Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Esda  tuting!  Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59

Esda  tuting!  Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  –  O’zR  JPKning 

125-moddasi  bilan  tartibga  solinadigan,  guvoh,  jabrlanuvchi,  gumon 

qilinuvchi  yoki  ayblanuvchi  o‘ziga  ko‘rsatilgan  o‘xshash  ob’ektlarni 

kuzatib,  ularning  belgilarini  o‘z  xotirasida  aks  etgan  xayoliy  obraz 

bilan  solishtiradigan  va  ularning  o‘rtasida  ayniylik  mavjudligi  yoki 

mavjud  emasligi  to‘g‘risidagi  masalani  hal  etishidan  iborat  bo‘lgan 

tergov harakati.  


 

293 


bildirgisida,  yuzlashtirish  yoki  boshqa  tergov  harakati  bayonnomasida 

aks  ettirilgan  bo‘lishi  mumkin,  ammo  ushbu  faktning  daliliy  ahamiyati 

tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  natijasining  daliliy  ahamiyati  bilan 

tenglasha olmaydi, chunki uni o‘tkazish mufassal tartibga solingan. 

Tergovchi  tanib  olish  uchun  ko‘rsatishni  faqat  identifikatsiya 

qilinayotgan ob’ekt so‘roq qilinuvchi tomonidan kuzatilgani aniqlangan 

va  undan  mazkur  ob’ektni  u  tanib  olishi  mumkinligi  to‘g‘risida  ariza 

olingan  holda  o‘tkazishi  lozim.  Aks  holda,  shuningdek  so‘roq  qilingan 

shaxs  mazkur  ob’ektni  yana  bir  marta,  masalan,  gumon  qilinuvchini 

ushlashda  ishtirok  etish  jarayonida  yoki  politsiya  bo‘limida  ko‘rgan 

bo‘lsa, uni tanib olish uchun ko‘rsatish o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. 

Kriminalistika 

umumiy 

psixologiya 



va 

sud 


psixologiyasi 

yutuqlariga asoslangan holda, ilgari kuzatilgan kriminalistik ahamiyatga 

molik  ob’ektlarni  keyinchalik  ularning  alohida  xususiyatlari  va 

belgilarini eslash orqali to‘g‘ri tanib olish mumkinligini namoyish etgan. 

Tanib  olishning  muvaffaqiyati  kuzatish  sharoitlari  va  davomiyligiga, 

tanib  oluvchining  shaxsiga,  uning  o‘sha  paytdagi  holatiga,  tergovni 

qiziqtirayotgan  ob’ekt  alohida  belgilarining  bo‘rtib  namoyon  bo‘lish 

darajasiga bog‘liq bo‘lishi aniqlangan. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatishning  axborot  modeli  bo‘lib 

qidirilayotgan  ob’ekt  obrazining  tanib  oluvchi  tomonidan  kuzatilgan 

belgilari,  tekshirilayotgan  ob’ektning  o‘xshash  belgilar  orasidan  o‘rin 

olgan  belgilari,  tanib  oluvchining  ularni  solishtirishi  va  ushbu 

belgilarning  mos  kelishi  yoki  bir-biridan  farq  qilishi  to‘g‘risidagi 

xulosani ta’riflashi xizmat qiladi.  

 

SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, tanib olish uchun ko‘rsatishning bu 



uch  bosqichi,  odatda,  bir  vaqtda  amalga  oshirilmaydi.  Qidirilayotgan 

ob’ektni  kuzatish  tergovdan  oldingi  bosqichda,  protsessual  faoliyat 



E’tibor qiling! Axborot oqimining murakkabligi tergovchiga uning 

har  bir  elementini  nazorat  qilish  va  baholash  majburiyatini  yuklaydi. 

Bunda tanib oluvchi ko‘rsatuvlarining shakllanishi psixologik jarayoni 

asosiy  rolni  o‘naydi.  Birinchi  bosqichda  sub’ekt  (ob’ekt)  obrazini 

kuzatish,  eslab  qolish  va  xotirada  saqlash  sodir  bo‘ladi.  Ikkinchi 

bosqichga  yodda  qolgan  xususiyatlar  va  belgilarni  eslash,  ularni 

og‘zaki  gavdalantirish  xos.  Uchinchi  (yakunlovchi)  bosqichda 

xotirada  saqlangan  obrazni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatilgan  ob’ektlar 

bilan solishtirish amalga oshiriladi. 



 

294 


doirasidan  tashqarida  yuz  bersa,  ikkinchi  va  uchinchi  bosqichlar 

dastlabki  tergov  jarayonida  amalga  oshiriladi  va  ularning  optimal 

kechishi huquqiy tartibga solish yo‘li bilan ta’minlanishi lozim. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  tanib  olish  uchun  ko‘rsatilayotgan 

ob’ektning  tergov  qilinayotgan  faktga  bog‘liq  ekanligini  aniqlash 

maqsadida  amalga  oshiriladi.  Masalan,  jabrlanuvchiga  ko‘rsatilayotgan 

shaxs  aynan  talonchilik  maqsadida  unga  hujum  qilgan  shaxs  ekanligi 

aniqlanadi.  Mazkur  harakatning  mazmuni  tanib  oluvchi  tomonidan 

uning  xotirasidagi  obraz  bilan  u  yoki  bu  ob’ektni  bir-biriga 

solishtirishdan iboratdir. 

Ob’ektlarni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  jinoyat  ishlari  bo‘yicha 

keng qo‘llaniladigan tergov harakati – dalil to‘plash vositalaridan biridir. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatiladigan  ob’ektlar  odamning  sezgi 

organlari  qabul  qilishi  mumkin  bo‘lgan  moddiy  borliqlardir. 

Ko‘rsatilayotgan  shaxs  va  predmetlarning  xususiyatlari  ularni 

o‘xshatish, farq qilish, tanib olish uchun xizmat qiladi.  

Xavfli  jinoyatlar  bilan  kurashda  ayniqsa  odam  o‘ldirish, 

bosqinchilik, 

talonchilik, 

o‘g‘irlik,  poraxo‘rlik,  bezorilik  kabi 

jinoyatlarni  tergov  qilishda  odam,  narsa,  hayvon  va  turli  predmetlarni 

tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati ko‘p qo‘llanadi.  

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  deyarli  hamma  turdagi  jinoyatlarni 

tergov  qilishda  qo‘llanishi  mumkin.  Ba’zi  jinoyat  ishlarining  tergovida 

tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  asosiy  rol  o‘ynaydi  va  jinoyatni  ochish, 

jinoyatchini aniqlashda yaxshi natijalar beradi. 

Tanib olish uchun ko‘rsatish nafaqat gumon qilinuvchilar orasidan 

jinoyatchini  topish  yoki  shubhali  narsalar  orasidan  o‘g‘irlangan 

buyumlarni  aniqlash  uchun,  balki,  shaxsni  tanib  olish  uchun  ham 

qo‘llaniladi.  

Xususan, shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish asoslari:  

–  guvoh  jinoyat  hodisasi  munosabati  bilan  ko‘rgan  (yoki  ovozini 

eshitgan)  shaxs  ilgaridan  tanish  emas  edi,  deb  ko‘rsatuv  bersa;  guvoh 

jinoyat hodisasi munosabati bilan ko‘rgan (yoki ovozini eshitgan) shaxs 

ilgaridan  tanish  edi  desayu,  lekin  shaxsning  o‘zi  bunday  tanishlikni 

inkor  qilsa;  guvoh  jinoyat  hodisasi  munosabati  bilan  ko‘rgan  (yoki 

ovozini  eshitgan)  shaxs  ilgaridan  tanish  edi  desayu,  lekin  uning  ism 

familiyasini xato aytsa; 

–  ayblanuvchi  jinoyatga  aloqadorligini  inkor  qilib,  o‘zining 

jinoyatga  aloqasi  yo‘qligini  tasdiqlovchi  shaxslarning  nomlarini  bil 

masa-da, ularni ko‘rsatilgan taqdirda tanishini bildirsa; 


 

295 


–  ayblanuvchi  jinoyatni  tan  olib,  sherigi  borligini  bildirsa,  lekin 

sherigi  aloqasi  yo‘qligi  va  uni  tanimasligini  aytsa  va,  nihoyat, 

ayblanuvchi  bu  jinoyatning  guvohlarini  (jabrlanuvchini)  tanishini 

bildirsa. 

Ba’zan  jabrlanuvchi  jinoiy  voqeani  ko‘rgan  yoki  eshitgan 

guvohlarning  nomlarini  bilmasa-da,  taniy  olishi  mumkin.  Ayblanuvchi 

tergovni noto‘g‘ri yo‘lga solish yoki chalg‘itish maqsadida ishga aloqasi 

bor  shaxsni  tanishi  haqida  tushuntirish  berishi,  ammo  bu  shaxsni 

tergovda ko‘rsatilganda tanimasligi mumkin.  

SHaxslarni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  jinoyat  ishi  yuzasidan 

tergov  boshlanganidayoq  shuningdek,  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish 

harakati yoki tergovning oxirgi davrlarida ham o‘tkazilishi mumkin. 

Vafot  etgan  shaxsni  aniqlash  maqsadida  murda  hamma  vaqt 

tanuvchilarga  ko‘rsatiladi.  Narsalarning  kimga  tegishliligini  aniqlash 

maqsadida  ob’ektlarni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  ham  barcha 

holatlarda zarurdir. 

Tanib  olish  uchun  biror  ob’ektni  ko‘rsatishdan  maqsad  dalil 

to‘plashdir.  Bu  dalil  tanuvchining  u tomonidan  ilgari  kuzatilgan  ob’ekt 

unga  ko‘rsatilayotgan  ob’ektning  o‘zi  ekanligi  yoki  o‘zi  emasligi,  ular 

o‘rtasida o‘xshashlik bor yoki yo‘qligi haqidagi fikridan iborat.  

Tanib olish uchun ko‘rsatish vositasi orqali erishilgan dalil gumon 

ostiga  olingan  shaxsga  qarshi  bo‘lishi  ham,  qarshi  bo‘lmasligi  ham 

mumkin.  CHunonchi,  ayblanuvchi  e’lon  qilingan  aybga  iqror 

bo‘lmasdan,  o‘zini  aybsiz  ekanligini  tasdiqlovchi  guvohlarning 

nomlarini  bilmasa-da,  ularni  ma’lum  joyda  ishlashi  yoki  yashashi  va 

agar  ko‘rsatilsa  tanishligini  bildiradi.  Bu  holda  tanib  olish  uchun 



E’tibor  qiling!  Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  zarur  bo‘lgan 

holatlar  har  bir  aniq  jinoyat  ishidagi  materiallarga  qarab  hal  qilinadi. 

Bu to‘g‘risida avvaldan umumiy qoida belgilab bo‘lmaydi, lekin shu 

narsa shubhasizki, agar:  



1) guvoh, jabrlanuvchi yoki ayblanuvchi biror ob’ekt bilan tanish 

ekanligini bildirsa va bunga tergovchi shubha qilmasa;  



2)  ular  biror  ob’ektni  tanimasliklarini  yoki  taniy  olmasliklarini 

bildirsalar;  



3)  taniladigan  ob’ektning  hech  qanday  o‘ziga  xos  alomatlari 

bo‘lmasa;  



4)  tanilishi  lozim  ob’ektning  nomeri  yoki  maxsus  yozuvlari 

bo‘lsa, bu holatlarda tanish uchun ko‘rsatishga zaruriyat qolmaydi.  



 

296 


ko‘rsatish  usuli  bilan  aniqlangan  guvohlar  ayblanuvchining  jinoyatga 

aloqasiz  ekanligini  tasdiqlashlari,  demak  ularning  ko‘rsatuvlari 

ayblanuvchiga qarshi mazmunda bo‘lmasligi mumkin. 

Tanuvchi  o‘ziga  ko‘rsatilgan  ob’ekt  va  u  ilgari  kuzatgan  ob’ekt 

o‘rtasida  o‘xshashlik  bor  yoki  yo‘q  ekanligini  bildirgan  holda, 

qidirilayotgan ob’ektni aniqlash uchun qulaylik tug‘iladi. Tanuvchining 

bu  bildirishidan  foydalanib,  tergovchi  asosan  faqat  bir  guruh 

ob’ektlarga,  ya’ni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatilgan  ob’ektga  o‘xshash 

ob’ektlarga  e’tibor  beradi.  Demak,  o‘xshash  yoki  o‘xshash  bo‘lmagan 

ob’ektlarning aniqlanishi, tanuvchi jinoyatga aloqador hollarda kuzatgan 

ob’ektning  o‘zini  aniqlab  olish  uchun  birinchi  bosqich  sifatida  xizmat 

qiladi. 


Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  natijalarini  dalil  deb  hisoblar 

ekanmiz,  bu  dalildan  faqat  dastlabki  tergovda  emas,  balki  surishtiruv 

organlarinnig  faoliyatida,  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  sud  tergovida  va 

fuqaroviy  sud  ishlarini  hal  qilishda  ham  foydalanish  mumkinligini 

unutmaslik kerak.  

Amaliyotda  shaxslar  yoxud  buyumlar  aks  ettirilgan  videotasmani 

guvoh va jabrlanuvchiga namoyish qilib, ularni tanib olish taklif etiladi. 

Bu  albatta  zarur  va  samarali  tadbir,  lekin  uni  protsessual  jihatdan  tanib 

olish  uchun  ko‘rsatish  tarzida  emas,  tezkor-qidiruv  uslubi  sifatida 

qaralishi  kerak.  CHunki  bu  holda  bir-birlariga  o‘xshash  bir  qancha 

ob’ektlar  ko‘rsatilmaydi,  xolislar  ishtirok  etmaydi,  hatto  uni  tergovchi 

yoki surishtiruvchi bo‘lmagan xodimlar o‘tkazishi mumkin. 

 

Odam  jismoniy  va  ruhiy  alomatlari,  voyaga  etganligi,  ish 



mazmunidan  manfaatdorligi,  protsessda  tutgan  o‘rni  va  boshqa  shunga 

o‘xshash  xususiyatlaridan  qat’i  nazar,  tanish  uchun  ko‘rsatilishi 

mumkin.  Ovoz,  nutq,  yurishi  va  shu  kabi  xususiyatlar  bo‘yicha  tanib 

olish  uchun  ko‘rsatilganda  tanilishiga  tegishli  ob’ekt  odamning  o‘zi 

bo‘ladi.  

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatiladigan  daliliy  ashyolar  jinoyatning 

ob’ekti,  predmeti,  jinoyat  qilish  quroli,  ayblanuvchi,  jabrlanuvchi  va 

guvohga  qarashli  narsa  yoki  hujjat  kabilardan  iborat  bo‘ladi.  Agar  bu 

narsalar  yoki  hujjatlar  alohida  nomerli  yoki  yozuvli  bo‘lsa,  masalan: 

Esda  tuting!  Tanib  olish  uchun  ko‘rsatilishi  mumkin  bo‘lgan 

ob’ektlar asosan quyidagilardan iborat: a) odam; b) turli buyumlar; v) 

murda. 


 

297 


velosiped yoki soatdagi zavod qo‘ygan nomer, chorva mollarining birka 

nomeri,  biror  qimmatbaho  buyumdagi  o‘ziga  xos  yozuvlarning  o‘zi 

masalani  oydinlashtirsa,  ularni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  talab 

qilinmaydi.  Pul  va  qimmatli  qog‘ozlar  faqat  ularda  alohida  belgilar, 

yozuvlar  va  shu  kabilar  bo‘lgan  taqdirdagina  tanib  olish  uchun 

ko‘rsatilishi  mumkin.Jinoyat  ishlarida  murdani  tanib  olish  uchun 

ko‘rsatish  o‘lgan  shaxsni  aniqlash  uchun  o‘tkaziladi.  Murda  tashqi 

qiyofasi:  alohida  belgilari  (tabiiy  anatomik  kamchiliklari,  xoli,  dog‘i, 

tatiurovkalari,  tibbiy  jarrohlik  izlari  va  h.k.),  asosida  tanilishi,  ba’zi 

holatlarda  hatto  ichki  organlaridagi  o‘zgarishlar,  tekkan  o‘q  qoldiqlari, 

kasalliklar  asosida  ham  tanib  olinishi  mumkin.  Uni  faqat  kiyimi 

bo‘yicha  tanilsa,  kiyimi  o‘zgartirilgan  bo‘lishi  mumkinligini  nazarda 

tutilishi lozim. 

Tanib  oluvchiga  ob’ektlarni  sinchiklab  ko‘zdan  kechirish,  ovozini 

eshitish,  harakatini  kuzatish,  ba’zan  narsalarning  hidi,  ta’mi,  mayinligi 

kabi xususiyatlarini tekshirish uchun imkon berishi lozim. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  jarayoni  va  natijasi  fotosuratga 

tushirilishi,  videotasviri  yozib  olinishi  maqsadga  muvofiq.  Bu  haqda 

ham bayonnomada aks ettiriladi. 

 

Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rish 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatishni  o‘tkazishga  tayyorgarlik  ko‘rish  – 

mazkur  tergov  harakati  muvaffaqiyatining  muqarrar  sharti.  Tanib 

oluvchini  oldindan  so‘roq  qilish  qidirilayotgan  ob’ektni  unga 

ko‘rsatishning  maqsadga  muvofiqligi  to‘g‘risida  asoslantirilgan  qaror 

qabul qilish uchun muhim axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi. So‘roq 

qilish  so‘roq  qilinuvchi  mazkur  shaxs  (narsa)ni  qanday  holatlarda 

kuzatgani,  uning  qaysi  belgilari  va  tashqi  xususiyatlarini  eslab  qolgani, 



Ma’lumot uchun! Tanib oluvchiga odatda navbati bilan quyidagi 

savollar beriladi: 

Sizga  ko‘rsatilayotgan  shaxslar  (buyumlar)dan  qaysi  birini 

taniysiz? 

Agar  tanisangiz,  ularni  ilgari  qanday  sharoitlarda  ko‘rgan, 

eshitgan edingiz? 

Shu  ob’ektni  qanday  belgilari  yoki  xususiyatlari  bo‘yicha 

tanidingiz? 

Sizga  ko‘rsatilgan  boshqa  shaxslar  (buyumlar)ni  ilgari  uchratgan 

emasmisiz? 



 

298 


uni  tanib  olishi  mumkin  yoki  mumkin  emasligini  aniqlashga  qaratiladi. 

Oldindan so‘roq qilish tanib olish uchun ko‘rsatishning ajralmas tarkibiy 

qismi hisoblanadi. U, odatda, tanib oluvchiga aylanishi mumkin bo‘lgan 

shaxsni dastlabki so‘roq qilish bilan mos keladi, shu sababli, ob’ektning 

obrazi  unutilmasligi,  xotiradan  o‘chmasligi  uchun  uni  darhol  o‘tkazish 

tavsiya etiladi. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatishdan  oldin  o‘tkaziladigan  so‘roqning 

xususiyati  shu  bilan  belgilanadiki,  uni  o‘tkazish  jarayonida  tergovni 

qiziqtirayotgan, ilgari kuzatilgan va xotirada qolgan ob’ektning obrazini 

jonlantirishga  qaratilgan,  shuningdek  so‘roq  qilinuvchiga  uning  o‘zi 

eslab  qolgan  belgilari  va  xususiyatlarini  aniqroq  tavsiflashga  yordam 

beradigan taktik usullar faol qo‘llanilishi lozim. 

Ob’ektni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  to‘g‘risida  qaror  uni  so‘roq 

qilinuvchi  tomonidan  kuzatish  holatlariga,  kuzatuvchining  ruhiy  va 

jismoniy holatiga, kuzatish va eslab qolishga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa 

omillarga baho berilgandan keyin qabul qilinadi. 

So‘roq  qilish  jarayonida  tanib  olinadigan  sub’ektning  belgilari 

haqida  aniq  tasavvur  hosil  qilish  –  ancha  og‘ir  va  sermehnat  jarayon. 

So‘roq  qilinuvchi  tanib  olinishi  lozim  bo‘lgan  odamning  tashqi 

alomatlarini  tavsiflayotganda,  tergovchi  unga  og‘zaki  portret  tuzish 

metodikasidan,  tashqi  ko‘rinish  tiplari  va  elementlaridan  iborat  tegishli 

ko‘rgazmali  qurollardan  foydalanishni  tavsiya  qilishi  lozim.  Tergovchi 

unga  o‘zi  kuzatgan  odamning  yuz  shakli,  peshonasining  balandligi, 

ko‘zlarining  rangi,  sochlarining  uzunligi  va  qalinligi,  ularning  rangi, 

turmak  turi  va  hokazolarni  eslashda  yordam  berishi  kerak.  Tashqi 

ko‘rinishning  mazkur  sub’ektni  individuallashtirish  imkonini  beradigan 

biron-bir belgisi e’tibordan chetda qolmasligi lozim. 

E’tibor  qiling!  Tanib  olish  uchun  ko‘rsatishni  o‘tkazishga 

tayyorgarlik  ko‘rishni  rejalashtirish  chog‘ida  quyidagilarni  nazarda 

tutish lozim: tanib olish uchun ko‘rsatishning maqsadi; tanib oluvchini 

tanib  olish  lozim  bo‘lgan  shaxs  yoki  narsaning  belgilari,  alomatlari, 

xususiyatlari  to‘g‘risida  oldindan  so‘roq  qilish;  tanib  olish  uchun 

ko‘rsatishni  o‘tkazish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilish;  tanib  oluvchini 

psixologik jihatdan tayyorlash; qidirilayotgan shaxs (narsa) bilan birga 

ko‘rsatiladigan ob’ektlarni tanlash; tergov harakati o‘tkaziladigan joy 

va vaqtni belgilash; xolislarni taklif qilish, tanib olish uchun ko‘rsatish 

jarayoni  va  uning  natijalarini  qayd  etish  uchun  zaruriy  texnik-

kriminalistik vositalarni tayyorlash.

 


 

299 


Agar kuzatish yuz bergan paytdan boshlab oradan uzoq vaqt o‘tgan 

bo‘lsa,  tabiiy  jarayonlar  tufayli  qidirilayotgan  sub’ektning  tashqi 

ko‘rinishida yuz berishi, shuningdek sun’iy yo‘l bilan kiritilishi (sochni 

bo‘yash,  soqol,  mo‘ylovni  qirib  tashash  va  sh.k.)  mumkin  bo‘lgan 

o‘zgarishlarni hisobga olish zarur.  

Malakali  o‘tkazilgan  birinchi  so‘roq  tanib  oluvchini  tanib  olish 

uchun  ko‘rsatishni  o‘tkazishdan  oldin  qayta  so‘roq  qilmaslik  imkonini 

beradi.  Agar  ob’ektning  o‘ziga  xos  belgilari  etarli  darajada  to‘liq 

aniqlangan  va  qayd  etilgan  bo‘lmasa,  tanib  oluvchini  yana  bir  marta 

so‘roq  qilish  va  yo‘l  qo‘yilgan  bo‘shliqlarni  to‘ldirish  tavsiya  etiladi. 

Bunday  so‘roq  qilish  tanib  oluvchi  sub’ekt  tashqi  ko‘rinishining  ilgari 

uning  xotirasidan  ko‘tarilgan  alohida  belgilarini  eslaganini  bildirgan 

hollarda ham o‘tkazilishi zarur. 

So‘roq  qilinuvchini  bo‘lg‘usi  tanib  olish  uchun  ko‘rsatishga 

psixologik  jihatdan  tayyorlash  juda  muhim  (ayniqsa  u  asosli  ravishda 

hayiqadigan  sub’ekt  ko‘rsatilgan  holda).  Odatda  tayyorlash  suhbat 

xususiyatiga ega bo‘ladi. Bunday suhbat jarayonida tergovchi ko‘rilgan 

xavfsizlik  choralarini,  mazkur  tergov  harakatini  o‘tkazish  tartibini 

tushuntiradi.  So‘roq  qilinuvchi  tergovni  qiziqtirayotgan  ob’ektni 

kuzatgan  holatlarni  aniqlayotganda,  uni  kuzatish  sharoitlari  (qaerda, 

qachon,  kechasi  yoki  kunduzi,  kuzatuvchining  o‘sha  paytdagi  ruhiy  va 

jismoniy holati va h.k.)ga aniqlik kiritish zarur. 



Narsalarni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatishdan  oldin  o‘tkaziladigan 

so‘roqda  narsaning  nomi  va  vazifasi,  o‘lchamlari  (katta-kichikligi), 

vazni, rangi, shakli, undan foydalanish jarayonida hosil bo‘lgan alohida 

belgilari  aniqlanishi  lozim.  Agar  so‘roq  qilinuvchiga  narsani  yasash 

usuli  va  foydalanilgan  materiallar  xususiyati  ma’lum  bo‘lsa,  buni  ham 

aniqlash 

zarur. 

Narsalarning 



alohida 

belgilari 

to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni  aniqlash  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunday  axborot 

zavod raqamlariga ega bo‘lgan narsalarning pasportlaridan, narsalarning 

belgilari ko‘rsatilgan kvitansiyalardan, ular aks ettirilgan fotosuratlar va 

videoyozuvlardan olinishi mumkin. 

Uy  hayvonlarini  tanib  olish  uchun  ko‘rsatishdan  oldin  so‘roq 

qilish  jarayonida  quyidagilar  aniqlanadi:  hayvonning  turi,  zoti,  jinsi, 

taxminiy yoshi, rangi, tusi, oriq yoki semizligi, laqabi, alohida belgilari 

(egasining  tamg‘asi,  chandiqlar,  yaralar).  Agar  so‘roq  qilinuvchida 

o‘g‘irlangan hayvonning suratlari mavjud bo‘lsa, ularni olish va jinoyat 

ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish lozim. 



 

300 


Tanib  olinuvchi  bilan  birga  ko‘rsatiladigan  ob’ektlarni  tanlash 

o‘ta  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Tanib  olinuvchi  bilan  birga 

ko‘rsatiladigan  odamlar  tashqi  ko‘rinishi  (yoshi,  bo‘yi,  irqiy  va  milliy 

mansubligi, gavda tuzilishi, yuz shakli, sochining rangi va h.k.) jihatidan 

bir-biriga  ancha  o‘xshash  bo‘lishi  lozim.  Ko‘rsatilayotgan  narsalar  bir-

biridan  yaqqol  farq  qilmasligi  kerak.  Tanib  olish  uchun  ko‘rsatiladigan 

ob’ektlar,  qoida  tariqasida,  uchdan  kam  bo‘lmasligi  lozim.  Binobarin, 

tanib  oluvchi  ularni  nafaqat  xayoliy  obraz,  balki  bir-biri  bilan  ham 

solishtiradi.  Bu  qidirilayotgan  ob’ektni  ayniylashtirish  amalga 

oshirilayotgan alohida xususiyatlarni farqlashga yo‘naltiradi. 

Tanib olish uchun ko‘rsatish vaqti va joyini tanlash yuzaga kelgan 

tergov  vaziyati  bilan  belgilanadi.  Bu  erda  quyidagi  qoida  amal  qiladi: 

ob’ektni kuzatish va uni tanib olish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i qancha qisqa 

bo‘lsa,  shuncha  yaxshi.  Biroq,  agar  tanib  oluvchi  betob,  stress  holatida 

yoki  jarohatlangan  bo‘lsa,  unga  o‘ziga  kelish  uchun  vaqt  berish  lozim. 

Bu  holda  tergovchi  tanib  olish  uchun  ko‘rsatishni  o‘tkazish  sanasi 

haqida davolovchi shifokor bilan maslahatlashishi kerak.  

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatishga  tayyorgarlik  ko‘rish  hal  etilishi 

lozim  bo‘lgan  masalalar,  texnik-kriminalistik  ta’minot  va  hokazolarni 

o‘z ichiga oluvchi yozma rejani tuzish bilan yakunlanadi. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatishga  yaxshi  tayyorgarlik  ko‘rish  ko‘p 

jihatdan  uning  muvaffaqiyatini  belgilaydi.  Ayni  paytda  bu  tergov 

harakatiga  tayyorgarlik  ko‘rishdan  oldin  uni  o‘tkazishga  zarurat  bor-

yo‘qligini  qat’iy  anglab  olish  kerak.  Bu  savolga  jinoyat  ishini  va 

operativ  xarakterdagi  materiallarni  o‘rganish  natijasida  javob  olish 

mumkin.  

 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatiladigan  shaxs  ham  jinoyat  protsessida 



tutgan  o‘rniga  qarab  guvoh,  jabrlanuvchi,  gumon  qilinuvchi  va 

E’tibor  qiling!  Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  tergov  harakatini 

o‘tkazish  zarurligi  to‘g‘risidagi  masalani  hal  qilish  uchun 

quyidagilarni amalga oshirish kerak: 

a) dastlab tanilayotgan shaxsni so‘roq qilish; 

b)  tanib  olish  uchun  ko‘rsatiladigan  ob’ekt  bilan  bir  xildagi 

o‘xshash ob’ektlarni tanlab olish

v)  mazkur  tergov  harakatini  o‘tkazishning  vaqti  va  sharoitini 

belgilash; 

g) xolislarni belgilash. 


 

301 


ayblanuvchi  (sudlanuvchi)  bo‘lishi  mumkin  va  shu  protsessual 

sub’ektlarning huquq va majburiyatlariga ega bo‘ladi. Tanib olish uchun 

ko‘rsatilayotgan  shaxslar  guvoh  va  jabrlanuvchi  bo‘lgan  taqdirda  ham 

ular tanib olish uchun ko‘rsatish vaqtida atayin yolg‘on ko‘rsatuv berishi 

va  ko‘rsatuv  berishdan  bosh  tortishi  uchun  jinoiy  javobgarlik  haqida 

ogohlantiriladi.  

Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan gumon ostiga olingan shaxs va 

ayblanuvchi  o‘zi  bilan  birga  ko‘rsatilayotgan  shaxslar  qatorida  joyini 

o‘zi tanlashga haqli. 

Tanuvchi 

harakatlanish 

holatida 

(yurib 

ketayotganda, 



gapirayotganda yoki boshqa biror harakatni bajarayotganda) ko‘rsatilishi 

kerak  bo‘lgan  hollarda,  taniluvchi  bunday  harakatlarni  bajarishi  haqida 

tergovchining  talablariga  bo‘ysunadi.  Bunday  harakatlarni  taniluvchi 

qasddan noto‘g‘ri bajarishi yoki odatdagi yurishi va ovozini o‘zgartirishi 

hollarining oldini olish zarur. 

Harakatlanish  holda  ko‘rsatilayotganda  biror  harakatni  bajarish 

haqida 

tergovchining 



talabalari 

tanish 


uchun 

ko‘rsatilayotgan 

shaxslarning  hayoti,  sog‘lig‘i,  obro‘siga,  uning  mulkiy  va  boshqa 

qonuniy  manfaatlariga  zid  bo‘lmasligi  shart.  Ayblanuvchi  yoki  gumon 

ostiga  olingan  shaxs  bilan  bir  qatorda  ko‘rsatiluvchilar  ko‘pchilik 

hollarda xolislar kabi rol o‘ynaydilar. Ular ham xuddi xolislardek ishdan 

biror manfaatdor bo‘lmasliklari shart. 

Bunday shaxslar va xolislarga, ular tanib olish uchun ko‘rsatishga 

qatnashish 

uchun 


chaqirilganlari 

hamon, 


qanday 

maqsadda 

chaqirilganliklari, qanday harakat o‘tkazilishi hamda ular qanday huquq 

va  majburiyatlarga  ega  ekanliklari  haqida  tushuntirilishi  kerak.  Ularga 

kelgusida sud majlisida so‘ralishlari mumkinligi e’lon qilinib, tanib olish 

uchun o‘tkazish jarayonini diqqat bilan kuzatishlari zarurligi eslatiladi. 

Tanuvchi,  taniluvchi  va  u  bilan  birga  ko‘rsatilgan  shaxslar, 

shuningdek,  xolislar  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  harakatlarini  noto‘g‘ri 

o‘tganligi  haqida  arz  qilishga  va  bu  arzlarini  bayonnomaga  kiritishni 

talab qilishga haqli. 

Tanish  uchun  ko‘rsatishda  qatnashgan  guvoh,  jabrlanuvchi, 

mutaxassis  va  xolislar,  shu  jumladan  gumon  ostiga  olingan  shaxs  va  u 

bilan  birga  ko‘rsatilgan  shaxslar  o‘zlarining  tergovda  va  sudda 

qatnashish  uchun  qilgan  sarflarini  qoplatilishini  talab  qila  oladi. 

Prokuror  bu  tergov  harakatini  to‘g‘ri  o‘tkazilishi  ustidan  nazorat  olib 

boradi va shu maqsadlarda uni o‘zi o‘tkazishi yoki qatnashishi mumkin. 



Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling