Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59

Tergovning dastlabki bosqichi 

 

Tergovning  mazkur  bosqichida  quyidagi  asosiy  vazifalarni  hal 

etmoq  zarurdir.  Sodir  bo‘lgan  jinoyatning  barcha  elementlari:  qotilning 

shaxsi,  jabrlanuvchining  shaxsi,  qotillikning  maqsadi  va  qasdning 

motivi,  jinoiy  harakat  jabrlanuvchining  shaxsiga  qarashlimi  yoki  uning 

jamiyatdagi  mavqei-lavozimiga  qarshi  qaratilganmi,  jinoyatni  bir  shaxs 

yoki  guruh  tomonidan  sodir  qilinganmi,  qotil  topilmagan  bo‘lsa  uni 

tezkor  qidiruv  choralarini  qo‘llab  yashiringan  joyini  aniqlash  va  qo‘lga 

olish,  jinoyat  qurolini  topish,  g‘arazli  maqsadida  sodir  qilingan  qotillik 

ishlari  bo‘yicha  o‘g‘irlangan,  olib  ketilgan  qimmatliklarni  qondirish 

choralari ko‘riladi. 

Tergovni  to‘g‘ri  tashkil  qilish  va  harakatlarni  tegishli  oldinma-

ketinlikda  olib  borish  uchun,  aniqlanishi  lozim  bo‘ladigan  barcha 

holatlar  yuzasidan  tusmollar  tuzish,  tergovni  rejalashtirish,  tezkor-

qidiruv  xodimlari  bilan  yaqindan  hamkorlikda  bo‘lish,  qotillikning 

murakkab  vaziyatlarini  tergov  qilishda  tezkor-tergov  guruhini  tashkil 

qilish bilan olib borish zarur bo‘ladi. 

Tergovning  dastlabki  bosqichida  kechiktirib  bo‘lmaydigan  tergov 

va  tezkor  harakatlarini  o‘tkazmoq  lozim  bo‘ladi.  Bulardan  birinchi 

navbatda  qotillik  hodisasi  yuz  bergan  va  jabrlanuvchining  murdasi 

topilgan joylar ko‘zdan kechiriladi. 

Ko‘zdan  kechirish  harakatining  umumiy  tartib  qoidalari  mazkur 

darslikning  taktika  qismida  to‘la  yoritilgan  bo‘lib,  qotillik  jinoyatlarini 

tergov  qilishda  sodir  bo‘lgan  hodisaning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 

nazarda tutgan holda, ko‘zdan kechirishning taktika qoidalarini qo‘llash 

bilan yuqorida keltirilgan vazifalarni hal qilmoq mumkin bo‘ladi. 

Jinoyat sodir bo‘lgan joy bilan jabrlanuvchining tanasi topilgan joy 

bir bo‘lsa, ko‘zdan kechirish, murdadan, ya’ni markazdan boshlanmog‘i 



 

361 


ma’qul  bo‘ladi,  so‘ngra  atrof-muhit,  jinoyatchining  kirish-chiqish 

yo‘llari, izlar, jinoyat quroli va boshqalar ko‘zdan kechiriladi. 

Qotillik  jinoyatlari  bo‘yicha  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishning 

o‘ziga xos vazifalari mavjud. Birinchi navbatda jinoyat sodir bo‘lgan va 

murda topilgan joylar turli bo‘lsa qon izlarining xususiyatlari, surkalish, 

tomchi kabi shakllari murdaning bir joydan ikkinchi joyga olib kelishda 

hosil  bo‘ladi,  qo‘shimcha  ravishda  erda  sudralish  izlari  ham  mavjud 

bo‘ladi.  Qotillik  sodir  bo‘lgan  joyda  topilgan  murda  yonida  qon  izlari 

sachrash,  oqish  va  ko‘p  miqdorda  ko‘lmak  shaklda  hosil  bo‘ladi.  Bu 

belgilarning  yo‘qligi  murda  boshqa  joydan  keltirilgan  transport 

vositasida olib kelingan, degan tusmolga asos bo‘ladi. 

 

 



O‘lim  vaqti  murda  alomatlari  asosida  (sovish,  kotish,  dog‘larning 

hosil  bo‘lishi,  chirishi  va  boshqalar  aniqlanadi,  o‘lim  sababi 

jarohatlarning  og‘ir-engilligi,  oldinma-ketinligi  va  qanday  quroldan 

etkazilganligi, jarohatning qaysi-biri o‘limga sabab bo‘lganligi, murdani 

ko‘zdan  kechirishda  tibbiyot  sohasidagi  mutaxassis  ishtirokida 

belgilanadi. 

 

 

E’tibor  qiling!  Hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishda  ikki  guruh 



izlarga  e’tibor  bermoq  lozim.  Birinchi  guruh  izlar  qotil  bilan 

jabrlanuvchining  o‘zaro  harakati  natijasida  hosil  bo‘ladigan  izlar, 

qotilning  jarohat  yetkazish  uslubi,  quroli,  jabrlanuvchining  qarshilik 

ko‘rsatishi, himoyalanish kabi holatlaridan hosil bo‘ladigan alomatlar. 



Ikkinchi  guruh  izlar  jinoiy  hodisaga  aloqasi  bo‘lmagan 

shaxslardan qoladigan izlardir. Bu ikki xil izlarni mazkur joyda hozir 

bo‘lganlar,  guvohlardan  olinadigan  og‘zaki  ma’lumot  asosida  olish 

mumkin.  Shuningdek,  tezkorlik  surishtiruvi  orqali  hodisa  joyining 

avvalgi  holati  va unga  qanday  o‘zgarishlar  kiritilganligi  ham  aniqlab 

olinadi. 

 


 

362 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

YUqorida 



keltirilgan 

holatlarning 

ba’zilarini 

aniqlanishi 

jinoyatchini qaerdan va kimlar orasidan izlashga imkon beradi. 

Jinoyatni  sodir  qilishda  ishlatilgan  qurol  sifati,  jarohat  etkazish 

usuli,  o‘ta  rahmsizlik  bilan  ko‘p  jarohat  etkazish,  o‘lim  yuz  bergandan 

so‘ng  ham  qurolni  ishlatish  jinoyatchi  shaxsidan  xabar  beradi. 

O‘ldirilganning  shaxsi  noma’lum  bo‘lib,  tergovning  boshlang‘ich 

davrida  aniqlanmagan  bo‘lsa,  jinoiy  ro‘yxat  qoidasiga  binoan  shaxsi 

noma’lum  murda  kartasi  tuziladi,  qo‘l  va  o‘n  barmoq  izlari  bo‘yicha 

daktilokarta  tayyorlanadi,  asosiy  va  qo‘shimcha  formula  chiqarilib, 

ro‘yxatga olinadi. 

Daktilokartada  tashqi  qiyofa  belgilari,  ayrim  ko‘zga  tashlanadigan 

belgilar  ko‘rsatiladi.  Tergovning  so‘nggi  bosqichlarida  ana  shu  kartalar 

asosida  jabrlanuvchining  shaxsi  tanib  olishga  ko‘rsatilib,  aniqlanadi. 

Axborot  markazi  ma’lumotlari  asosida  bedarak  yo‘qolganlarning 

shaxslari qiyoslanadi. 

Murda  bo‘lagi  topilishi  asosida  qo‘zg‘atiladigan  jinoyat  ishlari 

bo‘yicha  bo‘lak  topilgan  joyda  ko‘zdan  kechiriladi,  uning  o‘ralgan, 

o‘ralmagan  holatiga,  jarohatlarning  xususiyati,  taxminan  qanday 

quroldan etkazilganligiga e’tibor beriladi. Bo‘lak o‘ralgan material sifati 

(qog‘oz, mato, sellofan) guruh mansubligi belgilanadi

Murda bo‘lagi bo‘yicha jabrlanuvchining jinsi, yoshi, millat guruhi, 

iloji boricha individual belgi-alomatlari xatga olinadi. 

Jabrlanuvchining murdasini ko‘zdan kechirishda  

aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar 

shaxsi,  hujjatlari  yoki  boshqa  buyumlari,  kiyimlari,  tashqi  qiyofasi, 

alohida belgilari 

qotil bilan, oila aъzolari, qarindoshlari hamkasabalari va boshqa 

tanishlari bilan aloqasi 

o‘limning yuz bergan vaqti, sababi, yetkazilgan jarohatlarning qaysi biri 

o‘limga sabab bo‘lganligi 

jinoiy harakatning mexanizmini, jarohatlar qanday qurol bilan 

yetkazilganligi 

qotillik jinoyati sodir qilinayotganda kimlar bo‘lgani, eshitgani 

jinoyatning  sub’ektiv  tomonini,  qasddan  yoki  ehtiyotsizlikdan  sodir 

bo‘lganligi 



 

363 


Jinoyat  sodir  etilgan  va  jarohat  etkazilgan  vaqt,  o‘lim  sodir  bo‘lish 

vaqti  va  sababi,  murdaning  qotillikdan  so‘ng  qancha muddat  o‘tgandan 

so‘ng,  qanday  qurol  va  usulda  bo‘laklanganligi,  kasb-hunar  xususiyati 

ham  ko‘zdan  kechirish  natijasida  belgilanadi.  Ko‘zdan  kechirish 

o‘tkazilib,  barcha  ma’lumotlar  bayonnomada  aks  ettirilgandan  so‘ng 

sud-tibbiyot  ekspertizasi  tayinlanib,  yuqorida  keltirilgan  tusmollar 

dastlabki ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmog‘i lozim bo‘ladi. 

Hodisa  joyini,  murdani  (bo‘lagini)  ko‘zdan  kechirish  bilan  bir 

qatorda  tezkor-qidiruv  harakatlari  ham  o‘tkaziladi.  Birinchi  navbatda 

hodisa  joyida  hozir  bo‘lgan  ko‘rgan  bilganlardan  og‘zaki  ma’lumotlar 

olinadi,  qachon,  kim  tomonidan  e’tibor  berilib,  jinoyat  izlari 

aniqlanganligi,  jinoyatchi  haqidagi  ma’lumotlar,  o‘zgarib-bosilib 

ketmagan,  “issiq”  iz-alomatlarni  aniqlash  yuzasidan  maxsus  itlar  ishga 

solinadi,  ma’lum  shaxslar  orqasidan  kuzatuvlar  o‘tkaziladi,  axborot-

ma’lumot markazidan bedarak yo‘qolgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar, 

tashqi  qiyofa  belgilari  va  shu  kabi  boshqa  ma’lumotlar  yig‘ilib,  ular 

so‘nggi  tergov  harakatlarini  tashkil  qilish  va  o‘tkazishga,  yangi 

tusmollarni tuzishga yordam beradi. 

Ko‘zdan  kechirish  va  tezkor  qidiruv  choralari  yordamida  topilgan 

boshqa  murda  bo‘laklari  o‘zaro  qiyoslanib,  bir  shaxsning  tanasiga 

tegishli ekanligi aniqlanadi. 

 

E’tibor qiling! Hodisa joyini, murda va uning bo‘lagini topilgan 

joyida  ko‘zdan  kechirilgandan  so‘ng  sud-tibbiyot  ekspertizasi 

tayinlanadi. Ekspertiza hal qiladigan masalalar quyidagilardir: 

-

 

jabrlanuvchining tanasidagi jarohatlarning tavsifi



-

 

jarohatlar qanday qurol bilan yetkazilgan; 



-

 

jarohatlarning qanday oldinma-ketinlikda yetkazilgani; 



-

 

o‘lim  vaqti  va  sababi,  qaysi  jarohat  o‘limga  sabab 



bo‘lgani; 

-

 



jarohatlarning  soni  ko‘p  bo‘lgan  taqdirda,  qaysilari  hayotiy 

davrida, qaysilari o‘lim yuz bergandan so‘ng yetkazilganligi; 

-

 

jarohatlar  jabrlanuvchining  o‘zi  tomonidan  yetkazilishi 



mumkinmi va b.q. 

 

364 


 

Bedarak  yo‘qolgan  shaxslarni  “jinoyat  qurboni”  degan  tusmol 

asosida  qo‘zg‘atilgan  ishlar  yuzasidan  tegishli  tekshiruvlar,  tezkor-

qidiruv choralari o‘tkazilib, yo‘qolgan shaxs jinoyat, baxtsiz hodisa yoki 

boshqa  biror  hodisa  qurboni,  degan  tusmolni  tekshirish  lozim  bo‘ladi, 

uning  murdasi  qidiriladi,  topilgan  hollarda  shaxsi  aniqlanib,  bedarak 

yo‘qolgan bilan qiyoslanadi. 

Bunday  vaziyatni  murda  mavjud  bo‘lgan  holatlar  kabi  dastlabki 

ko‘zdan  kechiruv  va  sud-tibbiyot  ekspertizasi  o‘tkazilib,  tergov  davom 

ettiriladi. 

 

 

E’tibor  qiling!  Murda  bo‘lagi  va bir  necha  bo‘laklari  yuzasidan 



ekspertiza tekshiruvida hal qilinadigan masalalar: 

-

 



murda bo‘laklari bir shaxs tanasiga tegishlimi

-

 



murda bo‘lagi (bo‘laklari) bo‘yicha jabrlanuvchining shaxsiga 

tegishli  ma’lumotlar  jinsi,  millati,  taxminan  yoshi,  kasb-hunari  va 

boshqalar; 

-

 



jarohatlar  mavjud  bo‘lsa,  qanday  quroldan  yetkazilgan,  tirik 

vaqtida yoki o‘lim yuz bergandan so‘ng yetkazilganmi; 

-

 

murdani  bo‘laklash  qanday  qurol-asbob  va  usul  bilan  sodir 



etilgan, kasb-hunari va boshqalar; 

-

 



qotillik sodir qilingan va murda bo‘laklangan vaqti; 

-

 



murda  bo‘lagi  tarkibida  begona  moddalar  (zaharlovchi, 

alkogol,  giyohvand)  qoldiqlari  mavjudmi  va  shu  kabi  jinoyatga  oid 

bo‘lgan boshqa masalalar. 

Bedarak  yo‘qolgan  shaxsning  murdasi  topilmagan  hollarda 

tergovning  dastlabki  bosqichida  quyidagi  masalalarni  hal  etish  lozim 

bo‘ladi: 

-

 

yo‘qolgan  shaxsning  tashqi  qiyofa  belgilari,  yashash  tarzi, 



qarindoshlari,  oila  a’zolari  bilan  muloqoti,  kimlar  bilan  ziddiyatli 

muomalada bo‘lganligi haqidagi va boshqa ma’lumotlarni aniqlash

-

 

bedarak  yo‘qolgan  shaxsning  hayoti  davridagi  fotosuratini 



topish va ishga qo‘shish; 

-

 



qo‘l-barmoq  izlari  alfavit  daktilokartasi  informatsiya 

markazida tekshirilishi; 

-

 

dast



xati, o‘z qo‘li bilan yozilgan hujjatlarni ishga qo‘shilishi; 

-

 



bedarak yo‘qolganlik haqida ariza bergan shaxsni so‘roq qilish 

bilan  u  qachon,  qayerda  oxirgi  marta  ko‘rganligi,  suhbat,  xabar 

qanday mavzuda bo‘lganligini aniqlash; 

-

 



yo‘qolgan  shaxs  qanday  kiyimda  bo‘lgan,  ruhiy,  emotsional 

holati,  qandayligi,  biror  qimmat  narsa  sotib  olish  yoki  sotish  haqida 

gap bo‘lganmi kabi ma’lumotlarni to‘la va aniq ravshanlantirish. 


 

365 


 

 

 



 

 

Bedarak  yo‘qolgan  shaxsning  “jinoyat  qurboni”  degan  tusmolni 



tekshirish uchun, uning murdasini, jinoyat quroli va izlarini, qon izlarini, 

ariza  bergan  shaxsning  yashash  joyida,  yo‘qolgan  shaxsning  oxirgi 

bo‘lgan manzili-joyida va boshqa jinoyatda gumon qilinganlarning turar 

joylarida  izlash  lozim.  Topilgan  izlar,  ashyolar  bo‘yicha  tegishli 

tekshiruvlar o‘tkaziladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ekspertlar oldiga quyiladigan savollar: 

I. Jinoyat sodir etish hodisasini oydinlashtirishga 

qaratilgan savolar 

1)

 



murda qismlarining insonga yoki hayvonga tegishliligi; 

2)

 



jabrlanuvchini  qismlarga  bo‘lish  o‘limga  sabab  bo‘lganmi  yoki  o‘ldirilgandan  keyin 

amalga oshirilganmi; 

3)

 

jabrlanuvchi badanida jarrohlik operatsiyasi izlari mavjudmi; 



4)

 

jabrlanuvchi o‘limining sababi nimada; 



5)

 

o‘lim hodisasi yuz bergan vaqt. 



 

II. Obe’ktlarni identifikatsiya qilish bilan bog‘liq savollar 

1) jabrlanuvchi tanasining to‘liq qismlari berilganmi, qaysi qismlar mavjud emas; 

2) ushbu qismlarning barchasi jabrlanuvchiga tegishlimi yoki boshqa odamlarning qismlari 

ham bormi va b.q; 



III. Jabrlanuvchining shaxsini aniqlashga qaratilgan harakatlar 

1)

 



jabrlanuvchining millati; 

2)

 



taxminiy bo‘yi, og‘irligi, alohida qismlari; 

3)

 



murda badanida individual xususiyatlar mavjudmi; 

4)

 



tatuirovka va uning hajmi, mazmuni (chizilgan rasm); 

5)

 



ayrim murda qismlarining qon guruhi, jinsini aniqlash; 

6)

 



fiziologik kamchiliklari, qanday kasalliklar bilan og‘rigani; 

7)

 



jarroh tomonidan operatsiya qilish alomatlari bormi. 

IV. Jinoyat sodir etilish usuli va quroli haqidagi savollar 

1) murda qanday jarohatlar bilan topilgan; 

2) bu jarohatlarning xususiyati va soni; 

3) bir yoki bir necha qurollar bilan jarohatlangan

4) jarohatlar jabrlanuvchining tirikligida yoki o‘lgandan so‘ng yetkazilgani; 

5) ushbu jarohatga sabab bo‘luvchi qurolning individual xususiyati bormi; 

6) jabrlanuvchi o‘limidan oldin spirtli ichimliklar iste’mol qilganmi. 


 

366 


 

 

 

YAngi  tug‘ilgan  chaqaloqni  onasi  tomonidan  o‘ldirilishi  yoki 

tashlab ketilishi natijasida o‘lim yuz berishi hodisalarini tergov qilishda 

birinchi  navbatda  bolaning  murdasini  topilgan  joyida  ko‘zdan 

kechiriladi,  uning  o‘ralganligi,  materialining  o‘ziga  xos  xususiyatlari, 

yalang‘och,  yarim  yalang‘och  holati  yangi  tug‘ilganlik  belgilari,  o‘lim 

yuz  bergan  vaqtdan  topilgangacha  bo‘lgan  muddat,  tanasida  qanday 

jarohatlar  mavjud, o‘limning sababi, jinoyatning mexanizmi aniqlanadi. 

Ko‘zdan kechirish jarayonida va so‘ngra ekspertiza tekshiruvi o‘tkazilib, 

bola  tirik  tug‘ilganmi  yoki  o‘lik  holdami,  tirik  tug‘ilgan  bo‘lsa, 

tug‘ilgandan  so‘ng  necha  vaqt  yashagan,  tug‘ilish  sharoiti  va  joylari 

(kasalxonada,  uyda  yoki  boshqa  joyda)  aniqlanadi.  Bolaning  onasini 

topish  dastlabki  tergov  vazifalaridan  biri.  Aholi  gavjum  yashaydigan 

shahar  sharoitlarida  bu  masalani  hal  etmoq  ancha  qiyinchiliklarni 

keltirib chiqaradi. 

Kasalxonalar (tug‘ruqxonalar)ga murojaat qilgan onalarning shaxsi 

aniqlanadi,  ularning  qanday  masala  bo‘yicha  murojaat  qilganliklari: 

tug‘ish,  ona  bo‘lish  yoki  xomilani  tushirish,  tug‘ishni  oldini  olish 

masalasi  bo‘yicha  tekshirilib,  ular  ichida  qaysilarining  homiladan 

bo‘shalishi noma’lum sharoitda yuz berganligi va kasalxonaga murojaat 

etmaganligi  hollari  bo‘yicha  tekshiriladi,  o‘lgan  bolaning  onasi  shular 

orasidan qidiriladi. 

SHubhalanuvchi  ayol  birinchi  navbatda  tibbiyot  hujjatlari  asosida, 

so‘ngra  guvohlantirish  va  ekspertiza  tekshiruvi  o‘tkazish  bilan  qachon 

tuqqan,  salomatlik  holati,  tug‘ish  jarayoni  normal  kechganmi,  tug‘ish 

oqibatida  noxush  hollar  yuz  berganmi  aniqlanadi.  Ko‘rsatilgan 

vaziyatlar  hal  etilgandan  so‘ng,  muayyan  ayoldan  gumon  qilish  uchun 

etarli asoslar yaratiladi va uni so‘roq qilish ham mumkin bo‘ladi. So‘roq 

o‘tkazishdan  oldin  tergovchining  qo‘lida  guvohlantirish,  ko‘zdan 

kechirish  bayonnomalari,  sud-tibbiyot  ekspertizasi  xulosalarining 

bo‘lishi ular dalil sifatida ishlatilib, yolg‘on ko‘rsatuv berishining oldini 

olishga va fosh etishga yordam beradi. 

 

Tergovning keyingi bosqichida o‘tkaziladigan harakatlar 

 

Tergov  jarayonining  keyingi  bosqichi  dastlabki  tergov  va  tezkor-



qidiruv choralari natijasiga bog‘liq. So‘roqni jinoyat hodisasini ko‘rgan, 

eshitgan va muhim  ma’lumotlarni berishi mumkin bo‘lgan guvohlardan 



 

367 


boshlash  kerak.  Tezkor-qidiruv  choralari  yordamida  aniqlangan  gumon 

qilinuvchilar  ushlanib,  tegishli  muddatlarda  so‘roq  qilinishi  va  ularning 

ko‘rsatuvlari tekshirilishi lozim. 

Ko‘zdan  kechirish  natijasida  topilgan  ashyoviy  dalillar,  jinoyat 

qurollari, turli izlar yuzasidan kriminalistik ekspertizaning alohida turlari 

o‘tkaziladi.  Jumladan,  transport  vositasi  yordamida  sodir  qilingan 

jinoyatlar  bo‘yicha  izlari  trasologik,  yo‘l  harakat  qoidasini  qasddan 

buzish  va  yo‘lovchini  bosib  ketish  holatlari  avto-texnik  ekspertiza, 

ayrim singan va alohida bo‘laklar bo‘yicha butun bir predmet – qurolni 

aniqlashda  trasologik,  jinoiy  hodisasiga  tegishli  bo‘lgan  turli  hujjat 

matnlari bo‘yicha xatshunoslik tekshiruvlari o‘tkaziladi.

 

Jinoyat  sodir  bo‘lgan  joyda,  jabrlanuvchining  va  ishda  gumon 

qilinuvchining tanasi-kiyimida turli modda va mikromateriallar topilishi 

mumkin, xususan jinoyatchi poyabzalining tagcharmida hodisa joyidagi 

tuproq  va  turli  biologik  zarrachalar,  jabrlanuvchi  kiyimining  ustki 

qismida  jinoyatchining  egnidan  mikrozarrachalar  o‘tish  hollari 

amaliyotda  ko‘p  uchrab  turadi.  Bu  mikrozarrachalarni  tekshirish 

natijasida  material,  modda  va  mahsulotlarning  qaysi  guruhga 

mansubligi, ba’zida esa aynanligi aniqlanadi 

Tergov  jarayonida  olingan  xabarlar,  turli  ekspertiza  xulosalari,  tergov 

eksperimenti  natijalarida  yangi  holatlar  ma’lum  bo‘lishi  mumkin.  Bu 

vaziyatlar  va  holatlarni  hal  qilish  uchun  ba’zida  dafn  etilgan 

jabrlanuvchining  jasadini  ko‘milgan  joyidan  qayta  ochib  olish, 

eksgumatsiya  qilish  va  turli  ekspertiza  tekshiruvidan  qayta  o‘tkazish 

harakatlari ham amalga oshiriladi. Eksgumatsiya o‘tkazish uchun zarurat 

sud-tibbiyot  ekspertizasini  qayta  (takroriy)  o‘tkazish  va  noma’lum 

murdaning  shaxsini  aniqlash  uchun  ham  tug‘iladi.  Mazkur  tergov 

harakati  maxsus  qaror  va  prokuror  ruxsati  asosida,  dafn  etilganning 

yaqin qarindosh-urug‘larining rozi-noroziligidan qat’i nazar, o‘tkaziladi. 

Tergovning  bu  bosqichida  ayblanuvchini  so‘roq  qilish  zarur 

bo‘ladi.  So‘roq  o‘tkazish  uchun  ish  yuzasidan  yig‘ilgan  dalillar, 

guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertiza xulosalari va boshqa ma’lumotlar 

yana  bir  bor  tahlil  etilib,  ular  o‘zaro  bir-birlari  bilan  bog‘liqmi,  orasida 

ziddiyat  vaziyatlar  mavjudligi  tekshirilib,  ayblanuvchini  so‘roq  qilish 



E’tibor  qiling!  Otish  quroli  vositasida  sodir  qilingan  qotillik 

ishlarida  qurol  va  uning  harbiy  qismlari  yuzasidan  ballistik 

identifikatsiyaviy 

tekshiruv 

va 

sovuq 


qurollarning 

ballistik 

ekspertizasi o‘tkaziladi. 


 

368 


davomida uni yolg‘on ko‘rsatuv berishiga qarshi qo‘llanilishi mumkin. 

Ayblanuvchini  yolg‘on  ko‘rsatuvini  tekshirish  va  haqiqatni 

isbotlash uchun uni tanib olishga ko‘rsatish, ayrim bergan ma’lumotlari 

asosida  tergov  eksperimenti  yuzlashtirish  o‘tkaziladi.  SHuningdek, 

ayblanuvchining ko‘rsatuvlarini hodisa va jinoyat joyida qayta tekshirish 

bilan ham to‘g‘ri-noto‘g‘ri ekanligini aniqlab olish mumkin bo‘ladi. 

Qotillik  jinoyatini  sodir  qilishda  qo‘llanilgan  usullar,  alohida  o‘ta 

rahmsizlik  harakatlari,  qurol  xususiyati,  jinoyat  qurboni  bo‘lgan  shaxs 

murdasini  bo‘laklash  holatlari  yuzasidan  ayblangan  shaxsning  aqli 

rasoligini  aniqlash  uchun  albatta  sud-psixiatriya  tekshiruvidan 

o‘tkazilishi lozim. 

Tanib  olishga  ko‘rsatish,  tergov  eksperimenti,  yuzlashtirib  so‘roq 

qilish  harakatlarini  kriminalistik  taktikaning  umumiy  qoida  tartibiga 

rioya  qilgan  holda  amalga  oshirmoq  lozim.  Ayrim  vaziyatlarni  hal 

etishda ishning o‘ziga xoslik tomonlarini nazarda tutgan holda u yoki bu 

taktik qoidalarni qo‘llash lozim.  

Tergovning  so‘nggi  bosqichida  o‘tkaziladigan  tergov  harakat-

larining  oldinma-ketinligi,  ba’zida  takror  o‘tkazilishi,  aniqlanayotgan 

holatning  xususiyatiga  bog‘liq  bo‘lib,  har  xil  vaziyatni  hal  etish 

tergovchining  mutaxassis  sifatidagi  saviyasiga  va  ishdagi  tajribasi  va 

ijodiy yondoshuviga bog‘liq bo‘ladi.  

 

Nazorat savollari: 

 

1.

 



Qotillik jinoyatlarining kriminalistik tavsifini tushuntirib bering. 

Ushbu jinoyatlar kriminalistik tavsifiga nimalar kiradi?  

2.

 

Qotillik 



jinoyatlari 

bo‘yicha  tergovning  qanday  tipik 

vaziyatlarini bilasiz? Ularni misollar yordamida tushuntirib bering. 

 


Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling