Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Ekspert xulosasi va uning natijalarini baholash


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59

Ekspert xulosasi va uning natijalarini baholash 

 

Kriminalistik  ekspertizalarni  o  ‘tkazishda,  shuningdek,  ekspert 



mutaxassislar  kriminalistikaning  ilmiy  texnik  vositalari  bo  ‘lgan  turli 

asbob-uskunalar:  optika,  kompyuter,  turli  ko  ‘zga  ko  ‘rinadigan  va  ko 

‘rinmaydigan  nurlarni  ishlatadigan  moslamalarni,  yoritqichlar  va 

boshqalarni keng qo ‘llaydilar. 

Ekspertiza  ob’ektlarini  tekshirish  quyidagi  to‘rt  bosqichlarda 

amalga oshiriladi.  

1.  Dastlabki  tekshiruv  identifikastiyaviy  tadqiqotning  birinchi 

bosqichi  bo  ‘lib,  ekspertizaga  yuborilgan  qaror  (ajrim)  bilan  tanishish 

ekspertiza oldiga qo ‘yilgan masalaga oydinlik kiritadi. Tekshiriladigan 

ob’ektlar va namunalar har biri alohida ko ‘zdan kechiriladi. Ob’ektlarni 

ko  ‘zdan  kechirishning  maqsadi  ularning  ashyoviy  dalilligini 

sifatlaydigan 

alomatlarini 

aniqlash, 

individuallik 

xususiyatlarini 



 

324 


ifodalaydigan  belgilarni  taxmin  qilish  va  identifikastiya  jarayonida 

ularni qo ‘llash mumkinligini aniqlashdan iboratdir.  

Bu  bosqichda  ekspert  ob’ektlarni  tadqiqot  uchun  yaroqli-yaroqli 

emasligini, namunalar soni va sifati nuqtai-nazaridan etarliligi yoxud qo 

‘shimcha  ma’lumotlar  va  namunalar  zarurligini  aniqlaydi.  Bosqichning 

muhim  vazifalaridan  biri  tadqiqot  uslubini  tanlash,  o  ‘tkaziladigan 

tekshiruvlarni 

belgilash, 

ularni 

oldinma-ketinligini 



aniqlash, 

eksperimentlarni  rejalashtirishdan  iboratdir.  Ma’lum  vaziyatlarda 

identifikastiyaviy  tekshiruv  shu  bosqichda  tugatiladi.  Masalan,  ekspert 

oldiga  qo  ‘yilgan  vazifa  uning  vakolatiga  kirmasa  yoki  namunalar 

etarlicha  taqdim  etilmasa,  ekspert  tekshiruvini  amalga  oshirish  iloji  yo 

‘qligi  to  ‘g  ‘risida  hujjat  tuzadi.  Ob’ektlarni  alohida-alohida  .ko  ‘zdan 

kechirish  maqsadi  ularning  ashyoviy  dalil  bo  ‘ladigan  alomatlarini, 

individuallik  xususiyatlarini  ifodalaydigan  belgilarini  aniqlash  va 

identifikastiya jarayonida ularni qo ‘llashdan iboratdir. 

2.  Tekshiriluvchi  va  namuna  nusxa  bo  ‘lgan  ob’ektlarni  alohida-

alohida  ko  ‘zdan  kechirish,  tahlil  qilish  bu  tekshiruv  bosqichining 

vazifasi  ashyoviy  dalil  bo  ‘lgan  va  ekspertizaga  yuborilgan  boshqa 

ob’ektlarni har birini alohida tahlil etib, ularni individuallik xususiyatini, 

ya’ni o ‘ziga xos bo ‘lgan sifat belgilarini aniqlashdan iboratdir. 

Tekshiriluvchi  ob’ekt  moddiy  buyum,  narsa  yoki  uning  biror 

qismidan  qolgan  izlari,  bo  ‘laklari,  nusxasi  va  boshqasi  bo  ‘lishi 

mumkin. 

Otish  quroli,  otish  natijasida  hosil  bo  ‘lgan  izlar,  otilgan  o  ‘q  va 

gilzalar,  portlatishdan  qolgan  iz  qoldiqlari,  jinoyat  quroli  sifatida 

ishlatilgan turli buyumlar va ulardan qoladigan izlar, insonning qo ‘li va 

yalang  oyoq  tavonning  teri  tuzilishi  xususiyatini  tashkil  qiladigan  izlar, 

dastxat, odamning tashqi qiyofa tuzilishini aks ettiruvchi foto, video va 

suratlar,  marhumning  suyak  qoldiqlari  (skeleti)  va  boshqalar 

kriminalistik ekspertiza tekshiradigan ob’ektlar doirasiga kiradi.  

Solishtirib tekshirishga olingan, tayyorlangan namuna - nusxalarni 

ham  ekspert  alohida  kuzatib  tahlil  qilib  yuqorida  ko  ‘rsatilgan 

masalalarni hal qiladi. Namuna nusxalarni tahlil qilishda ularni qaerdan, 

qachon va kimlardan olinganligi, qaysi guruhga mansubligi va indiviual 

belgilari, identifikastiya qilishga yaroqliligi aniqlanadi. 

Tekshiruvning  bu  bosqichida  namuna  va  nusxalarning  son-sifati, 

ekspertiza 

tayinlash 

haqidagi 

qaror, 


(ajrimda) 

ko 


‘rsatilgan 

ma’lumotlarga  mos  olinganligi  va  identifikastiya  o  ‘tkazishga  etarli  va 

yaroqli ekanligi aniqlanadi. 


 

325 


3.  Tekshiruvning  bu  bosqichida  ekspertiza  ob’ektlari  va  ularning 

sifat-belgilari  o  ‘zaro  solishtiriladi.  Ekspertiza  amaliyotida  qo 

‘llanadigan  umumiy  uslub  identifikastiya  nazariyasi  bo  ‘lib,  barcha 

ob’ektlar  ikki  guruhni  tashkil  qiladi.  Identivligi  (aynanligi) 

aniqlanadigan ob’ektlar – tekshiriluvchi, ya’ni ashyoviy dalillar bo ‘lib, 

ikkinchi  guruhni  solishtirib  tekshirishga  vosita  bo  ‘lgan  namuna  va 

nusxalardir.  

Solishtirib 

tekshirish 

bosqichida 

ekspert 

tekshiriluvchi 

ob’ektlarning  aynanligi  yoki  guruh  mansubligini  aniqlash  uchun 

ulardagi  sifat  alomatlarini  namunalardagi  sifat  belgilariga  solishtirib 

taqqoslaydi.  Har  bir  umumiy  belgidan  so  ‘ng  xususiy  belgilar  alohida-

alohida  taqqoslanadi,  birinchisidagi  individuallik  xususiyati  ikkinchi 

guruhdagi  ob’ektlarda  takrorlangan  holdagina  ularning  ushbu  belgi  bo 

‘yicha aynanligi belgilanadi.  

Solishtirib  tekshirish  jarayonida  o  ‘xshashlik  hollari  bilan  bir 

qatorda  ayrim  belgilar  bir-biridan  farq  qilishi  mumkin.  Bu  holat 

tekshiriluvchi (ashyoviy dalil) ob’ektning hosil bo ‘lish sharoitiga, unga 

daxldor  bo  ‘lmagan  yoki  manfaatdor  shaxslarning  harakati,  ixtiyori 

ta’sirida  paydo  bo  ‘lishi  mumkin.  Tekshiruv  jarayonida  ekspert  jinoyat 

ishining ekspertizaga aloqador bo ‘lgan ayrim holatlari bilan tanishishni 

talab  qilishi  mumkin.  Bu  masala  tekshiruvning  dastlabki  bosqichida  va 

zarur bo ‘lganda keyinroq ham amalga oshiriladi.  

Tekshiruvning barcha bosqichlari o ‘zaro chambarchas bog ‘liqdir, 

ular orasida qat’iy biror chegara o ‘tkazish mumkin emas, alohida tahlil 

qilishni,  solishtirish  chog  ‘ida  ham  davom  ettrish  mumkin.  Zarur  bo 

‘lgan  hollarda  tahliliy  bosqichga  qaytib  ayrim  ob’ektlarni  boshqatdan 

kuzatishga  to  ‘g  ‘ri  keladi,  bunday  tekshiruvda  boshqa  uslublar  qo 

‘llanib  qo  ‘shimcha  material  (namunalar)  talab  qilinadi.  Bu  masala 

ekspert  bilan  ekspertiza  tayinlagan  surishtiruvchi,  tergovchi,  sudya 

orasida amalga oshiriladigan muloqotda hal qilinadi. 

Solishtirib  tekshirish  jarayonida  ekspert  maxsus  uslubni  qo  ‘llash 

bilan  birga  kriminalistik  texnika  vositalaridan  ham  keng  foydalanadi, 

ayniqsa  mikro va  makro suratga tushirish, turli tajriba-eksperimentlar o 

‘tkazish kabi usullarni qo ‘llaydi.  

4.  Tekshiruv  natijalarini  baholash  va  yakun  yasash  bosqichida 

identifikastiya jarayonining natijalari  ma’lum bo ‘lib, ular tegishli talab 

va  qoidalar  asosida  baholanib  ekspertning  xulosalari  shakllanadi. 

Taqqoslanib  tekshirilgan  ob’ektlarning  bir  guruhga  kirishi  va  aynanligi 

tasdiqlanadi yoki aynanligi inkor qilinib har qaysi tekshirilgan ashyoviy 


 

326 


dalil  va  u  bilan  taqqoslangan  namuna  boshqa  turga  tegishli  ekanligi 

aniqlanadi. 

Tekshirilayotgan  holat,  ya’ni  ob’ektning  aynanligini  isboti  yoki 

inkor  qilinishi,  alohida  belgi  sifatlarning  o  ‘xshashligi  yoki  farq  qilishi 

asosida  bo  ‘lmasdan,  belgilarning  barcha  yig  ‘indisi  asosida 

shakllanmog ‘i lozim. Shundagina xulosa ilmiy asoslangan, ob’ektiv bo 

‘ladi va jinoyat ishi yuzasidan dalil manbai bo ‘lib xizmat qiladi. 

 Ekspertning  tadqiqoti,  tekshiruv  jarayoni  va  natijalari  maxsus 

prostessual  hujjat  bo  ‘lgan  ekspert  xulosasida  bayon  etiladi.  Ekspert 

xuloasi  prostessual  qonuni  asosida  rasmiylashtiriladi  (JPK  184-

moddasi), xulosa bergan ekspert uning uchun shaxsan javobgardir. 

Ekspert  xulosasi  boshqa  prostessual  hujjatlar  kabi  kirish,  bayonot 

va  yakunlovchi  qismlardan  iboratdir.  Ekspertiza  xulosasining  kirish 

qismida tayinlashga asos bo ‘lgan holatlar, kim tomonidan tayinlangan, 

qanday  ob’ektlar  taqdim  etilgan,  hal  qilinishi  lozim  bo  ‘lgan  masalalar 

va boshqa ma’lumotlar ifoda etiladi.  

Xulosaning  bayonot  qismi  ekspert  faoliyatini  ifoda  etuvchi  asosiy 

qism  bo  ‘lganligi  uchun  “tadqiqot”  bosqichi  deb  nomlanib,  uning 

mohiyati to ‘laroq bayon etiladi. 

Xulosaning  bu  qismida  ekspert  o  ‘tkazgan  barcha  tekshiruvlari: 

ob’ektlarni  alohida  kuzatuvi,  sifat  belgilarining  individuallik, 

mustahkamlik  darajalari,  taqqoslab  solishtirish  natijalari,  xulosa 

shakllanishi  qanday  omillarga  asoslanganligi,  qo  ‘llanilgan  maxsus 

kriminalistik texnika vositalari, turli uslublar, o ‘tkazilgan eksperimental 

tekshiruv  tajribalari  va  boshqa  o  ‘tkazilgan  choralar  tegishli  galma-

gallikda ifoda ettiriladi va ulardan kelib chiqqan xulosa ko ‘rsatiladi. 

Ekspert  tekshiruvining  yakunlovchi  qismi  uning  xulosalaridir.  Bu 

qismda ekspertizaga qo ‘yilgan savollarga aniq, ravon va qisqa shaklda 

javoblar o ‘z ifodasini topadi. Xulosalar ekspert tekshiruviga qo ‘yilgan 

masalalarga nisbatan tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi shaklda beriladi.  

Ekspert  amaliyotida  ba’zi  hollarda  qat’iyan  xulosa  berish  iloji  bo 

‘lmaydi,  taxminiy  xulosa  beriladi.  Bunday  xulosaning  sababi  to  ‘la  va 

asoslangan  tarzda  ekspert  hujjatining  tadqiqot  qismida  ifodalangan  bo 

‘lishi kerak. 

Ayrim hollarda ekspert xulosa berishning iloji yo ‘qligi to‘g‘risida 

hujjat tuzadi (JPKning 185-moddasi). Bunday hujjatda ekspert oldiga qo 

‘yilgan  savollar  uning  vakolati  doirasiga  kirmasligi,  savollar  huquqiy 

ma’noga  ega  bo‘lganligi,  tekshiriladigan  ob’ekt  tadqiqot  o‘tkazishga 



 

327 


yaroqsizligi va boshqa sabablarga ko ‘ra  masalani echilishining iloji yo 

‘qligi haqidagi ma’lumotlar ko ‘rsatiladi.  

Ekspert  xulosasi  prostessual  hujjat  bo  ‘lib,  jinoyat  ishi  yuzasidan 

dalil  manbai  sifatida  xizmat  qiladi  va  ishdagi  boshqa  dalillar  bilan  bir 

qatorda qonunda belgilangan umumiy prinstiplar asosida baholanadi. 

 

 

Nazorat savollari: 

 

1.

 

Tergovda qaysi maqsadlarda maxsus bilimlardan foydalaniladi? 

Maxsus bilimni qo‘llash asoslari va sub’ektlari?   

2.

 

Tergov 


jarayonida 

va 


ekspertiza 

o‘tkazishda  maxsus 

bilimlarning  qo‘llanish  shakllari?  Ekspertiza  tayinlashga  tayyorgarlik 

ko‘rish  va  tekshiruvni  o‘tkazish  tartibi  qanday?  Ekspert  xulosasining 

yuridik kuchini tushuntirib bering.  

 

Kazuslar: 

1-kazus 

Firibgarlik  jinoyati  bilan  shug‘ullanayotgan  reltrlik  firma  faoliyati 

fosh  etildi.  Tergovchi  firma  faoliyatidagi  qonun  buzarliklarni  hamda 

etkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash maqsadida sud buxgalteriya 

ekspertizasini  tayinlash  zarur  degan  xulosaga  keldi.  SHu  maqsadda 

tergovchi  A.  firma  boshqaruvchisi  SH.dan  firma  faoliyatiga  oid 

buxgalteriya  va  boshqa  hujjatlarini  berishini  talab  qildi.  Biroq,  firma 

boshqaruvchisi  SH.  firma  o‘z  faoliyatini  olib  borishda  bir  necha  joyga 

ko‘chib yurganligi bois ushb uhujjatlar yo‘qolganini aytib, uni berishdan 

bosh tortdi. Firma joylashgan joy ko‘zdan kechirilganda u erdan deyarli 

buxgalteriya hujjatlari topilmadi. 

Holat  yuzasidan  sud  buxgalteriya  ekspertizasini  tayinlash 

mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, u  qanday amalga oshiriladi? 

Mazkur holatda tergovchi jinoyatishi tergov rejasini qanday tarzda 

tuzadi? 

Holat yuzasidan qanday tergov versiyalari yuritiladi? 

Dastlabki  va  keyingi  tergov  harakatlari  o‘tkazishning  taktik 

qoidalari qanday? 

2-kazus 

2013  yil  12  dekabr  kuni  IIOga  yong‘in  sodir  bo‘lganligi  xaqida 

ma’lumot kelib tushdi. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilgach, uyning butkul 

yonib  ketganligi,  IIOga  habar  bergan  shaxsning  xotini  va  5  yashar  qizi 

kuyish natijasida vafot etganligi aniqlandi.  


 

328 


Ushbu  holatda  qanday  turdagi  tergov  harakatlarini  o‘tkazish  va 

ekspertizani  tayinlash  maqsadga  muvofiq?  Ekspert  oldiga  qanday 

savollar qo‘yiladi? 

Holat yuzasidan qanday tergov versiyalari tuziladi? 

Tergovchi  tergovni  rejalashtirishda  nimalarga  e’tibor  qaratishi 

lozim? 

 


 

329 


IV BO‘LIM.  AYRIM TURDAGI JINOYATLARNI 

TERGOV QILISH USLUBIYOTI 

22-MAVZU. JINOYATLARNI TERGOV QILISH 

USLUBIYOTINING UMUMIY QOIDALARI 

 

Jinoyatlarni  tergov  qilish  kriminalistik  uslubiyoti  tushunchasi. 

Jinoyatlarni tergov qilishning xususiy kriminalistik uslubiyotlarni tuzish 

va  tasniflash  tamoyillari.  Jinoyatlarni  tergov  qilishdagi  xususiy 

kriminalistik uslubiyotlarning tarkibiy tuzilishi. 

 

Jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik uslubiyoti tushunchasi 



 

Jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti qonuniylik talablariga muvofiq 

holda,  tergov  va  surishtiruvni  samarali  o‘tkazish  bo‘yicha  ilmiy 

tavsiyalarni  ishlab  chiqish  maqsadida  jinoyatlarni  ochish,  tergov  qilish 

hamda  ularning  oldini  olishni  tashkil  qilish  va  amalga  oshirish 

qonuniyatlarini o‘rganadi.  

Bu  qonuniyatlar  jinoyat  alomatlari  bo‘lgan  hodisalar  haqidagi 

dastlabki  axborotni  tekshirib,  jinoyatlarni  tergov  qilish  chog‘ida 

isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlarni  aniqlaydi.  SHuningdek,  jinoyat 

ishlarining  har  xil  turlari  bo‘yicha  haqiqatni  aniqlash  uchun  tergov 

harakatlarini  va  jinoyat-protsessual  qonunida  nazarda  tutilgan  boshqa 

chora-tadbirlarning  dasturlarini  ishlab  chiqish,  jinoyatlarni  tergov  qilish 

uchun  qo‘llaniladigan  tergov  harakatlarini  tayyorlash  hamda  o‘tkazish 

va shu kabilarning eng muhim xususiyatlarini ham aks ettiradi.  

Ularni  bilishga  jinoyatlarni  ochish,  tergov  qilish  va  oldini  olish 

bilan bog‘liq ob’ektlarni kriminalistik nuqtai nazaridan o‘rganish, tergov 

faoliyatining  asosiy  rivojlanish  yo‘nalishlarini  umumlashtirish  va 

aniqlash,  shuningdek  tergov  va  surishtiruvni  tashkil  etish  hamda  ularni 

o‘tkazishdagi tipik aloqalar va o‘zaro bog‘liqlikning barqaror jihatlarini 

tekshirish hamda aniqlash yo‘li bilan erishiladi. 



 

E’tibor 

qiling! 

Kriminalistik 

uslubiyotni 

o‘rganadigan 

qonuniyatlar o‘z xususiyatiga ko‘ra ikki qismdan: umumiy qoidalar va 

jinoyatlarni  tergov  qilishning  xususiy  (turga  oid)  uslubiyotlar 

tizimidan iborat. 


 

330 


Umumiy  qoidalar  kriminalistik  uslubiyotning  nazariy  asoslari 

bo‘lib,  u  kriminalistikaning  mazkur  qismining  mavzui  (predmeti)ni, 

ilmiy  bilimlarning  boshqa  sohalari  bilan  aloqalarini,  xususiy 

kriminalistik  uslubiyotlarni  tuzish,  ishlab  chiqish  va  ulardan 

foydalanishga  oid  eng  muhim  masalalarni  hamda  jinoyatlarni  ochish, 

tergov  qilish  va  ularning  oldini  olish  muammolarini  tadqiq  etishni  o‘z 

ichiga  oladi.  Pirovard  natijada  samarali  xususiy  kriminalistik 

uslubiyotlarning  yaratilishi  va  ularning  jinoyatchilikka  qarshi  kurashda 

muvaffaqiyatli  qo‘llanilishi  ana  shu  masalalarning  qanchalik  puxta 

ishlab chiqilganligiga bog‘liq bo‘ladi. 



 

Kriminalistik  uslubiy  tavsiyalar    jinoyatlarning  muayyan 

turlarini  ochish,  tergov  qilish  va  ularning  oldini  olishni  tashkil  etish 

hamda  amalga  oshirish  bo‘yicha  ilmiy  ishlab  chiqilgan  va  amalda 

tekshirilgan  maslahatlar  (takliflar)dir.  Har  bir  xususiy  uslubiyot  amalda 

turli  sharoitlarda  ishlash  uchun  o‘zaro  bir-biriga  bog‘liq  maslahatlar 

tizimini (majmuini) hosil qiluvchi bir necha tavsiyani o‘z ichiga oladi. 



Tergov  qilish  uslubiyoti  –  jinoyat  ishini  yuritishga  doir  qonun 

talablaridan, 

vujudga 

kelgan 


tergov 

vaziyati 

xususiyatlaridan, 

jinoyatlarning  mazkur  turini  ochish  va  tergov  qilish  nazariyasi  va 

amaliyotiga  doir  bilimlardan  kelib  chiqib  tergovchi  tanlagan  haqiqatni 

aniqlash usulidir. 

SHu  tariqa,  sirtdan  o‘xshash  bo‘lgan  “kriminalistik  uslubiyot”, 

“xususiy  kriminalistik  uslubiyot”,  “kriminalistik  uslubiy  tavsiya”  va 

“tergov  qilish  uslubiyoti”  atamalari  o‘z  mazmuniga  ko‘ra  bir-biridan 

farq  qiladi.  Jumladan,  birinchi  holda  kriminalistika  fanining  mustaqil 

yakunlovchi  qismini,  ikkinchisida  –  muayyan  turdagi  jinoyatni  ochish, 

tergov  qilish  va  ularni  bartaraf  etishni  tashkil  qilish  hamda  amalga 

oshirish  bo‘yicha  ilmiy-amaliy  tavsiyalar  tizimini  (majmuini), 

Esda  tuting!  Xususiy  uslubiyotlar  –  kriminalistika  fanining 

pirovard  “mahsuloti”  bo‘lib,  amaliy  xususiyatga  ega  bo‘lgan  hamda 

tergovchilar  va  surishtiruvchilarga  jinoyatlarning  har  xil  turlarini 

ochish,  tergov  qilish  va  bartaraf  etishda  ularning  ishlarini 

maqbullashtirish  uchun  mo‘ljallangan  nazariy  jihatdan  asoslangan 

tavsiyalar  majmuidan  iboratdir.  Kriminalistik  uslubiyotning  umumiy 

qoidalaridan  farqli  o‘laroq  xususiy  uslubiyotlar  –  bu  jinoyatlarning 

ayrim turlarini ochish, tergov qilish va jinoyatchilikni bartaraf etishni 

tashkil qilish bo‘yicha uslubiy toifalashtirilgan tizimdir. 


 

331 


uchinchisida  –  tegishli  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  ishlash  uchun  alohida 

ilmiy asoslangan va amalda tekshirilgan maslahatni (taklifni), to‘rtinchi 

holatda esa – jinoyatni tergov qilishning tergovchi tomonidan tanlangan 

usulini anglash mumkin. 

Uslubiyotning  tarkibiy  qismlari  bir-birini  to‘ldirib,  har  xil  turdagi 

jinoyatlarni  ochish,  tergov  qilish  va  ularning  oldini  olishni  tashkil 

etishga  doir  mustaqil  ilmiy  qoidalarning  yaxlit  va  bo‘linmas  majmuini 

hosil qiladi. SHuni ta’kidlash joizki, kriminalistik uslubiyotdan tashqari 

ilmiy  bilimlarning  hech  bir  sohasi  bu  masalalarni  tadqiq  etish  bilan 

shug‘ullanmaydi va turli toifadagi jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va 

tergovni  samarali  o‘tkazish  uchun  amaliyotga  bunday  nazariy  jihatdan 

asoslangan  tavsiyalarni  bermaydi.  SHu  bilan  birga,  kriminalistik 

uslubiyotning  mustaqilligi  nisbiy  xususiyatga  ega.  Negaki  u 

kriminalistikaning boshqa qismlari bilan uzviy bog‘langan.  

 

Jinoyat  va  jinoyat-protsessual  huquq  normalari  uslubiyotning 



birinchi  manbaidir.  Ular  jinoyat-sudlov  ishlarini  yuritishning  umumiy 

shart-sharoitlarini  belgilaydi  va  shu  sababli  kriminalistik  uslubiyotning 

hamda  har  bir  xususiy  kriminalistik  uslubiyotning  umumiy  qoidalarini 

ishlab  chiqishga  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  SHu  bilan  bir  vaqtda 

kriminalistik uslubiy tavsiyalar qonunga asoslanib va amaldagi huquqiy 

normalarga  zid  yoki  fuqarolarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlari 

buzilishiga  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  biron-bir  maslahat  va  yo‘l-

yo‘riqlarni istisno etgan holda, jinoyat va jinoyat-protsessual normalarini 

sharhlash bilan chegaralanmay, jinoyatlarning xilma-xil turlarini ochish, 

tergov qilish va oldini olishning maqbul tartibini belgilaydi. 

Jinoyatlarni ochish, tergov qilish va ularning oldini olish amaliyoti 

kriminalistik  uslubiyotning  ikkinchi  muhim  manbai  hisoblanadi. 

Amaliyotni  o‘rganish  va  umumlashtirish  jinoyatlarning  ayrim  turlarini 

tergov  qilish  bo‘yicha  samarali  tavsiyalarni  ishlab  chiqishga 

ko‘maklashadi.  SHu  bilan  bir  qatorda,  amaliyot  kriminalistik  uslubiyot 

nazariyasining  to‘g‘riligini  belgilovchi  mezon  hamdir.  SHaxsning 

jinoyatni  sodir  etishdagi  aybdorligi  faqat  sud  tomonidan  e’tirof  etilishi 

E’tibor  qiling!  Kriminalistik  uslubiyotning  manbalari  bo‘lib, 

qonun,  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  amaliyoti  va  turli  fan  yutuqlari 

hisoblanadi,  ularning  qoidalari  kriminalistikadagi  mazkur  bo‘limning 

rivojlanishiga  asos  bo‘lgan  va  uning  hozirgi  taraqqiyotini  ta’min 

etmoqda. 


 

332 


sababli,  sudlarning  hukmlarida  amalda  mazkur  jinoyatni  tergov 

qilishning 

to‘g‘riligi,  ya’ni  kriminalistik  uslubiy  tavsiyalarni 

qo‘llanishning asosliligini belgilaydi. 

Nihoyat,  ilmiy  bilimlar,  avvalo,  kriminalistikaning  barcha 

bo‘limlarining  hamda  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  muammolarining, 

xususan  jinoyatlarni  tergov  qilishni o‘z  nuqtai  nazaridan  tadqiq  etuvchi 

boshqa fanlarning qonun-qoidalari kriminalistik uslubiyotning uchinchi 



manbai  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Kriminalistik  uslubiyotning  kriminalistik 

umumiy nazariya, texnika va taktika bilan aloqalari ancha murakkab. Bir 

tomondan, kriminalistik uslubiyotda kriminalistika fanining yakunlovchi 

bo‘limi  sifatida  uning  boshqa  bo‘limlarining  xulosalari  va  qoidalaridan 

keng  foydalaniladi,  ikkinchi  tomondan,  kriminalistik  uslubiyot 

kriminalistikaning 

umumiy 

nazariyasi, 



texnikasi 

va 


taktikasi 

rivojlanishiga  faol  ta’sir  ko‘rsatadi.  Tutgan  o‘rni  va  hal  etadigan 

vazifalarining 

o‘ziga  xosligiga  ko‘ra  kriminalistik  uslubiyot 

kriminalistikaning  boshqa  bo‘limlariga  tayanadi.  Kriminalistikaning 

oldingi 


bo‘limlariga  oid  qoidalar  va  xulosalari  kriminalistik 

uslubiyotdagi  nazariyalarni  umumiylik  asosida  jamlash,  ya’ni  ularni 

oddiy jamlash yo‘li bilan emas, balki dialektik mushohada qilish hamda 

har  xil  turdagi  jinoyatlarning  oldini  olish,  ularni  fosh  etish  va  tergov 

qilishni  samarali  tashkil  etish  uchun  tegishli  xulosalar  ishlab  chiqish 

jarayonida qo‘llaniladi. 



 

Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling