yoki maxsus yozuvlari bo‘lsa, bu holatlarda tanish uchun ko‘rsatishga zaruriyat qolmaydi. 296
ko‘rsatish usuli bilan aniqlangan guvohlar ayblanuvchining jinoyatga aloqasiz ekanligini tasdiqlashlari, demak ularning ko‘rsatuvlari ayblanuvchiga qarshi mazmunda bo‘lmasligi mumkin. Tanuvchi o‘ziga ko‘rsatilgan ob’ekt va u ilgari kuzatgan ob’ekt o‘rtasida o‘xshashlik bor yoki yo‘q ekanligini bildirgan holda, qidirilayotgan ob’ektni aniqlash uchun qulaylik tug‘iladi. Tanuvchining bu bildirishidan foydalanib, tergovchi asosan faqat bir guruh ob’ektlarga, ya’ni tanib olish uchun ko‘rsatilgan ob’ektga o‘xshash ob’ektlarga e’tibor beradi. Demak, o‘xshash yoki o‘xshash bo‘lmagan ob’ektlarning aniqlanishi, tanuvchi jinoyatga aloqador hollarda kuzatgan ob’ektning o‘zini aniqlab olish uchun birinchi bosqich sifatida xizmat qiladi.
Tanib olish uchun ko‘rsatish natijalarini dalil deb hisoblar ekanmiz, bu dalildan faqat dastlabki tergovda emas, balki surishtiruv organlarinnig faoliyatida, jinoyat ishlari bo‘yicha sud tergovida va fuqaroviy sud ishlarini hal qilishda ham foydalanish mumkinligini unutmaslik kerak. Amaliyotda shaxslar yoxud buyumlar aks ettirilgan videotasmani guvoh va jabrlanuvchiga namoyish qilib, ularni tanib olish taklif etiladi. Bu albatta zarur va samarali tadbir, lekin uni protsessual jihatdan tanib olish uchun ko‘rsatish tarzida emas, tezkor-qidiruv uslubi sifatida qaralishi kerak. CHunki bu holda bir-birlariga o‘xshash bir qancha ob’ektlar ko‘rsatilmaydi, xolislar ishtirok etmaydi, hatto uni tergovchi yoki surishtiruvchi bo‘lmagan xodimlar o‘tkazishi mumkin.
Odam jismoniy va ruhiy alomatlari, voyaga etganligi, ish mazmunidan manfaatdorligi, protsessda tutgan o‘rni va boshqa shunga o‘xshash xususiyatlaridan qat’i nazar, tanish uchun ko‘rsatilishi mumkin. Ovoz, nutq, yurishi va shu kabi xususiyatlar bo‘yicha tanib olish uchun ko‘rsatilganda tanilishiga tegishli ob’ekt odamning o‘zi bo‘ladi. Tanib olish uchun ko‘rsatiladigan daliliy ashyolar jinoyatning ob’ekti, predmeti, jinoyat qilish quroli, ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohga qarashli narsa yoki hujjat kabilardan iborat bo‘ladi. Agar bu narsalar yoki hujjatlar alohida nomerli yoki yozuvli bo‘lsa, masalan:
murda.
297
velosiped yoki soatdagi zavod qo‘ygan nomer, chorva mollarining birka nomeri, biror qimmatbaho buyumdagi o‘ziga xos yozuvlarning o‘zi masalani oydinlashtirsa, ularni tanib olish uchun ko‘rsatish talab qilinmaydi. Pul va qimmatli qog‘ozlar faqat ularda alohida belgilar, yozuvlar va shu kabilar bo‘lgan taqdirdagina tanib olish uchun ko‘rsatilishi mumkin.Jinoyat ishlarida murdani tanib olish uchun ko‘rsatish o‘lgan shaxsni aniqlash uchun o‘tkaziladi. Murda tashqi qiyofasi: alohida belgilari (tabiiy anatomik kamchiliklari, xoli, dog‘i, tatiurovkalari, tibbiy jarrohlik izlari va h.k.), asosida tanilishi, ba’zi holatlarda hatto ichki organlaridagi o‘zgarishlar, tekkan o‘q qoldiqlari, kasalliklar asosida ham tanib olinishi mumkin. Uni faqat kiyimi bo‘yicha tanilsa, kiyimi o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkinligini nazarda tutilishi lozim. Tanib oluvchiga ob’ektlarni sinchiklab ko‘zdan kechirish, ovozini eshitish, harakatini kuzatish, ba’zan narsalarning hidi, ta’mi, mayinligi kabi xususiyatlarini tekshirish uchun imkon berishi lozim. Tanib olish uchun ko‘rsatish jarayoni va natijasi fotosuratga tushirilishi, videotasviri yozib olinishi maqsadga muvofiq. Bu haqda ham bayonnomada aks ettiriladi.
Tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish – mazkur tergov harakati muvaffaqiyatining muqarrar sharti. Tanib oluvchini oldindan so‘roq qilish qidirilayotgan ob’ektni unga ko‘rsatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qilish uchun muhim axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi. So‘roq qilish so‘roq qilinuvchi mazkur shaxs (narsa)ni qanday holatlarda kuzatgani, uning qaysi belgilari va tashqi xususiyatlarini eslab qolgani, Ma’lumot uchun! Tanib oluvchiga odatda navbati bilan quyidagi savollar beriladi: Sizga ko‘rsatilayotgan shaxslar (buyumlar)dan qaysi birini taniysiz? Agar tanisangiz, ularni ilgari qanday sharoitlarda ko‘rgan, eshitgan edingiz? Shu ob’ektni qanday belgilari yoki xususiyatlari bo‘yicha tanidingiz? Sizga ko‘rsatilgan boshqa shaxslar (buyumlar)ni ilgari uchratgan emasmisiz? 298
uni tanib olishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashga qaratiladi. Oldindan so‘roq qilish tanib olish uchun ko‘rsatishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. U, odatda, tanib oluvchiga aylanishi mumkin bo‘lgan shaxsni dastlabki so‘roq qilish bilan mos keladi, shu sababli, ob’ektning obrazi unutilmasligi, xotiradan o‘chmasligi uchun uni darhol o‘tkazish tavsiya etiladi. Tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin o‘tkaziladigan so‘roqning xususiyati shu bilan belgilanadiki, uni o‘tkazish jarayonida tergovni qiziqtirayotgan, ilgari kuzatilgan va xotirada qolgan ob’ektning obrazini jonlantirishga qaratilgan, shuningdek so‘roq qilinuvchiga uning o‘zi eslab qolgan belgilari va xususiyatlarini aniqroq tavsiflashga yordam beradigan taktik usullar faol qo‘llanilishi lozim. Ob’ektni tanib olish uchun ko‘rsatish to‘g‘risida qaror uni so‘roq qilinuvchi tomonidan kuzatish holatlariga, kuzatuvchining ruhiy va jismoniy holatiga, kuzatish va eslab qolishga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa omillarga baho berilgandan keyin qabul qilinadi. So‘roq qilish jarayonida tanib olinadigan sub’ektning belgilari haqida aniq tasavvur hosil qilish – ancha og‘ir va sermehnat jarayon. So‘roq qilinuvchi tanib olinishi lozim bo‘lgan odamning tashqi alomatlarini tavsiflayotganda, tergovchi unga og‘zaki portret tuzish metodikasidan, tashqi ko‘rinish tiplari va elementlaridan iborat tegishli ko‘rgazmali qurollardan foydalanishni tavsiya qilishi lozim. Tergovchi unga o‘zi kuzatgan odamning yuz shakli, peshonasining balandligi, ko‘zlarining rangi, sochlarining uzunligi va qalinligi, ularning rangi, turmak turi va hokazolarni eslashda yordam berishi kerak. Tashqi ko‘rinishning mazkur sub’ektni individuallashtirish imkonini beradigan biron-bir belgisi e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirish chog‘ida quyidagilarni nazarda tutish lozim: tanib olish uchun ko‘rsatishning maqsadi; tanib oluvchini tanib olish lozim bo‘lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari to‘g‘risida oldindan so‘roq qilish; tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish; tanib oluvchini psixologik jihatdan tayyorlash; qidirilayotgan shaxs (narsa) bilan birga ko‘rsatiladigan ob’ektlarni tanlash; tergov harakati o‘tkaziladigan joy va vaqtni belgilash; xolislarni taklif qilish, tanib olish uchun ko‘rsatish jarayoni va uning natijalarini qayd etish uchun zaruriy texnik- kriminalistik vositalarni tayyorlash.
299
Agar kuzatish yuz bergan paytdan boshlab oradan uzoq vaqt o‘tgan bo‘lsa, tabiiy jarayonlar tufayli qidirilayotgan sub’ektning tashqi ko‘rinishida yuz berishi, shuningdek sun’iy yo‘l bilan kiritilishi (sochni bo‘yash, soqol, mo‘ylovni qirib tashash va sh.k.) mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olish zarur. Malakali o‘tkazilgan birinchi so‘roq tanib oluvchini tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazishdan oldin qayta so‘roq qilmaslik imkonini beradi. Agar ob’ektning o‘ziga xos belgilari etarli darajada to‘liq aniqlangan va qayd etilgan bo‘lmasa, tanib oluvchini yana bir marta so‘roq qilish va yo‘l qo‘yilgan bo‘shliqlarni to‘ldirish tavsiya etiladi. Bunday so‘roq qilish tanib oluvchi sub’ekt tashqi ko‘rinishining ilgari uning xotirasidan ko‘tarilgan alohida belgilarini eslaganini bildirgan hollarda ham o‘tkazilishi zarur. So‘roq qilinuvchini bo‘lg‘usi tanib olish uchun ko‘rsatishga psixologik jihatdan tayyorlash juda muhim (ayniqsa u asosli ravishda hayiqadigan sub’ekt ko‘rsatilgan holda). Odatda tayyorlash suhbat xususiyatiga ega bo‘ladi. Bunday suhbat jarayonida tergovchi ko‘rilgan xavfsizlik choralarini, mazkur tergov harakatini o‘tkazish tartibini tushuntiradi. So‘roq qilinuvchi tergovni qiziqtirayotgan ob’ektni kuzatgan holatlarni aniqlayotganda, uni kuzatish sharoitlari (qaerda, qachon, kechasi yoki kunduzi, kuzatuvchining o‘sha paytdagi ruhiy va jismoniy holati va h.k.)ga aniqlik kiritish zarur. Narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin o‘tkaziladigan so‘roqda narsaning nomi va vazifasi, o‘lchamlari (katta-kichikligi), vazni, rangi, shakli, undan foydalanish jarayonida hosil bo‘lgan alohida belgilari aniqlanishi lozim. Agar so‘roq qilinuvchiga narsani yasash usuli va foydalanilgan materiallar xususiyati ma’lum bo‘lsa, buni ham aniqlash zarur. Narsalarning alohida belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday axborot zavod raqamlariga ega bo‘lgan narsalarning pasportlaridan, narsalarning belgilari ko‘rsatilgan kvitansiyalardan, ular aks ettirilgan fotosuratlar va videoyozuvlardan olinishi mumkin.
qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi: hayvonning turi, zoti, jinsi, taxminiy yoshi, rangi, tusi, oriq yoki semizligi, laqabi, alohida belgilari (egasining tamg‘asi, chandiqlar, yaralar). Agar so‘roq qilinuvchida o‘g‘irlangan hayvonning suratlari mavjud bo‘lsa, ularni olish va jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish lozim. 300
Tanib olinuvchi bilan birga ko‘rsatiladigan ob’ektlarni tanlash o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Tanib olinuvchi bilan birga ko‘rsatiladigan odamlar tashqi ko‘rinishi (yoshi, bo‘yi, irqiy va milliy mansubligi, gavda tuzilishi, yuz shakli, sochining rangi va h.k.) jihatidan bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lishi lozim. Ko‘rsatilayotgan narsalar bir- biridan yaqqol farq qilmasligi kerak. Tanib olish uchun ko‘rsatiladigan ob’ektlar, qoida tariqasida, uchdan kam bo‘lmasligi lozim. Binobarin, tanib oluvchi ularni nafaqat xayoliy obraz, balki bir-biri bilan ham solishtiradi. Bu qidirilayotgan ob’ektni ayniylashtirish amalga oshirilayotgan alohida xususiyatlarni farqlashga yo‘naltiradi. Tanib olish uchun ko‘rsatish vaqti va joyini tanlash yuzaga kelgan tergov vaziyati bilan belgilanadi. Bu erda quyidagi qoida amal qiladi: ob’ektni kuzatish va uni tanib olish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i qancha qisqa bo‘lsa, shuncha yaxshi. Biroq, agar tanib oluvchi betob, stress holatida yoki jarohatlangan bo‘lsa, unga o‘ziga kelish uchun vaqt berish lozim. Bu holda tergovchi tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazish sanasi haqida davolovchi shifokor bilan maslahatlashishi kerak. Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rish hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar, texnik-kriminalistik ta’minot va hokazolarni o‘z ichiga oluvchi yozma rejani tuzish bilan yakunlanadi. Tanib olish uchun ko‘rsatishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish ko‘p jihatdan uning muvaffaqiyatini belgilaydi. Ayni paytda bu tergov harakatiga tayyorgarlik ko‘rishdan oldin uni o‘tkazishga zarurat bor- yo‘qligini qat’iy anglab olish kerak. Bu savolga jinoyat ishini va operativ xarakterdagi materiallarni o‘rganish natijasida javob olish mumkin.
Tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxs ham jinoyat protsessida tutgan o‘rniga qarab guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va E’tibor qiling! Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: a) dastlab tanilayotgan shaxsni so‘roq qilish; b) tanib olish uchun ko‘rsatiladigan ob’ekt bilan bir xildagi o‘xshash ob’ektlarni tanlab olish; v) mazkur tergov harakatini o‘tkazishning vaqti va sharoitini belgilash; g) xolislarni belgilash.
301
ayblanuvchi (sudlanuvchi) bo‘lishi mumkin va shu protsessual sub’ektlarning huquq va majburiyatlariga ega bo‘ladi. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan shaxslar guvoh va jabrlanuvchi bo‘lgan taqdirda ham ular tanib olish uchun ko‘rsatish vaqtida atayin yolg‘on ko‘rsatuv berishi va ko‘rsatuv berishdan bosh tortishi uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantiriladi. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan gumon ostiga olingan shaxs va ayblanuvchi o‘zi bilan birga ko‘rsatilayotgan shaxslar qatorida joyini o‘zi tanlashga haqli. Tanuvchi harakatlanish holatida (yurib ketayotganda, gapirayotganda yoki boshqa biror harakatni bajarayotganda) ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan hollarda, taniluvchi bunday harakatlarni bajarishi haqida tergovchining talablariga bo‘ysunadi. Bunday harakatlarni taniluvchi qasddan noto‘g‘ri bajarishi yoki odatdagi yurishi va ovozini o‘zgartirishi hollarining oldini olish zarur. Harakatlanish holda ko‘rsatilayotganda biror harakatni bajarish haqida tergovchining talabalari tanish
uchun ko‘rsatilayotgan shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, obro‘siga, uning mulkiy va boshqa qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligi shart. Ayblanuvchi yoki gumon ostiga olingan shaxs bilan bir qatorda ko‘rsatiluvchilar ko‘pchilik hollarda xolislar kabi rol o‘ynaydilar. Ular ham xuddi xolislardek ishdan biror manfaatdor bo‘lmasliklari shart. Bunday shaxslar va xolislarga, ular tanib olish uchun ko‘rsatishga qatnashish uchun
chaqirilganlari hamon,
qanday maqsadda chaqirilganliklari, qanday harakat o‘tkazilishi hamda ular qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanliklari haqida tushuntirilishi kerak. Ularga kelgusida sud majlisida so‘ralishlari mumkinligi e’lon qilinib, tanib olish uchun o‘tkazish jarayonini diqqat bilan kuzatishlari zarurligi eslatiladi. Tanuvchi, taniluvchi va u bilan birga ko‘rsatilgan shaxslar, shuningdek, xolislar tanib olish uchun ko‘rsatish harakatlarini noto‘g‘ri o‘tganligi haqida arz qilishga va bu arzlarini bayonnomaga kiritishni talab qilishga haqli. Tanish uchun ko‘rsatishda qatnashgan guvoh, jabrlanuvchi, mutaxassis va xolislar, shu jumladan gumon ostiga olingan shaxs va u bilan birga ko‘rsatilgan shaxslar o‘zlarining tergovda va sudda qatnashish uchun qilgan sarflarini qoplatilishini talab qila oladi. Prokuror bu tergov harakatini to‘g‘ri o‘tkazilishi ustidan nazorat olib boradi va shu maqsadlarda uni o‘zi o‘tkazishi yoki qatnashishi mumkin. Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling