Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Dastlabki va keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59

Dastlabki va keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish 

 

Hujjatlar  talon-toroj jinoyatlarini tergashda  muhim dalillardan biri 

hisoblanadi.  Talon-toroj  jinoyatlarini  tergashda  tergovchi  hujjatlarni 

to‘plash,  ko‘zdan  kechirish  va  tekshirish  ishlarini  amalga  oshiradi. 

Tergovchi  mutaxassis-buxgalter  yordamida  muhrlangan  hujjatlarni 

to‘playdi,  zarur  hollarda  me’yoriy  hujjatlarni  tegishli  korxonalardan 

talab  qilib  oladi.  Tergovchi  to‘plagan  barcha  hujjatlarni  diqqat  bilan 

tahlil  qiladi,  ularni  tekshirib  chiqadi.  Hujjatlarni  tekshirish  usullari  uch 

turga bo‘linadi: 

1)  ayrim xisob-kitob hujjatlarini tekshirish usuli; 

2)  bir-biri  bilan  o‘zaro  bog‘liq  operatsiyalarni  ifoda  etuvchi  bir 

necha hujjatlarni tekshirish usuli; 

3)  bir  turdagi  xodimlarning  harakatini  ifoda  etuvchi  hujjatlarni 

tekshirish usuli. 

Ayrim  hisob-kitob  buxgalteriya  hujjatlari  o‘rnatilgan  tartib 

bo‘yicha  tekshiriladi,  ya’ni  hujjatlarda  barcha  zaruriy  rekvizitlarning 

borligi va ularda shubhali rekvizitlarning bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. 

Hujjatlar forma bo‘yicha tekshirib ko‘rilgandan keyin arifmetik va 

normativ  tekshiruvdan  o‘tkaziladi.  Arifmetik  tekshiruvda  hujjatlardagi 

gorizantal va vertikal grafalarda chizilgan yozuvlar (raqamlar) solishtirib 

tekshiriladi.  Normativ  tekshiruvda  esa  hujjat  mazmunining  harakatdagi 

normativ  aktlarga  -  instruksiyalar,  nizomlar,  qoidalar,  xarajat,  chiqim 

normalariga mos kelishi tekshiriladi. 


 

398 


Bir-biri bilan bog‘liq o‘zaro operatsiyalarni ifoda etuvchi bir necha 

hujjatlarni  tekshirishda  muqobil  tekshiruv  va  o‘zaro  nazorat  usullardan 

foydalaniladi. 

Muqobil tekshiruv usulida bir turdagi hujjatlarning turli nusxalarini 

bir-biri  bilan  o‘zaro  solishtirib  tekshirishdir.  Bu  nusxalar  bir 

tashkilotning  turli  bo‘limlaridan  yoki  bir  necha  tashkilotlardan  olinishi 

mumkin. 

O‘zaro  nazorat  usulida  bir  turdagi  operatsiyaning  turli  hujjatlarda 

ifoda etilishi solishtirib tekshiriladi. O‘zaro nazorat usuli har bir xo‘jalik 

operatsiyasining 

turli 

buxgalteriya 



hujjatlarida 

ifoda 


etilishiga 

asoslangan.  Buxgalteriya  hujjatlari  boshqa  turli-tuman  boshqa  hujjatlar 

bilan solishtirib ko‘rilishi mumkin. Masalan, kortateka va omborlardagi 

jurnal  yozuvlari  bilan  transport  hujjatlari,  mehnat  daftarchalari,  moddiy 

javobgar shaxsning yozuvlari va boshqalar. 

Buxgalteriya  hujjatlarini  tekshirishning  xususiy  usullari  ham 

mavjud. Ularga quyidagilar kiradi: 

1)  tovar-moddiy  qimmatliklar  va  pul  mablag‘lari  harakatini 

bevosita  ifoda  etuvchi  kirim-chiqim  hujjatlaridagi  ma’lumotlarni  ushbu 

operatsiyani  boshqa  tarzda  ifoda  etuvchi  hujjatlar-ma’lumotlar  bilan 

solishtirib ko‘rish; 

2)  moddiy-tovar  boyliklarni  olish  va  berish  operatsiyasini  ifoda 

etuvchi  hujjatlardagi  ma’lumotlarni  birinchi  operatsiya  bilan  o‘zaro 

bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalarni ifoda etuvchi hujjat ma’lumotlari 

bilan solishtirib ko‘rish; 

3)  moddiy-tovar  boyliklarning  bir  joydan  boshqa  joyga 

ko‘chirilganligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  ular  tashib  o‘tkazilgan 

taralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rish; 

4) buxgalteriya hisoboti to‘g‘risidagi ma’lumotlarini tezkor uchyot 

ma’lumotlari bilan solishtirib ko‘rish; 

5)  nazorat  kassa  tasmasidagi  ma’lumotlarni  kassa  cheklar 

ma’lumotlari bilan solishtirib ko‘rish; 

6) pul mablag‘lari va moddiy tovar boyliklarni berish to‘g‘risidagi 

pul  vositalari  va  moddiy  tovar  boyliklarni  yozish  va  berish  uchun  asos 

bo‘lgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rish. 

Bir  turdagi  qiymatlarning  harakatini  ifoda  etuvchi  hujjatlarni 

tekshirish  usuli  moddiy  qiymatlar  harakatining  odatdagi  tartibdan 

noto‘g‘ri chetga chiqib ketganligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Bu 

usul  yordamida  hujjatlardagi  dastlabki  yozuvlar  tiklanib,  talon-toroj 


 

399 


jinoyati sodir etilganlik fakti aniqlanadi. Ushbu usul quyidagi holatlarni 

aniqlashda qo‘llaniladi: 

1) 

buxgalteriya 



hisobi 

o‘z  holiga  tashlab  qo‘yilgan, 

chalkashtirilgan bo‘lsa; 

2)  buxgalteriya  hisobi  reestrlari  tasodifan  yoki  qasddan  yo‘q 

qilingan bo‘lsa; 

3)  dastlabki  hujjatlar  to‘liq  xajmda  mavjud  bo‘lsa-da,tahliliy 

hisobdagi ishlarni qisqartirishni taqozo etmagan bo‘lsa; 

4) tahliliy hisob etarli darajada detallashtirilmagan bo‘lsa,  mavjud 

suiiste’mollikni  aniqlash  uchun  tahliliyhisob  o‘rniga  miqdoriga  oid  va 

sortli hisobni tiklash zarur bo‘lsa. 

Hisob-kitob  tiklangandan  keyin  moddiy  qiymatlarning  odatdagi 

aylanishdan  chetga  chiqib  ketganligi  aniqlanadi.  Hisob  yozuvlarini 

tiklash  yoppasiga,  tanlab  o‘tkaziladigan,  to‘liq  va  natura  turlarga 

bo‘linadi. Yoppasiga tiklashda ma’lum bir davr oralig‘i ichida bajarilgan 

ma’lum  moddiy  qiymatlarning  barcha  nomlari  bo‘yicha  tiklanadi. 

Tanlab  o‘tkaziladigan  tiklashda  esa  ayrim  hisob  yozuvlari  yoki  ayrim 

qiymatlarning nomlari tiklanadi. 

Hisob  yozuvlarini  to‘liq  va  noto‘liq  hisobga  olishning  xususiy 

usullari  to‘g‘risida  yuqorida  bayon  etildi.  Hisob  yozuvlarini  noto‘la 

ravishda  tiklashham  mavjud  bo‘lib,  unga  qoldiqlarni  kontrol  solishtirib 

ko‘rish kiradi. 

Qoldiqlarni nazorat tarzida solishtirib tekshirish usulining mohiyati 

shundan  iboratki,  bu  usul  orqali  tekshirilayotgan  ma’lum  davr,  vaqt 

oralig‘ida  inventarizatsiyaviy  vedomostga  bir  xil  turdagi  tovarlardan 

qolgan  qoldiqlar  bilan  tovarlarning  harakatdagi  bo‘lgan  miqdori 

tekshirilib ko‘riladi. 

Dastlabki  tergovdagi  so‘roqqa  muvofiq  ravishda,  kriminalistika 

taktikasi  tavsiya  etgan  usullar  asosida  talon-toroj  jinoyati  bo‘yicha 

so‘roq qilishga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim. 

So‘roqqa  tayyorlash  jarayonida  tergovni  rejalashtirish  lozim. 

Oldindan  o‘ylab  tuzilgan  reja  asosida  so‘roqni  olib  borish  uni  to‘g‘ri 

tashkil  etishga  va  tergovchi  tomonidan  boshqa  holatlarni  aniqlashga 

imkon  beradi.  Tergovni  olib  borish  jarayonida  tegishli  ravishda 

guvohlarni guruhlarga ajratib olish zarur. Ular quyidagicha: 

1.  Talon-toroj  jinoyati  sodir  bo‘lgan  tashkilot  rahbarlari, 

buxgalterlariham  davlat  mulki  o‘zlashtirilganiga  ma’lum  darajada 

aybdordirlar, ba’zan esa mansabdor shaxs bilan aloqador bo‘lib chiqishi 

ham mumkin. 



 

400 


Shuning  uchun  ham  tergovchi  bunday  guvohlarni  so‘roq  qilishda 

nihoyatda  ehtiyot  bo‘lishi  kerak,  chunki  ular  tergovni  chalkashtirishi 

yoki yo‘nalishni boshqa tarafga o‘zgartirib yuborishlari mumkin. 

2.  Talon-toroj  qilingan  mulk  bilan  bevosita  aloqador  bo‘lgan 

ishchilar.  Bu  ombor  xodimlari,  mulkni  yuklash-tushirishda  ishtirok 

etgan  hamda  ortiqcha  mulk  hosil  qilinishini  bilgan  ishchilar  bo‘lishi 

mumkin.  Bunday  guvohlarning  ko‘rsatuvlari  o‘zlashtirish  faktlarini, 

o‘zlashtirilgan mulkning miqdori, jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan 

sodir  qilingan  bo‘lsa,  ishtirokchilarning  kimligini,  ishtirokchilardan  har 

birining  jinoyatdagi  rolini  aniqlashga  ma’lum  darajada  yordam  beradi. 

Bunday guvohlarni so‘roq qilish ko‘pincha ijobiy natija beradi.  

3.  Talon-toroj  qilingan  mulkni  tashishda  yordam  bergan  shaxslar. 

Bular  avtomashina  shofyorlari,  yukni  olib  borishda  ishtirok  etgan 

shaxslar, ya’ni ishchilar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha ma’lum joyga yuk 

olib  borgan,  lekin  marshrut  yo‘l  varaqasida  aks  ettirilmagan  bo‘lsa 

shofyorlar guvoh tariqasida qatnashadilar. 

4. Yuqori turuvchi tashkilot xodimlari, taftishchi va nazoratchilar. 

Guvohlarni  ko‘rsatuv  berish  mazmuniga  qarab  yana  uch  guruhga 

bo‘lish mumkin. 

Birinchi  guruhdagi  guvohlar  o‘z  xizmat  mansabidan  foydalanib 

talon-toroj  ishlari  yuzasidan  bo‘lgan  faktlarni  bo‘rttirib  ko‘rsatishga 

harakat  qiladilar.  Bular  korxona,  muassasalarning  buxgalterlari, 

taftishchilari  va  rahbarlari  bo‘lishi  mumkin.  Ularni  so‘roq  qilishda 

ko‘rsatuvlarini  aniqlashtirib,  hujjatlarga  asoslangan  holda  isbotlashlari 

va atroflicha tushuntirib berishlari talab qilinadi. 

Ikkinchi 

guruh 

guvohlar 



aniqlangan 

kamomad, 

ortiqcha 

mahsulotlarni yashirib qolishga urinadilar. Shuning uchun ham ularning 

ko‘rsatmalarini  diqqat  bilan  tinglash,  hodisani  to‘g‘ri  baholash  muhim 

ahamiyatga ega. 

Uchunchi  guruh  guvohlarga  jinoyatni  fosh  etish  zarur  faktlar 

ma’lum  bo‘lsa  ham  bu  haqida  hech  narsa  bilmasliklarinipesh  qiladilar. 

Aslida  ular  talon-toroj  qilgan  shaxslar  bilan  aloqada  bo‘ladilar.  Bular 

shofyorlar,  yuk  tashuvchilar,  qorovullar,  oddiy  sotuvchilar  va 

boshqalardan iborat muhim guvohlar hisoblanadi. 

Agar  ish  bo‘yicha  bir  necha  gumon  ostidagi  shaxslarni  so‘roq 

qilishga  to‘g‘ri  kelsa,  tergovchi  avvalo  so‘roqni  kimdan  boshlash 

masalasini to‘g‘ri hal qilish, ish uchun katta ahamiyat kasb etadi. 

So‘roqni  avvalo  jinoyatning  ikkinchi  darajali  ishtirokchilaridan 

boshlash  zarur,  bunday  ishtirokchilar  ko‘pincha  jinoyatga  tasodifan 



 

401 


qo‘shilib qolgan shaxslar bo‘ladi va ob’ektiv ko‘rsatuv berishga harakat 

qiladilar. 



Talon-toroj  jinoyatini  tergov  qilish  bo‘yicha  ekspertizalar 

tayinlash. 

Davlat  va  jamoat  mulkini  talon-toroj  qilish  jinoyatlarini  tergashda 

turli-tuman masalalarni u yoki bu turdagi ekspertizalarni tayinlash orqali 

hal  qilinadi.  Talon-toroj  jinoyatlarini  tergov  qilishda  ko‘pincha  sud 

buxgalteriya,  tovarshunoslik,  kriminalistik,  qurilish  texnika,  texnologik  

tayinlanadigan tayinlanadi.  

 

 

 



 

Nazorat savollari: 

 

1.

 

Davlat  mulkini  talon-toroj  qilish  jinoyatlarni  kriminalistik 

tavsifi  qanday?  U  qaysi  elementlarni  o‘rganadi  va  kriminalistikaning 

boshqa bo‘limlari bilan aloqasi qanday?  



2.

 

O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatini tergov qilishning 

taktik masalalari yuzasidan fikr bildiring. Muayyan bir jinoyat yuzasidan 

xususiy kriminalistik uslubiyot shakllantirishga harakat qilib ko‘ring.  

 

Kazuslar  

1-kazus 

1.

 



Tijorat  bank  raxbari  Amonov  F.  fuqaro  1953  yilda  tug‘ilgan 

Jalolov  B.  bilan  muassasa  balansidan  chiqarilishi  rejalashti-rilgan 

moddiy  qimmatliklarni  odindan  til  biriktirib,  moddiy  boylik  orttirish 

maqsadida  rializatsiya  qilib  kelgan.  Oxirgi  amalga  oshirilgan  jinoiy 

operatsiya  bank  muassasasiga  tegishli  “Nexia”  rusumli  avtotransport 

vositasini  rializatsiya  qilish  bilan  bog‘liqligi  aniqlandi.  Unga  ko‘ra 

jinoyatchilar  avtotransport  vositasi  tannarxini  tushirish  maqsadida 

undagi ayrim detallarni echib olib, yashirib qo‘yishgan. SHundan so‘ng, 

realizatsiya qilinayotgan ob’ekt rasmga tushirilib,  auksionga qo‘yilgan. 

Auksion  natijalariga  ko‘ra  fuqaro  Jalolov  B.  “Nexia”  rusumli 

avtotransport  vositasini  5 000 000  so‘mga  sotib  olgan.  Olib  qo‘yilgan 

detallar o‘z o‘rniga qo‘yilib, Sereli bozorida 5800 AQSH dolloriga sotib 

yuborilgan.  

 


 

402 


Holatni kriminalistik tahlil eting. Jinoyatni isbotlash mexanizmi qay 

tarzda  amalga  oshirilishi  lozim?  Ayblanuvchilarni  so‘roq  qilishda 

tergovchi  qanday  taktikadan  foydalanishi  zarur?  Sizningcha  holat 

yuzasidan  qanday  tergov  harakatlarini  olib  borish  tergov  ishi 

samaradorligini oshirishga xizmat qiladi? 

 

2-kazus 

Davlat korxonasi va Fayz holding o‘rtasida mahsulot etkazib berish 

to‘g‘risida  shatnoma  imzolandi.  Davlat  korxonasi  mansabdor  shaxsi 

“Fayz”  xolding  boshqaruvchisi  bilan  oldindan  til  biriktirib  sotib 

olinayotgan  mebellar  tannarxini  yuqori  ko‘rsatgan  va  o‘rtadagi  farqni 

o‘zaro bo‘lishib olish bo‘yicha kelishgan. Shartnoma 20 000 000 so‘mga 

baholangan.  



Holatni kriminalistik tahlil eting. Jinoyatni isbotlash mexanizmi qay 

tarzda  amalga  oshirilishi  lozim?  Ayblanuvchilarni  so‘roq  qilishda 

tergovchi  qanday  taktikadan  foydalanishi  zarur?  Sizningcha  holat 

yuzasidan  qanday  tergov  harakatlarini  olib  borish  tergov  ishi 

samaradorligini oshirishga xizmat qiladi? 

 

 

27-MAVZU: O‘G‘IRLIK, TALONCHILIK VA 

BOSQINCHILIK  JINOYATLARINI TERGOV 

QILISH 

 

O‘g‘irlik,  talonchilik  va  bosqinchilik  jinoyatlarining  kriminalistik 

tavsifi. O‘g‘irlik jinoyatlari bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar. 

O‘g‘irlik  jinoyatlarini  tergov  qilish  xususiyatlari.  Talonchilik  va 

bosqinchilik  jinoyatlari  bo‘yicha  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlar. 

Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari. 

 

O‘g‘irlik, talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarining 

kriminalistik tavsifi 

O‘g‘rilik  jinoyati  eng  ko‘p  tarqalgan  jinoyatlardan  hisoblanib, 

mazkur  jinoyatlarning  bevosita  ob’ektlari  davlat,  jamoat  yoki 

fuqarolarning shaxsiy mulklari hisoblanadi. 



 

403 


 

Yodda saqlang!  

O‘g‘irlik - davlat, jamoat va shaxsiy mulklarning yashirin ravishda 

o‘zlashtirishdan iborat. 

Talonchilik  jinoyati  deganda  –  jabrlanuvchiga  nisbatan  zo‘rlik 

ishlatib  yoki  ishlatmasdan  mulkni  ochiqchasiga  talash  tushuniladi.  Bu 

harakat o‘zgalar mulkimi ochiqdan ochiщ zo‘rlik ishlatib qo‘rqitish yo‘li 

sodir qilinadi. 

Bosqinchilik  jinoyati  deyilganda  esa,  jabrlanuvchining  shaxsiy 

mulkimi uning sog‘lig‘i yoki hayoti uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib 

yoki zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib egallash tushuniladi.  

 

Mulkka  qarshi  tajovuzlar  orasida  o‘g‘riliklar  ayniqsa  keng 



tarqalgan.  O‘z  xususiyatiga  ko‘ra  ular:  kvartiradan,  davlat  va  nodavlat 

ob’ektlari  (do‘konlar,  mehmonxonalar,  sanatoriylar  va  sh.k.)dan 

o‘g‘riliklar, kissavurlik, transport vositalarini o‘g‘irlash va boshq. 

O‘g‘irlik  jinoyati  sodir  etilgan  joy  va  uning  manzili  jabrlanuvchi, 

mansabdor  shaxslar,  qorovul,  guvoh,  surishtiruv  organ  lari  vakillari 

bergan  ma’lumotlarda  aniq  ko‘rsatilgan  bo‘ladi.  O‘g‘irlik  jinoyatining 

sodir  etilishi  vaqti,  usuli  va  qanday  texnikaviy  vositalardan 

foydalanganligi 

voqea 

joyini 


ko‘zdan  kechirishda  aniqlanadi, 

shuningdek  o‘g‘irlik  jinoyatini  tergashda  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan 

barcha  holatlar  dastlabki  tergov  harakatlarini  o‘tkazish  davrida 

aniqlanadi. 

 

 

O‘g‘irlik jinoyat ishlari bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan 



holatlarga quyidagilar kiradi: 

1) o‘g‘irlik jinoyati haqiqatan ham sodir etilganligi; 

2)  o‘g‘irlik  jinoyati  sodir  etilgan  joy  (korxona,  muassasa, 

tashkilotlarning  aniq  nomi  va  joylashgan  joyi,  jabrlanuvchining 

manzili),vaqti va qo‘llangan usuli; 

3)  o‘g‘irlangan  mulk  kimga  tegishli  ekanligi  (korxona,  muassasa, 

tashkilot yoki fuqarolar); 

4)  aniq  nima  o‘g‘irlanganligi,  o‘g‘irlangan  mulkning  belgilari, 

uning soni va narxi; 

5)  o‘g‘irlik  jinoyatini  sodir  etishda  qanday  texnika  vositalaridan 

foydalanganligi; 

6)  o‘g‘irlik  kimlar  tomonidan  sodir  etilganligi,  ishtirokchilar  va 



 

404 


ularning vazifalari; 

7) o‘g‘irlangan mulk kimga beril gan yoki sotilganligi; 

8) keltirilgan zarar miqdori; 

9)  o‘g‘irlik  jinoyatining  sodir  etilishiga  olib  kalgan  saban  va 

holatlar; 

10) keltirilgan modniy zararni qoplash uchun qanday chora-tadbirlar 

ko‘rish talab etiladi. 

 

O‘g‘rilik jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari 

O‘g‘rilikni  tergov  qilish  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan 

kechirishdan  boshlanadi.  U  tergovchi,  tezkor  xodimlar,  mutaxassis-

kriminalist,  xizmat-qidiruv  iti  va  kinolog,  ichki  ishlar  organlarining 

profilaktika inspektoridan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan amalga 

oshirilgan holda ayniqsa samarali bo‘ladi. 

 

YOdda  saqlang!  Tergovchi  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  haqida 

umumiy  tasavvur  hosil  qilib,  uni  ko‘zdan  kechirish  rejasini  tuzgach, 

quyidagi masalalarni aniqlashi lozim:  

1) o‘g‘ri binoga qanday kirgan;  

2) qaysi predmetlarga qo‘l tekkizgan;  

3) hodisa sodir bo‘lgan joyda qanday izlar qoldirgan;  

4) bu erni hech kimga sezdirmasdan tark etgan bo‘lishi mumkinmi;  

5)  u  o‘zi  bilan  yoki  o‘z  kiyimi,  poyafzalida  nimani  olib  ketgan 

(o‘g‘irlangan buyumlar; bo‘yoq, chang zarralari);  

6)  aybdorning  kasb-kori,  jismoniy  xususiyatlari,  binoda  mo‘ljal 

olishini  ko‘rsatuvchi  belgilar  aks  etganmi.  Jinoyatchilar  necha  kishi 

bo‘lgani,  ular  qanday  harakat  qilgani,  qimmatbaho  buyumlar 

saqlanadigan 

joyni 


bilgan-bilmaganini 

aniqlash  muhim 

vazifa 

hisoblanadi. 



 

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyga  kelgach,  guruh  a’zolari  o‘g‘rilikni  kim 

birinchi  bo‘lib  aniqlagani,  sharoitda  qanday  o‘zgarishlar  yuz  bergani, 

ularning  birortasi  shubhali  shaxslarni  ko‘rgan-ko‘rmaganini  aniqlash 

uchun  shohidlar  bilan  so‘rov  o‘tkaziladi.  Agar  o‘g‘rilik  darhol 

aniqlangan  bo‘lsa,  tezkor  xodimlar  aybdorni  «qaynoq  izlari»dan 

qidirishni tashkil etadi. 

Binoga kirish yoki saqlash joylari (metall shkaflar, seyflar) ayniqsa 

sinchiklab  tekshiriladi,  chunki  bu  erda  barmoq,  poyafzal  izlari,  qulfni 


 

405 


buzish  asboblari,  kiyim  tolalari,  jinoyatchi  tushirib  qoldirgan  narsalar 

(egov, iskana, oyna keskich va sh.k.) topilishi mumkin. 

Oziq-ovqat do‘konlari, dala hovlilari va omborlardan o‘g‘rilik sodir 

etilgan holda, jinoyatchilar iste’mol qilgan shokolad konfetlari, pishloq, 

olmada  tish  izlari  qolgan  bo‘lishi  mumkin.  To‘siqlarni  buzayotib 

o‘g‘rilar tanasining biror joyini tilib olgan bo‘lishi, shu sababli qon izlari 

topilishi mumkin. 

Ko‘zdan  kechirish  jarayonida  o‘g‘irlangan  tovarlarning  yorliqlari, 

pasportlarini, o‘xshash gazlama namunalarini olib qo‘yish kerak, chunki 

bu  qidiruv  tadbirlarini  ancha  engillashtiradi.  Ko‘zdan  kechirilayotgan 

ob’ektning  tevarak  atrofi  ham  tekshiriladi:  bu  erda  avtotransport 

g‘ildiraklari,  poyafzal  izlari,  jinoyat  qurollari,  o‘g‘irlangan  mol-

mulkning bir qismi topilishi mumkin. 

Jabrlanuvchilar va moddiy javobgar shaxslarni so‘roq qilish odatda 

ular  voqea  haqida  qaysi  holatlarda  xabar  topganini  aniqlashdan 

boshlanadi. So‘roq qilinuvchi yo‘qolgan buyumlar va boyliklarni oxirgi 

marta qachon ko‘rgani, ular yo‘qolganini qachon aniqlagani, shuningdek 

o‘g‘irlangan mol-mulk qiymati va alohida belgilari aniqlanadi.  

Kvartira  o‘g‘riliklariga  doir  ishlar  bo‘yicha  qo‘shnilar  orasida 

jabrlanuvchida  pul  va  boyliklar  mavjudligidan  xabardor  odam  bor-

yo‘qligi,  kvartirada  begona  shaxslardan  oxirgi  marta  kim  bo‘lgani 

aniqlanadi.  Agar  so‘roq  qilinuvchi  o‘g‘rilikni  sodir  etishi  mumkin 

bo‘lgan  muayyan  shaxslarni  aytsa,  bunday  gumonlar  uchun  nima  asos 

bo‘lganini surishtirish kerak. Ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha kechiktirib 

bo‘lmaydigan  tergov  harakatlari  qatoriga  guvohlarni  so‘roq  qilish  ham 

kiradi. Kvartira o‘g‘riliklarini tergov qilishda – bu jabrlanuvchining oila 

a’zolari  va  qarindoshlari.  Ular  o‘g‘irlangan  buyumlarning  alomatlariga 

aniqlik  kiritadi.  Deraza  oldida  yoki  hovlidagi  so‘rida  kunni  kech 

qiladigan  pensionerlar  va  qo‘shnilarni  so‘roq  qilish  natijasida  ham 

muhim ma’lumotlarni olish mumkin. 

Davlat  va  jamoat  mulkini  o‘g‘irlashga  doir  ishlar  bo‘yicha 

qo‘riqlash xizmati xodimlarini so‘roq qilish zarur: ular o‘sha payt qaerda 

bo‘lgan,  qo‘riqlanayotan  ob’ekt  yaqinida  shubhali  sub’ektlarga  ko‘zi 

tushmaganmi, bu qachon bo‘lgan, ular nimasi bilan e’tiborni tortgan va 

h.k.. 

Agar  jinoyatchilar  o‘g‘rilikni  sodir  etish  ustida  yoki  «qaynoq 



izlardan»  borib  ushlangan  bo‘lsa,  eng  avvalo  gumon  qilinuvchilarni 

shaxsiy  tintuv  qilish  va  guvohlantirish,  ularning  kiyimini  ko‘zdan 

kechirish,  yashash  joyida  tintuv  o‘tkazish  zarur.  Ushbu  tergov 


 

406 


harakatlarini  o‘tkazish  jarayonida  o‘g‘irlangan  pullar  va  buyumlargina 

emas,  balki  ularning  o‘ramlari,  yorliqlari,  jinoyat  qurollari,  binolarning 

tarxlari, jinoyatchilar kiyimi ham olib qo‘yiladi. Tintuv o‘tkazayotganda 

professional  o‘g‘rilar  odatda  o‘g‘irlangan  buyumlarni  yashirish 

usullarini  puxta  ishlab  chiqishlarini  hisobga  olish  lozim.  SHu  sababli 

kvartiri bilan bir qatorda, barcha yordamchi xonalar, erto‘lalar, garajlar, 

qaznoqlarni ham tintuv qilish zarur. 

Ushlangunga  qadar  o‘g‘rilar  ba’zan  bir  nechta  o‘g‘riliklar  sodir 

etishga  ulgurgan  bo‘ladi,  tintuvda  ushbu  holatni  hisobga  olish  zarur. 

SHu  sababli  nafaqat  tergov  qilinayotgan,  balki  ilgari  sodir  etilgan 

o‘g‘riliklarga  tegishli  buyumlar  ham  olib  qo‘yiladi.  Tintuv  chog‘ida 

yaxshi  niqoblangan  xufyadonlarni  topish  uchun  ta’sirchan  asboblardan 

foydalanish lozim. 

Gumon  qilinuvchini  guvohlantirish,  uning  kiyimini  ko‘zdan 

kechirish chog‘ida jinoyat sodir etilgan joyda ilashgan chang, gilam tuki, 

bo‘yoq va boshqa mikrozarralar topilishi mumkin. Ko‘zdan kechirilgan 

kiyim va poyafzal ekspertizaga yuborish uchun olib qo‘yilishi lozim. 

Gumon  qilinuvchini  so‘roq  qilish  odatda  unda  alibi  bor-yo‘qligini 

aniqlashdan  boshlanadi.  Agar  so‘roq  qilinuvchi  aybiga  iqror 

bo‘lmasdan,  o‘z  alibisini  bildirgan  bo‘lsa,  uning  boshqa  joyda  bo‘lish 

tafsilotlari  aniqlanadi.  Jinoyatchini  fosh  qilish  uchun  o‘g‘rilik  sodir 

etilgan  joyda  topilgan,  tintuv  va  guvohlantirish  chog‘ida  olib  qo‘yilgan 

ashyoviy 

dalillardan, 

shuningdek 

guvoh-shohidlar 

va 

boshqa 


guvohlarning 

bildirilgan 

alibini 

rad 


etuvchi 

ko‘rsatuvlaridan 

foydalaniladi.  

Agar  gumon  qilinuvchi  o‘z  aybiga  iqror  bo‘lgan  bo‘lsa,  undan 

jinoyatni  sodir  etishga  tayyorgarlik  ko‘rish  tafsilotlarini,  o‘g‘irlangan 

buyumlar  va  jinoyat  qurollari  yashirib  qo‘yilgan  joyni,  sheriklari 

mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash zarur. 

O‘g‘rilikni  tergov  qilishda  sud  ekspertizalari  muhim  rol  o‘ynaydi. 

Ko‘pincha  daktiloskopik,  trasologik  (qulfni  buzish,  poyafzal,  avtoshina 

izlari  bo‘yicha),  mikroob’ektlarni  tekshirish  bo‘yicha  ekspertizalar 

tayinlanadi. 


Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling